13- mavzu. Birjalarning tashkil topishi va asosiy faoliyat mexanizmi reja
Download 153 Kb.
|
13-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birjaning elektron savdo maydonchasida aksiyalar xarid yoki sotuv narxini kiritishda treyderlarning xatolari
- Vazifalarni avtomatlashtirishning ahamiyati
"YOng‘in" nusxalari tabiiy ofatlar ro‘y berishi natijasida Birja kompyuter tizimi yo‘qotilgan hollarda Birja kompyuter tizimini ishga tushirishga imkon beradigan ma’lumotlar va dasturlar nusxalaridan iborat bo‘ladi. zaxira uchun nusxa olish belgilangan vaqt oralig‘ida avtomatik ravishda amalga oshirilishi mumkin. Ma’lumotlarni arxivlash savdolar yakunlangandan so‘ng keyingi operatsion kunga tayyorlanish jarayonining bir qismi sifatida har kuni bajariladi. Bunda foydalanuvchilarning barcha harakatlarini qayd qilish jurnali, buyurtmalar berish/chiqarib tashlash va tuzilgan bitimlar haqidagi axborot keyinchalik arxivlash jarayonda magnit-optik vositaga ko‘chirib olinadigan ma’lumotlar to‘plamining arxiv jadvaliga o‘tkaziladi.
Birjaning elektron savdo maydonchasida aksiyalar xarid yoki sotuv narxini kiritishda treyderlarning xatolari Kompyuter va telekommunikatsiya texnologiyalari tufayli birja savdosi klavishani bosish tezligida amalga oshirilmoqda. Va albatta, xuddi shu tezlikda xatolarga ham yo‘l qo‘yilmoqda. Elektron savdo maydonchasida xato yoki noto‘g‘ri bosilgan klavisha millionlab dollar turishi va hattoki bozor «qulash»iga sabab bo‘lishi mumkin. Insonga xato qilish xos, hattoki zamonaviy texnologiyalar eng tajribali reyder ham aksiyalar xarid yoki sotuv narxini kiritishda xato qilmasligini kafolatlay olmaydi. Quyida bunday xatolarga misollar keltirilgan. Vazifalarni avtomatlashtirishning ahamiyati Birja savdosini avtomatlashtirish birja muhitini tubdan o‘zgartirib yubordi va bozor xulq-atvoriga katta ta’sir ko‘rsatdi. Bu nima uchun «tarixiy» ma’lumotlar bilan ishlash mexanik savdo tizimining faoliyat ko‘rsatish samaradorligini oshirmasligi sabablaridan yana biridir. Doimiy taraqqiy etayotgan jamiyatning texnologik rivojlanishi bozorning asosiy elementi – insonni uzluksiz o‘zgartirib boradi. Birja faoliyati ob’ektlari va sub’ektlarining axborot-tahliliy ta’minoti statistikaning muhim vazifasi va birja faoliyatini tartibga solish va sug‘urtalashning zarur sharti hisoblanadi. Davlat statistikasi va birjalarni nazorat qilishi va litsenziyalashi lozim bo‘lgan organlar birja bozorining miqyosi va ahvoli, uning infratuzilmasi, birja jarayoni qatnashchilarining daromad va xarajatlari haqidagi ma’lumotlarga ehtiyoj sezadi. Biznes-statistika birja bozorining salohiyati, uning rivojlanish qonuniyatlari, narx va sotuv bashorati, birja bozorida investitsiyalar haqidagi ma’lumotlarga ehtiyoj sezadi. SHunday qilib, birja statistikasining vazifalari birja kon’yunkturasi, birja tovaraylanmasi tendensiyalari va narx, tovar bozorida birjalar roli, birja jarayonining moddiy ta’minoti haqida axborot to‘plash va tahlil qilishga borib taqaladi. Birja statistikasining muayyan vazifalari quyidagiardan iborat: birjalar mavjudligi va birja faoliyati haqida axborot to‘plash va qayta ishlash; muayyan sanadagi yoki davrdagi birja bozorining ahvolini baholash; birja savdosi salohiyatini talab va taklif bahosini, ularning nisbatini aniqlash; birjada ishbilarmonlik faolligini baholash; birja tovaraylanmasini, uning hajmi, strukturasi va dinamikasini, tovarlar ulgurji bozorida tovar birjalari rolining tavsifini baholash va tahlil qilish; real tovarli bitimlar va muddatli bitimlar nisbatini tahlil qilish; birja narxlari darajasi, o‘zgaruvchanligi va dinamikasini, ularning mavsumiyligini tahlil qilish, birja narxlarini bashorat qilish; birja savdosining tijorat natijalarini baholash va tahlil qilish; birja savdosi infratuzilmasining holati va rivojlanishi tavsifnomasi.Avtomatlashtirishda bu operatsiyalarni amalga oshir uchun ketadigan vaqt va mehnat sarfi sezilarli qisqaradi. SHu sababli bandlik xizmatining eng yaxshi ishlashi uchun avtomatlashtirish zarur. Download 153 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling