13- mavzu. Birjalarning tashkil topishi va asosiy faoliyat mexanizmi reja
Download 153 Kb.
|
13-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birja faoliyatining moliyaviy ta’minoti
- Birja tomonidan axborotning oshkor qilinishi
- Axborotni oshkor qilish
- Birja savdolarga qo‘yilgan qimmatli qog‘ozlar ro‘yxatini
- Birja har bir birja savdosi yakunlarini
- Birja internet tarmog‘idagi birja saytida birjada tuzilgan bitimlar parametrlari
- Birja qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organining talabiga
- Birja a’zolari va emitentlar tomonidan birjaga axborot taqdim etilishi
13- MAVZU. BIRJALARNING TASHKIL TOPISHI VA ASOSIY FAOLIYAT MEXANIZMI Reja: Birjaning kompyuter ta’minoti Ma’lumotlar to‘plamini himoyalash choralari Birjaning elektron savdo maydonchasida aksiyalar xarid yoki sotuv narxini kiritishda treyderlarning xatolari Birjalarning asosiy faoliyat mexanizmi Birja ishi ta’minoti tushunchasi va turlari. Birjaning axborot ta’minoti. Birjaning texnik ta’minoti. Birjaning iqtisodiy ta’minoti. Birjaning institutsional ta’minoti. Birja faoliyatining moliyaviy ta’minoti: birja aksiyalari va paylarini sotish; birjadagi brokerlik o‘rinlarini sotish; birja a’zolari muntazam to‘lab boradigan a’zolik badallari; birja bitimlarini ro‘yxatdan o‘tkazishda olinadigan yig‘imlar; birja ustavida nazarda tutilgan axborot xizmati va boshqa xizmatlar ko‘rsatishdan keladigan daromadlar hisobidan amalga oshirilishi mumkin. Birja tomonidan axborotning oshkor qilinishi birja savdolarida bitimlarni amalga oshirish tartibini belgilovchi mazkur Qoidalar hamda birja tomonidan tasdiqlangan boshqa hujjatlar; sovdolarga qo‘yilgan qimmatli qog‘ozlar ro‘yxati; qimmatli qog‘ozlarning kotirovka narxi; har bir birja savdosi yakunlari; qonunchilikka muvofiq boshqa ma’lumotlar. Axborotni oshkor qilish: axborotni ommaviy axborot vositalari orkali nashr etish; hisobotlar, ma’lumotlar va boshka axborotni taqdim etish yuli bilan amalga oshiriladi. . Birja qonunchilikda ko‘zda tutilgan axborotni investorlar va qimmatli qog‘ozlar egalariga qog‘oz kurinishida taqdim etganligi uchun undan nusxa ko‘chirishga ketgan xarajatlar miqdoridan oshmaydigan miqdorda to‘lov undirishi mumkin. Birja savdolarida bitimlarni amalga oshirish tartibini belgilovchi Qoidalarni hamda birja tomonidan tasdiqlangan boshqa hujjatlarni birja: ularni internet tarmog‘idagi birja saytida joylashtirish; manfaatdor shaxslarga tanishish uchun taqdim etish yo‘li bilan oshkor etadi. Birja savdolarga qo‘yilgan qimmatli qog‘ozlar ro‘yxatini: birja boshqaruvi tomonidan tasdiqlangan shakl bo‘yicha “Birja” gazetasida nashr etish; manfaatdor shaxslarga tanishish uchun taqdim etish yuli bilan oshkor qiladi. Birja qimmatli qog‘ozlarning kotirovka narxini “Birja” gazetasida birja boshqaruvi tomonidan tasdiqlangan shakl bo‘yicha haftada kamida bir marta nashr etish yo‘li bilan oshkor qiladi. Birja har bir birja savdosi yakunlarini: belgilangan tartibda birja a’zolariga yuborish (taqdim etish); “Birja” gazetasida birja boshqaruvi tomonidan tasdiqlangan shakl bo‘yicha haftada kamida bir marta nashr etish yul bilan oshkor etadi. Axborotni oshkor etish muddatlari va davriyligi qonunchilikka muvofiq birja tomonidan belgilanadi. Birja internet tarmog‘idagi birja saytida birjada tuzilgan bitimlar parametrlari, ya’ni qimmatli qog‘ozlarning nomi, ularning soni, narxi, bitim tuzilgan sanasi, vaqti, bitimni tuzgan birja a’zolari to‘g‘risidagi hamda maxfiy hisoblanmagan boshqa axborotni oshkor qiladi. Birja qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organining talabiga ko‘ra investorlarning arizalari, takliflari va shikoyatlarini ko‘rib chiqish yakunlari to‘g‘risidagi axborotni taqdim etadi. Birja bitimining mazmuni va shartlari (qimmatli qog‘ozlar nomlanishi, emitentning nomi, qimmatli qog‘ozlar soni, narxi, bitimni tuzish sanasi va vaqti hamda bitimni tuzgan birja a’zolaridan tashqari) oshkor etilmaydi. Birja qonunchilikda belgilangan tartibda birja byulletenlari, ma’lumotnomalari va boshqa axborot va reklama nashrlarini chop etishga haqli. Birja a’zolari va emitentlar tomonidan birjaga axborot taqdim etilishi Qimmatli qog‘ozlar qiymatini chet el valyutasidagi pul mablag‘larida to‘lovga qabul qilgan holda qimmatli qog‘ozlarni begonalashtirishda, komissiya shartnomasi asosida birja a’zosi Makleriatga komitentlar to‘g‘risidagi quyidagi axborotni elektron shaklda taqdim etishi shart: a) yuridik shaxs uchun: komitentning nomi; komitentning bank rekvizitlari; komitentning yuridik manzili; aloqa telefonlari; komitent ruyxatdan utgan mamlakat; b) jismoniy shaxs uchun: komitentning familiyasi, ismi; fuqaroligi; doimiy yashash mamlakatidagi manzili; O‘zbekiston Respublikasidagi yashash manzili; bank rekvizitlari; aloqa telefonlari. Qimmatli qog‘ozlar emitenti rasmiy birja listingiga kiritilganida, birja emitent bilan tuzilgan shartnomaga muvofik, uning qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha savdolar boshlanishidan kamida uch kun oldin internet tarmog‘idagi saytida quyidagi axborotni joylashtiradi: qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organining davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi belgi kuyilgan qimmatli qog‘ozlarni chiqarish xakidagi qaror (elektron foto nusxasi); qimmatli qog‘ozlar emissiya risolasi; qimmatli qog‘ozlar blanka namunasining foto-nusxasi (qimmatli qog‘ozlar hujjatli shaklda chiqarilgan taqdirda); yakunlangan oxirgi uch moliya yili uchun hamda rasmiy birja listingiga kiritish to‘g‘risidagi ariza berilishidan oldingi oxirgi chorak yakunidagi holat bo‘yicha tushuntirish xatlari ilova qilingan buxgalterlik balanslari (№ 1 shakl); yakunlangan oxirgi uch moliya yili uchun hamda rasmiy birja listingiga kiritish to‘g‘risidagi ariza berilishidan oldingi oxirgi chorak yakunidagi holat bo‘yicha moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot (№ 2 shakl); oxirgi moliyaviy yil uchun asosiy mablag‘larning harakati to‘g‘risidagi hisobot (№ 3 shakl); oxirgi moliyaviy yil uchun pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot (№ 4 shakl); oxirgi moliyaviy yil uchun o‘z sarmoyasi to‘g‘risidagi hisobot ( № 5 shakl); debitorlik va kreditorlik qarzlari bo‘yicha ma’lumotnoma – oxirgi moliyaviy yil uchun va ariza berilgan vaqtdagi balansga ilova (№ 2a shakl); yakunlangan oxirgi moliyaviy yil uchun auditorlik xulosasining elektron foto nusxasi; emitent rahbariyati, boshqaruv tuzilmasi, faoliyat sohasi, rivojlanish istiqbollari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan axborot memorandumi; auditorlik tashkilotining xulosalari bilan tasdiqlangan rentabellikning musbat ko‘rsatkichlari, to‘lovga layoqatlilik, moliyaviy barkarorlik va likvidlilikni tasdiqlovchi hujjatlar (korporativ obligatsiyalar uchun); mustaqil reyting bahosi olinganligini tasdiqlovchi hujjat (korporativ obligatsiyalar uchun); emitent tomonidan investorlarga tegishli mablag‘larni to‘lash bo‘yicha to‘lov agenti funksiyalarini bajarish to‘g‘risidagi tijorat banki bilan tuzilgan shartnoma (korporativ obligatsiyalar uchun). Qimmatli qog‘ozlar emitent-banki rasmiy birja listingiga kiritilganida, birja emitent bilan tuzilgan shartnomaga muvofik uning qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha savdolar boshlanishidan kamida besh kun oldin internet tarmog‘idagi saytida quyidagi axborotni joylashtiradi: qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organining davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi belgi kuyilgan qimmatli qog‘ozlarni chiqarish haqidagi qarori (elektron foto nusxasi); qimmatli qog‘ozlar emissiya risolasi; qimmatli qog‘ozlar blanka namunasining elektron foto-nusxasi (qimmatli qog‘ozlar hujjatli shaklda chiqarilgan taqdirda); bankning balans hisoboti; foyda va zararlar haqida hisobot; yakunlangan oxirgi moliya yili uchun auditorlik xulosasi. Download 153 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling