13- mavzu. Birjalarning tashkil topishi va asosiy faoliyat mexanizmi reja


Ma’lumotlar to‘plamini himoyalash choralari


Download 153 Kb.
bet3/5
Sana13.03.2023
Hajmi153 Kb.
#1266300
1   2   3   4   5
Bog'liq
13-mavzu

Ma’lumotlar to‘plamini himoyalash choralari

Dasturiy ta’minot xatolaridan himoyalash
Dasturiy ta’minotning chalalik riskini kamaytirish uchun modelli ta’minot usulidan foydalaniladi. Kompyuter vositalaridan foydalanish va qo‘lda hisob-kitob qilish asosidagi savdo jarayoni modeli ishlab chiqilgan. Model quyidagi asosiy quyitizimlarni qamrab oladi:

  • kliring tashkiloti bilan ishlar;

  • savdo qatnashchilarining savdo hisobraqamlar mazmuni haqidagi axborot o‘rnatish va o‘zgartirish;

  • risklarni boshqarish;

  • savdo qatnashchisining buyurtma kiritishi va uni tahrir qilishi;

  • savdo qatnashchilari pozitsiyalarining o‘zgarishini hisobga olish bo‘yicha harakatlar;

  • market-maykerlar va mutaxassislarning ishlari;

  • savdo qatnashchisining masofadan ishlash modeli.

Dasturiy vositalar operatorlari xatosidan himoyalash
Birjada foydalaniladigan amaliy dasturiy ta’minot ichki qarama-qarshi ma’lumotlar kiritishga imko bermaydi. Barcha axborotlarni kiritish alohida topshiriqlar bilan rasmiylashtirilishi lozim. Topshiriqni kiritishda Birja kompyuter tizimi avtomatik ravishda uning ichki ziddiyatsizligini tekshiradi. Ziddiyatlar aniqlangan holatda topshiriq kiritilmaydi va foydalanuvchi yuzaga kelgan muammodan xabardor qilinadi. Foydalanuvchining xatolaridan himoyalash birinchi darajasi bevosita Birja kompyuter tizimiga kiritiladi. Kiritiladigan har bir topshiriq uchun uni bajarishga alohida buyruq mavjud. Topshiriqni bajarishda Birja kompyuter tizimi avtomatik ravishda bunday operatsiyaning mumkinligini tekshiradi (masalan, deponentlangan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha sotuvga buyurtma berishda tizim avtomatik ravishda bu qimmatli qog‘ozlarning depozitariyda mavjudlgini tekshiradi va «sotuvga qog‘ozlar» registridan «buyurtmaga qo‘yilgan qog‘ozlar» registriga provodka o‘tkazadi.


Himoyalash lozim bo‘lgan axborotni saqlash
Asbob-uskunalarning buzilishi, yo‘q qilinishi, dasturiy xatolar, personalning noto‘g‘ri harakatlari va boshqa turli sabablarga ko‘ra ma’lumotlarni yo‘qotishning oldini olish uchun ma’lumotlar to‘plamidan muntazam nusxa olish tizimi ko‘zda tutilgan. Bunday zaxira nusxalari olish xatolik yuzaga kelgan yoki axborot yo‘qotilgan taqdirda eng yaqin ishga yaroqli nusxadan foydalanishga imkon beradi. Bundan tashqari, Birjaning asosiy binosi buzilib ketgan taqdirda Birja faoliyat ko‘rsatayotgan vaqt davomida Birja kompyuter tizimiga berilgan barcha buyurtmalar va ular bilan tuzilgan bitimlar haqida to‘liq axborot olish mumkin bo‘lishi uchun arxiv nusxalari olish ko‘zda tutilgan.
Ma’lumotlar to‘plamidagi axborotdan zaxira uchun nusxa olish lentali vositalarga olinadi. Arxiv nusxalari quyidagi guruhlarga taqsimlanadi:

  • zaxira nusxalar;

  • arxiv nusxalar;

  • "yong‘in" nusxalari.

Zaxiralash
Zaxira nusxalari ma’lumotlar to‘plamidan nusxa olish vaqtiga bo‘lgan ma’lumotlarni qayta tiklashga imkon beradigan kundalik nusxa olish uchun xizmat qiladi.
Arxivlash
Arxiv nusxalari uzoq kelajakda kerak bo‘lib qolishi mumkin bo‘lgan istalgan ma’lumotlardan nusxa olish va saqlash (arxivlash) uchun xizmat qiladi. Birja kompyuter tizimining barcha savdo ma’lumotlar to‘plamlari kundalik arxivlanishi lozim.

Download 153 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling