13-Amaliy mashg`ulot: Quruvchi bakalavrlar tayyorlashda tanlov fanlarning roli va ahamiyati


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/11
Sana22.12.2022
Hajmi0.62 Mb.
#1043461
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
13-amaliy mashg`ulot (3)

qatlami 
suvdan himoyalovchi asosiy to’shamani mexanik 
shikastlanishlardan, quyosh radiatsiyasidan va tom sirtida yong’inning tarqalishidan 
himoyalovchi element (1.2-rasm).
O’rama materialli tomlar odatda ustma-ust joylashadigan quyidagi elementlardan 
tarkib topadi: 
• 
Asos (yuk ko’taruvchi konstruktsiya). 
• 
Bug’dan himoyalovchi qatlam – issiqlik izolyatsiyasini xona ichida hosil 
bo’ladigan bug’lar ta’sirida namlanishdan himoyalovchi, bir-ikki qatlam ruberoid yoki 
ohak-bitumli mastikadan hosil qilingan qatlam. 
• 
Issiqlik izolyatsiyasi qatlami – keramzit, shlak, gazobeton, penobeton kabi issiq 
saqlagich materiallardan hosil qilinadigan qatlam. 
• 
Gidroizolyatsiyalovchi to’shamaga asos bo’lib xizmat qiluvchi tekislovchi 
qatlam. 
• 
Tom qoplamasining suv o’tkazmasligini ta’minlovchi, o’rama yoki mastikali 
materiallardan hosil qilingan gidroizolyatsiya qatlami. 
• 
Gidroizolyatsiyani atmosfera ta’siri va mexanik shikastlanishlardan saqlovchi
mastikaga shag’al yoki shlakni sochish yo’li bilan hosil qilinadigan himoya qatlami. 


1.2-rasm. 
Tomlarning 
konstruktiv 
sxemalari: 
a,b 
– 
shamollatilmaydigan; 

– 
shamollatiladigan; 

– 
himoya 
qatlami; 2 – o’rama to’shama; 3 – tekislovchi qatlam (qorishma yoki 
yig’ma 
temir-betondan); 

– 
issiq-sovuqdan 
izolyatsiya 
qatlami; 

– 
bug’dan 
himoya 
qatlami; 

– 
ko’taruvchi 
konstruktsiya; 
7 – suvoqli shift; 8 – issiq-sovuqdan izolyatsiya qiluvchi ko’taruvchi 
konstruktsiya (yopma konstruktsiyasi); 9 – havo qatlami. 
Ayrim hollarda bu elementlardan ba’zilari bo’lmasligi ham mumkin. Masalan, 
binoning yuqori qavat xonalarida harorat-namlik tartibi me’yorida bo’lgan hollarda 
bug’dan himoyalovchi qatlam hosil qilinmasligi mumkin. Tom yopma plitasi sifatida 
yengil betonli plitalar ishlatilganda (keramzitli beton, shlakli beton, ko’pikli beton, 
pemzobeton) gidroizolyatsiyalovchi qatlam bevosita plitalar ustiga yopishtirilishi 
mumkin, ya’ni tekislovchi qatlam hosil qilinmaydi. Bunda o’rama materialli yoki 
mastikali qatlamni plitalarni zavodda tayyorlash jarayonida hosil qilish tavsiya etiladi. 


Tom asosi odatda yig’ma elementlardan tarkib topadi. Yig’ma plitalar choklari 
markasi kamida 100 bo’lgan tsementli qorishma bilan yaxlitlanadi. Tom nishabligini 
yuk ko’taruvchi asosning nishabligiga bog’liq holda hosil qilish maqsadga muvofiq 
hisoblanadi. Harorat choklari yig’ma konstruktsiyalarda 60 m da yaxlit 
konstruktsiyalarda 40 m da qoldiriladi. 

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling