13-bob. Strategiyani tadbiq etish: madaniyat va sardorlik


Faqat oliy rahbariyat jiddiy madaniy o’zgarish-larni amalga oshirish qudratiga ega


Download 47.57 Kb.
bet12/12
Sana07.02.2023
Hajmi47.57 Kb.
#1173676
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
37-mavzu

Faqat oliy rahbariyat jiddiy madaniy o’zgarish-larni amalga oshirish qudratiga ega.
Jiddiy madaniy o’zgarishlarni amalga oshirish va chuqur o’rnashgan salbiy madaniyatni yengish uchun katta hamjihatlik talab qilinadi, odatda ushbu hokimiyat oliy rahbariyat qo’lida to’plangan bo’ladi. Bundan tashqari qadriyatlarning, strategiyaning, ish usullarining va xulq-atvorning o’zaro bog’liqligi tashkilotda muayyan jiddiy o’zgarishlarni keng ko’lamda amalga oshirishga yo’l qo’ymaydi.
Strategik rahbarlikda so’zlarning va ishlarning bir-biriga bog’liqligi muhim rol o’ynaydi. So’zlar insonlarga kuch va ilhom bag’ishlaydi, madaniy qadriyatlarni va me’yorlarni aniqlaydi, strategik va tashkiliy o’zgarishlarni, yangi yondashuvlarni ustun yo’nalishlarni asoslaydi, yangi strategiyaga nisbatan ishonchni va talablarni mustahkamlaydi.
Odatda, amalga oshiriladigan strategik o’zgarishlar qanchalik jiddiy bo’lsa, strategiyani yurituvchining so’zlari va harakatlari yanada aniqroq bo’lishi lozim. Yaxshi boshqariladigan kompaniyalarning tajribalari shuni ko’rsatadiki, strategik sardorning so’zlari va harakatlari strategiyani amalga oshirishga katta ta’sir ko’rsatadi.
Ko’pchilik kompaniyalarda tez o’zgaruvchan bozor va raqobat sharoitida uzoq muddatli a’lo natijalarni ta’minlaydigan moslashuvchan madaniyatlar mavjud emas. Bunday kompaniyalarda menejerlarni sezilarli muvaffaqiyat qozonmasliklari yetarli emas. Kichik muvaffaqiyatlar katta madaniy o’zgarishlarni keltirib chiqarishi tajribada juda kam uchraydi: odatda chuqur o’rnashgan madaniyatlar va uni saqlab qolishga intiladigan xodimlarning qarshiliklari tufayli muvaffaqiyatlar yo’qqa chiqadi.
Download 47.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling