13-bob. Strategiyani tadbiq etish: madaniyat va sardorlik


Download 47.57 Kb.
bet9/12
Sana07.02.2023
Hajmi47.57 Kb.
#1173676
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
37-mavzu

13.2. Strategik sardorlik.
Strategik boshqaruvning shiorlari oddiy: tashkilot imkoniyatlariga asoslangan strategik rejani yarating, uni hayotga tadbiq eting, strategik rejani oxirigacha boshqaring va g’olib chiqing. Lekin buni bajarishga qaraganda aytish oson. Faoliyatlarni bir – biriga moslash va insonlarda yaxshi ishlash his-tuyg’usini uyg’otish oson ish emas. Bundan tashqari strategik muammoni hal etuvchi menejer bir vaqtda bir necha sardorlik rollarini bajarishga majbur: bosh tadbirkor va strateg, bosh ma’muriy xodim va strategiyani yurituvchi, madaniyatni shakllantiruvchi, nazoratchi, vositachi, resurslarni taqsimlovchi, so’zamol ma’ruzachi, rag’batlantiruvchi, maslahat beruvchi, yo’l ko’rsatuvchi va ustoz, siyosatchi va diplomat. Ba’zan rahbar avtoritar va qat’iyatli yondashuvni qo’llashi foydali, ba’zan diqqat bilan eshituvchi bo’lib, yon berish va chekinish maqsadga muvofiq; ba’zan esa hamjihatlik bilan yondashuv hammasidan yaxshi natija beradi. Ko’p voqyea va hodisalar sardorning faol qatnashishini taqozo etadi, ba’zan sardorning simvolik ishtiroki ham yetarli hisoblanadi, chunki boshqaruv vakolati quyi pog’onalarga berilgan bo’ladi.
Umuman olganda, strategik sardorlikning muammosi vaziyatni tahlil qilishdan va bir necha usullardan foydalanish uchun al’ternativ variantlardan birini tanlashdan iborat. Strategiyani yurituvchi sardorning quyidagi olti vazifasi ustunlikka ega:

  1. Qaysi ish qanday bajarilayotganini aniq bilish va faoliyat qanchalik sifatli ekanligini nazorat qilish.

  2. Tashkilotni strategiyasini amalga oshirish uchun zarur energiya bilan ta’minlaydigan madaniyatni shakllashtirish va yuqori natijalarga erishish.

  3. O’zgaruvchan muhitga va imkoniyatlarga nisbatan reaksiyani va ko’proq yangi g’oyalar paydo bo’lishini ta’minlash.

  4. Strategiyani shakllanishiga va tadbiq etilishiga qarshilik ko’rsatuvchi «hokimiyat uchun kurashga» yo’l qo’ymaslik uchun kelishuvga erishish.

  5. Etik me’yorlarni bajarilishini talab qilish.

  6. Strategiyani aniq bajarish va strategik natijalarni yaxshilash maqsadida moslashtirish choralarini qo’llash.


Download 47.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling