13. Laboratoriya ishi №1 Ferroinni yod ionlari bilan ion assotsiatning tarkibi va barqarorlik konstantasini aniqlash


Download 117 Kb.
bet3/8
Sana26.01.2023
Hajmi117 Kb.
#1127937
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ажратиш концентрлаш лаборатория

Analizning bajarilishi
Sig‘imi 50-100 ml li ajratish voronkasiga 3,0ml 1,0M li NaAc (pipetka yordamida), 2,0 ml ferroin, jadvalda ko‘rsatilgan miqdordagi 0,05 M yoki 0,5 M li KI, eritmasi va suvli fazaning umumiy hajmi aniq 10,0 ml bo‘lguncha distillangan suv solinadi. Hosil bo‘lgan eritmaga 6,0 ml CHCl3 (aniq darajalangan probirka yordamida) va 2,0 minut qum soatida silkitiladi. 10-15 minutdan so‘ng fazalar ajralgach ekstrakt (pastki qavat) 1,0 sm li quruq kyuvetaga quyiladi (ajratish voronkasining pastki burni ekstrakt quyilishi oldidan filtr qog‘ozi yordamida artiladi). Ekstraktning optik zichligi KFK-2 yordamida NF. № 5 da o‘lchanadi. Olingan tajriba natijalari 13.1-jadvalda yozilib hisoblanadi.
13.1-jadval
Tajriba natijalarini hisoblash jadvali

KI 0,05M ml

V H2O ml



A1

A2



Amax-Ai





CKI M

lgC KI

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

0,5

4,5




























1,0

4,0




























1,5

3,5




























2,0

3,0




























2,5

2,5




























3,0

2,0




























3,5

1,5




























4,0

1,0




























4,5

0,5




























5,0

-




























KI ning har bir miqdori uchun 2 ta parallel aniqlash amalga oshiriladi. Natijalar jadvalga yoziladi.


Jadval asosida 2 ta grafik tuziladi:

  1. To‘yinish egrisi (rasm 1): ordinata o‘qiga - ; abssissa o‘qiga-CKI, Masshtab 1,0mm 0,005A 1,0mm =0,001M KI.

  2. Logarifmik ko‘rinishdagi taqsimlanish egrisi (rasm 2): ordinata o‘qiga - , absisa o‘qiga lgC KI. Masshtab: 1,0mm-0,02 ; 1,0mm =0,02 lgC KI.

Rasm 2 dan n aniqlanadi, ya’ni I- ionlari bilan ekstraksiyalanadigan ferroinning ion assotsiatlaridagi I-ionlari soni. n ni aniqlab ekstraksiyalanadigan ion assotsiatining tarkibi yoziladi [Fe(Phen)3].
Yod ionlari bilan ferroinning ion assotsiatining ikkn fazali barqarorlik konstantasini aniqlash uchun, to‘yinish egrisi (1 rasm.) dan ga to‘g‘ri keladigan C I- qiymati topiladi, so‘ngra (11) tenglama bo‘yicha ni, ya’ni ion assotsiatining ikki fazali barqarorlik konstantasini hisoblanadi.
14. Laboratoriya ishi № 2
Dietilditiokarbaminatlar yordamida metallarni
ekstraksion–fotometrik aniqlash
Natriy dietilditiokarbaminat (NaDDTK) kuchsiz organik kislota tuzi bo‘lib, kompleks hosil qiluvchi reagent hisoblanadi:

NaDDTK oq kristall modda: u suvda yaxshi eriydi, organik erituvchilarda esa yomon eriydi. Ko‘pgina metallarning kationlari bilan rangsiz yoki rangli ichki kompleks birikmalar hosil qiladi. Hosil qilgan kompleks birikmalari suvda qiyin eriydigan, organik erituvchilar (CHCl3, CCl4 va boshqalar) da esa yaxshi eriydi. Kompleks birikmalari quyidagi tuzilishga ega:

Cu2+, Bi3+, Ag+ va ayrim metallarning dietilditiokarbaminatlari rangli. Pb2+, Cd2+ va boshqa ko‘pgina metallarning dietilditiokarbaminatlari rangsizdir. Ekstraksion –fotometrik aniqlashlarda fotometrik reagent sifatida ko‘pincha Na-DDTK ni emas balki Pb(DDTK)2 yoki Cd(DDTK)2 ni qo‘llashadi, chunki ular organik kislotalarda yaxshi eriydi, kislotali muhit bilan to‘qnashganda barqarorroqdir, va yana muhim jihati Na-DDTK ga qaraganda tanlab ta’sir etuvchandir. Misni ekstraksion – fotometrik aniqlash uchun reagent sifatida odatda Pb(DDTK)2 qo‘llaniladi. Bunda Cu2+ ionini aniqlash almashtirish ekstraksiyasiga asoslangan: Cu2+(s) + Pb(DDTK)2 (o) Cu(DDTK)2 (o)+ Pb2+ (s)
Eritmada bo‘lgan Cu2+ ionlari organik fazadagi Pb(DDTK)2 dan ekvivalent miqdordagi Pb2+ ionlarini suvli fazaga siqib chiqaradi, o‘zlari esa barqarorroq Cu(DDTK)2 hosil qilib organik fazaga o‘tadi. Cu(DDTK)2 intensiv sariq rangga ega. Organik fazaning optik zichligi misning miqdoriga to‘g‘ri proporsionaldir. Cu(DDTK)2 ning spektrofotometrik tavsiflari quyidagicha: λmax=436nm, Ԑ=1,4 104 aniqlash oralig‘i pH=4-11, organik erituvchi sifatida xloroform CHCl3 yoki CCl4 ishlatiladi.
15. Laboratoriya ishi № 3
Cu(II) ionini natriy dietilditiokarbaminat yordamida ekstraksion –fotometrik aniqlash
Reagentlar, eritmalar.
1. Na-DDTK, 0,1 % li eritmasi, eritmaga ammiak qo‘shish bilan pH ni 8,5 ga olib kelinadi;
2. Cu2+ =5,0mkg/ml, Cu2+ ning standart eritmasi;
3. Segnet tuzi, 2,0% li, Na-DDTK bilan ekstraksiyalab Cu2+ asari yuqori tozalangan bo‘lishi kerak;
4. pH=8,5-9,0 bo‘lgan bufer eritma;
5. CHCl3 yoki CCl4.
Asboblar
1.KFK-2. 2.Kyuvetalar, =1,0 sm, NF λmax=440nm, 3.Qum soatlari 3 minutli.
Analizning bajarilishi
Graduirovkali grafik tuzish: Sig‘imi 50-100 ml li ajratish voronkasiga silindr yordamida 10,0ml suv, 5-25 mkg mis (II) (5,0 mkg dan oralatib), pipetka yordamida 2,0 ml segnet tuzi eritmasi, 5,0 ml Na-DDTK eritmasi va 6,0 ml CCl4 (darajalangan probirka yordamida). 3 minut silkitiladi (qum soati yordamida). Ekstraktni quruq kyuvetaga solinadi (bunda dastlab krandagi suvli faza kulsiz filtrning bir qismi yordamida artib olinadi). Optik zichnikni KFK-2 yordamida solishtirma eritmaga nisbatan o‘lchanadi. (l=1,0 sm, λmax=440nm). Misning har bir miqdoriga 2-3 parallel aniqlashlar amalga oshiriladi. Bunda fotometrlash uchun eritmalar yangidan tayyorlanadi. Natijalar 15.1-jadvalga yoziladi.

Download 117 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling