13. laboratoriya ishi. (2-соат) Ishni nomi: Avtomobil yurish qismlari: g’ildirak, ko’prik, rama. Ishdan maqsad
Download 0.53 Mb.
|
13.- laboratoriya ishi.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazariy ma’lumot
13.- laboratoriya ishi. (2-соат) Ishni nomi: Avtomobil yurish qismlari: g’ildirak, ko’prik, rama. Ishdan maqsad: Avtomobil yurish qismlari haqida ma’lumotga ega bo’lish. Har bir qism vazifasi, tuzilishi va konstro’qtiv holati haqida ma’lumotlarga ega bo’lish. Nazariy ma’lumot: G’ildirak avtomobilning shinasi va o’qi o’rtasidagi bog’lovchi qator xisoblanib, u shinani o’rnatish uchun kerak. Avtomobillarda diskli g’ildiraklar ishlatiladi. U ikki qismdan iborat: disk va obod. Disk yig’ilgan g’ildirakni baraban shpilkalariga maxkamlash uchun, obod esa pnevmatik shinani joylashtirish uchun xizmat qiladi. G’ildiraklar ikki turli bo’ladi: chuqur-bir butun va tekis-bo’laklarga ajraladigan. Bir butun g’ildiraklar yengil avtomobillarda ishlatilib, unda shinani joylashtirish uchun chuqurlik va bort bor. Bo’laklarga ajraladigan g’ildiraklar yo’q avtomobillari va avtobuslarda qo’llanilib, shinani joylashtirish o’ngay bo’lishi uchun bitta borti ajraladigan qilib yasaladi. Ajraladigan bort kesilgan elastik qulf-xalqa bilan maxkamlanadi. Ba’zi avtomobillarda esa bitta bortni ajratib olish mumkin bo’lib, shina joylashtirilgandan so’ng boltlar yordamida yig’iladi G’ildiraklar stupitsaga bolt yoki shpilka yordamida maxkamlanadi. Agar o’qning xar bir tomoniga ikkitadan g’ildirak maxkamlanishi zarur bo’lsa, avval stupitsa shpilkasi birinchi g’ildirak bir tomoni konusli gayka bilan so’ngra ikkinchi g’ildirak oddiy gayka bilan maxkamlanadi. Gaykaning konussimon yuzasi ikkinchi gildirakni aniq o’rnatishga yordam beradi. Gaykalar xarakat vaqtida o’z-o’zidan buralib ketmasligi uchun chap g’ildiraklar chap rezbali, ung gildiraklar ung rezbali gaykalar bilan maxkamlanadi. Shinalar g’ildirakning yo’l notekisliklaridan qabul qilgan turtkilarni yumshatib va so’ndirib, avtomobilning yurishidagi ravonligini yaxshilaydi. Shina g’ildirak obodiga o’rnatilib, ular kamerali va kamerasiz; yo’qori va past bosimli; diagonal va radial kordli oddiy xamda arkali shina, pnevmokatok tipida bo’ladi. Shinaning tuzilishi asosini karkas tashkil etib, chetlari o’zakga ega bort bilan tugaydi. Karkasning ustki qismida yostiqsimon qatlam bor. Karkas rezina-kord materialdan tayyorlanib, uning o’zak va bortlari pokrishkani obodga maxkamlash uchun kerak. Kord iplari rezina bilan qoplangan viskoza, kapron yoki neylon iplardan iborat bo’lib, uning diagonal yoki radial joylashishiga qarab, shinalar diagonal yoki radial kordli bo’ladi. Karkasning usti va yon qismi protektor rezinasidan iborat. Protektor shinaning vazifasi va qaysi tip avtomobilga o’rnatilishiga qarab turli xil bo’rtma rasmga ega. Ko’priklar: ko’priklar rama bilan g’ildiraklarni bog’lash uchun xizmat qiladi. Yetakchi ko’rikka yetakchi g’ildiraklar o’rnatiladi. Boshqariluvchi ko’prik balka(to’sin) ko’rinishida bo’lib, unga avtomobil harakati yo’nalishini o’zgariruvchi g’ildiraklar o’rnatiladi. Yetakchi ko’prik bikr g’ovak balkali bo’ladi. Uning ichida asosiy uzatma, differensial va yarim o’qlar joylashtiriladi. Yetakchi g’ildiraklar ko’prikka podshipniklarga o’rnatiladi. Yetakchi ko’priklar balkasi yaxlit yoki ikki qismli bo’ladi. Boshqariluvchi ko’prikda g’ildiraklarning burilishiga imkon berdigan shkvoren o’rnatiladi. Ko’priklar ramaga zarba va tebranishni so’ndiruvchiosmalar bilan ulanadi. Rama – avtomobil qismlarini o’zaro joylashtirib mahkamlashga mo’ljallangan tayanch uzel. U harakatlanishda sodir bo’ladigan yuklama va kuchlarni qabul qiladi. Rama barcha yuk avtomobillarida, oliy klass hamda yuqori o’tag’on yengil avtomobillarda va yuk avtomobil shassisi asosida tayyorlanadigan avtobuslarda mavjud. Rama lonjeronli, umurtqasimon va kombinatsiyalashtirilgan turlarga bo’linadi. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling