13-ma’ruza: Etnonimlar va ularning maʼnosi Reja


Chandir. O‘zbekistonda, xususan, Buxoro vohasida Chandir


Download 22.97 Kb.
bet5/6
Sana03.02.2023
Hajmi22.97 Kb.
#1149100
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
6-ma\'ruza

Chandir. O‘zbekistonda, xususan, Buxoro vohasida Chandir degan qishloqlar uchraydi. Mahalliy xalq qishloq nomini “chodir” (chayla), “chan­dir go‘sht” degan so‘z deb izohlaydi. Aslida esa chandir turkman urug‘i bo‘lib, o‘zbeklar tarkibida ham tilga olingan. Abu Hayyon chandir so‘zini “duragay, qurama” deb izohlagan.
Shu narsa diqqatga sazovorki, ko‘pgina etnonimlar, chunonchi, qalmoq, arg‘in “duragay, qurama” degan ma’noni anglatgan. Aslini olganda boshqalar bilan aralashib, chatishib ketmagan bironta ham xalq yoki qabila yo‘q. Barcha ellar, urug‘lar bir-birlari bilan aralash­ib, qo‘shilib ketgan.
O‘tarchi bir qancha ro‘yxatlarda, chunonchi Mulla Sayfiddin Axsikandiyning “Majmuat ut-tavorix” asarida qayd qilingan urug‘. O‘tarchi so‘zi qadimiy turkiy tilda “vaqtincha yashovchi” (ko‘chmanchi) ma’nosini anglatgan. Bu so‘zning “sinchi”, “ot tabibi” degan ma’nolari ham bor.
Qalmoq (qalmoqlar) qadimdan Movarounnahrda yashagan va turkiylashgan mo‘g‘ul qabilalarining avlodlari bo‘lsa kerak. Muhammad Solihning “Shayboniynoma”sida aytilishicha, qalmoqlar Shayboniyxonga qarshi Buxoro hokimi Boqitarxon tomonida turib jang qilgan. Qalmoq so‘zi turkiy “qolmoq” feʼlidan olingan, bu so‘z islom dinini qabul qilmasdan maʼjusiylar holida qolgan o‘yrotlarni anglat­gan, deyilar edi. V.P.Darbakova qalmoq so‘zi mo‘g‘ulcha “duragay”, “aralash”, “qurama” degan ma’nodagi xalmig so‘zidan kelib chiqqanligini aniqladi. Haqiqatan ham aslida o‘yrotlardan ajralib chiqqan qalmoq urug‘i juda ko‘p urug‘-qabilalar aralashmasidan iborat bo‘lgan.
Qarapchi urug‘i ba’zi bir ro‘yxatlarda 92 bovli o‘zbek urugʻlaridan biri qatorida tilga olingan; Surxondaryo viloyatida qarapchi 16 urugʻga bo‘linadi, ba’zan esa yuz urug‘ining katta bir bo‘lagi sifatida qayd qilingan. Ba’zi birovlar qarapchi so‘zini “qarovchi”, nazorat qiluvchi “qo‘rnondon” deb izohlaydilar. Qarapchi so‘zining «qashshoq» ma’nosi ham bo‘lgan.
Qiyot Abulg‘ozi Bahodirxon fikricha, mo‘g‘ulcha “tog‘dan oqqan sel” ma’nosidagi qiyon so‘zining ko‘pligidir. Bu fikrni V.V.Radlov ham isbotlaydi. Bundan ko‘rinadiki, qiyonni (qiyonli) urug‘ining etimologoyasi ham o‘sha mo‘g‘ulcha qiyon so‘zi bilan ma’nodosh.
Qovchin - o‘zbek urug‘laridan biri. Ba’zi fikrlarga ko‘ra qovchin, qutchi yoki qushchi bir urug‘dir. Akademik V.V.Bartold fikricha qovchin so‘zi dastlab urug‘ yoki qabila nomi bo‘lgan emas, balki “qo‘shin qo‘rnondoni” yoki “qo‘shin” ma’nosini anglatgan. Qovchin so‘zining “xo‘jayin”, “mehmon” degan ma’nolari ham bor. Qovchin joy nomlari shaklida uchraydi. Chunonchi, Yangiyo‘1 shahrining oldingi nomi Qovunchi ham aslida qovchin bo‘lgan bo‘lsa kerak. Shuningdek, Samarqand tumanida Qovchinon (qovchinlar) nomli qishloq ham bor.
Qurqozon – o‘zbeklarning bir urug‘i Samarqand va Jizzax viloyatlarida qayd qilingan. Qurqozon asli qoraqozon bo‘lgan, degan fikr bor. Qoraqozon so‘zi ikki ma’noda ishlatilgan: 1) bir necha qishloqni o‘z ichiga olgan jamoa, bu qishloqlar hashar, ariq tozalash kabi ishlarni birgalashib bajarishgan; 2) harbiy xizmatga chaqirilgan kishi. No‘kar (navkar)lar muntazam armiya hisoblangan, qoraqozon (yoki qora cheriklar) esa harbiy xizmatdan tashqari o‘z qo‘mondonlarining ekin-tikin ishlariga yordam bergan, mol-hollariga qaragan. Zambarakning qadimiy, kaltaroq bir turi qozon deyilgan. Bobur “qozon qurdik”, “qozon bilan tosh otdi” deganda ana shu to‘pni nazarda tutgan (“Bobumoma” tarjimoni Salye ham bu so‘zni rus tiliga ana shu ma’noda tarjima qilgan.).

Download 22.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling