13-ma’ruza: Etnonimlar va ularning maʼnosi Reja


Etnonimlar maʼnosi. Abdal


Download 22.97 Kb.
bet2/6
Sana03.02.2023
Hajmi22.97 Kb.
#1149100
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
6-ma\'ruza

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Asaka
Etnonimlar maʼnosi. Abdal urug‘i Hindiston, Afg‘oniston va, xususan, O‘rta Osiyo xalqlari etnogenezida muhim rol o‘ynagan qadimiy xalq – eftalit, ya’ni xaytallarning avlodidir. Xaytallar (eftalitlar) suriya, yunon manbalaridayoq abdel deb atalgan.
Tarixchi Bal’amiy (X asr) fikricha, xaytal so‘zi Buxoro tilida “pahlavon”, “jasur odam” degan ma’noni bidiradi.
Shu bilan birga keyingi vaqtlarda abdal deganda “gadoy”, “darvesh” kishi tushuniladi. Shuningdek, artistlar, sozandalar, qalandarlar, maddohlarning jargoni “abdal (abdol) tili” deyilgan.
Avshar qadimiy urug‘lardan bin. Arab geograflari o‘z asarlarida Buxoro yaqinida Avshar degan qishloqni tilga oladi. Abulg‘ozi Bahodirxon avshar so‘zini “ishni ildam ishlamoqchi” deb izohlaydi.
Arg‘in - bu urug‘ O‘rta Osiyoda qadimdan yashab kelgan. Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asarida qayd qilingan arg‘u qabilasi ham shu bo‘lsa kerak. “Boburnoma”da, o‘zbek urug‘larining dastlabki yozma shajarasi hisoblangan va Mulla Sayfiddin Axsikandiyning «Majmuat-tavorix» asarida keltirilgan o‘zbek elatlari ro‘yxatida bu urug‘ arg‘o‘n shaklida qayd qilingan. Bu etnonim mo‘g‘ulcha arg‘in (o‘zagi arg‘ – “duragay”) so‘zidan kelib chiqqan. Argʻin (arg‘un) so‘zi qirg‘iz tilida hozir ham ana shu ma’noni anglatadi.
Asaka etnonimi O‘rta Osiyoda qadimdan yashagan sak (saka) qabi­lasi nomi bilan bog‘liq bo‘lsa kerak. Ba’zi bir mulohazalarga ko‘ra, asaka “otliqlar” degan ma’noni bildiradi. Asaka so‘zi joy nomlari shaklida ham uchraydi. Masalan, Andijon viloyatidagi Asaka shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida Asakaovdon botig‘i bor. Geologlar Asakaovdonning o‘rni yuqori toʻrtlamchi davrda ko‘ldan iborat bo‘lganligini aniqladilar (ovdon, to‘g‘risi obdon “suv ombori”, “hovuz”).
Axtachi - qadimgi urug‘lardan bin. Bu urug‘ vakillarini Bobur ham tilga olgan. Axta mo‘g‘ul tilida, umuman “ot” (jumladan “bichilgan ot”) demak. Axtachi esa “otboqar”, “jilovdor” (xon oti jilovini ushlab yuruvchi kishi) ma’nosini beradi.

Download 22.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling