13-ma’ruza: Etnonimlar va ularning maʼnosi Reja
Bag‘anali - o‘zbek urug‘larining tarmog‘i. Bag‘ana “qorako‘l teri”, “yosh qo‘zi terisi” demakdir. Uning “stun” ma’nosi ham bor. Barlos
Download 22.97 Kb.
|
6-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dug‘lat, Duvlat
- Ko‘rpa, Ko‘rpanali, Ko‘rpasoy, Ko‘rpaqishloq, Ko‘rpacha, Yangiko‘rpa
Bag‘anali - o‘zbek urug‘larining tarmog‘i. Bag‘ana “qorako‘l teri”, “yosh qo‘zi terisi” demakdir. Uning “stun” ma’nosi ham bor.
Barlos - O‘zbekiston hududida, asosan, Qashqadaryo vohasida ko‘chmanchi o‘zbeklardan (XVI asrdan) oldin yashab kelgan qabilalardan bin. Barlos so‘zi Abulg‘ozixonning fikricha “qo‘rnondon”, “Badoye ul - lug‘at”ga ko‘ra esa “bahodir” degan ma’noni bildiradi. Boyovut - respublikamiz hududida qadimdan yashab kelgan urug‘lardan biri. Rashididdinning “Jome ut-tavorix”, Abulg‘ozi Bahodirxonning “Shajarayi turk” asarlarida Chingizxon qo‘shinlari bilan birga kelgan qabilalar orasida ham boyovut urug‘i tilga olingan. Boyovut so‘zi “boy” demakdir. Dug‘lat, Duvlat - dastlab mo‘g‘ul qabilasining nomi bo‘lgan. Dugʻlatlar Duklan degan kishidan tarqalgan. Duklan (dogolan) mo‘g‘ul tilida “cho‘loq” degan so‘z, dug‘lat esa bu so‘zning ko‘pligini anglatadi. Irg‘anoqli (erganakli) - irg‘oqli urug‘i ham qayd qilingan. Ehtimol, bu ikkalasi bir urug‘ning turlicha talaffuz qilinishidir. Irg‘anaq “katak”, “shox-shabbadan to‘qilgan chavra”. Demak, bu urug‘ning tamg‘asi katak shaklida bo‘lgan. Ko‘rpa, Ko‘rpanali, Ko‘rpasoy, Ko‘rpaqishloq, Ko‘rpacha, Yangiko‘rpa kabi nomlarning “yopinchiq” ma’nosidagi asli forscha ko‘rpa so‘ziga hech qanday aloqasi yo‘q. Qadimiy turkiy tilda ko‘rpa so‘zining “barra o‘t”, “yosh bola”, “qo‘zichoq”, “uloqcha”, “buzoqcha”, “керак” ma’nolari borligi qayd qilingan. Lekin ko‘rpa so‘zining ko‘pgina ma’nolari unutilgan, shunga qaramasdan, ba’zi joylarda barra bedani “beda ko‘rpa bo‘lib qolipti” deyishadi. Qirg‘ischada ko‘rpo‘ – “barra qo‘zi terisi” ma’nosini bildiradi. Urug‘lar hayvon nomlari bilan atalganini hisobga olsak ko‘rpa etnonimi “qo‘zichoq” degan ma’noni bildiradi. Chunonchi, mashhur tilshunos Abu Hayyon al-Andalusiy (XIII asr) asarlarida ko‘rpa so‘zi ana shunday izohlangan. Kerayt (Kerayit) o‘zbek millati tarkibiga kirgan qabilalardan biri. Turli manbalarda kerayit so‘zi “qora qo‘y”, “qora odam” yoki “qarg‘a” deb izohlangan (to‘g‘risi ham “qarg‘a”). Etnonim oxiridagi – “t” harfi ko‘plik affiksidir. Marqa - yuz urug‘ining bir tarmog‘i. Marqa – “katta, ulkan” degan so‘z. Marqa qo‘zi – ertaroq, martdan oldin tug‘ilgan qo‘zi, egiz qo‘zilarning oldin tug‘ilgani. Gavrilovning fikricha, marqa (marqa yuz) - yuz urug‘ining eng katta tarmog‘i, urug‘ boshining katta xotini - boybichadan tarqalgan. Naymanlar - mo‘g‘ul urug‘i deb hisoblanar edi. Bunda olimlar naim so‘zi mo‘g‘ulcha (“sakkiz”) ekanligiga asoslangan. Etnograf N.A.Aristov nayman so‘zi Sibirdagi Nayma daryosi nomidan olingan deydi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, naymanlar asli turkiy qabila bo‘lib, sakkiz o‘g‘uz nomini mo‘g‘ullar o‘z tillariga moslab nayman deb ataganlar. Download 22.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling