13 ma’ruza Mavzu: Kalitlarni generatsiya kilish. Shifrlash kalitlari uzunligiga bulgan talablar


Seansli kalitlarni generasiya qilish


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana25.03.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1294376
1   2   3   4
Bog'liq
Kalitlarni generatsiya kilish.Shifrlash kalitlari uzunligiga

Seansli kalitlarni generasiya qilish. 
Foydalanuvchi paroli asosida seansli kalitlarni generasiya qilish. Seansli 
kalitlarni yaratishning keng tarqalgan usullaridan biri foydalanuvchi paroli asosida 
kalitlarni generasiya qilishdir. Foydalanuvchi paroli ustida kriptografik 
almashtirishlar bajariladi. Natija kalit sifatida qabul qilinadi. Keynichalik ushbu 
kalitni foydalanuvchi tarmoq trafigini shifrlash uchun ishlatilishi mumkin. 
Ushbu usulning yutug’i Shundan iboratki, maxfiy kalitlarni saqlashga zarurat 
bo’lmaydi. Maxfiy kalitni yaratishda foydalanilgan parolni foydalanuvchi eslab 
yurishi yetarli. 
Usulning kamchiligi Shundaki, ushbu holatda raqibda lug’at yordamida 
hujum tashkil qilish imkoniyati paydo bo’ladi. Mazkur hujumning mohiyati eng 
katta ehtimolli so’zlarni saralash yo’li bilan raqib foydalanuvchi parolini aniqlashi 
mumkin. Chunki, parolni tanlashda ko’p hollarda esda oson saqlanishi mumkin 
bo’lgan so’zlardan yoki belgilar naboridan foydalaniladi. 
Seansli kalitlarni generasiya qilishning X9.17 standarti. ANSI X9.17 
standarti kalitlarni generasiya qilish usullarini aniqlaydi (8.1-rasm). Ushbu standart 
oson esda saqlanib qoladigan kalitlarni emas, balki seansli kalitlarni yoki 
psevdotasodifiy sonlarni generasiya qilishga mo’ljallangan. Kalitlarni generasiya 
qilishda DES kriptografik algoritmidan foydalaniladi, ammo uni o’rniga boshqa 
algoritmdan ham foydalanish mumkin. 


8.1-rasm. ANSI X9.17 standarti bo’yicha kalitlarni generasiya qilish. 
Faraz qilaylik, E
K
(X) bu maxfiy kalitlarni generasiya qilish uchun 
qo’llaniladigan, generasiya qilingan K kalit orqali DES kriptografik algoritmidan 
foydalanib X matnni shifrlash bo’lsin. V

- 64 bitli boshlang’ich ketma-ketlik, T - 
vaqt nishoni bo’lsin. Tasodifiy R
i
kalitni generasiya qilishni quyidagicha bajarish 
mumkin: 
R
i
= E
K
(E
K
(T
i

® 
V
i
). 
V
i+1
ni generasiya qilish : 
V
i+1
= E
K
(E
K
( T
i
)

R
i
). 
R
i
ni DES kalitiga aylantirish uchun, undagi har bir sakkizinchi bitni o’chirish 
orqali erishish mumkin. Agar 64 bitli kalit kerak bo’ladigan bo’lsa, u holda R
i
ni 
o’zgartirmasdan foydalanish mumkin. Agar 128 bitli kalit kerak bo’ladigan bo’lsa, 
u holda bir jo’ft 64 bitli kalitlar yaratish va ularni birlashtirish lozim bo’ladi. 
X9.17 standartiga asosan kalitlar 2 xil bo’ladi: kalitlarni shifrlash kalitlari va 
ma’lumotlarni shifrlash kalitlari. Kalitlarni shifrlash kalitlari yordamida kalitlarni 
tarqatish vaqtida boshqa kalitlar shifrlanadi. 

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling