13 ma’ruza Mavzu: Kalitlarni generatsiya kilish. Shifrlash kalitlari uzunligiga bulgan talablar


Simmetrik shifrlash algoritmlari uchun kalitli axboratlarni


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana25.03.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1294376
1   2   3   4
Bog'liq
Kalitlarni generatsiya kilish.Shifrlash kalitlari uzunligiga

Simmetrik shifrlash algoritmlari uchun kalitli axboratlarni 
generasiya qilish. 
Kriptografik algoritmlardan foydalanishda eng murakkab masalalardan biri 
kalitlarni generasiya qilishdir. Bu holatda asosiy muammo yaratilayotgan kalitlarda 
ma’lum bir kriptografik xususiyatlarni mujassamlashtirishdir. 


Kalitlarni generasiya qilishning 2 xil usuli mavjud: determinallashgan va 
nodeterminallashgan. 
Determinallashgan usul. Ushbu usullarning mohiuati kichik uzunlikdagi 
tasodifiy ketma-ketliklardan statistik xususiyatlari bo’yicha dastlabki ketma- 
ketliklardan uncha farq qilmaydigan katta uzunlikdagi psevdotasodifiy ketma- 
ketliklarni 
shakllantirishdan 
iborat. 
Psevdotasodifiy 
ketma-ketliklarni 
shakllantirishning eng keng tarqalgan usullaridan biri chiziqli teskari bog’lanishli 
siljitish registrlaridan foydalanish. Ular chiziqli rekurrent ketma-ketliklar vositasida 
ifodalanib, ulardan har doim ham psevdotasodifiy kalitlar ketma-ketligi generatori 
sifatida foydalanish mumkin emas. Shu sababli psevdotasodifiy xarakterga va 
fizikaviy tabiat (muskullarning harakati, kirish/chiqish qurilmalari bilan ishlashda 
foydalanuvchining ularga murojaat qilish vaqti) ga ega bo’lgan jarayonlardan 
foydalanish keng tarqalmoqda. 
Ixtiyoriy holatda ham kalitlarni generasiya qilishda quyidagilarga e’tibor 
qilish maqsadga muvofiq: 
• 
k belgidan tashkil topgan ketma-ketlik (k-gramma) ni paydo bolish 
chastotasini 
/
-kvadrat mezoniga tekshirish; 
• 
natijalar chastotasini umumlashgan 
/
-kvadrat mezoniga tekshirish; 
• 
markirovka qilishning minimal va maksimal qiymatlarini tekshirish; 
• 
ustma-ust tushmaslik oraliqlari uzunliklarini berilgan diapazon bilan 
solishtirish; 
• 
monotonlikka tekshirish. 
Nodeterminallashgan usul. Natijalari keyinchalik kalitlarni generasiya 
qilishda qo’llaniladigan tasodifiy fizik jarayonlar ushbu usullar asosini tashkil qiladi. 
Tasodifiy natijalar hosil qilishga oddiy misol sifatida o’yin suyaklari yoki tangani 
tashlashni ko’rsatish mumkin. Kichik unumdorligi sababli amaliyotda ulardan 
foydalanish maqsadga muvofiq bo’lmasa-da, nazariy jihatdan ular kalitlar ketma- 
ketligi generatori sifatida xizmat qilishi mumkin. 
Hozirgi vaqtda chiquvchi ketma-ketliklari tasodifiy tarqalgan fizikaviy 


shovqin generatorlari (masalan, shovqin soluvchi diodlar, impulsli generatorlar, 
Geyger hisoblagichlari) keng qo’llanilmoqda. Ushbu asbob yoki qurilmalardan 
olingan signallar raqamlashtiriladi. Ular keyinchalik oqimli shifratorlarda 2 modul 
bo’yicha qo’shish yoki kalitlarni shakllantirishda boshlang’ich ketma-ketlik sifatida 
xizmat qilishi uchun ikkilik ko’rinishidagi ketma-ketliklar sifatida ifodalanadi. 

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling