Asimmetrik (ochiq kalitli) shifrlash algoritmlari uchun
kalitli axboratlarni generasiya qilish.
Ochiq kalitli shifrlash algoritmlari uchun kalitli axboratlarni generasiya qilish
simmetrik kriptotizimlarga nisbatan juda oddiy. Chunki,
ochiq kalitli
kriptotizimlarda maxfiy kalitlar ununig egasigagina tegishli bo’lib, ularni qandaydir
aloqa kanali orqali uzatishga yoki boshqa foydalanuvchilarga tarqatishga hojat yo’q.
Asimmetrik kriptotizimlarda har bir foydalanuvchi o’zining ochiq va
yopiq
(maxfiy) kalitlar jo’ftligiga ega. Xabarni jo’natuvchi
xabarni qabul qiluvchining
ochiq kalitlar jo’ftligidan
foydalanib, ma’lumotlarni
shifrlab,
aloqa kanali orqali
jo’natadi. Shifrlangan ma’lumotni qabul qilgan foydalanuvchi o’zining yopiq
kalitlar jo’ftligidan foydalanib, sifrmatnni dastlabki matnga o’giradi.
Foydalanuvchilarning ochiq kalitlar jo’ftligi
tarmoqdagi boshqa
foydalanuvchilar ishlatishlari uchun ochiq holda e’lon
qilinishi yoki biror
ma’lumotlar bazasida saqlanishi mumkin. Shu sababli
asimmetrik kriptotizimlar
ochiq kalitli kriptotizimlar deb ham nomlanadi.