13-maruza: Sanoat binolarining zamonaviy konstruksiyalari. Bir qavatli sanoat binolarining rejasi oddiy


Tomlarning fazoviy ko‘taruvchi konstruksiyalari


Download 90.95 Kb.
bet19/25
Sana13.11.2023
Hajmi90.95 Kb.
#1770747
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   25

Tomlarning fazoviy ko‘taruvchi konstruksiyalari

Ayrim tarmoqlar uchun katta oraliqli binolar qurilishi moslashuvchanlik va universallik talablarini qondiruvchi texnologik zaruriyatdan kelib chiqadi. Shunga qaramasdan fazoviy konstruksiyalar o‘zlarini iqtisodiy tomondan samaradorligi bilan kam mehnat talabliligi tomonidan boshqa konstruksiyalardan ajralib turadi (2.42– rasm), lekin tom yopma konstruksiyalarning murakkabligi hamda ularning elementlarini birxillashtirish qiyin bo‘lganligi va o‘rnatishdagi qiyinchiliklar fazoviy konstruksiyalarni keng qo‘llashga to‘sqinlik qiladi. Fazoviy tom bir–birlari bilan monolit bog‘lanib, bir butun konstruksiyadek, ishlovchi bir yoki ikki tomonga egilgan qobiq ko‘rinishida bo‘lgan elementlardan (ferma yoki to‘sin) tuzilgan konstruksiyalardan iborat bo‘ladi. Bunday konstruksiyalarni metall, temirbeton va yog‘och kabi materiallardan yasaladi (2.42 a–rasm).


Sanoat binolari tomlarida bir necha turdagi qobiqlar–stilindr, kupolsimon, parabolik va giperboloid, shed ko‘rinishdagi ikki tomonga egilgan va boshqa ko‘rinishdagi qobiqlar qo‘llaniladi (2.42–rasm).
Qobiqlar unchalik katta bo‘lmagan qalinlikka (30 mm dan 10 mm gacha) ega bo‘lib, ish davrida asosan siqiluvchi zo‘riqishlarini o‘zicha qabul qiluvchi konstruksiya hisoblanadi. Hozirgi paytda ustunlar to‘ri 12x18, 12x24 m bo‘lgan binolar uchun uzun hamda ustunlar to‘ri 12x18 m, 12x18 m va 12x30 m bo‘lgan binolar uchun esa kalta stilindrik temirbeton qobiqlar ishlab chiqilgan hamda
bulardan tashqari bu qobiqlarga nisbatan ancha tejamliroq (materiallarga ko‘ra) ikki tomonga egilgan, rejada o‘lchamlari 12x24, 18x24, 18x30, 24x24, 36x36 m bo‘lgan qobiqlar ishlab chiqilgan (2.43–rasm).

2.42a–rasm. Katta oraliqli silliq tomlar.
a – oralig‘i 96 m bo‘lgan temirbeton fermali; б – oralig‘i 80 m bo‘lgan metall ramalar.

    1. rasm. Sanoat binolari tomlarida ishlatiladigan qobiqlar.




a – silliq qobiq; б – qovurg‘ali qobiq; в – д – yopiq qobiqlar; e – oynali; ж – stilindrik qobiq; и – xochsimon qobiq.

    1. rasm. Ayrim sanoat binolarida qo‘llaniladigan stilindrik qobiqlar va ularni montaj qilish.


Oxirgi paytlarda osma yopmalar (vantlar) qo‘llanilmoqda. Bunday yopmalarda to‘sinlar vantlarga osilgan bo‘lib, bir qavatning o‘zida yig‘ma temir – beton elementlardan yig‘ilgan, uchburchakli ustunlarga tiralgan bo‘ladi. To‘sinlar ustidan o‘lchamlari 3x12 bo‘lgan, oldindan zo‘riqtirilgan temirbeton panellar yotqiziladi.

Sanoat binolarini, sport inshootlarini va tayyor mahsulotlar saqlanadigan omborlarni butunlay o‘rashda horijda ishlab chiqilayotgan pnevmatik ya’ni shaffof sintetik gazlamadan yoki havo puflab shishiriladigan qobiqdan foydalaniladi (2.44– rasm). Bunday konstruksiyalar uchun material bo‘lib polietilen, poliefir va boshqa plyonka hamda rezina zaminli materiallar ishlatiladi.

    1. rasm. Havo berib shishiriladigan tom qobiqlarining ko‘rinishlari:




a – б – havo tayanchli, pnevmatik linza; г – tutilgan konstruksiyalar fragmenti; д – e – sinchlariga havo berib shishirilgan qobiqlar; ж – arkali qo‘pol.1–havo o‘tkazmaydigan qobiq; 2–organik shisha deraza; 3–gruntga kirgazilgan anker; 4–shlyuz; 5–qayish qobiq; 6–linzali po‘lat tayanch belbog‘i; 7–tom ustiga yopiladigan tentni ushlab turish va tom bo‘ylama ustivorligini ta’minlash uchun tortilgan po‘lat arqon.
Qurilish texnikasining va ximiya sanoatining rivojlanishi kelajakda bunday konstruksiyalarni sanoat binolari qurilishida keng qo‘llash imkonini beradi.


Download 90.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling