13-maruza: Sanoat binolarining zamonaviy konstruksiyalari. Bir qavatli sanoat binolarining rejasi oddiy
Download 90.95 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tomlarni po‘latdan to‘sin va fermalari
Temirbeton storopil osti to‘siniStoropil osti to‘sini va fermasi storopil to‘sini yoki fermasini tayanishiga mo‘ljallangan bo‘lib, ularni ustunlar qadami yopma plitasi uzunligidan katta bo‘lgan taqdirda qo‘llaniladi (2.39–rasm). 2.39–rasm. Temirbeton storopil osti to‘sini. a–storopilosti fermasi umumiy ko‘rinishi; b–storopilosti fermasi ishlatilgan tom yopmasi kesimida ko‘rinishi (tekis tom uchun). Ularning uzunliklari asosan 12 m bo‘lib, kelajakda ustunlar qadamini kattalashtirish (12 m dan katta) hisobiga katta oraliq storopil osti to‘sini va fermasini ishlab chiqishga va uni ishlatishga imkoniyat tug‘iladi. Storopil to‘sini yoki fermasini tayanish uchun storopil osti to‘sini yoki fermasi ostki poyasi tokchasida (oraliq o‘rtasida) balandligi 700 mm bo‘lgan yostiqlar ko‘zda tutilgan bo‘ladi. Storopil osti konstruksiyalarini ustunlarga mahkamlash storopil konstruksiyalarni ustunlarga mahkamlash kabi olib boriladi. Tomlarni po‘latdan to‘sin va fermalariQo‘shtavrli kesimga ega hamda ulama (tuzilgan) po‘lat to‘sinlar tomlarni ko‘taruvchi konstruksiyalarni eng oddiylari hisoblanadi. Katta oraliq binolardan po‘lat fermalari ishlatiladi. Po‘lat fermalarni poyas chiziqlarga ko‘ra poligonal ko‘rinishdagi, parallel poyasli va uchburchak ko‘rinishdagi turlarga ajratiladi (2.40–rasm). 2.40–rasm. Po‘latdan ishlangan storopil fermalari. a–fermalarni asosiy turlari; b–parallel poyasli fermalarni ustunlarga “nol” bog‘lanishda tayanish qismi; v–bunda ham, poligonal fermalarni “250” yoki “500 mm” bog‘lanishda tayanish qismi; g– bunda ham uchburchaksimon fermalarni nol bog‘lanishda tayanish qismi; 1–tayanch usti ustuni; 2–ustun; 3–to‘sin. Ferma turlarini yopma materiallarga asosan tanlanadi. Po‘lat fermalari ham qanday oraliqli binolarda ishlatish mumkin. Unifikastiya qilingan 24–30 va 36 metrli oraliqga ega bo‘lgan fermalarni ustunlari qadami 6 metr va 12 metr bo‘lgan binolarda qo‘llaniladi. Poligonal fermalarni tayanch qismi balandligi 2200 mm parallel poyasli fermalarda esa bunday balandlik 2500 va 3750 mmga teng bo‘ladi. Ferma elementlari asosan qo‘shburchakliklardan iborat bo‘lib, ularni “fasonka” deb, ataluvchi listlarga payvandlanib, tugunlar hosil qilinadi. Fermalarni po‘lat ustunlari yoki tomoniga qotiriladi, temirbeton ustunlarga esa fermalar to‘sinlar singari sharnirlar yordamida biriktiriladi. Hosil bo‘lgan rama elementlarini fazoviy birligini va ustivorligini ta’minlash uchun ular orasiga ferma ostki va ustki poyasi orqali vertikal va gorizontal bog‘lanishlar o‘rnatiladi. Download 90.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling