13-maruza: Sanoat binolarining zamonaviy konstruksiyalari. Bir qavatli sanoat binolarining rejasi oddiy


Download 90.95 Kb.
bet11/25
Sana13.11.2023
Hajmi90.95 Kb.
#1770747
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25

2.13 Panelli devorlar

Ko‘p oraliqli ishlab chiqarish binolarining devorlari qiymati bino umumiy narxining 8–10% ni tashkil etadi, bu ko‘rsatkich bir va ikki oraliqli binolarda yana ham katta bo‘lishi mumkin.


Panel devorlarni keng ko‘lamda qo‘llash bino narxini tushirish va uni qurishga ketgan vaqtini kamaytirishga olib keladi (2.22–rasm). Ustun qadamlari 6,0m bo‘lgan
binolarda uzunligi 6,0m, ustun qadami 12m bo‘lgan joylarda esa uzunligi 12m li devor panellari keng ko‘lamda ishlatilmoqda (2.23–rasm). Binoda joylashgan o‘rniga ko‘ra Panellarni qator paneli, deraza oralg‘i paneli, ravoq paneli kabi turlarga ajratiladi.
Hozirgi kunlarda devor panellarini oddiy va engil betonlardan tayyorlanadi va ularni bir necha seriyalari mavjud bo‘lib – 1,432_5: 1,432_6 va hokazo kabi belgilanadi.
Isitilgan bino devori panelining qalinliklari 160, 200, 240 va 300 mm bo‘lib, Bu yerda 160 mm qalinlikdagi panel faqat ilingan devorlarda bo‘ladi. Panel balandligini odatda 1200, 1800 mm, tomidan atmosfera suvlarini bino tashqarisidan tushirib yuboriladigan binolarda esa panel balandligini 900 va 1500 mm qilib olinadi.
Parapet panellari balandligi 900 va 1800 mm ga teng bo‘ladi.
Isitilmagan binolarda qovurg‘ali hamda serqovurg‘ali yig‘ma temirbeton panellari qo‘llaniladi. Ularni uzunligi 5980 va 11970mm, balandligi 1185 va 1785mm, qovurg‘alari balandligini ustunlar qadami 6,0 bo‘lganda 120mm va ustunlar qadami 12m bo‘lganda esa 300mm qilib olinadi.
Panellar V25 va V30 sinfli betonlardan tayyorlanadi.
Devor panellarini ustunlarga har xil usullarda mahkamlanadi. Bunday usullarni birida har xil tekislikda joylashgan ikki po‘lat burchaklarini birini ustun quyma detaliga ikkinchisini esa panel quyma detaliga payvandlanib, hosil bo‘lgan moslama yordamida panellar ustunlarga ilintirib qo‘yiladi.
Deraza o‘rni ustiga joylashtiriladigan panellarni ustunlardagi maxsus po‘lat tayanchlarga o‘rnatilib, panellar choklarini qaysi metallar bilan to‘ldirilishidan qat’iy nazar ularni to‘rt burchagidan ustunlarga payvand yordamida qotiriladi. Gorizontal chok qalinligi 15 mm, vertikal chok qalinligi 20 mm qilib qabul qilingan. Choklarni elastik xususiyatga ega bo‘lgan sintetik materiallar UM–40 va UM–50 yoki qum– sement qorishmasi bilan to‘ldirilib chiqiladi.

    1. rasm. Bir qavatli sanoat binolarida devor panellarini




a – bo‘limi devorlarda; б – bino to‘g‘risida.
1 – 3 – tom yopmasi ko‘taruvchi konstruksiyasi temirbeton ferma yoki to‘sin bo‘lganda; 4 – 5 – bu ham po‘lat ferma bo‘ladi.



    1. Download 90.95 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling