13-mashg'ulot. Organik kislotalarni aniqlash Organik kislotalar


Organik kislotalarning o'simliklar hayotidagi ahamiyati


Download 318.89 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana16.06.2023
Hajmi318.89 Kb.
#1514667
1   2   3
Bog'liq
13-Organik kislotalarni aniqlash

 
Organik kislotalarning o'simliklar hayotidagi ahamiyati 
Organik kislotalar o'simliklar hayotida muhim ahamiyatga ega. Ular 
uglevodorodlar, yog'lar va oqsillarning oksidlanish reaksiyalarida oraliq birikmalar 
sifatida ishtirok etadi. Shu bilan birga, organik kislotalar, aminokislotalar, alkoloidlar 
va boshqa bir qator birikmalar hosil bo'lishida ham aktiv ishtirok etadi. Nafas olish 
prosetsesida hosil bo'lgan organik kislotalar ammiakni biriktirib olib, aminokislotalar 
hosil qiladi. (Moylar hosil bo'lish reaksiyasi ham organik kislotalar bilan bog'liq. Barcha 
yog'larning 90% ga yaqini yuqori molekulyar yog' kislotalardan iborat. Shunday qilib, 
uglevodlar, oqsillar va yog'lar almashinuvi organik kislotalar orqali amalga oshadi va 
o'zaro bog'lanib turadi. 
Kerakli reaktiv va asboblar: Tarkibida organik kislotalar tutuvchi o'simlik 
materiali olinadi ( rovoch, otquloq, tamaki kabi o'simliklar bargi va poyasi, limon, olma, 
anor va boshqa mevalar), 1 %li fenolftaleinning spirtli eritmasi, 0,1 % metil ko'ki, 0,1 
mol/1 li natriy gidroksid eritmasi, xajmi 250-500 ml li o'lchov kolbalari, turli 
o'lchamdagi pipetkalar, suv hammomi. 
Erkin holdagi organik kislotalarni aniqlash 
Ishning bajarilishi: 
O'simlik materialini 2 mmli elakdan o'tadigan holda maydalab kesiladi. 250 ml 
xajmli kolba olib unga 25 g maydalangan mevadan solinadi, ustiga 200 ml suv quyib 2 
soatga suv hammomiga qo'yiladi, so'ngra sovutiladi. Sovigan eritmani 250 ml li o'lchov 
kolbasiga solinib, o'lchamigacha suv bilan etkaziladi hamda yaxshilab aralashtiriladi. 
Hosil bo'lgan eritmadan 10 ml olib, 500 ml xajmli kolbaga solinadi va uning ustiga 200-
300 ml qaynagan suv qo'shiladi, shuningdek 1 ml 1 %li fenolftaleinning spirtli 
eritmasidan, 2 ml 0,1 % metil ko'kidan qo'shib, 0,1 mol/1 li natriy gidroksid eritmasi 
bilan binafsha-qizil rang hosil bo'lguncha titrlanadi 
Erkin holdagi oganik kislotalar miqdori olma kislotasiga nisbatan absolyut quruq 
og'irligi protsentlarda (X) quyidagi formula orqali hisoblanadi. 
X=Vx0,0067x250x100x100\mx100(100-W) 
 
0,0067g- o'yuvchi natriy gidroksid eritmasi 1 ml ga to'g'ri keladigan olma 
kislotasining miqdori (1 mol/I), g;V- titrlash uchun ketgan natriy gidroksid xajmi (0,1 
mol/1), ml; m-o'simlik materialining massasi,g; W-quritilganda o'simlik materialining 
massasini kamayishi, %. 

Download 318.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling