13-Matematik modellashtirish asoslari. Statistik ma'lumotlarni qayta ishlashda maxsus dasturlar kompleksi
SIMULINK visual modellashtirish tizimi
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
13-mavzu
SIMULINK visual modellashtirish tizimi
Asboblar to‘plami ichida Simulink visual modellashtirish tizimi alohida o‘rin egallaydi. Ma’lum ma’noda Simulink ni Math Works firmasining mustaqil mahsuloti sifatida qarash mumkin. Biroq u «Matlab» yadrosi bo‘lgandagina ishlaydi va uning tarkibiga kirgan ko‘pgina funksiyalarni ishlatadi. Shuni e’tiborga olish kerakki, «Matlab», Simulink paketlari va ularning kengaytirilgan paketlari(Toolboxes, Blocksets) muntazan rivojlanib, takomillashib bormoqda. Simulink-tadqiqot uchun noyob asbobdir, u foydalanuvchidan dasturlash ko‘nikmalarini bilishni talab qilmaydi, qudratli tashkilotlarni birlashtirish imkonini beradi, ob’yektni matematik tuzilishi va modelni qo‘llayotga blok sxema tuzilishi o‘rtasidagi o‘xshashlikni aniqlaydi. Simulink–dinamik tizimlarni modellashtirish, yasash va tahlil qilishning interaktiv asbobidir. U grafik diagramma bloklarini qurish, dinamik tizimlar yasash, tizimni ishga layoqatliligini tadqiq qilish va loyihani mukammalashtirish imkonini beradi. Simulink–»Matlab» bilan to‘liq integrallashgan bo‘lib, tahlil va loyihalashning keng spektrdagi asboblariga tezda kirish imkonini beradi. Bir onda mustaqil o‘zgaruvchi, differehsial tenglama, majburiy funksiya, boshlang’ich shartlar, differensial tenglama yechimi kabi matematik tushunchalar zanjiri bilan, modellashtirish vaqti, kiruvchi signal, ob’yektning tuzilish sxemasi, integratorlardagi boshlang’ich shartlar, chiquvchi signal kabi analog modellashtirish tushunchalari zanjiri munosabatlarining sabablari yaqqol namoyon bo‘ladi. «Matlab», Simulink sohalarida modellashtirishda talabalar, tinglovchilar va tadqiqotchilarda o‘lchash vositalari, tartibga solish va tizimni boshqarish quyidagilarga bog’lanadi: tanlash ko‘nikmalari, sozlash, avtomatlashtirishning zamonaviy vositalarini ishlatish; o‘qish jarayonida zamonaviy texnologiyalarni ishlatish texnologiyalari; o‘rganilyotgan ob’yektning static va dinamik tenglamalarini aniqlash; o‘rganilyotgan ob’yekt tahlil qilish qobiliyati; o‘rganilyotgan ob’yektni sintez qilish qobilyati. «Matlab» paketi virtual elementlar, modullar, funksiyalarning katta to‘plamiga ega. Ular real oddiy fizik elementlarning asosiy xususiyatini o‘zida qamrab, shartli belgilar ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Shunday qilib, monitor ektanida mos elementlardan kerakli virtual laboratoriya stendini yig’ib, yani o‘rganilyotgan ob’yektning aniq tuzilishi sxemasini yig’ib, uni to‘liq tahlil qilish mumkin, o‘rnatilgan va o‘tuvchi rejimlarda o‘rganish, istalgan xususiyatlari bilan sintez qilish mumkin. Sxema to‘g’ri yig’ilib, tajriba ustalik bilan olib borilsa tadqiqot natijasi real sxemadagi tadqiqot natijasiga mos keladi, aniqlik bo‘yicha esa undan o‘tadi. . «Simulink» dasturiy paketlarning asl mohiyati ana shundadir va albatta bular paketning afzalligi va qadr-qimmatidir. «Matlab», «Simulink» paketlari o‘qishnng barcha shakllarida turli fanlarni o‘rganish jarayonida faqat talabalar uchun foydali emas, balki yangi qurilmalarni loyihalayotgan va sinovdan o‘tkazayotgan muhandislar, ilmiy xodimlar uchun ham juda foydalidir. Sababi barcha tajribalarni virtual stendlarda o‘tkazish mumkin. Bu talaba va tadqiqotchilarni o‘rganilyotgan qurilmaning fizik modelini qurishdan ozod qiladi va shu bilan birga moddiy harajatlarni va vaqtni tejaydi. «Matlab», «Simulink paketlari talabalar, tadqiqotchilar tomonidan o‘rganiladigan sxema, apparatlar va tizimlarni chuqurroq tadqiq qilish imkonini beradi. Chunki u funksiya va bo‘g’inlarning asosiy keng tipik elementar guruhlariga egadir. Yana laboratoriya stendlariga bo‘lgan intilishda shuni hisobga olish kerakki, bitta stendni o‘zi bir nechta laboratoriya ishlarini bajarish imkonini beradi. Bunday stendlarda element va qurilmalar stend ichiga berkitilgan bo‘lib, birinchi planga esa tahlil qilinayotgan ob’yektning sxemasi tuzilish, uning differensial tenglamasi, o‘tish funksiyasi, funksiya mnemosxemalari chiqariladi. Virtual laboratoriya ishlarini bajarilishi talabalar va tadqiqotchilar uchun zamonaviy ko‘p maqsadli laboratoriua stendlarida bajarilgandan ko‘ra tushunarli va aniqdir. Talaba-tadqiqotchi. «Matlab», «Simulink» paketlarining tadqiqotchilik imkoniyatlari boshqa zamonaviy ko‘p maqsadli stendlarga nisbatan o‘lchab bo‘lmas darajada ko‘pdir. Nihoyat, «Matlab», «Simulink» paketlari masofaviy o‘qitishda juda foydalidir. Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling