13-Matematik modellashtirish asoslari. Statistik ma'lumotlarni qayta ishlashda maxsus dasturlar kompleksi
Matlab tizimini ishga tushgandan keyingi ishchi oynasi
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
13-mavzu
Matlab tizimini ishga tushgandan keyingi ishchi oynasi
1.Buyruqlar oynasi (Command Window); 2.Brouzerning ishchi qismi (Workspace Browser); 3.Massiv muharriri (Array Editor); 4.Buyruqlar tarixi oynasi (Command History); 5.Ayni vaqtdagi katalog brouzeri (Current Directory Browser); 6.Start tugmasi (Start); 7.Brouzer so‘rovnomasi (Help Browser); 8.Muharrir (Editor/Debugger); 9.Sharhlovchi(Profiler). 1.Asosiy buyruqlar oynasi MatLABdagi barcha buyruqlarni paketlarni va kutubxonalani eʼlon qilish oynasi hisoblanadi. O‘zgaruvchilar oynasi dastur tarkibida eʼlon qilingan o‘zgaruvchilarni daraxt ko‘rinishida ifodalab boradi. Buyruqlar tarixi oynasida esa dasturda bajarilayotgan buyruqlar ketma-ketligi saqlanib qoladi. Matlabda seans ishi tushunchasi sessiya (session) deb yuritiladi, yaʼni foydalanuvchi ayni vaqtda foydalanayotgan hujjat–bu sessiyadir. Unda kiritish-chiqarish satrlari va xatoliklar haqida axborot joylashgan bo‘ladi. Matlab sessiyaga kiruvchi barcha o‘zgaruvchi va funksiyalar qiymatlari xotiraning ishchi qismida joylashgan bo‘ladi. Save (saqlash) komandasi yordamida ularni (matlab.mat)da saqlash mumkin. Load (yuklash) komandasi esa maʼlumotlarni diskdan ishchi sohaga kiritish imkonini beradi. Diary (kundalik) komandasi orqali maʼlumotlarni ayrim qismlarini kundalik ko‘rinishida saqlash mumkin. Buyruqlar oynasini boshqarish komandalaridan eng muhimlarini keltiramiz: - clc –ekranni tozalaydi va kursorni bo‘sh ekranning yuqori chap qismiga joylashtiradi;-home– kursorni ekranning yuqori chap qismiga qaytaradi. Jadal suʼratlar bilan rivojlanib borayotgan kompyuterlashgan matematik tizimlar (KMT), ayniqsa, sonli hisoblashlarga yo‘naltirilgan tizimlar orasida MatLAB matritsali matematik tizim alohida ajralib turadi. MatLAB tizimini tashkil qiluvchi paketlar soni ko‘pligi uning juda ko‘plab soha masalalarini hal qilishga joriy etish imkoniyatini beradi. Hozirgi kunga kelib Matlab tizimi zamonaviy matematik va ilmiytexnikaviy dasturiy taʼminoti sohasida deyarli jahon standarti bo‘lib qoldi. 2.MatLAB tizimini vazifalari va imkoniyatlari. Matlab–matematik va ilmiy-texnik hisoblashlarni amalga oshirishga mo‘ljallangan eng qadimiy, uzoq vaqtlar davomida ishlab chiqilgan va tekshirilgan, avtomatlashtirilgan tizimlardan biri bo‘lib, u matritsa va matritsaviy amallarni kengaytirilgan talqini ustiga qurilgan. Mazkur tushuncha uning nomida o‘z aksini topgan, yaʼni MatLAB–matrix laboratory– matritsali laboratoriya. Maʼlumki, juda ko‘plab dasturlar va ular ustida amallar bajarish sikllar orqali amalga oshiriladi. Bu esa dasturni ishlashini sekinlashtiradi va baʼzi bir amallarni bajarishni dasturlash tillarida ko‘p o‘lchamli, xususan, ikki o‘lchamli, yaʼni matritsalarni eʼlon qilishni murakkablashtiradi. Matlabda asosiy obʼekt sifatida matritsalardan foydalanish sikllar sonini keskin kamaytiradi. Matlab tizimini yaratishdagi asosiy maqsadlardan biri bo‘lib, texnik va matematik hisoblashlarga yo‘naltirilgan, foydalanuvchi uchun qulay va sonli usullarni amalga oshirish uchun tadbiq etib kelinayotgan anʼanaviy dasturlash tillari imkoniyatlaridan ustunroq dasturlash tilini yaratish hisoblanadi. Mazkur tizimni yaratishda hisoblashlar tezligini oshirishga hamda tizimning turli xil masalalarini hal qilishga moslashuvchanligiga katta eʼtibor qaratilgan. Matlab tizimi dasturlashning uchta asosiy konsepsiyasini amalga oshiradi: a)modullarni, yaʼni protsedura va funksiyalarni yaratishga asoslangan protsedura modulli dasturlash; b)obʼektga yo‘naltirilgan dasturlash (ayniqsa, tizimning grafikli vositalarini joriy qilish ahamiyati); c)foydalanuvchining grafikli interfeysini yaratishga mo‘ljallangan vizual-yo‘naltirilgan dasturlash (GUI-Graphics User Interface). Umuman olganda, Matlab dasturlash tili interpretatorlar sinfiga kiradi. Demak, bundan kelib chiqadiki, tizimning har bir buyrug’i nomi bo‘yicha aniqlanadi va zudlik bilan joriy qilinadi. Bu esa ixtiyoriy dasturiy kodni qism-qism bo‘yicha tekshirishni osonlashtiradi. Tizimning asosiy imkoniyatlardan biri bu uning ochiqligi va kengaytirish mumkinligidir. Tizimning juda ko‘plab buyruq va funksiyalari matnli formatdagi m -fayl (kengaytmasi . m) va C/C++ fayllari ko‘rinishida bo‘lib, barcha fayllarni modifikatsiya qilish mumkin. Umuman olganda, maʼlumotlarni kiritish va hisoblashlarni amalga oshirish quyidagicha amalga oshiriladi: Boshlang’ich maʼlumotlarni kiritishni ko‘rsatish uchun >> belgidan foydalaniladi; Maʼlumotlar oddiy yozuvli tahrir yordamida kiritiladi; Sozlangan funksiyalar (masalan, sin) yozma harflar bilan yoziladi, hamda ularning argumentlari oddiy qavslar ichida yoziladi; . Maʼlumki, o‘zgaruvchilar kompyuter xotirasida, yaʼni ishchi soha (workspace) da maʼlum bir joy egallaydi. Ishchi sohani keraksiz o‘zgaruvchilardan tozalash uchun clear funksiyasining turli xil ko‘rinishlaridan foydalaniladi, masalan: clear - barcha aniqlangan o‘zgaruvchilarni yo‘qotish; clear x-aniqlangan x o‘zgaruvchini yo‘qotish; clear a, b, c - aniqlangan bir necha o‘zgaruvchilarni yo‘qotish. Umuman olganda, Amaliy dasturlar jamlanmasi neyron to‘ri, elektrotexnik qurilmalarni modellashtirish, murakkab matematik masalalarni yechish, fizik jarayonlarni kompyuterda modellashtirish kabi ko‘plab sohalarda qo‘llash uchun yaratilgan. Shuning uchun ham bu sohani chuqur o‘rganish katta ahamiyatga ega. 3.Tizim kengaytmasi. Yordam tizimi. MatLAB dasturchilarga quyidagi sohalardagi paketlar kengaytmasini taqdim etdi: harbiy sanoat majmualari, energetika, aerokosmik va avtomobil qurilishi va boshqalar. Ammo shular ichidan turli tizim va qurilmalarni blokli imitatsion modelini qiluvchi Simulink paketi eng mashщuriga aylandi. MatLAB+ Simulink tipik kompleksi katta qiymatdagi MatLAB paketlar instrumentlar “qutisi” Toolboxes va vizual-mo‘ljallangan blokli imitatsion modellashgan Simulink dinamik tizimini imkoniyatlarni kengaytiruvchi Blocksets dan iborat. Simulink paketi Matlab bilan birga o‘rnatiladi. MatLAB+ Simulink tizimi tuzilishi Simulink paketu to‘g’risida keyingi darslarimizda batafsil maʼlumot berib boramiz. Yordam tizimi >> help; buyrug’i yoki menu panelining help bo‘limidan olish mumkin. Help bo‘limi Matlab so‘rovnoma qismi va Matlab dasturi ishlab chiqarish haqida maʼlumot beradi Help komandasi berilgandan keyin ekranda formatida yordam faylining mundarijasi chiqadi. Kerakli bo‘limni tanlab help komandasi kiritiladi. Shundan keyin ekrandagi shu bo‘limdagi funksiya, o‘zgaruvchi va operatorlarning ro‘yxati chiqadi. Konkret funksiya bo‘yicha yordamni olish help komandasidan foydalaniladi. Agar funksiya, operator yoki o‘zgaruvchilarni nomi maʼlum bo‘lmasa va biror kalit so‘z maʼlum bo‘lsa kerakli faylni quyidagi komanda yordamida topamiz: look for . Bu komanda yordamida kalit so‘z yordam tizimining barcha bo‘limlarida qidiriladi va shu so‘z bor bo‘lim yoki fayl ko‘rsatiladi. 4. MatLABdagi oddiy hisoblashlar. MatLAB tizimi shunday ishlab chiqilganki, hisoblashlarni, foydalanuvchi dasturini tayyorlamasdan to‘g’ridan-to‘g’ri bajarish mumkin. Bunda Matlab superkalkulyator vazifasini bajarib, qatorli komanda rejimida ishlaydi. Masalan, >>2+3, ans=5; >>2*3, ans=6 va hokazo. Tizimda ishlash muloqotli (dialogli) tavsifga ega bo‘lib, “savol berildi – javob olindi” qoidasi bo‘yicha ishlanadi. Yaʼni foydalanuvchi klaviatura yordamida hisoblanishi lozim bo‘lgan ifodani kiritadi, tahrir qiladi (agar lozim bo‘lsa) va kiritishni ENTER klaviaturasini bosish bilan yakunlaydi. Umuman olganda, maʼlumotlarni kiritish va hisoblashlarni amalga oshirish quyidagicha amalga oshiriladi: Boshlang’ich maʼlumotlarni kiritishni ko‘rsatish uchun >> belgidan foydalaniladi; Maʼlumotlar oddiy yozuvli tahrir yordamida kiritiladi; Biror bir ifoda hisoblash natijasini blokirovka qilishuchun mazkur ifodadan keyin - ; (nuqta vergul) qo‘yiladi; Hisoblashlar natijasini ko‘rsatuvchi o‘zgaruvchi aniqlanmagan bo‘lsa, u holda Matlab tizimi bunday o‘zgaruvchi deb ans oladi; O‘zlashtirish amali sifatida juda ko‘plab dasturlash tillari kabi : = belgi emas, balki matematikadagi oddiy = ni o‘zi olinadi; Sozlangan funksiyalar (masalan, sin) yozma harflar bilan yoziladi hamda ularning argumentlari oddiy qavslar ichida yoziladi; Hisoblashlar natijasi yangi qatorda >> belgisiz chiqadi; Muloqot “Savol berildi–javob olindi” ko‘rinishida amalga oshadi. Maʼlumki, juda ko‘plab matematik tizimlarda, agar u son bo‘lmasa, u holda sin(v) va yexr(v) ifodalarni hisoblab bo‘lmaydi, yaʼni tizim bunday ifodalarni xato deb beradi. Matlabda esa agar berilgan o‘zgaruvchi vektor bo‘lsa, natija ham mazkur o‘lchamdagi vektor bo‘ladi, agar matritsa bo‘lsa, natija ham matritsa bo‘ladi. Komandali rejimda bir qatordagi belgilarning maksimal soni–4096, m–fayllarda esa chegaralanmagan. Barcha matematik tizimlarning markaziy tushunchasi bu matematik ifodalardir. Maʼlumki, ular ustida amallar bajarilayotganda, asosan ularning sonli qiymatlaridan foydalaniladi (kam holatlarda belgi ko‘rinishlaridan ham foydalaniladi). Matlab ham matematik tizim bo‘lgani uchun bu yerda ham asosiy tushuncha matematik ifodalardir. Matlabda matematik ifodalarni ifodalashni qarab chiqaylik. Matlabda ifodalar bir qator ko‘rinishida ifodalanib, sonlarni butun qismlarini ajratish uchun verguldan emas balki nuqtalardan foydalaniladi. Hozirgi kunda kampyuter algebrasining nisbatan imkoniyatli paketlari bu- Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling