13-Mavzu : Parrandachilik. Parrandachilikda mahsulot ishlab chiqarish asoslari Reja


Go‘sht uchun broyler jo‘jalarini o‘stirish


Download 172.94 Kb.
bet14/15
Sana10.11.2023
Hajmi172.94 Kb.
#1764633
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
10-mavzu

Go‘sht uchun broyler jo‘jalarini o‘stirish muhim soha bo‘lib hisoblaanadi.
Go‘sht uchun duragay, tez o‘sish xususiyatiga ega, oziqadan samarali foydalanadigan jo‘jalar kerak. Duragay broyler jo‘jalari 8 haftalikda 1,5-1,7kg, o‘rdak jo‘jalari 7-8 haftaligida 3 kg; urg‘ochi kurkalar 7-8 haftaligida 3,5-4 kg, erkaklari 5 kg; g‘oz jo‘jalari 8-9 haftaligida 4,5 kg, sesarka jo‘jalari 10-11 haftaligida 1 kg, bedona 9 haftaligida 110-120 gramm tirik vaznga erishadi. Broyler jo‘jalari 1 kg vazn qo‘shishi uchun 2,2-2,6 kg yem, kurka jo‘jalari 3,0-3,6 kg, o‘rdak jujlari 3 kg oziqa sarflaydi. Davlat andozasi bo‘yicha go‘shtga topshirilganda jo‘jalar 0,6 kg, broyler jo‘jalari 0,8 kg, kurka jo‘jalari 2 kg, o‘rdak jo‘jalari 1,3 kg, g‘oz jo‘jalari 2 kg, sesarka 0,6 kg vazndan kam bo‘lmasligi talab etiladi.
Broyler jo‘jalari yirik korxonalarning bir qismi, fermer, kichik korxona shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarda qalin tushamalar ustida o‘stiriladi. Ba’zi ixtisoslashgan broyler go‘shti ishlab chiqaradigan fabrikalarda kataklarda o‘stiriladi. Broyler jo‘jalari to‘shamalar ustida 1m² yuzada 12-20 boshdan saqlanadi.
Parrandaxonaga 1 kunlik jo‘jalar keltirilgandan keyin 50-56 kundan keyin to‘liq go‘shtga so‘yiladi.
Broyler jo‘jalari o‘stirish xonasida harorat 24-25ºS dan past bo‘lmasligi, bruderlar ostida esa 33-35ºS bo‘lishi ta’minlanadi. Keyinchalik harorat 20ºS , undan ham pasaytiriladi, nisbiy namlik 60-70% tashkil qiladi. Yoritish butun o‘stirish davomida 24 soatni tashkil qiladi.
Broyler jo‘jalarini 2 xil omixta yem bilan o‘stiriladi. Birinchisi 30 kunlikkacha, ikkinchisi 30 kundan 55 kungacha qo‘llanib tarkibi bilan farqlanadi.
Kurka jo‘jalarini go‘sht uchun o‘stirishda sanoat asosida yopiq binolarda, yayratmasdan o‘stiriladi. Ular ko‘pro‘q oziqalar bilan boqilib, 120 kunlikda go‘shtga so‘yiladi. Yerga tushalgan qalin tushamaning har bir 1m² maydoni yuzasiga 4-5 bosh kurka jo‘jasi to‘g‘ri keladi.
O‘rdak jo‘jalari qalin tushamalarda yoki katakli batareyalarda o‘stiriladi. Ular bruderlar tagida o‘stirilganda 1m² yuzaga 10 kunlikda 14-16 bosh, 20 kunlikda 12 bosh, keyingi davrda esa 6-7 boshdan joylashtiriladi.
G‘oz jo‘jalarini go‘sht uchun o‘stirishda qalin tushamalardan, ba’zan sanoat asosida ishlaydigan korxonalarda katakli batareyalardan foydalaniladi. Ular 60 kun jadal o‘stirilib so‘yiladi. Shu davrda ular 3,7-4,2 kg vaznga yetib, 1 kg vazn qo‘shishiga 3,0-3,5 kg oziqa sarflaydi.
Katta parranda go‘shti ishlab chiqarish korxonalari berk doirada ishlaydi. U inkubatsiya tuxumini olishdan boshlab, tayyor go‘sht mahsulotini sotish bilan tugaydi. Bunday xo‘jaliklarda 4-4,5 marta jo‘ja boqilishi nazarda tutiladi.
Ota-ona galasi yil davomida ishlab chiqarilishi lozim bo‘lgan broyler go‘shti hajmidan kelib chiqadi. Bunda yana albatta ota-ona zotlardan bittasida oq tusning dominantligiga e’tibor beriladi, chunki oq tus broyler go‘shtining tovar xususiyatini ta’minlaydi.
Inkubatsiya tuxumi go‘sht tovuqlaridan 8 oyligidan 16 oyldikkacha yoki 7-8 oy tuxum olinadi, shundan tuxumlashning birinchi 5 oyida tuxum berish ko‘proq bo‘ladi. 16 oylikdan katta yoshdagi tovuqlar tuxumi broyler jo‘jalari olishga yaroqsiz hisoblanadi.
Ota-ona galasi yerda saqlanadi, ma’lum qatorga mansub 150 kunlik parrandalar guruhlanadi. 2m² maydonga 7 ta tovuq joylashtiriladi. Harorat 15-18 ºS, nisbiy namlik 60-70% bo‘ladi. Yosh mokiyonlar 210 kunligida voyaga yetgan tovuqlar toifasiga o‘tadi.
Ota-ona galasi uchun yosh jo‘jalar, jinsi bo‘yicha ajratilib, asllari o‘stirishga qoldiriladi. 63 kungacha broyler jo‘jalari kabi o‘stiriladi, yoki 1 m² maydonga 16-17 bosh 1 kunlik jo‘ja to‘g‘ri keladi, 63 kunda tanlab yaxshi rivojlanganlari qoldiriladi. 70 kunlikdan boshlab 250 kkal energiya va 16% xom proteinga ega omixta yem bilan oziqlantiriladi.
Yoritish 24 soatdan 8 soatga tushiriladi, natijada jinsiy balog‘at yoshiga yetish biroz orqaga suriladi. Asosiy galaga o‘tkazishda yana baholanib, talabga javob bermaydigan parrandalar puchak qilinadi.
Broyler jo‘jalari asosan yerda 10000-20000 boshdan qilib boqiladi. Shuning uchun keng tovuqxonalarda “broyler 10”,“ broyler 20” jihozlari o‘rnatilib unda barcha jarayonlar mexanizatsiyalashgan va qisman avtomatlashgan. Ular bunkerli oziqa tarqatgich, oziqa tarqatish yo‘lagi, vakuum so‘g‘orgich, silindrsimon osma oxurlar, elektr bruderdar va ular to‘siqlar bilan ta’minlagan.
Yangi jo‘jalar olishdan oldin bino obdan tozalanib, dezinfeksiya qilinib, yuzasiga sundirilgan ohak sepiladi (0,5kg 1 m² ga) va 12-15 sm qalinlikda tekis qilib tushama solinadi. O‘stirish davomida 1 bosh broyler uchun 2,2-2,5 kg to‘shama sarflanadi. Har bir parrandaxona bir kunda bir kunlik ikki jinsdagi jo‘jalar bilan to‘ldiriladi. Broylerlarni joylashtirish ularning yoshi va vazniga qarab 1 m² yerga 13-14 boshni tashkil qiladi. Har bir bruder tagiga 500 jo‘ja qo‘yiladi. Bruder atrofiga 40 sm balandlikdagi to‘siqlar o‘rnatiladi, shunday qilganda 1 chi hafta jo‘jalar to‘liq issitgich tagida bo‘ladi.
Jo‘jalar osma suv oxurlaridan foydalanishga o‘rganadi.2 haftaligidan boshlab jo‘jalar oziqa tarqatgichlar yordamida oziqlantiriladi. Bunda 1 broyler jo‘jasiga 5-6 sm yem va 3-4 sm suv oxur uzunligi ajratiladi. Respublikamizda broyler jo‘jalari 63 kunlikgacha o‘stiriladi(chet elda 49 kundan 56 kungacha). Jo‘ja go‘shti ishlab chiqarish samarasi ularning qanchalik jadal o‘sishiga bog‘liq. Barcha qishloq xo‘jalik parrandalari go‘sht uchun so‘yish muddatlari, davrlar bo‘ylab o‘sish tezligi, nimta va go‘sht sifati, 1 kg semirishi uchun sarflangan oziqa miqdori bilan baholanadi.
Hozirgi paytda broyler jo‘jalari katakli batareyalarida o‘stirilish natijasida mehnat unumdorligi 3-4 barobar ortadi. Broylerlarni o‘stirishda asosiy e’tibor oziqlantirishga qaratilishi kerak, oziqa to‘laqiymatli, ko‘pro‘q va har doim oxurlarda turishi kerak.



Download 172.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling