13-Mavzu : Parrandachilik. Parrandachilikda mahsulot ishlab chiqarish asoslari Reja


-masala. Parrandalarning tuxum mahsuldorligi


Download 172.94 Kb.
bet2/15
Sana10.11.2023
Hajmi172.94 Kb.
#1764633
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
10-mavzu

2-masala. Parrandalarning tuxum mahsuldorligi.
Parrandalar tuxumi jinsiy hujayra bo‘lib, o‘z tarkibida embrionning o‘sishi va rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan barcha zarur moddalarni saqlaydi.
Shu boisdan tuxum tarkibida inson uchun zarur bo‘lgan to‘yimli moddalar mavjud va u suyib iste’mol qilinadi.
Jo‘ja otalangan ota-ona galasidan, ya’ni mokiyon va xo‘rozlar birgalikda saqlangan tovuqlardan olinadi.
Iste’mol tuxumi esa sanoat galasidan xo‘rozlar ishtirokisiz olinadi, tuxumlar otalanmagan bo‘ladi.
Tovuqlardan yiliga 250-280, kurkalardan 100-150, o‘rdaklardan 180, g‘ozlardan 80-100 dona, bedonalardan 100-250, sesarkalardan 100 dona atrofida tuxum olinadi.
Tuxum yo‘nalishidagi parrandalar go‘sht yo‘nalishidagi parrandalarga nisbatan ko‘p tuxum beradi, leggorn tovuqlari 250-260 dona tuxum berganda go‘sht yo‘nalishidagi kornish zotli tovuqlar 120-130 dona tuxum beradi xolos, yoki tuxum yo‘nalishidagi xaki-kampbell o‘rdaklari 200, pekin o‘rdaklari 130 dona tuxum beradi.
Tovuqlar, o‘rdaklar, kurkalar tuxumdorligi yoshi oshgan sari kamayib boradi, yilga o‘rtacha 10-15%, uch yoshli tovuqlar 1 yilgi tovuqlarga nisbatan 25-30% kam tuxum olinadi. Shuning uchun ota-onalik galasi tovuqlari inkubatsiya tuxumlari olish uchun 2-3 yil, sanoat galasi faqat 1 yil saqlanadi.
G‘ozlarda esa tuxumdorligi 4 nchi yoshgacha ortib boradi. Ularda ikkinchi yili 15-25%, uchinchi yili 35-40% tuxumdorligi ortgani uchun ular 5-6 yilgacha xo‘jalikda foydalanish mumkin.
Tuxumning tuzilishi va kimyoviy tarkibi parrandaning turiga, zotiga, yoshiga, individual xususiyatlariga, rasionning biologik jihatdan to‘la qiymatligiga va saqlash usuliga bog‘liq. Umuman olganda parranda tuxumlari bir-biriga o‘xshash.
Tuxum po‘choq, sariq, oqsil qismlardan iborat. Po‘choq ustki va ostki qismlardan iborat. Po‘choq ustki va ostki tomonidan qobiq bilan o‘ralgan. Tuxum tarkibiy qismlarining nisbati parrandalarning turiga va zotiga bog‘liq. Po‘choq 11,8-12,6%, sarig‘i 31,9-35,5%, oqsili 52,3-55,9% ni tashkil qiladi. Po‘choq tuxum qismlari uchun idish vazifalarini o‘taydi. Po‘choq ustidagi qobiq kutikula-musin. Po‘choq osti parda ikki qavat bo‘lib tuxumning poynak qismida ikkiga ajralib havo kamerasini tashkil qiladi.
Tuxum sarig‘i tuxumning markazi yaqiniga joylashgan, u bir-biriga o‘tadigan qavatlardan iborat, uning o‘rtasida yorug‘ dog‘ zarodish likopchasi joylashgan. Sariq yupqa pardaga o‘ralgan. Tuxum sarig‘ining ranggi uning tarkibidagi karatinoid moddalari miqdoriga bog‘liq.
Tuxum sarig‘ida 43,3-49,2 suv, 16-18% protein, 32,6-36,0 yog‘, 0,8-1,1% uglevodlar, 1,0-1,6% kul mavjud.
Tuxum oqsili uning asosiy qismini tashkil qilib bir necha qavatlardan iborat. Uning tashqi suyuk-23%, o‘rta kuyuq- 57%,o‘rta suyuq-17%, va ichki kuyuq-3% qavatlardan tashkil topadi. Oqsil kavatlariningnisbati parrandaning turiga, zotiga, genetik xususiyatlariga bog‘liq.
Tuxum oqsili 87% suv, 11-13% protein, 1% atrofida uglevod va oz miqdorda mineral moddalardan tashkil topgan. Turli qishloq xo‘jalik parrandalarida tuxum shakli va vazni farqlanadi. Eng yirik tuxum g‘ozlarda bo‘lib- 180 gr, kurkalarda- 90 gr bo‘ladi, eng mayda tuxum kaptarlarda 18-25 gr, bedonalarda 8-10 gr bo‘ladi.
Tuxumning kattaligi parranda yoshi ulg‘ayishi bilan ortib boradi, ikkinchi yil tovuqlar birinchi yilga nisbatan 20-30% og‘ir tuxum beradi.
Inkubatsiyalash uchun faqat otalangan tuxumlar ishlatiladi. Uning sifati otalanganlik nisbati, tuxumdan jo‘ja chiqish va jo‘jalarning saqlanuvchanlik ko‘rsatkichlari bilan belgilanib, otalanganlik 95-98%, jo‘ja chiqishi 90% dan kam bo‘lmasligi kerak.
Tuxum tuxumdondan va tuxum yo‘lida hosil bo‘ladi. Parrandalarda faqat chap tuxumdon ishlaydi. Tuxumdonda tuxum hujayrasi va sarig‘i paydo bo‘ladi. Tuxumning qolgan qismi tuxum yo‘lida shakllanadi.
Voyaga yetgan tovuqlar tuxumdonida 2000 dan ko‘proq oddiy ko‘zga ko‘rinadigan ositlar va 12000 gacha mikroskop ostida ko‘rinadiganlari bo‘lib, ulardan arzimas qismi hayoti davomida tuxumga aylanadi. Har bir tuxum hujayrasi follikulaga o‘ralgan bo‘lib tuxumdon o‘zagiga yopishgan.
Oosit juda sekin o‘sadi, o‘sish jarayoni tug‘ishga 9 kun qolganda tezlashadi. Ovulyasiya davriga kelganda, jinsiy hujayra to‘liq shakllangan, sarig‘ining diametri 35-40 mm ni tashkil etadi.
Ovulyasiya paytida follikula qobig‘i yirtiladi, oosit esa tuxum yo‘liga tushadi va uning shakllanishi nihoyasiga yetadi. Sariqni hosil bo‘lishi va ovulyasiya markaziy asab tizimi tomonidan boshqarib turiladi. Tuxum yo‘li uzun, egri-bugri naydan iborat bir tomoni kengaygan bo‘lib tuxumdonga yopishgan, ikkinchi tomoni esa orqa chiqaruv teshigi ochiladi. Tuxumlaydigan tovuqlarda uning uzunligi 15 sm, tuxumlash davrida esa 65 sm ga yetadi. Shunga yarasha vazni 4-5 dan 45-75 g ga yetadi.
Tuxum yo‘li voronka, oqsil, bo‘yin, bachadon va qin qismlardan iborat. Voronkada 20 min, oqsil qismida 3 soat, bo‘yinda 1 soat, bachadonda 19 soat turib tuxum po‘chog‘i hosil bo‘ladi, kinda tuxum ko‘p turmaydi. Qinning uzunligi 6-8 sm bo‘ladi. Umuman tuxumning shakllanishi uchun 24-27 soat vaqt sarflanadi. Tovuq tuxumni tug‘ib bo‘lgandan keyin 30 min o‘tib tuxumdondan yangi tuxum hujayrasi sarig‘i bilan tuxum yo‘liga tushadi va jarayon qaytariladi.
Tuxum tug‘ishni qaytarilishi tuxumlash ritmi deyishadi. Tovuq tuxumlashni boshlagandan navbatdagi tullashgacha bo‘lgan davr tuxumlashning biologik sikli deyiladi. Jinsiy balog‘at yoshi parrandalarda birinchi tuxumni tug‘ish bilan belgilanadi. U tovuqlarda 120-180, kurkalarda 200-250, o‘rdaklarda 210-240, g‘ozlarda 270-300, bedonalarda esa 34-45 kunni tashkil etadi. Parranda qanchalik erta tuxumga kirsa shuncha ko‘p tuxum beradi.
Parrandalar tuxumdorligi irsiy belgi hisoblanadi. U tovuqlarda 250-280, kurkalarda 100-150, o‘rdaklarda 180, g‘ozlarda 80-100, bedonalarda 200-250 va sesarka 100 dona tuxumni tashkil etadi.
Parrandalarning tuxum mahsuldorligi naslchilik xo‘jaliklarida yakka usulda, yoki har kuni olingan tuxum alohida hisob qilib boriladi. Sanoat parrandachiligida esa yil davomida olingan jami tuxumni yillik o‘rtacha tovuqlar soniga bo‘lish bilan topiladi.

Download 172.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling