13-Mavzu : Parrandachilik. Parrandachilikda mahsulot ishlab chiqarish asoslari Reja
Download 172.94 Kb.
|
10-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Leggorn zoti.
- 1-rasm. Leggorn tovug‘i.
- Plimutrok zoti
4-masala. Parranda zotlari.
Xo‘jalikka foydali belgilariga qarab, quyidagi mahsuldorlik yo‘nalishlariga bo‘linadi: tovuqlar va o‘rdaklar tuxum, tuxum-go‘sht va go‘sht; g‘ozlar va kurkalar go‘sht; sesarkalar tuxum va go‘sht; bedonalar tuxum yo‘nalishidagi xillarga bo‘linadi. Parranda zotlarini takomillashtirish va yangi zotlarni yaratish bo‘yicha naslchilik tizimi mavjud. Bundan tashqari sanoat asosida tuxum va go‘sht ishlab chiqaradigan xo‘jaliklarda esa faqat duragay parrandalar ishlatiladi. Tovuq zotlari mahsulot yo‘nalishiga qarab tirik vazni bo‘yicha farq qiladi. Tuxum yo‘nalishidagilari 1,5-2,0; tuxum – go‘sht yo‘nalishidagilari 3-4; go‘shtdorlari 3,5-5,5 kg tosh bosadi. Tuxumdor o‘rdaklar tirik vazni 1,75-2,0; go‘shtdorlari 3,5-4,8 kg tashkil etadi. G‘ozlarning yengil zotlari 4-6; o‘rtasi 5-8; yiriklari 6-9 kg tirik vaznga ega. Kurkalar asosan go‘shtbop parranda bo‘lib xo‘rozlari 16 kg, makiyonlari 9 kg vaznga ega. Leggorn zoti. Ushbu zot dunyoda yagona tuxum yo‘nalishidagi tovuq zoti hisoblanadi. Ular o‘zlarining turli sharoitlarga moslashishi va yuqori mahsuldorligi bilan ustun hisoblanadi. Leggorn zoti AQShda mahalliy tovuqlarni Italiyaning minork tovuqlari bilan chatishtirish natijasida keltirib chiqarilgan 1-rasm. Leggorn tovug‘i. Zot tovuqlarning toji bargsimon bo‘lib yoniga osilib turadi, xo‘rozlarida esa tik turadi. Ular nozik - mustahkam konstitutsiyaga ega bo‘lib, juda jonli va serharakat bo‘ladi. Boshi yengil, bo‘yni uzun, ko‘kragi doirasimon, pati zich va har xil tusda bo‘ladi. Jahonda asosan oq leggornlar urchitiladi. Seleksiya ishlari natijasida kurk bo‘lmaydi. 1 yoshlik makiyonlar 1,6-1,7 kg, xo‘rozlar 2,3-2,6 kg bo‘ladi. O‘rtacha 1 yilda 200-240 dona tuxum berib, 1 dona tuxumning og‘irligi 57-60 g ni tashkil etadi. Eng yaxshi krosslarning tovuqlari 270-300 dona tuxum berib, tuxumining og‘irligi 60 g bo‘ladi. Ayrim krosslarning duragaylari alohida tizim asosida monand qatorlar parrandalarni chatishtirish natijasida keltirib chiqarilgan bo‘lib 1 yilda 320-365 dona, yoki har kuni tuxum beradi. Bu zotga mansub tovuqlar oziqadan samarali foydalanadi , lekin har 10 dona tuxum uchun 2 kg yem sarflaydi. Tez yetiluvchan 4-5 oyligidan boshlab tuxum bera boshlaydi. Mamlakatimizda zotning ko‘plab sermahsul krosslari urchitilmoqda. Nasldor parrandalar seleksiyasi O‘zChITI seleksiya markazi va Farg‘ona naslchilik zavodida olib boriladi. Plimutrok zoti utgan asrda AQShda keltirib chiqarilgan.Unda koximkim oq tovuqlarini Ispaniya qora xo‘rozlari bilan murakkab chatishtirish natijasida keltirib chiqarilgan. Zot nomi Plimut shahri nomidan olingan. Zot tovuqlarining tanasi yirik, ovalsimon, go‘shtdorlik shakli yaxshi rivojlangan. Uning oq va chipor tusdagi xillari uchraydi. Toji bargsimon, oyoq va tumshuqlari sariq rangda bo‘ladi. Tovuqlari 2,8-3,0, xo‘rozlari 3,8-4,0 kg tirik vaznga ega. Tuxumdorligi 170-190 ta ni tashkil qilib, 1tuxumning og‘irligi 58-60g. Yuqori go‘sht mahsuldorligi uni broyler jo‘jalari olishda ona zoti bo‘lib xizmat qilishga asos bo‘lgan. Download 172.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling