13-Mavzu : Parrandachilik. Parrandachilikda mahsulot ishlab chiqarish asoslari Reja


Qishloq xo‘jalik parrandalari jo‘jalarini o‘stirish


Download 172.94 Kb.
bet9/15
Sana10.11.2023
Hajmi172.94 Kb.
#1764633
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
10-mavzu

Qishloq xo‘jalik parrandalari jo‘jalarini o‘stirish.
Inkubatorda ochirilib tanlab o‘stirishga qoldirilgan jo‘jalar 10-12 soat ichida o‘stirish sexiga o‘tkazaladi.
Jo‘jalarni o‘stirishda to‘liq zooveterinariya talablariga to‘liq rioya qilish kerak. Inkubatorlardan chiqqan jo‘jalar maxsus qutilarda jo‘jaxonaga o‘tkaziladi. Har bir quti 4 bo‘lak bo‘ladi, bir qutiga 25 ta tovuq jo‘jasi va o‘rdak jo‘jalaridan 20 ta, g‘oz jo‘jasidan 10 boshdan joylashtiriladi. Quti ichida havo harorati 18-20 ºS, havoning nisbiy namligi 60-65% bo‘lishi ta’minlanadi.
Jo‘ja o‘stirish sexlari binolari obdan tozalanib, dezinfeksiya qilinib, 5-6 kun shamollatib qo‘yiladi. Binolarda albatta bir yoshdagi parrandalar saqlanish kerak, har xil yoshdagi parrandalar saqlansa ular uchun me’yor darajasidagi issikliq va namlik ko‘rsatkichlarini ta’minlab bo‘lmaydi, bu esa jo‘jalarning o‘sish va rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ayniqsa, o‘stirishning dastlabki kunlari haroratning baland bo‘lishi talab etiladi, aks holda jo‘jalar shamollashi, kasallanishi, bir joyga to‘p bo‘lib bir-birlarini bosib o‘ldirib qo‘yishlari mumkin.
Jo‘jalarni o‘stirish xonalarida birinchi un kunlikda tovuq, kurka jo‘jalari uchun 32-25ºS, o‘rdak va g‘oz jo‘jalari uchun 28-21ºS, ikkinchi un kunlikda tovuq va kurka jo‘jalari uchun 24-22ºS, o‘rdak va g‘oz jo‘jalari uchun 20-16ºS va 21 nchi kundan 40 kunlikgacha tovuq va kurka jo‘jalari 21-16ºS, o‘rdak va g‘oz jo‘jalari uchun 16ºS harorat talab etidadi.
Jo‘jaxonalarda harorat bilan mo‘tadil namlik ham talab qilinadi, kurka va tovuq jo‘jalari ustirilgan xonalarda 60-70%, o‘rdak va g‘oz jo‘jalari o‘stirilgan xonalarda 65-75% bo‘lishi kerak, jo‘jalar saqlash balandligida xonalarga psixrometr va havo tezligini o‘lchaydigan asboblar o‘rnatiladi.
Ayniqsa, jo‘jaxonalarda zararli gazlar nisbatiga alohida e’tibor beriladi, ularning havo tarkibida ko‘payib ketishi jo‘jalarning o‘sish ko‘rsatkichlari va salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Jo‘jaxona havosini har bir litrida ammiak 0,01mg, vodorod sulfid 0,003 mg, hamda karbonat angidrid gazi 0,15% dan oshmasligi kerak.
Jo‘jalarni o‘stirishda yorug‘lik alohida ahamiyat kasb etadi. Sanoat parrandachiligida faqat su’niy yorug‘likdan foydalaniladi, fermer xo‘jaliklarida esa tabiiy yorug‘likdan foydalanish iqtisodiy samara beradi.
Jo‘jalarni o‘stirishning 1 haftasida 24 soat yorug‘lik berilib, keyin har hafta 30-40 minutga kamaytirib boriladi, mokiyonchalar tuxumga kirish davrida ushbu raqam sutkasiga 8 soatni tashkil qiladi. Tuxumlash davri boshlanishi bilan yorug‘lik muddati o‘zaytirilib 14 soatgacha yetkaziladi, ushbu ko‘rsatkich suvda suzuvchi parrandalarda 15 soatgacha yetkaziladi.
Jo‘jalarni o‘stirishda ultrabinafsha nurlaridan foydalanish yaxshi natijalar beradi. Buning uchun maxsus simob-kvarsli yoki eritma lyuminisent chirqlaridan foydalanish yaxshi natijalar beradi. Buning uchun maxsus simob-kvarsli yoki eritEm lyuminisent chiroqlaridan foydalanish mumkin.
Xo‘jalik yo‘nalishi, qabul qilingan texnologiyaga asosan jo‘jalar yerda va kataklarda o‘stiriladi.

Download 172.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling