13-Mavzu : Parrandachilik. Parrandachilikda mahsulot ishlab chiqarish asoslari Reja
-rasm. Plimutrok zotli tovuq va xo‘roz
Download 172.94 Kb.
|
10-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kornish zoti
- 3-rasm. Kornish tovug‘i va xo‘rozi.
2-rasm. Plimutrok zotli tovuq va xo‘roz.
Ushbu zot tovuqlari sharoitga yaxshi moslashishi bilan ajralib turadi, mahsuldorlik belgilarini yaxshi saqlaydi . O‘zbekistonning barcha broyler jo‘jalari olish uchun inkubatsiya tuxumlari olinadigan ixtisoslashgan naslchilik xo‘jaliklarida ushbu zotning turli kross tovuqlari ishlatilmoqda. Kornish zoti - go‘shtdor asosiy zot hisoblanadi. Dunyoning barcha mamlakatlarida broyler jo‘jalari olish uchun ota zoti sifatida tan olingan. Ushbu zot Angilyaning Kornuyel grafligida mahalliy tovuqlarni malay va hind urushqoq xo‘rozlari bilan chatishtirish natijasida keltirib chiqarilgan. Shuning uchun kornuyel tovuqlari deb ham ataladi. Zot sifatida XIX asr oxiriga kelib to‘liq shakllangan. Ularning rangi oq, qora, qizil va sarg‘ich bo‘ladi. Broyler olishda asosan oq tusli xili foydalaniladi, patlari zich joylashgan. Tovuq va xo‘rozlarida go‘sht shakli yaxshi rivojlangan. Ko‘kragi keng va chuqur, ko‘krak va oyoq go‘shtlari a’lo rivojlangan. Toji qalampirsimon, tumshug‘i kalta va yo‘g‘on, oyoqlari sariq rangda bo‘ladi. Tovuqlari 3,0-3,5 kg,xo‘rozlari 4-5 kg bo‘lib ,1 yilda 110-150 dona tuxum beradi,tuxumining o‘rtacha og‘irligi 52-60g ni tashkil etib, tuxum po‘chogi och jigar rangda bo‘ladi. Tuxumning jo‘ja ochib chiqish ko‘rsatkichi past 65-70% ni tashkil etadi. Lekin 1kg vazn qo‘shishiga kam oziqa sarflashi va tez yetiluvchanligi bilan ajralib turadi,1,5-2,0 kg tirik vaznga 56 kunda bemalol erishishi mumkin. 3-rasm. Kornish tovug‘i va xo‘rozi. Zot xo‘rozlari broyler jo‘jalari olishda va sanoat chatishtirishida foydalaniladi. Asosan broyler jo‘jalari olish uchun inkubatsiya tuxumi yetishtirib beradigan naslchilik xo‘jaliklarida urchitiladi. O‘rdak zotlari. Respublikamizda turli mulk shaklidagi xo‘jaliklarda turli zotli o‘rdaklar urchitiladi. Sanoat asosida o‘rdak go‘shti yetishtiradigan korxonalarda va jadal usulda o‘rdak go‘shti yetishtiradigan fermer xo‘jaliklarida yagona zot - pekin zotli o‘rdaklar urchitiladi. Pekin zoti - go‘sht yo‘nalishidagi o‘rdak zoti hisoblanadi. Xitoyda mahalliy o‘rdaklarni xitoy o‘rdagi bilan chatishtirish natijasida keltirilib chiqarilgan. Keyinchalik ushbu o‘rdaklar chuqur seleksiya orqali AQShda takomillashtirilgan va dunyoning qator mamlakatlariga olib ketilgan. Mamlakatimizda ham asosiy o‘rdak zoti hisoblanadi. Bu zot parrandalari tana tuzilishi bo‘yicha an’anaviy go‘sht yo‘nalishida parranda ekstereriga xos, boshi yirik tumshug‘i o‘rtacha uzunlikda sarg‘ich – apelsin rangida; oyoqlari o‘rtacha uzunlikda bo‘lib qizg‘ich – apelsin rangida; tanasi keng, uzun, biroz tik; ko‘kragi keng va oldinga bo‘rtib chiqqan; tusi oq, sarg‘ish belgilari bor. Voyaga yetgan mokiyonlarning o‘rtacha tirik vazni 3,0-3,5, xo‘rozlariniki 3,5-4,0 kg ga yetadi. Yiliga o‘rtacha 100-120 dona, eng mashhurlari 200 donagacha tuxum beradi. Tuxumning o‘rtacha vazni 85 g. Yosh go‘sht uchun o‘stirilgan jo‘jalari 55 kunda 2,0-2,5 kg vaznga erishadi, eng yaxshi duragay jo‘jalar 50 kunda 3,0-3,5 kg gacha tirik vazn ko‘rsatishi mumkin. Download 172.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling