13-Mavzu : Parrandachilik. Parrandachilikda mahsulot ishlab chiqarish asoslari Reja


Download 172.94 Kb.
bet6/15
Sana10.11.2023
Hajmi172.94 Kb.
#1764633
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
10-mavzu

4-rasm. Pekin o‘rdagi.
O‘zbekistonda o‘rdak go‘shti yetishtirish bilan shug‘ullanuvchi barcha xo‘jaliklarda urchitiladi.
Kurka zotlari.
Shimoliy Kavkaz bronza rangli zoti. O‘zbekistonda urchitiladigan yagona kurka zoti hisoblanadi. U Stavropol o‘lkasida mahalliy kurkalarni bronza rangli va keng ko‘krakli kurkalar bilan chatishtish natijasida keltirib chiqarilgan. Olingan duragaylarning oziqlantirish, saqlash sharoitlarini yaxshilash, tabiiy iqlim sharoitlariga moslanuvchanligi oshirish maqsadida «o‘z ichida» urchitish asosida shakllantirilgan va 1956 yilgi zot sifatida tasdiqlangan.



5-rasm. Shimoliy kavkaz kurkasi.
Tanasi yaxshi rivojlangan, mustahkam, go‘sht shakli bo‘rtib turadi. Pati qora rangda bo‘lib bronza rangi bilan qo‘shilib ketadi. Xo‘rozlari 12-14 kg, mokiyonlari 6-7 kg vaznga ega bo‘lib 80-90 ta tuxum beradi.
Hozirgi kunda Respublikamizda O‘zChITI parrandachilik bo‘limi ilmiy xodimlari tomonidan tajriba xo‘jaligi kurkachilik fermasida ushbu zot kurkalarini takomillashtirish bo‘yicha seleksiya – naslchilik ishlari olib borilmoqda.


G‘oz zotlari.
Barcha g‘oz zotlari mahsuldorlik yo‘nalishi bo‘yicha go‘sht yo‘nalishidagi parrandalarga mansub hisoblanadi. Eng ko‘p shakllangan zotlar bo‘lib holmogor, yirik kulrang, tuluz zotlari hisoblanadi.
Yirik kulrang zot. Ukraina parrandachilik ilmiy-tadqiqot institutining tajriba xo‘jaligida va Tambov parrandachilik naslchilik stansiyasida Romen va Tuluz g‘oz zotlarini chatishtirish natijasida keltirib chiqarilgan, g‘ozlarning go‘sht va tuxum mahsuldorligini oshirishga qaratilgan. Ushbu zotga mansub g‘ozlar tanasi yirik, tusi kulrang, tushi va tanasining ostki qismi oq rangda bo‘ladi. Qornida yog‘li burmalari bo‘lib, tanasi keng va chuqurligi bilan ajralib turadi.



6-rasm. Kulrang g‘oz.
Mokiyonlari 6,0-6,5, xo‘rozlari 7,5-8,0 kg, ba’zan 9,5 kg tosh bosadi, bir yilda o‘rtacha 50 dona tuxum beradi. Tuxumning o‘rtacha vazni 175 gr.
Fermer va shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarda g‘ozlarni urchitish bilan ko‘p va arzon parranda yetishtirish mumkin.

Download 172.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling