13-Mavzu : Parrandachilik. Parrandachilikda mahsulot ishlab chiqarish asoslari Reja


Download 172.94 Kb.
bet10/15
Sana10.11.2023
Hajmi172.94 Kb.
#1764633
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
10-mavzu

Jo‘jalarni yerda saqlash usulida talablarga binoan tayyorlangan 1 m² maydonga 0,7-1 kg so‘ndirilgan ohak solinib, uning ustidan 15-20 sm qalinlikda to‘shama to‘shaladi. To‘shama sifatida qirindi, somon, poxoldan foydalansa bo‘ladi. To‘shama jo‘jalar uchun issiq va quro‘q saqlash imkonini beradi. Ko‘pincha tushamalar tagiga mikroorganizmlar faoliyati natijasida B12 vitaminni sintezlanishi isbotlangan. Qalin tushamaning har 100 gr hisobiga 42-100 mkg B12 vitamini hosil bo‘lib, jo‘jalarning ushbu vitaminga talabini qondiradi va jo‘jalar oziqlarni yaxshi hazm qilib tanasida hosil bo‘lishi ortadi.
Tushamalarning namlanishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak, u jo‘jaxona havosi tarkibida namlikning ortishi va kasallik chaqiruvchi mikroorganizmlarni ko‘payishiga sabab bo‘ladi. Nam, iflos tushumalar vaqti - vaqti bilan almashtirib turiladi.
2-jadval .
To‘shamalarda o‘stirishda 1 m² yuzada jo‘jalar qalinligi, bosh

Tuxum yo‘nalishidagi jo‘jalar

Go‘shtdor jo‘jalar

Kurka jo‘jalari

O‘rdak jo‘jalari

G‘oz jo‘jalari

Yoshi (kun hisobida)

Bosh soni

Yoshi (kun hisobida)

Bosh soni

Yoshi (kun hisobida)

Bosh soni

Yoshi (kun hisobida)

Bosh soni

Yoshi (kun hisobida)

Bosh soni

1-30

25

1-30

20

1-20

10

1-10

15

1-30

10

31-60

16

31-70

12

21-60

8

11-55

8

31-70

5

61-150

9

71-180

7

61-170

4

56-180

3,5

71-180

2

Broyler jo‘jalar bir kunligidan go‘shtga topshirgunga qadar 1 m² yuzada 12 boshdan boqiladi.


Jo‘jalarni qalin to‘shamalar ustida o‘stirishda bruderlar – isitkichlardan foydalanish juda qulay. Har bir bruder tagida 500-600 bosh jo‘ja boqilib ular uchun yetarli harorat yaratib beriladi.
O‘stirishning birinchi kunidan boshlab jo‘jalar yengil hazm bo‘ladigan oziqlar bilan oziqlantiriladi. Omixta yem tarkibi: makkajo‘xori doni – 50%, bug‘doy 16%, arpa 8%, soya shroti 16%, quritilgan yog‘sizlantirilgan sut 12%. Donlar maydalanib, aralashtirib yediriladi.
Jo‘jalar quro‘q oziqalar bilan oziqlantirilganda uni donador qilib yedirish yaxshi natijalar beradi. Donador oziqalar o‘lchami 1 oyda 3mm, ikkinchi oydan boshlab 4 mm qilib yedirilsa bo‘ladi.
Jo‘jalar dastlabki oyda har 2 soatda, keyingi oylarda esa 3 soatda oziqlantiriladi. Iloji boricha jo‘jalarni mahalliy don va qo‘shimchalar evaziga rasionning to‘laqiymatliligini ta’minlash zarur.
Nasldor parrandalarni 3 oyligidan oziqlantirish biroz chegaralaniladi,yoki ularning muddatidan oldin jinsiy yetilishi oldi olinadi, o‘rtacha 85 gr omixta yem beriladi, 6 oyligiga kelib rasionda asta-sekin oziqalar ko‘paytirilib 155 gr ga yetkaziladi.
Jo‘jalar jo‘ja o‘stirish sehida 130-140 kunlikkacha o‘stiriladi. Tovuqlar kataklarda saqlanadigan bo‘lsa, jo‘jalarni ham kataklarda o‘stirish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Jo‘jalar dastlab isitiladigan KBE-1 va KBM qafasli batareyalarda saqlanib uning katagi 0,37 m² maydonga ega bo‘lib, unga 22 va 28 jo‘ja o‘tqaziladi. Bu kataklarda oziqa tarqatish, axlatni yig‘ishtirish to‘liq mexanizatsiyalashgan. 61-140 kunligida KBA, BK-5, BK-3 qafasli batareyalarida har katakda 8-9 jo‘ja saqlanadi.
Jo‘jalarni o‘stirish mobaynida 2-3 marta ko‘chirish ularning o‘sish va rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun hozir sanoatda parrandachilik korxonalarida KBU batareyalarida 1 kunlikda 140 kunlikkacha bir katakda o‘stirish yaxshi natijalarni beradi. KBU-3 batareyasida 1 katak maydoni 0,63 m². bu batareyalarda hamma ishlar mexanizatsiyalashgan. Unda jo‘jalar dastlab 3 nchi qavat kataklarga qo‘yiladi, keyin esa 2-1 qavatlarga ko‘chiriladi.
Polda jo‘jalar 30 kungacha o‘stirish davomida bruder tagida harorat 35ºS dan 22ºS gacha pasaytiriladi, nisbiy namlik esa 60-70% ni tashkil qiladi.
Barcha yoshlarda reja asosida Yemlashlar o‘tkaziladi.
Jo‘jalar saqlanuvchanligi qafaslarda yoki yerda o‘stirilganda 30 kunlikkacha 95-97% 31-60% kunlikda 96-99% va 60-140 kunligida 98-99%bo‘lishi kerak. Zootexnikaviy puchaklash 60 yoki 140 kunligida o‘tkaziladi va 15-20% ni tashkil etadi.
Broyler jo‘jalar asosan yirik parrandachilik sanoat korxonalarida o‘stirilib ,to‘laqiymatli yaxshi hazm bo‘ladigan maxsus tarkibdagi omixta yemlar bilan boqiladi.Ular 2-2,5 oyligida 1500-2000g tirik vaznga ega bo‘lishi ta’minlanadi . Ularning 1kg vazn oshishiga 3kg yem sarflanadi.Broylerlar sanoat korxonalari, fermer xo‘jaliklari va shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarda qalin tushamalarda o‘stiriladi.
O‘rdak va g‘oz jo‘jalari yirik ixtisoslashgan xo‘jaliklarda chegaralangan parrandaxonalarda jadal o‘stirib go‘shtga topshiriladi.
Unda jo‘jalar 10 kun issiq kataklarda o‘stirilib ,keyin qalin tushamali parrandaxonalarga o‘tkaziladi.Bu davrga kelib jo‘jalar vazni 200g dan ko‘proq bo‘lib, isitish asosiy mezon bo‘lib hisoblanmaydi.
Go‘sht uchun o‘rdak jo‘jalari bir oydan keyin bo‘rdoqilash xonalariga joylashtirilib, 25 kun bo‘rdoqilanib vazni 2,0-2,5kg bo‘lganida go‘shtga topshiriladi.
O‘rdak va g‘oz jo‘jalarini katakli batareya yoki yerda boqqanda ularni boshdan oxirigacha bir joyda boqib bo‘rdoqilagan ma’qul.
Kurka jo‘jalari uch haftagacha tovuq jo‘jalari singari qalin to‘shamalar yoki simli kataklarda saqlanadi. Keyin taxta polli yoki qalin to‘shamali binolarda boqiladi.Ularni to‘laqiymatli yemlar bilan ta’minlash yaxshi natijalar beradi.Fermer va shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarda ularni yozgi lagerlarda, yaylovlardan foydalangan holda o‘stirish samarali hisoblanadi.

Download 172.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling