13-mavzu. Agrar munosabatlar va agrobiznes
Download 87.21 Kb.
|
13-mavzu. Agrar munosabatlar va agrobiznes
- Bu sahifa navigatsiya:
- Agrosanoat integratsiyasi va agrobiznes
- O‘zbekistonda agrar islohotlarni amalga oshirish va yanada chuqurlashtirishning asosiy yo‘nalishlari
He= — x 100%
£ r' ’ bunda: NE - yer narxi; R - renta; r' - ssuda foizi me’yori. Faraz qilaylik, R = 15 ming doll., r' = 5%. Bunda yeming narxi (Ne) 300 ming dollarga teng bo‘ladi. yer egasi faqat shu narxdagina yerini so’lishi mumkin, chunki muayyan miqdordagi kapitaldan olina- digan foiz unga bankdan rentaga teng miqdorda yillik daromad olish imkonini beradi. Renta miqdori o‘sib, ssuda foizi me'yori pasayib borgan taqdirda yeming narxi o‘sib boradi. yer narxini aniqlashning bu usuli nazariy ahamiyatga ega. Amalda yer narxi yer uchastkasiga talab va tak- lifga ta’sir ko‘rsa’luvchi ko‘plab omillarga bog‘liq. Jumladan, yerga narxning o‘sishini, unga noqishloq xo‘jalik maqsadlari uchun foy- dalanishga talabning o‘sishi bilan tushuntirilishi mumkin. Inflyatsiya va asosan giperinflyatsiya sharoitida yerga talab keskin o‘sadi, bu te- gishli ravishda yer narxining o‘sishiga olib keladi. Bozor iqtisodiyo- tiga asoslangan g‘arb mamlakatlarida XX asr boshlaridan to hozirgi davrgacha yer narxi barqaror o‘sish tamoyiliga ega bo‘lib, faqat ay- rim davrlardagina uning pasayishi kuzatiladi. Agrosanoat integratsiyasi va agrobiznes Iqtisodiy rivojlanish jarayonida qishloq xo‘jaligi hamma vaqt sanoat, savdo va boshqa tarmoqlar bilan mustahkam bog‘liq bo‘lib kelganligini hisobga olish kerak. Chunki mamlakatning oziq-ovqat mahsulotlariga va qishloq xo‘jalik xomashyosidan tayyorlangan tovarlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish faqat qishloq xo‘jaIigining holatiga emas, balki sanoat tarmoqlari bilan uyg‘un rivojlanishi- ga ham bog‘liq bo‘ladi. Xuddi ana shu holat iqtisodiyot tarkibida agrosanoat majmuasini bitta pirovard natijani ro‘yobga chiqarishga bo‘ysundirilgan tarmoqlaming yagona, yaxlit tizimini keltirib chiqa- rish uchun asos bo‘ladi. Agrosanoat integratsiyasi - qishloq xo‘jaligi bilan sanoat, ay- niqsa, unga xizmat qiluvchi va mahsulotni iste'molchiga yetkazib beruvchi tutash tarmoqlar o‘rtasida ishlab chiqarish aloqalari- ning rivojlanishi hamda ularning uzviy birikish jarayonidir. Agrosanoat integratsiyasi ko‘p qirrali bo‘lib, u g‘oyat xilma-xil shakllarda namoyon bo‘ladi. Bular eng awalo ana shu jarayon qaysi darajada, ya’ni butun mamlakat ko‘-lami, viloyat doirasi yoki korxo- na darajasida yuz berishiga bog‘liq. Butun mamlakat va mintaqalar ko‘lamida agrosanoat integratsiyasi qishloq xo‘jaligining tarmoqlararo aloqalari kuchayishida, iqtisodiyotning oziq-ovqat (tarmoq) va mintaqa agrosanoat majmualari tashkil bo‘lishi va rivojlanishida ifodalanadi. Agrosanoat majmuasi (ASM) - bu qishloq xo‘jalik mahsulot- lari yetishtirish, uni saqlash, qayta ishlash va iste’molchilarga yet- kazib berish bilan shug‘ullanuvchi iqtisodiyot tarmoqlari birik- masidir. ASM to‘rtta sohani o‘z ichiga oladi. Birinchi soha - qishloq xo‘jaligiga ishlab chiqarish vositalari yetkazib beradigan sanoat tar- moqlari, shuningdek, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga texnika xizmati ko‘rsatish bilan band bo‘lgan tarmoqlar; ikkinchi soha - qishloq xo‘jaligining o‘zi; uchinchi soha - qishloq xo‘jaligi mah- sulotlarini iste’molchiga yetkazib berishni ta'minlaydigan tarmoqlar (tayyorlash, qayta ishlash, saqlash, tashish, so’lish); to‘rtinchi soha - odamlar hayo’li va faoliyatining umumiy sharoitlarini ta'minlaydigan infira’luzilma (yo‘l-transport xo‘jaligi, aloqa, moddiy-texnika xizmati, mahsulotni saqlash tizimi, ombor va tara xo‘jaligi)dan iborat. Ishlab chiqarish infra’luzilmasi bevosita ishlab chiqarishga xiz- mat qiladigan tarmoqlami, ijtimoiy infra’luzilma odamlar turmush faoliyatining umumiy sharoitlarini ta'minlaydigan sohalami (uy-joy, madaniy-maishiy xizmat, savdo, umumiy ovqatlanish va hokazo) o‘z ichiga oladi. Qishloq xo‘jalik sohalarida foyda olish maqsadida olib bo- rilayotgan tadbirkorlik faoliyati agrobiznes deyiladi. Agrobiznes tushunchasiga bevosita qishloq xo‘jaligi sohasiga kirmaydigan, biroq u bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyat bilan shug‘ullanuvchi biznes turlari ham kiritiladi. Bu qishloq xo‘jaligiga texnikaviy, ta’mirlash xizmati ko‘rsatish, uning mahsulotlarini qayta ishlash va iste'molchilarga yetkazib berish bilan bog‘liq bo‘lgan tadbirkorlik faoliyatidir. Qisqa- cha qilib aytganda, agrobiznes agrosanoat integratsiyasi natijasida vujudga kelgan agrosanoat majmuasining barcha bo‘g‘inlarini qam- rab oladi. Agrobiznes faoliyatining maqsadi iste’mol bozorini yetarli miqdorda sifatli qishloq xo‘jalik mahsulotlari, sanoatni esa xomashyo bilan uzluksiz ta’minlash orqali foyda ko‘rishdan iborat. Agrobiznesning asosiy shakli va birlamchi bo‘g‘ini fermer va dehqon xo‘jaliklaridir. Chunki ular bevosita qishloq xo‘jaligi mah- sulotlarini ishlab chiqaradi. Bu xo‘jaliklar o‘z yerida yoki ijaraga olingan yerda ish yuritib, unda mulk egasi va ishlab chiqaruvchi fer- meming o‘zi va oila a’zolari hisoblanib, ayrim hollarda yollanma mehnatdan foydalanish ham mumkin. Fermer xo‘jaligining afzal- ligi shundan iboratki, unda mulk va mehnat bevosita qo‘shiladi, bu esa ishlab chiqarishning yuqori samaradorligini ta’minlaydi. Fermer xo‘jaliklari mustaqil tuzilma bo‘lish sababli o‘z faoliyatini bozor kon’yunkturasiga tez moslashtira oladi. Unda iqtisodiy manfaat va pirovard natija uchun mas’uliyat bitta faoliyatning ikki tomonini tash- kil qiladi. Bulaming hammasi fermer xo‘jaligining yashovchanligini ta’minlaydi. Agrobiznes turlaridan biri agrofirmalardir. Agrofirma ma’lum turdagi qishloq xo‘jaIik mahsulotlarini yetishtirish va uni pir- ovard mahsulot darajasigacha qayta ishlashni qo‘shib olib bora- digan korxonadir. Agrofirmalar ham qishloq xo‘jaligi, ham sanoatga xos resurslami ishlatib, iste’molga tayyor bo‘lgan mahsulot yaratadi. Mazkur turdagi korxonalar turli mulkchilikka asoslanishi, chunonchi oilaviy xo‘jalik asosida ham tashkil topib, kichik zavodlar bilan biriki- shi mumkin. Agrosanoat birlashmalari va kombinatlari agrobiznes- ning yangi turlaridir. Agrosanoat birlashmalari bir turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi va unga bog‘liq ishlab chiqarish faoliyati bi- lan shug‘ullanuvchi bir necha xo‘jalik hamda korxonalar- ning birlashmasidir. Masalan, bog‘dorchilik va uzumchilik bilan shug‘ullanuvchi xo‘jaliklar, ular mahsulo’lini qayta ishlovchi sex va zavodlar, iste'molchilarga yetkazib beruvchi savdo-so’liq korxonalari bir texnologik jarayonga birlashib agrosanoat birlashmalarini tashkil qiladi. Birlashma ishtirokchilari ishlab chiqarish, xo‘jalik va moli- yaviy mustaqilliklarini saqlab qolishi bilan birga, ulaming umumiy mulki ham tarkib topib boradi. Agrosanoat kombinatlari qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ye- tishtirish, qayta ishlash va iste’molchilarga yetkazib berishgacha barcha texnologik jarayonga xizmat qiluvchi xo‘jalik va korxo- nalarning ma’lum bir hududida birlashuvidir. Agrobiznes turiga ko‘ngilli va paychilik mablagiari asosida tashkil qilingan turli xil uy- ushma va ittifoqlami ham kiritish mumkin. Qishloq xo‘jaligidagi davlat korxonalari, jamoa xo‘jaliklari va shirkatlari, turli xil mulkchilik asosida tashkil qilingan qo‘shma korxo- nalar ham agrobiznes turlari sifatida faoliyat ko‘rsatadi. O‘zbekistonda agrar islohotlarni amalga oshirish va yanada chuqurlashtirishning asosiy yo‘nalishlari O‘zbekistonda agrar islohotlar qishloqxo‘jaligi ishlab chiqarishin- ing samaradorligini oshirish, mulkchilik munosabatlari va shakllarini tubdan isloh qilish, fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish va mustahkam- lash, qishloqlami obod etish asosida qishloq aholisining daromadlari va turmush darajasini yuksaltirish vazifalarining amalga oshirilishini ko‘zda tutadi. Mamlakatimizda ilk mustaqillik yillaridan boshlab yurtboshimiz boshchiligida fermer xo‘jaliklarini qo'llab-quvvatlashga hamda fer- merlik harakatini rivojlantirishga davlat siyosati darajasida e'tibor qaratildi. Qishloqda agrar va iqtisodiy munosabatlami isloh qilishning huquqiy asoslarini yaratish maqsadida mustaqillikning dastlabki yil- larida qabul qilingan qator qonun hujjatlari qishloqda yangi huquqiy munosabatlami joriy etish hamda fermerlikni rivojlantirish imkonini yaratdi. Qishloq xo‘jaligida bozor islohotlarini amalga oshirishni ikki bosqichga bo‘lishimiz mumkin. Birinchi bosqich 1991-2000-yillami o‘z ichiga olib, ushbu davr- da past rentabelli, aholiga o‘z imkoniyatlarini namoyon etish uchun sharoit yaratib bermagan shirkat xo‘jaliklarini tugatib, bunda fermer xo‘jaliklarini tashkil etish yo‘li tanlandi hamda quyidagi asosiy cho- ra-tadbirlar amalga oshirildi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1991-yil 29-no- yabrdagi PF-295-sonli Farmoniga asosan qishloq xo‘jaligida bozor munosabatlarini shakllantirish, dehqon (fermer) xo‘jaliklarini yanada rivojlantirish va fuqarolami tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratib berildi; 1998-yil 30-aprelda qabul qilinsan yer kodeksi bilan fuqarolarga fermer xo‘jaligi yuritish uchun yerlami ijaraga berishning huquqiy asoslari belgilab berildi; 2004-yil 26-avgustda yangi tahrirda qabul qilingan “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq fermer xo‘jaliklarining huquqiy maqomi, faoliyatining tashkil etilishi hamda ulaming huquq va majburiyatlari to‘liq belgilab berildi; Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 15-iyuldagi 300-sonli qaroriga ko‘ra faoliyat ko‘rsatayo’lgan dehqon (fermer) xo‘jaliklari boshliqlari attestatsiyadan o‘tkazitib, ushbu xo‘jaliklar fermer xo‘jaliklari sifatida qayta ro‘yxatdan o‘tkazildi. Islohotlaming ikkinchi bosqichi 2001-2012-yilIami o‘z ichiga olib, ushbu davrda fermer xo‘jaliklari qishloq xo‘jaligi sohasidagi asosiy harakatlantimvchi kuchga aylandi hamda ushbu davrda quyi- dagi asosiy ishlar amalga oshirildi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 24-martdagi PF-3226-sonli Farmoniga asosan zarar bilan ishlayotgan, past renta- belli va istiqbolsiz shirkatlar negizida fermer xo‘jaliklari tashkil etil- di, fermer xo‘jaliklariga yer maydonlari tanlov asosida ellik yilgacha meros qilib qoldirish huquqi bilan ijaraga berildi; Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-sentyabrdagi 383-sonli qa- rori bilan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtimvchilar bilan tayyor- lov, ta’minot va xizmat ko‘rsatish tashkilotlari o‘rtasida shartnomalar tuzish, ulami ro‘yxatdan o‘tkazish, bajarish va bajarilishini monito- ring qilish tartiblari belgilandi; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 5-noyabrdagi PQ-725-sonli Qaroriga muvofiq hosildorligi past bo‘lgan yerlarda davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtimvchi fermer xo‘jaliklarini davlat byudjeti hisobidan moliyaviy qo‘llab- quwatlash uchun maqsadli mablag‘lar ajratildi; barcha qishloq xo‘jaligi yer maydonlari to‘liq inventarizatsiya qilinib, fermer xo‘jaliklarining faoliyatini tanqidiy baholash asosida ulaming yer maydonlari optimallashtirildi. 2017-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, mamlakatimizda 160 ming 300 dan ortiq fermer xo‘jaligi faoliyat ko‘rsatmoqda6. O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi 2015-yilda mamlakat yalpi ichki mahsulo’lining 17,2 foizini yetishtirib berdi, iqtisodiyot tarmoqlarida band bo‘lgan aholining 27,6 foizi qishloq xo‘jaligi hissasiga to‘g‘ri keldi (13.4-jadval). Download 87.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling