13-mavzu. Agrar munosabatlar va agrobiznes
jadval Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari asosiy turlarining ishlab chiqa-
Download 87.21 Kb.
|
13-mavzu. Agrar munosabatlar va agrobiznes
- Bu sahifa navigatsiya:
- Renta munosabatlari
- Yer uchastkalarining unumdorligi va joylashgan joyidagi farq- lar natijasida vujudga keladigan qo‘shimcha mahsulot qiymat- ning bir qismi renta shaklini oladi hamda u differensial renta deb ataladi.
jadval
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari asosiy turlarining ishlab chiqa- rishning o‘sishi87
O‘zbekistonda yer davlat mulki hamda umummilliy boylik bo‘lganligi sababli yerga bo‘lgan mulkchilik, yerga egalik qilish va yerdan foydalanish masalalari alohida ajratib tahlil qilinishi lozim. Yerga egalik jismoniy va huquqiy shaxslarning ma’lum yer uchastkasiga tarixan tarkib topgan asoslardagi yoki qonun huj- jatlarida belgilangan tartibdagi egalik huquqini tan olishini bildi- radi. yerga egalik deganda awalo yerga bo‘lgan mulkchilik huquqi va uni iqtisodiy jihatdan realizatsiya qilish ko‘zda tutiladi. yerga egalik- ni yeri bo‘lgan mulkdor (bizda davlat) amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasi yer kodeksida ta'kidlanganidek, «Er uchastkalari yuri- dik va jismoniy shaxslarga doimiy va muddatli egalik qilish hamda ulardan foydalanish uchun berilishi mumkin»4. Yerdan foydalanish huquqi - bu o‘rnatilgan urf-odatlar yoki qonuniy tartibda undan foydalanishni bildiradi. Yerdan foy- dalanuvchi yer egasi bo‘lishi shart emas. Real xo‘jalik hayo’lida yer- ga egalik qilish va yerdan foydalanishni ko‘pincha har xil jismoniy va huquqiy shaxslar, xususan hozir bizda asosan dehqon va fermer xo‘jaliklari amalga oshiradi. Xulosa qilib aytganda, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida ham to‘rt omil - yer, kapital, tadbirkorlik qobiliyati va ishchi kuchi qatnashib, bunda yer muhim ishlab chiqarish vositasi sifatida ishtirok etadi. Ammo biz awal aytganimizdek, ishlab chiqar- ish jarayonida hamma ishlab chiqarish vositalarini, jumladan, yemi harakatga keltirib, undan unumli foydalanadigan, uning iqtisodiy unumdorligini oshiradigan omil - ishchi kuchidir. Agrar munosa- batlami o‘rganishda ham ishchi kuchining, jonli mehnatning faol rol o‘ynashini, uning hamma moddiy vositalarga jon ato etib, harakatga keltiruvchi rolini tushunmaslik go‘yo kapital foyda yoki foiz, yer esa renta yaratadi, degan ko‘pgina xato fikr-mulohazalarga, yolg'on tasawurlarga olib keladi. Agar mamlakatimizda aholi sonining va ulaming qishloq xo‘jaligimahsulotlariga bo'lgan talabining oshib borishini, qishloq xo‘jaligi uchun yaroqli yerlar maydonining ko‘paymasligini, aksin- cha, ayrim sabablarga ko‘ra (sho‘rlanish natijasida, qurilish maydon- lariga, yo‘llarga ajratilishi natijasida) ulaming kamayib borishini hi- sobga olsak, yeming har bir birligidan unumli foydalanish masalasi borgan sari dolzarb masala bo‘lib boradi. Agrar munosabatlaming asosini renta munosabatlari tashkil qiladi. Renta munosabatlari nazariyasi hozirgacha to‘liq o‘rganilmagan va to‘liq yoritib berilmagan nazariyalardan hisoblanadi. Iqtisodchilar o‘rtasida uning mohiyatini tushuntirish bo‘yicha turlicha yondashuv va qarashlar mavjud bo‘lib, ulaming ayrimlari noaniqligicha qolmoq- da. Shu sababga ko‘ra rentani miqdoriy aniqlash va uning mohiyatini tushuntirish bo‘yicha asosiy va ko‘pincha bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan nazariyalarga duch kelamiz. Renta munosabatlari Renta nazariyasi dastlab, fiziokratlar maktabining asoschilari Kene va A.Tyurgolaming ilmiy asarlarida ko‘rib chiqilgan. Ular rentaning vujudga kelish sababini tabiat, yeming qandaydir sirli ku- chi, tabiat ehsoni, yeming qo‘shimcha mahsulot yarata olish qobiliyati natijasi deb izohlaganlar. Ular qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yara- tishda, jumladan, sof va qo‘shimcha mahsulot yaratishda tabiat rolini ko‘rsatishga harakat qilganlar. Keyinchalik renta nazariyasining asos- lari klassik iqtisodchilar U.Petti, J.Anderson, A.Smit va D.Rikardolar tadqiqotlarida turli darajada takomillashtirilgan. Jumladan, Anderson differensial renta to‘g‘risidagi qarashlami ilgari surgan, biroq renta- ning tovar qiymatining bir qismi ekanligini tushuntirib berolmagan. Rikardo esa, fiziokratlardan farqli o‘laroq, rentaga mahsulot ijtimoiy va individual qiymatlari o‘rtasidagi farq sifatida qarab, renta nazariyasini qiymatning mehnat nazariyasi, qiymat qonuni bilan bog‘lagan. Renta nazariyasini rivojlantirishda rus iqtisodchilaridan N.G.Chemishevskiy va N.I.Zibyerlar salmoqli hissa qo‘shganlar. Hozirgi vaqtda Rossiyada «Iqtisodiyot nazariyasi» bo‘yicha chop etilgan qator o‘quv qo‘llanma va darsliklarda ham yer rentasi muno- sabatlari keng bayon etilmoqda. D.D.Moskvin tahriri ostida tayyor- langan darslikda yozilishicha, resurslaming turli-tumanligi natijasida ulardan foydalanish chog‘ida renta daromadlarining turli ko‘rinishlari paydo bo‘ladi, jumladan: qishloqxo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqa- rishda vujudga keluvchi yer rentasi; foydali qazilmalami qazib olish chog‘ida vujudga keluvchi renta; o‘rmon resurslaridan foydalanishda hosil bo‘luvchi renta; qurilish uchastkalaridan olinuvchi renta va h.k. Barcha turdagi tabiiy resurslar yer bilan uzviy bog‘liq bo‘lganligi sa- babli ulardan foydalanishda rentaning vujudga kelishi uchun bir-bi- riga o‘xshash shart-sharoitlar mavjud bo‘ladi. Qishloq xo‘jalik ekin- laridan foydalanishning iqtisodiy shart-sharoitlariga nisbatan ishlab chiqilgan renta munosabatlarini tahlil qilish uslubiyo’li rentaning bar- cha turlariga tegishli bo‘ladi, shunga ko‘ra ulami yer rentasiga kiri- tish to‘g‘ri bo‘ladi. Haydaladigan yer, qurilish uchastkasi, ruda koni, baliq ovi, o‘rmon va boshqalardan to‘lanishidan qafiiy nazar, renta ko‘rinishidagi mazkur pul summasi yer rentasi deb ataladi5. Yer rentasining bir qancha tarixiy ko‘rinishlari mavjud. Masalan, uch shakldagi: barshchina (ishlab berish), obrok (na’lural soliq) va pul solig‘i shakllaridagi feodal rentalari shular jumlasidandir. Hozirgi paytda turli mamlakatlarda mavjud renta vujudga kelish sabablari va shart-sharoitlariga qarab quyidagi turlarga ajratiladi: absolyut yer rentasi, differensial (tabaqalashgan) renta I va II, monopol renta, qa- zilma boyliklar, qurilishlar joylashgan yerlardan olinadigan renta. Yuqorida aytib o‘tilgan qator nazariyalami hamda yer rentasining tar- ixiy va zamonaviy shakllarini umumlashtirib aytish mumkinki, yer rentasi - yer egaligini iqtisodiy jihatdan amalga oshirish (reali- zatsiya qilish)ning shaklidir. Rentaning mohiyatini tushunishdagi asosiy qiyinchilik tadbirkor- lar o‘rtasida qayta taqsimlanmaydigan qo‘shimcha sof daromadni vujudga kelishi shart-sharoit va sabablarining ochib berilishi hisob- lanadi. Bunday holat vujudga kelishining sabablaridan biri samarali xo‘jalik yuritish uchun yaroqli boigan yerlaming cheklanganligi va qayta tiklab boimasligida o‘z ifodasini topadi. Ikkinchi sababi - yer- ga yoki boshqa tabiiy resurslarga mulkchilik obyekti yoki xo‘jalik yuritish obyekti sifatidagi monopoliyaning mavjudligi hisoblanadi. Uchinchi sababi esa, ko‘p mamlakatlarda qishloq xo‘jaligidagi kapi- tal uzviy (organik) tuzilishi, ya’ni doimiy va o‘zgaruvchi kapital o‘rtasidagi nisbatning pastligi hisoblanadi. Yer uchastkalarining unumdorligi va joylashgan joyidagi farq- lar natijasida vujudga keladigan qo‘shimcha mahsulot qiymat- ning bir qismi renta shaklini oladi hamda u differensial renta deb ataladi. Qishloq xo‘jaligida eng muhim ishlab chiqarish vositasi - yer- ning miqdori va sifatini tabiatning o‘zi cheklab qo‘ygan, uni inson ko‘paytirishga qodir emas. Shuning uchun qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini faqat yaxshi va o‘rtacha imumdor yer uchastkalarida tashkil etish bilan cheklanish mumkin emas. Qishloq xo‘jaligi mah- sulotlariga talab ko‘p bo‘lganligi uchun yomon, kam unumli yerlarda ham ishlab chiqarishni tashkil etish zarurdir. Agar ishlab chiqaril- gan mahsulot to‘lovga qodir talab bilan ta’minlangan bo‘lsa, yer- ning mahsuldorligi yoki joylashuvi jihatidan yomon sharoit qishloq xo'jalik tovarlariga narx shakllanishini tartibga soluvchi ijtimoiy normal sharoit hisoblanadi. Natijada o‘rtacha yoki yaxshi yerlarda xo‘jalik yurituvchi ishlab chiqaruvchilar ustama qo‘shimcha mah- sulot va binobarin qo‘shimcha foyda oladilar. Demak, differensial renta hosil bo‘lishining tabiiy sharti rtiiqdori cheklatigan yeming si- fati (vmumdorligi) dagi farqlardir, Uning ijtimoiy-iqtisodiy sababi esa foydalaniladigan yerlarda iqtisodiy jihatdati alohidalashgan tarzda mustaqil xo‘jaiik yuritishdir. Download 87.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling