Maqsa- dimiz hakim Aristotelning «Fi-s-sinoat ash-she’r («She’r san’ati» «Poetika») asarida aytgan fikr- mulohazalarini isbotlab ko‘rsatishdan va uning ma’no- lariga ishora qilishdan iboratdir
Download 355 Kb.
|
Aristotel - 61 dan uyog\'i
II ARISTOTELNING«POETIKA» ASARI HAQIDA ™™™.g|uoi2.sot kiYuxopaa uuuj.21uoi2.sot ki1ixopaz1 FOROBIY ShOIRLAR SAN’ATI QONUNLARI HAQIDA Bu yerda (keltirilayotgan) mulohazalardan1 maqsa- dimiz hakim Aristotelning «Fi-s-sinoat ash-she’r — («She’r san’ati» — «Poetika») asarida aytgan fikr- mulohazalarini isbotlab ko‘rsatishdan va uning ma’no- lariga ishora qilishdan iboratdir. Zeroki ana shu mu- lohazalar bilan she’riy san’at ishqibozlarining bar- chasini tanishtirish niyatidamiz. Shunisi ham borki, hakim Aristotel o‘zining «She’r san’ati» u yoqda tur- sin, hatto sofistika1 2 haqidagi mulohazalarini ham mukammal bayon qilib ulgurmagan edi. Shuning uchun bu boradagi gaplarning hammasini ipidan-ignasigacha mu- fassal qilib, tartibi bilan bitmoqchi emasmiz. Chunki «Sofistika san’ati»3 asarining oxirgi jumlalarida Aristotel aytib o‘tgan mulohazalarga qaraganda, u buning sababini ahvolni chinakamiga ifodalab berish uchun o‘zidan oldin o‘tganlarning asarlariga muvofiq ke- ladigan, (eskilarni) tartibga tushirib, ular asosida yangilarini paydo qiladigan biror usul va qonuya-qoi- dalar topolmagani bilan izohlagan. Hakim Aristotel o‘zining shunday fazilati va da- hosi bilan tugatib qo‘yishga jazm qilolmagan bir ishni biz nihoyasiga yetkazishga intilishimizdan ko‘ra, bu san’- 1 Arabchada «al-qavl» — so‘z, fikr. 2 Arabchada«al-mug‘olata». 3 «Sinont al-mug‘olitayn». 63 uuuj.21uoi2.sot ki1ixopaz1 atda foyda beradigan va hozirgi zamonda uchraydigai qonun-qoidalar, misol va mulohazalar keltirish bilan cheklansak yaxshiroq bo‘ladi. Modomiki shunday ekan, biz deymizki, ...ma’noni bildiradigan so‘zlar sodda va murakkab bo‘ladi. Murak- kab bo‘lgan so‘zlar biror mulohazani yo anglatadi, yo ang- latmaydi. Mulohazani anglatadiganlarining qat’iy jazmliligi va jazmsizi bo‘ladi. Qat’iylari yo to‘g‘ri, yo yolg‘on bo‘ladi. Yelg‘onlarining ba’zilari eshituvchilar zehniga ma’nosi bilan o‘rnashib qoladi, boshqalari esa kishi ongida narsalarning o‘xshashi — aksi1 bilan o‘r- nashib qoladi. Mana shu narsa o‘xshatish — she’riy mulo- hazalar sanaladi. Mana shu aks — o‘xshashliklarning ba’zilari eng mu- kammal bo‘ladi, boshqalari nuqsonli bo‘ladi. Ularning mukammalligini, yo nuqsonli ekanini aniqlash shoirlar va turli-tuman til va she’riyatni o‘rganayotgan ma’ri- fat ahlining fikr doirasiga kiradi. Lekin bundan hech kim sofistika bilan aks etish ikkovini bir so‘z deb o‘y- lamasin. Bular ikkovi ham ba’zi sabablarga ko‘ra bir- biridan butunlay farq qiladi. Sofistning maqsadi bilan taqlidchining maqsadi turlicha, bir-biridan farq qiladi. Sofist eshituvchini g‘alatga undab, haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan, nuqsonli narsalarni (odamning) ko‘z oldiga keltirib qo‘yadi. Hatto u mavjud narsani nomavjud deb, nomavjud nar- salarni esa mavjud deb tasavvur qildiradi. Ammo taqlidchi bo‘lsa narsaning teskarisini emas, balki o‘xshashini tasavvur qildiradi. Bunga o‘xshash nar- salar hisda ham uchraydi. O‘z joyida turgan kishi shun- day holatga tushsa, go‘yo harakat qilayotganday bo‘ladi. Masalan, kemaga mingan kishi kemadan tushib qirg‘oqda qolganlarga qarasa, yoki yoz chog‘ida osmondagi oy va yul- duzlarga tez suzayotgan bulutlar ortidan qaralsa shun- 1 Arabchada «muhokiya» — o‘xshash, aks etish ma’nosida. 64 utad.g1uoig.sot kiShxopaa! day bo‘ladi. Bunday hol odamlarning hislarini chalg‘i- tadi. Ammo ko‘zguga yoki yaltiroq silliq jismga qaragan kishining holi ham xuddi shunday bo‘ladi, unga nazar tashlab, o‘sha narsalarga o‘xshash narsani ko‘rayotganday tuyuladi. Mulohazalar bir hancha boshqa qismlarga ham bo‘linishi mumkin. Biz senga aytsak, bu shulardan ibo- rat: mulohaza yo hat’iy, yo qat’iy emaslikdan holi bo‘l- maydi. Bordiyu agar u qiyosiy bo‘lsa, u holda bilquvva tabiatidan bo‘ladi, yo bo‘lmasa bilfe’l harakatidan bo‘ladi. Bordiyu agar u uning tabiatidan bo‘lsa, u holda mulohaza yo istihro (induktiv) yo tamsiliy (analogiya) bo‘ladi. Tamsil esa ko‘pincha she’r san’atida ishlati- ladi. Bundan ayon bo‘lishicha, she’riy mulohaza tamsil — analogiyaga kiradi. Qiyoslar, umuman olganda, mulohazalar boshqa tur- larga ham bo‘linishi mumkin. Aytishlaricha, mulohaza- lar yo butunlay rost, yo butunlay yolg‘on 6'o‘lishi mumkin. yo buning teskarisi — to‘g‘ri va yolg‘on me’yori bab-bara- var bo‘lishi mumkin. Butkul rost mulohaza, hech so‘zsiz, burxoniy-isbotli deb ataladi. Bordiyu, uning rost to- moni ko‘proq bo‘lsa, u holda u jadaliy — dialektik bo‘- ladi. Bordiyu, rost va yolg‘on ikkovi barobardan bo‘lib qolsa, u holda u xitobiy-ritorik bo‘ladi. Rost butun- lay kamayib boraversa, u holda sufastoiy-sofistik bo‘- ladi, butunlay yolg‘on bo‘lsa, u holda uni, hech shubhasiz, she’riy1 deb ataladi. Ushbu qismlarga bo‘linishdan ko‘- rinishicha, she’riy mulohaza na isbotli, na dialektik, na xitobiy-ritorik va na sofistik emasdir. Shu bilan birga, u sulujismus — sillogizmga yoki unga qaram bo‘lgan navlarning biriga borib tahaladi, ya’ni «haram bo‘lgan navlar» deyishimdan ko‘zlagan maq- 1 Yelg‘on — bu yerda poetik metafora, timsol, ko‘chimlar ma’no- sida bo‘lsa kerak. 5—212 65 Download 355 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling