Maqsa- dimiz hakim Aristotelning «Fi-s-sinoat ash-she’r («She’r san’ati» «Poetika») asarida aytgan fikr- mulohazalarini isbotlab ko‘rsatishdan va uning ma’no- lariga ishora qilishdan iboratdir


Download 355 Kb.
bet9/10
Sana09.10.2023
Hajmi355 Kb.
#1696589
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Aristotel - 61 dan uyog\'i

Xeremon — milod. av. IV asrda yashagan, drama ijodkori.
9- bet. Mashhur Polignot va Qolofonlik Dionisiy Yunon — Eron urushlari davri (miloddan av. VI asr)da yashagan. Qarikaturachi Pav- son sal keyinroq, Aristofan davrida o‘tgan.
K.leofont—keyinroq tuban poeziya vakili sifatida tilga oli- nadi. Gegemon (V asr oxiri) va Nikoxar (IV asr) komediograflar:
Timofey va Filoksen — IV asr xor lirikasida yangi uslubning eng yirik vakillari. Ular tuban narsalar tasviri bilan hayrat- lantirishgan (Filoksenning mashhur odasida bir ko‘zli dev Poli- femning sevgisi ko‘rsatiladi.)
10-bet. Bu yerda a) qahramonlar iutqi beriladigan epos, b) di- firamb, v) drama sanab ko‘rsatilmoqda.
Megara — Afina yaqinidagi doriylar shahri. Sitsiliya Megerasi shu Megeraning Sirakuza yahinidagi mustamlakasi. Epixarm mi- lod. av. 550—445 yillarda yashagan: afinalik ilk komediyanavislar Xionid va Magnet 488 va 472 yillarda ijod etishgan.
Afiiada «komlar» deb hishloqlarni emas, aksincha shahar ma- hallalarini aytishgan.

  1. - bet. Uxshatish, aks ettirish tabiiyligi har qanday san’at- ning manbai, garmoniya va ritm tabiiyligi — poeziya san’atining manbai.

  2. - bet. Dramatik tasvirlar — ya’ni drama syujetidagi keskin o‘zgarish, to‘satdan bilish va boshqa elementlardan iborat tasvir- lar.


144
\lllm/.21uoi2.sot ki^ixopaz!




Uz holicha — rivoyat, xarakter, nutq va fikrda o‘z holicha, muzika va sahna bezagida — teatr tomoshasi sifatida.
Aristotel xor qushiqlari orasida kuylovchi boshlovchilarni bi- rinchi aktyorlar deb hisoblaydi.
13-bet. «Xato» —xatti-harakatda, «majruhlik» — xarakterda. Nuqson tragediya asosida ham bor, lekin u yerda yedardli» va «za- rarli».
14-bet. Tragediyada xor VI asr oxiridan, komediyada — 465 yil- dan davlat hisobiga o‘tgan. Binobarln, Xionid va Magnet u vaqtda havaskorlar orasida ijro etishgan.
Epixarm va uning izdoshi Formiy ilk marta «kohish» qo‘shiq- laridan «kulgili» qo‘shiqlarga o‘tgan shoirlar sanaladi. Kratet ham Attika komediyasida shunday qilgan.

  1. bet. Aristotel asaridagi «rivoyat», «mif» lotincha tarjima- da «fabula» deb olindi va adabiyotshunoslikda keng ommalashib ketdi.

16-bet. «Baxt xatti-harakat tufayli keladi»—Aristotelning «Nikomax axloqi» asaridagi fikr.
16-bet. «Eng yangi», Yevripiddan keyingi davr shoirlari, chamasi, an’anaviy rivoyatlardagi bir xillikdan qutulish uchun syujetlarni ishlashga alohida e’tibor berishgan bo‘lsa kerak.

  1. bet. Chamasn, Zevksid ideal go‘zallikka ergashmoq uchun xarak- terli sifatlardan voz kechgan shekilli.

  2. bet. Hamdardlik va qo‘rqinch uyg‘otib, dilni maftun qiladi.

  1. bet. Eng qadimgi shoirlardan biri Frinix bo‘lsa kerak.

17-bet. Oddiy surat bilan — yoki keyin bo‘yaladigan dastlabki chi- ziqlar bilai.
17-bet. Yangi tragiklar, chamasi, nutq — tildan asosan syujet- dagi o‘zgarib turuvchi vaznyatlarni tasvirlash uchun e’tiborni syu- jetga qaratishgan.
17-bet. Hajmga ega bo‘lmagan, ya’ni juda kichik hajmli.

  1. bet. «Odatdagi uch tragediya o‘rniga yuz tragediya»—ya’ni har asarni qo‘yishga shu qadar kam vaqt ketadiki, u vaqtni sudda notiq- larga ajratilgan vaqt bilan qiyoslash mumkin. Qadimgi sudlarda vaqt suv soati bilan o‘lchangan.

  2. bet. Soknn odam Qatnashadigan voqea va faol shaxsning «xat- ti-harakatlari» keyingi sahifalarda ko‘rsatiladn.


10—212 145


\lllll/.21uoi2.sot ki^ixopaz!




19-bet. Manbalarda to‘rtta «Xeraklnoma» va uchta «Feseynoma» («Teseynoma») tilga olinadi.

  1. bet. Aristotel bizgacha yetib kelmagan «Shoirlar haqida» asarida «iste’dod» va «san’atkorlik», «mahorat» tushunchalariii qiyoslagan. Chamasi, u san’atkorlikdan «iste’dod»ni ustun qo‘ygan.

  1. bet. Aristotel «komediya» deganda qadimgi, Aristofan dav- ridagi yambnavislik asarlarini emas, yangicha komediyani nazarda tutadi.

21-bet. Agafon — Yevripidning kichik zamondoshi, Platonning «Bazm» asari qahramoni, tragik pozziyaga muhim yangiliklar kirpt- gan. Uning pesasi «Gul», «Anfey» (to‘qima ism) deb o‘qilishi mum- kin.
21-bet. Haqiqatan yuz bergan—Esxilning «Forslar» asari va IV asrdagi boshqa tarixiy tragediya namunalari.

  1. bet. Argoslik Mitiy — Demosfen tomonidan, jang arava ega- si deb tilga olinadi. Mitiy Musobaqa g‘olibi sifatida haykal bilan mukofotlangan bo‘lishi mumkin.

  2. bet. «Linkey»— Aristotelning zamondoshi Feodekt dramasi.

  3. bet. Yevripid. «Ifigeniya Tavrida»da Ifigeniya Piladga «Akamga elting» deb xat beradi. Shunda Orest singlisini tanib qo- ladi. Pilad esa xatni yonida turgan Orestga beradi. Shunda Ifi- geniya akasini tanib qoladi.

  4. bet. Qeyinroq tragediyaning odatdagi tarkibiy qismlari tas- virlanadi. 1. Dialogli yoki monologli prolog; 2. Parod—xorning de- bochasi; 3. Qeyin dialogli saqnalar (episodiylar) va xor qo‘shiq- lari( stasimlar) navbatlashib keladi. 4. So‘nggi stasimdan keyin dialogli eksod (yechim) keladi. Sahna qo‘shiqlari (ariyalar, mo- nodiyalar) Yevripid vaqtidayoq ko‘paygan edi.

  5. bet. Anapest — marsh vazni, troxey,—raqs vaznp xnsoblangan. Shuning uchun qar ikkisi «turg‘un xor qo‘shig‘ida» o‘rinsiz hisoblan- gan.

  6. bet. «Odamiylik» — bu o‘rinda: ilk insoniy tuyg‘u. Shu tuyg‘u- dan hamdardlik va qo‘rquv tuyg‘ulari kamolga yetadi.

  7. bet. Aristotelga ko‘ra, «xato» — yomon niyat bilan emas, bil- masdan qilingan xatti-harakat («Nikomax etikasi»), Uzi bilmas- dan Edip otasini o‘ldiradi, Fiest bolalarining go‘shtini yeydi.


146


\lmll/.21uoi2.sot ki^ixopaz!




  1. bet. Ya’ni tomoshabinlarda g‘oyat kuchli hamdardlik va qo‘rquv uyg‘otadi. Kamchilik — rivoyatlar, xarakterlar, xorlarda.

  2. bet. «Orest va Egisf»— Aleksidning (?) noma’lum afsona- viy komediyasi. Baxtiyorlik bilan tugaydigan tragediyalar — Yevri- pidniig «Alkestida» va «Yelena» asarlari.

  3. bet. «G‘aroyibot» — ming ko‘zli Argus, boshi odam, gavdasi ot kentavrlar, sigir qiyofasidagi Io va boshqalar.

  4. bet. Astidamant I—IV asr boshida yashagan tragik. «Yarador Odisseya» avtori — Sofokl.

  5. bet. Sofokl. «Antixona», choparning go‘ristondagi mojaro haqida hikoyasi.

  6. bet. Yevripidning (?) «Qresfont»ida begona yurtlarda o‘sgan o‘g‘il otasiiing o‘chini olish maqsadida keladi va uni tanimagan ona- si qo‘lida o‘lishiga sal qoladi. «Gella» tragediyasining avtori va syujeti ma’lum emas.

  7. bet. «To‘rt maqsad»— umuman tragik qahramonga, qandaydir turdagi tragik qahramonga, shu asardagi tragik qaxramonga va o‘z- o‘ziga munosiblik.

  1. bet. An’anaviy afsonaviy obrazga o‘xshash.

28-bet. Noizchil — masalan, Axillning kayfiyatidagi o‘zgarish- lar.

  1. bet. «Orest» — Yevripid dramasi. «Ssilla» — Timofey di- firambi (unda Odissey do‘stlarini Ssilla yeb qo‘ygani uchun qay- g‘uradi). «Melanippa» — Yevripidning shu nomdagi tragediyasi. (Unda Melanippa ayollarga xos bo‘lmagan dono nutq so‘zlaydi.)

  2. bet. Yevripidning «Medeya»sida qahramon ayolni voqeadan olib ketish uchun teatr mashinasidan foydalaniladi.

— «Edip»dagi mantiqqa zid voqea. Chamasi, Edip uzoq yillar davomida Laiyning o‘limi sababini surishtirib bilmaganligi ha- qida gap borayotgan bo‘lsa kerak.
— Troyaliklar bahodiri Gektor yunon bahodiri Patroklni o‘l- diradi. Patroklning do‘sti Ahill yakkama-yakka jangda Gektorni o‘ldiradi, shunda ham g‘azabi bosilmay, uning jasadini jang ara- vasiga bog‘lab shahar atrofida sudrab aylantirib yuradi. Oqsoqol- lar har qancha nasihat qilsalar ham Ahillning g‘azabi bo- silmaydi.


10* 147


\ll/\ll/.21'uoi2.sot ki^ixopaz!




  1. bet.— Afsonaga ko‘ra ajdaho tishidan dunyoga kelgan kadm- liklarning badanida nayza izn bor ekan. Meloddan av. IV asr shoi- ri Qarkin dramasida Fiestning fil suyagiday oppoq yelkasi yulduz- day yaraqlab turar ekan. Sofokl tragediyasida malika Tiro Posey- dondan tuqqan farzandlarini tog‘orachaga solib daryoga oqizib yubo- radi. Begona ellarda o‘sgan bolalar ulg‘ayib vataniga tog‘orachani olib qaytishadi, onasi shu belgidan farzandlarini tanib qoladi.

«To‘quvchi mokisining ovozi»— Terey tomonidan zo‘rlangan va tili kesib tashlangan Filomela dastgohda matoh to‘qib, bo‘lgan vo- qeani tasvirlaydi va shu matohni Tereyning xotini Proknaga yubo- radi.

  1. bet.— Bu asarlarning syujeti bizga ravshan emas.

— «Odissey — soxta xabarchi» asari qaqida ham bizda yetarli ma’lumot yo‘q.


\lllm/.21uoi2.sot ki^ixopaz!




MUNDARIJA
Nashriyotdai 3
I
Aristotel. «Poetika» (Poeziya san’ati haqida) .... 5
II
* Aristotelning «Poetika» asari haqida 61
? Forobiy. Shoirlar san’ati qonunlari ?;aqida (Abdusodiq Irisov tarjimasi) 63
F. A. Petrovskiy. Aristotelning poetik san’at haqidagi asari (M. Mahmudov va U. To‘ychiev tarjimalari) . . 75
A. F. Losev. «Poetika» risolasi haqida 101
Aristotelning «Mimesis» nazariyasi, uning mohiyati va yangiligi 103
Mimesis (Mahkam Mahmudov tarjimalari) 107
A. S. Axmanov. Aristotel «Poetika»sidagi ba’zi asosiy terminlarning mazmuni haqida (Asqarali Sharopov tarjimasi) 112
A. Irisov. Aristotel «Poetika»si va uning Sharqdagi izdoshlari 124
M. Mahmudov. «Poetika» va hozirgi zamon adabiyoti . . 129
Izohlar 143


149


\lllll/.21uoi2.sot ki^ixopaz!



Download 355 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling