Maqsa- dimiz hakim Aristotelning «Fi-s-sinoat ash-she’r («She’r san’ati» «Poetika») asarida aytgan fikr- mulohazalarini isbotlab ko‘rsatishdan va uning ma’no- lariga ishora qilishdan iboratdir
Download 355 Kb.
|
Aristotel - 61 dan uyog\'i
- Bu sahifa navigatsiya:
- F. A. PETROVSKII
tt1.2!uoig.sot ki1ixopaz'|
sadim istiqro-induksiya, misol-analogiya, farosat-in- tuitsiya va shunga o‘xshash narsalar bo‘lib, ular mantiqi quvvatida o‘sha qiyos — sillogizmning kuch-quvvati bo‘- ladi. Yuqorida zikr qilib o‘tgan narsalarni tavsiflab berganimizdan keyin endi biz she’riy mulohazalar- ning navlarga qanday bo‘linishini ta’riflab berishi- miz kerak. She’riy mulohazalarga kelganda, biz senga aytsak, yo vaznlarga qarab turlarga bo‘linadi, yo bo‘lmasa ma’- nolarga qarab bo‘linadi. Ammo vaznlarga qarab bo‘linishlarga kelganda shu- ni aytish kerakki, bundan bu yog‘iga muloqaza yuritish musiqor — muzikachi va aruzchilarga tegishlidir. Shu bilan birga, mulohazalar (ya’ni she’riy so‘zlar) qaysi tilda bo‘lgani va muzikachining qaysi toifadan chiqqa- niga bog‘liq. Ammo she’rning ma’nosiga qarab ilmiy tomondan navlarga taqsim qilinishiga kelsak, bu jiqatlar har bir xalq va toifadagi ramzlarni biluvchi va she’rlar- ni sharhlovchilarga, ularning ma’nolarini nazorat qi- luvchi va o‘shalarga qarab ulardan ma’lum xulosalar chiqaruvchilarga qavola qilinadi. Bu xuddi hozirgi za-* monamizda fors va arab she’riyati olimlarining bu bo- rada kitoblar tasnif qilganiga o‘xshab ketadi. Ular she’rlarni turli navlarga, chunonchi, hajviya (satira), madhiya, mufoxara, lug‘z — topishmoqli she’r, kulgili (komik), g‘azaliyot, vasfiy she’r hamda kitoblarda topi- lishi qiyin bo‘lmagan boshqa navlarga bo‘ladilar. U yer- da bular bitilganligi bizni bu haqda mufassal esla- shimiz va gapni cho‘zib o‘tirishimizdan qutqaradi. Qelinglar, boshqa masalaga o‘taylik. Asarlari biz- gacha yetib kelgan o‘tmish va hozirgi zamon shoirlarining ko‘pchiligi she’rlarning ahvoliga qarab vaznlarini ara- lashtirib yuborganlar. Ular she’riyatda mavjud bo‘lgan navlarning har biriga ularning mazmuniga qarab max- 66 \lllll/.21uoi2.sot ki^ixopaz'! sus vazn belgilab chiqmaganlar. Bu holatdan faqat yunonlargina holi, xolos. Ular she’r navlarining har, biriga maxsus vazn turlarinn belgilaganlar. Chunonchi, madhiyalar vazni hajviyalar vaznidan butunlay farq qiladi1. Boshqa vaznlarning ahvoli ham xuddi shunday. Ammo boshqa halv va toifalarda aytishlaricha, mad- hiyalar, hajviyalar kuylanadigan ko‘p vaznlarda ham kuylanadi. Bunda yo butunlay madhiya vaznida hajviya aytiladi, yoki butunlay bo‘lmasa ham ko‘proq aytiladi. Bunga ular chegarani xuddi yunonlar qo‘yganidek juda ham hat’iy qilib qo‘yishmagan. Biz bu yerda xuddi hakim Aristotel o‘zining she’r san’ati haqidagi mulohazalarida sanab o‘tganidek, yunonlar she’rlari turlarini sanab o‘tamiz, ularning har birining navlariga ishorat qilib o‘tamiz. Endi biz senga aytsak, yunon she’riyati men quyida sanab o‘tadigan navlarga1 2 bo‘linadi. Ular shulardan iborat: tragediya (trag‘o‘ziyo), difirambi (disirambi), komediya (kumuziya), yombi (iyombu), drama (dramoto), eniy, diagramma (diakramma), satira (soturo), poema (fiyumoto), epos (efitsiy), ritorika (ritoriy), efijo- nosous va akustika (akustitsiy). Ammo tragediyaga kelsak, u she’rning ma’lum bir na- vi bo‘lib, uning o‘qilayotganini eshitgan yo o‘zi ovozini chiqarib o‘qigan kishi huzur qiladi. Tragediyalarda bi- rovlarga misol (o‘rnak) bo‘la oladigan yaxshiliklar va maqtaniladigan fe’l-atvorlar zikr qilinadi; bu vazn- da shaharni boshqaruvchi — hukmdorlar madhlanadi. Mu- zikachilar podshohlar oldida shu tragediya vaznida kuy- laydilar. Bordiyu, biror podshoh o‘lib qolgudek bo‘lsa, tragediya qism-bo‘laklariga qo‘shimcha nag‘malar qo‘shib, o‘lgan podshohga atab navha-marsiyalar aytganlar. Ammo difirambiga kelsak, u she’riyatning bir turi 1 Aristotelda geksametr va yamb vaznlari kabi. 2 Forebiy «nav» deganda hozirgn «janr»larni ko‘zda tutmoqda. 67 ™lll/.g|'uoi2.sot ki(ixopa5| bo‘lib, uning vazni tragediya vaznidan ikki barobar kat- ta bo‘ladi. Unda yaxshilik va maqtaladigan barcha xulq- atvorlar, insoniy fazilatlar zikr etiladi: difiram- bida ma’lum bir podshoh yo kishini madh etish maqsad qilib olinmaydi, balki undagi umumiy yaxshiliklar zikr qilinadi... Ammo komediyaga kelsak, bu she’riyatning ma’lum bir turi bo‘lib, uning ham ma’lum vazni bo‘ladi, unda yomon fe’l-atvor zikr qilinadi, odamlar, ularning ax- loqlarida qoralanadigan va xush ko‘rilmagan tabiatlar hajv qilinadi. Qo‘pincha uning bo‘laklariga ohang-nag‘- malar qo‘shilib, ularda ham qoralanadigan xulq-atvor- lar eslanadi. Bu eslangan xulq-atvorlarda inson, hay- von va ikkoviga aloqador bo‘lgan xunuk shakl — timsol- lar ishtirok etadi. Ammo yombi ham she’riyatning bir navi bo‘lib, uning ham o‘ziga xos ma’lum vazni bo‘ladi. Unda ham mashhur mulohazalar eslanadi. Ammo kuylanadigan narsalar xushfe’l ham bo‘lishi mumkin, badfe’l ham bo‘lishi mum- kin — baribir, lekin shunisi borki, bu misoli bir zarbulmasal — maqollar kabi mashhur bo‘lishi shart. She’riyatning bu navi tortishuv, urish-janjal, gazab va g‘ijingan paytlarda o‘hiladigan she’rlarda ishlati- ladi. Ammo dramaga kelsak, u ham xuddi yuqorida kelti- rilganlar kabi she’r turlaridan biri sanaladi: faqat bunda ma’lum kishilar va ma’lum shaxslar to‘g‘- risida mashhur bo‘lgan masal va naqllar1 zikr hili- nadi. Ammo eyniyga kelsak, bu ham she’riyatning navlarn- dan biri bo‘lib, unda odamni xursand hiladigan mulo- hazalar zikr hilinadi. Shunisi ham borki, bular yo ma- horatning zo‘rligidan va yo g‘oyatda go‘zal bitilganidan odamni xushnud etadi. 1 Aristotelda; mashhur rivoyatlar — miflar. 68 u\llll/.21uoi2.sot ki^ixopaz! Ammo diagrammaga kelsak, bu ham she’riyatning bir navi bo‘lib, buni qonunshunoslar inson xulqini tuza- tish hamda tarbiyalash mushkul bo‘lgan taqdirda unda she’r bitib, kimki qonun-qoidaga rioya qilmas ekan, uning oqibatida ayanchli ahvolga tushadi, deb qo‘rqitish va ruhini dahshatga solish uchun ishlatadilar1. Ammo epika va ritorikaga kelsak, bu ham she’riyat- ning bir navi bo‘lib, bunda ilgari o‘tgan siyosiy va qo- nuniy tartib-qoidalar tavsif qilinadi. She’riyatning bu navida podshohlarning xulq-atvori, u haqdagi xa- barlar, uning davri va u bilan bog‘liq bo‘lgan voqealar zikr qilinadi1 2. Ammo satiraga kelganda shuni aytish kerakki, bu ham she’riyatning bir navi bo‘lib, uning o‘ziga xos vazni bor. Bu navdagi she’rlarni muzikachi olimlar yaratgan- lar. Ular o‘z kuylari bilan to‘rt oyoqli hayvon, umuman olganda, hatto jamiki hayvon zotlarini harakatga keltiradilar. Shunda bu hayvonlar o‘zlari—tabiiy harakatlaridan (bir oz) chetga chiqqan bo‘lib, (ma’lum qiliq qilib), odamlarni taajjubga soladilar. Ammo fiyumuto-poemaga kelsak, bu she’riyatning bir navi bo‘lib, unda (boshqa navlarga o‘xshamagan holda) yaxshiyu yomon, to‘g‘riyu egri har xil sifatlar kuylanadi, tasvirlanadi. Bu xildagi har bir she’r navlarida go‘- zal va yaxshi, qabih va razil ishlardan iborat bo‘lgan voqealar ifodalanadi. Ammo efijonosousga kelsak, bu ham she’riyagdagi navlarning bir turi bo‘lib, buni tabiatshunos olimlar yaratganlar. Ular bunda tabiiy ilmlarni tavsifla- ganlar. She’r san’atidan eng uzoq sanalgan nav xuddi mana shu she’r navi hisoblanadi3. 1 Tragediyaning boshqacha nomi bo‘lsa kerak. 2 «Iliada» eposidagi Agomemnon, Odissey, Menelay kabi pod- Sholar. 3 Lukresiyning «Narsalar tabiati haqida» asari vaznli, she’- riy bo‘lsa-da, u badiiy asar emas, balki she’riy ilmiy asardir. N. Bualoning «She’r san’ati haqida» asari ham shunday. 69 vdlll/.21uoi2.sot ki1ixopaz1
Yunon she’riyatini yaxshi bilgan kishilardan bizga yetib kelgan mufassal xabarlarga ko‘ra va hakim Aris- totelga nisbatan berilgan she’r san’ati haqidagi mu- lohazalarida hamda Tomastiyus (Temistiy) bilan ik- kovidan tashqari yunon kitoblarini sharxlovchi qadim- gi olimlar asarlarida yunon she’riyati turlari va ularning mazmunlari haqida topgan gaplarimiz mana shulardan iborat. Biz ularning ba’zi mulohazalarida topganlarimizga qaraganda, ular o‘z tasniflarining oxirida shu ma’nolarni ulab ketganlar. Biz ularni qanday uchratgan bo‘lsak, o‘shanday holda eslab o‘ta- miz. Endi biz senga aytsak, shoirlar chindan ham tug‘ma qobiliyatli va she’r bitishga tayyor tabiatli kishilar bo‘ladi va ular tashbih va tamsilga layoqatli bo‘ladi- lar. Shoirlar yo she’r navining ko‘p turida, yo bo‘lmasa bir turida ijod qilishga layoqatli bo‘ladilar. Bir xil shoirlar she’r san’atidan yetarlicha xabardor bo‘lisha- vermaydi, balki ular tug‘ma qobiliyatlarining yaxshili- gi bilangina qanoat hosil qiladilar, ular o‘zlarining iste’dod darajalariga ko‘ra ish tutadilar. Bunday shoirlar chinakam musaljis-mulohazakor shoirlardan sanalmaydilar. Chunki ularda she’r san’atini o‘zlash- tirib olish uchun kamolot yetishmaydi va bu san’atda turg‘unlik bo‘lmaydi. Kimki unday odam she’rini ko‘rib, u qobiliyatli odam ekan, deb o‘ylagan bo‘lsa, bu shuning uchunki, uning fe’l-atvorida shoirlarga xos bo‘lgan turq-ko‘rinish mavjudligidangina shunday mulohazaga kelingan. Ye bo‘lmasa bu xil odamlar chinakamiga shoir- lar san’atini egallagan bo‘lishadi, hatto she’r ijodiga xos bo‘lgan xususiyatlardan birortasi ham — u qaysi she’r turiga aloqador bo‘lmasin, baribir, bu qonun-qoi- 70 u\mm/.21uoi2.sot ki^ixopaz! dalar undan qochib qutulolmaydi. Ular she’riyat san’- atida qo‘llaniladigan tashbih va tamsillarni judayam ^ahorat bilan ishlatadilar. Bu xil shoirlar chin- dan ham qobiliyatli shoirlar deyishga sazovordir- lar. yoki bo‘lajak shoirlar o‘sha yuqorida aytib o‘tilgan avvalgi ikki tabaqa shoirlar va ular fe’llariga taq- lid qiluvchilar bo‘ladilar. Bular o‘sha avvalgi ikkala tabaqa shoirlar yo‘li — ijodini yodlaydilar. Bu turda- gilarning o‘zlarida tug‘ma she’riy tabiati bo‘lmagan qolda, she’riy san’at qonun-qoidalaridan xabardor bo‘lib turib, tashbih — o‘xshatish va tamsil — metafo- ralar ketidan boradilar. Yo‘ldan adashadigan va toyadi- gan shoirlarning ko‘pchiligi xuddi mana shu tabaqa shoirlar ichidan chiqadi. Endi biz senga aytsak, o‘sha yuqorida aytib o‘tgani- miz uch toifa shoirlar har biri ijodda yo tabiiylik, yo majburiylikdan holi bo‘lmaydi. Bunday deyishdan ko‘z- lagan maqsadim shuki, bir shoir ko‘pincha madhiyaga va yo bir yaxshi so‘z aytishga tabiatli bo‘lsa, ba’zan vaziyat' uni hajviy va boshqa turda she’r aytishga ham maj- bur qilib qoladi. Aytaylik, bir shoir she’riyat navla- rining ma’lum bir navida ijod qilish san’atini tan- lab olgan va o‘zini shu xildagina she’r yozishga odatlan- tirgan bo‘lsa, ba’zi hollarda tanlab olmagan turlarda ham she’r ijod qilishga to‘g‘ri keladi, bu esa uning uchun o‘zi ijod qilishga odatlangan she’r turiga nisbatan boshqa bir navda majburiy bitilgan she’r bo‘ladi. Bu majburiyat yo ichki, yo tashqi sabablar bilan bo‘ladi. Ammo shoirning eng yaxshisi tug‘ma shoir bo‘lgani sana- ladi, So‘ngra shoirlarning she’r ijod qilish borasidagi ahvoli kamolotga yetishgani va yetishmagani jihatidan turlicha bo‘ladi. Bu esa yo g‘oya jihatidan, yo bo‘lmasa mav- zu jihatidan shunday bo‘ladi. 71 ivdl/.21uoi2.sot ki(ixopa81 Ammo g‘oya jihatidan olgan taqdirimizda ular she’r- ga ba’zan yordam bersa ham, ba’zida unga yordam berol- may qoladi. Bunga ba’zan ruhiy (nafsoniy) kayfiyatlar sabab bo‘ladi. Shunda u ruhiy kayfiyatlar ustun keladi, yo bo‘lmasa ba’zan o‘zi unga muhtojligidan tushkunlikka uchrab, pasayib ketadi. Ammo bu bobdagi tekshirishlarimizdan mahsad bu masalaning ipidan-ignasigacha sinchiklab aniqlashdan iborat emas, chunki bularning hammasi axloq va ruhiy kayfiyatlar tavsiflari hamda ularning har birining (inson ruhiga) alohida ta’siri haqida bitilgan ki- toblarda keragicha bayon qilingan. ...Shoirning yetuk va yetukmasligi hahidagi mulohaza o‘sha o‘xshatishning (haqiqatga) yaqin yo uzoqligiga bog‘- liq bo‘ladi. Ba’zan shunaqasi ham bo‘ladiki, she’r san’atida eng orqada qolgan shoir ham yuqori darajada ajoyib she’r yaratishi mumkin, hatto bu sohada bilag‘onlar ham unga teng keladigan narsa (she’r) yaratolmasligi mumkin. Lekin shunisi borki, bunga sabab baxt va tasodifning to‘g‘ri kelishidan bo‘ladi. Lekin unday odam (qanchalik ajoyib she’r yozgan bo‘lmasin) bu yozgan she’ri bilan so‘z san’atkori degan nomga sazovor bo‘lolmaydi. Tashbih darajalari turlicha bo‘lishi mumkin. Shu jihatdan qa- raganimizda o‘xshatishning yaqin va munosib bo‘lmog‘i mavzuga ham bog‘liq yo bo‘lmasa shoirning bu san’atdagi mahoratiga ham bog‘liq. Hatto shu usta shoir bir-biri- dan uzoq bo‘lgan ikki narsani, mulohazalarni orttirish bilan bir-biriga muvofiqdek qilib ko‘rsata oladi. Bu esa shoirlardan yashirin bo‘lmagan hollardandir. Shu jumladan shoirlar A bilan B ni va B bilan J ni bir- biriga o‘xshatadilar. Chunki bunda A bilan B o‘rtasida yaqin va munosib hamda ma’lum bo‘lgan o‘xshashlik bor. Shu bilan birga, yana B bilan J o‘rtasida ham yaqin mu- nosib hamda ma’lum bo‘lgan o‘xshashlik bor. Ular so‘z ma’- nosini shunga burib, hatto somi’—eshituvchi, munshid— 72 \lllm/.21uoi2.sot ki^ixopaz! o‘qib beruvchilarning fikr-zikrini, garchi ular orasi uzoq bo‘lmasa ham A bilan B va B bilan J o‘rtasida bo‘lgan o‘xshashlikdan ogohlantirmoqchi bo‘ladi- lar1. Bu san’atda shoirlikning tanlanishi odatda juda ulkan boylik sanaladi. Bu xuddi hozirgi zamondagi2 ba’zi bir shoirlar qilmishiga o‘xshab ketadi. Ular shundayki, agar bir so‘zni she’rdagi baytga qofiyadosh qilib qo‘yib, oldingi baytda lozim bo‘lgan narsalarni yoki tasvirlash niyatida bo‘lgan narsalarni bita olsa, u holda odamda juda ajoyib huzurbaxsh holat paydo bo‘- ladi. Biz yana shunday deymiz: bu san’at ahli bilan naqsh beruvchi rassom san’ati o‘rtasida handaydir munosabat bor. Bular ikkalasiniyag san’atdagi moddasi turli-tu- man bo‘lsa ham, ammo shaklda, yaratilish va mahsadlarda bir-biriga mos keladi. Yeki aytaylik, o‘sha ikkala yara- tilgan narsada, ular shakllarida va mahsadlarida bir- biriga muvbzanat, o‘xshashlik bor. Bu shundayki, she’r san’atini bezaydigan narsalar so‘z — mulohazalar bo‘l- sa, rassomlar san’atini bezaydigan narsa — bo‘yoqlar sanaladi. Bularning ikkovi o‘rtasida farq bor, ammo ikkalasi ham fe’lda bir-biriga o‘xshash, ikkalasi ham odamlar tasavvuri va sezgilarida bir mahsadga — taq- lid qilishga yo‘nalgan bo‘ladi. Shoirlar san’ati ilmini o‘rganuvchilar foydalana- digan umumiy qonun-qoidalar mana shulardan iborat. Bu qonunlarning ko‘pini (ilmiy nuqtai nazardan) tek- shirib chiqib, mulohazalar bildirish ham mumkin edi, lekin bunday san’at sohasida ilmiy tekshirish olib borishdek narsa insonni san’atning bir navida bir to- monlama mulohaza olib borishga eltishi hamda boshqa 1 Forobiy zamonidagi toirlar Abu Nuvos, Abu Tammom va boshqalar. 73 \mlll/.21uoi2.sot ki^ixopaz! navlar va qarashlardan yuz o‘gyarishga olib kelishi mum- kin. Shu sababdan bu sohada aytib o‘tgan mulohazalari- miz unga o‘xshagan biror narsani hal hilib ham berol- maydi. (Shu bilan Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Tarxon al-Forobiy yozgan risola tugadi.) u\mm/.k1uoik.sot ki1ixopaz1 F. A. PETROVSKII ARISTOTELNING POETIK SAN’AT HAQIDAGI ASARI Qadimiyat olamining eng buyuk allomasi Aristotel Gomer dostonlari, Esxil, Sofokl va Yevripid trage- diyalari, Aristofan komediyalari hamda boshqa klassik obidalar qatorida bizgacha yetib kelgan yana bir asar ham borki, u orqali biz Ellada insoniyatga qoldirgan poetik-badiiy merosni yaxshiroq tushuna olamiz va baho- lay olamiz. Bu, Aristotelning «Poezyya san’ati haqi- da» degan asari bo‘lib, odatda uni yunoncha «Poetika» deb ham ataydilar1. GQadimiyat olamining eng buyuk allomasi Aristotel umrining oxirlarida (miloddan avvalgi 336—322 yil- lar orasida) yaratgan bu asar qariyb bizning zamona- mizgacha bo‘lgan davrda badiiy ijod sirlarini o‘rga- nishga juda katta ta’sir ko‘rsatdi. Lessing 1768 yili bosilib chiqqan «Gamburg dramaturgiyasi»da Aristotel- ning bu asaridan hayratlanib, «Poetika»ni Yevklid- ning «Unsurlar»i singari mukammal asar» deb bahola- gani bejiz emas. Chernishevskiy esa B. I. Ordinskiy tarjimasiga yozgan taqrizida «Aristotelning «Poeziya san’ati haqida» asari hozirgi zamon nazariyasi uchun ham yana ko‘pdan-ko‘p hayotiy ahamiyatga molik hamda kel- 1 Asarning anihroq nomi «Poeziya san’ati haqida» bo‘lsa ham biz bu asardan ko‘chirmalar olishda va unga asoslanishda hulaylik uchun «Poetika» sarlavhasini ishlatmoqdamiz. (F. A. Petrovskiy izohn.) 75 ™™.21uoi2.sot ki1ixopaz1 gusi estetik qarashlar uchun ham asos bo‘lib xizmat etishga arziydigan asar» deb haqqoniy baholar ekan, Aristotelni «Estetik tushunchalarni birinchi marta mus- taqil sistemaga solib bayon etgan, qarashlari 2000 yil- dan ortiq hukm surib kelgan» siymo sifatida ko‘rsa- tadi. "V. I. Leninning qadimgi mutafakkirning «Metafi- zika»sidan olgan o‘z taassurotlari ifodalangan «had- dan tashqari qiziqarli, ravon, sodda (yangi) filosofiya bilan tanishtiradigan va bayonlarda sxolastika bilan almashtiriladigan harakatsiz yakunlarga ega bo‘lgan bir talay narsalar ye^z»1 degan so‘zlarini butunlay Aristo- telning «Poetika»siga nisbatan ham aytish mumkin. Darhahihat, «Poetika» barhayot, ming yilliklar osha yetib kelgan idrokning samimiyligi saqlangan va ohori to‘kilmagan, hozir ham poetik ijod nazariyasiga xizmat eta oluvchi asardir. V. I. Lenin ta’kidlagani- dek, Aristotelning «Mantiq» asaridan «hamma izlash- larni, shubhalarni, masalalarni qo‘yish usullarini chi- harib tashlab, uni o‘lik sxolastikaga aylantirganlar»* 2. «Poetika» ham shunday hismatga uchradi. U ko‘p asrlar davomida qadimgilarning o‘ziga xos dunyoharashlariga butunlay yot bo‘lgan dogmatik nazariyalarning kelib chi- qishiga manba bo‘ldi. Aristotelning «Poetika»sidagi fikr va xulosalar- ning ulkan ahamiyati shundaki, u o‘z nazariyasini alla- qanday mavhum mulohazalarning natijasi sifatida emas, aksincha grek adabiyoti asarlarini (epos, drama, notiqlik san’ati), ijodning boshqa hamma ko‘rinishla- rini sinchiklab o‘rganish orqali yaratdi. Aristotel barhayot san’at asarlaridan kelib chiqib mulohaza yuri- tadi, shuning uchun ham san’atning hayotiy me’yorlarini Download 355 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling