Maqsa- dimiz hakim Aristotelning «Fi-s-sinoat ash-she’r («She’r san’ati» «Poetika») asarida aytgan fikr- mulohazalarini isbotlab ko‘rsatishdan va uning ma’no- lariga ishora qilishdan iboratdir


Download 355 Kb.
bet4/10
Sana09.10.2023
Hajmi355 Kb.
#1696589
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Aristotel - 61 dan uyog\'i

j. t?' A- Petrovskiyning bu fikrlarida mantiqqa zid o‘rinlar


1DutaRx’ Ediai’ Arrian kabi antik davr tarixchilarining soblanganOddi® ®iln°ma emas, balki badiiy proza namunasi hi-


82


\lllll/.21uoi2.sot ki^ixopaz!




da bo‘lishi mumkin bo‘lgan u.mumiy xususiyatlarni na- zarda tutmoqda.
Aristotel «Metafizika» asarida san’atni keng ma’noda tasavvur etib, san’atdagi umumiylik xususida7 quyidagicha muloqaza yuritadi: «Qishilardagi tajriba» xotira tufayli paydo bo‘ladi. Muayyan bir narsa xusu- sidagi xotiralar silsilasi oqibatda bitta tajriba ahamiyatiga ega bo‘ladi. Bir qancha kuzatishlar tajri- bani o‘xshash narsalarga nisbatan mushtarak qarash qo- liga keltirgandagina san’at asari paydo bo‘ladi. Ma- salan, Qalliyga falon kasallik vaqtida allaqanday dori yordam berdi, bu narsa Platonga va shuningdek ko‘p- gina boshqa kishilarga qam yordam berdi deyish, bu — tajribaning ishidir. Shu dori falon kasallik vaqtida bir turdagi barcha o‘xshash kishilarga, masalan, flegma- tik yo xoleriklarga kuchli bezgak vaqtida yordam beradi, deb qisoblash, bu—san’atning nuqtai nazaridir. Gap shundaki, tajriba — yakka narsani bilishdir, san’at esa — umumiy narsani bilishdir» (1, 1). Bir turdagi narsalar ichidagi umumiylik tushunchasi bu o‘rinda biz tipik deb atagan tushunchaga yaqindir. Aristotel endi umumiylik tushunchasini o‘xshatuvchi san’atlarda, qis- man bo‘lsa-da, poeziyada qamma narsalarga befarq ish- latmaydi, balki inson xarakterining u yoki bu tipi xususida qo‘llaydi. «Poeziyada qandaydir xarakter,— deydi u «Poetika»da,—eqtimol yo zaruriyat tufayli bun- day yoki unday so‘zlashi (ish qilishi) kerak. Mana shuni umumiylik deyiladi. Poeziya qaqramonlarni nomlash orqali umumiylikka intiladi. Alkiviadning nima qil- gani, unga nima bo‘lgany esa, bu—yakka qodisadir». In- son xarakteri bu yerda rang-barang ko‘rinishlarda, in- sonning o‘zi esa, uning bo‘lishi eqtimol yo zaruriyat hi-, soblangan harakatlarda qaraladi; Aristotel garchi inson va ijtimoiy muhitning o‘zaro munosabatlarini ochib berishdan uzoq bo‘lsa-da, insonni «siyosiy hayvon» deb ataydi. Faylasuf tomonidan san’atning asosiy


6* 83


™™.g|uoi2.sot ki1ixopaz1




predmetiga berilgan bu ta’rif qat’iy dogmatik ruhda emas. Masalan, tragediyada harakat birinchi o‘ringa chi-. hadi, harakat esa, faol shaxslar tomonidan yuzaga ke- ladi. Faol shaxslar xarakteri va fikrlash yo‘siniga qa- rab, qandaydir bo‘ladi. Xuddi shuning uchun, biz ish-ha- rakatlarni ham qandaydir deb ataymiz» («Poetika», 6). Shuning uchun shoirlar xarakterlarni ham shu ish- h.arakatlar orqali ko‘rsatishadi». (Usha joyda). Shun- day bo‘lsa-da, Aristotel xarakter va ish-harakatning uzviy aloqadorligini afzal hisoblab, voheaning o‘zi- nigina tasvir etishga asoslangan tragediya bo‘lishi eh- timol deb o‘ylaydi. «Voqeasiz yashay olmagan tragediya aksincha, xarakterlarsiz yashay olgan bo‘lur edi». Aris- totel zamonidagi tragediyalarning ko‘pchilik qismi, uning guvoqlik berishicha shunday edi qam. U shunga mo- nand hodisaning rassomlikda ham mavjudlignni qayd etadi: u bir rassom (Polignot)ni «xarakterlarning o‘ta yaxshi rassomi» deb ataydi, shu bilan birga, uning so‘z., laricha, boshqa rassom (Zevksid) xarakterlarni mutloq tasvirlamaydi.
Aristotel san’atning mohiyatini hamma jonli ho- disalar quvib chiqarilgan sxolastik mavhumlik ko‘ri- nishida emas, aksincha barhayot va harakatchan borliq tarzida tasavvur etdi. U san’at predmetining rang-ba- rang janrlar va turli mualliflarda uchraydigan xos- liklarini tadqiq qildi. Janr xususiyatlarini u avva- lo tasvirlangan kishilarning u yoki bu sifatlarida ko‘rdi: «Asar qahramonlari bizdan yaxshiroq yoki bizdan yemonroq yoki xatto bizdek bo‘ladilar»1. (2- bob.) Janr tafovutlari ham shundan kelib chiqadi: komediya va pa- rodiya eng yomonlarni, qahramonlik eposi eng yaxshilar-


1 Bu o‘rin N. N. Novosadskiy tarjimasida o‘zgacha talqinga ega: shoirlar «odamlarni yo eng yaxshi, yo eng yomon, yoki biz handay bo‘lsak, UDDi shundek tasavvur qilishadi». Uzbekcha tarjimaga M. L. Gas- larov ifodasinn asos qilib oldik.


84


\lllll/.21uoi2.sot ki^ixopaz!




ni tasvirlaydi. Tragik qahramon to‘g‘risida esa Aris- totel «Poetika»ning 13—15 boblarida yaxlit, eng qizi- qarli kuzatishlarni bayon qiladi.
Tabiiyki, Aristotel o‘z oldiga badiiy metod masa- lasini qo‘ymagan. A. S. Axmanovning shu nashrdagi ma- qolasi bu haqda batafsilroq tasavvur beradi. Aristo- tel tasvirlovchi san’atlar to‘g‘risidagi umumiy tasav- vurdan kelib chiqib, ular tarixining o‘ziga ma’lum tajl ribasini umumlashtiradi. Har holda u «Poetika»da shoir o‘z ijodida eng yaxshi natijalarga erishish uchun qanday usullarni qo‘llashi kerakligi to‘g‘risida gapi- radi. (25- bob shunga bag‘ishlangan.) «Chunki shoir ras- som yo qandaydir boshqa san’atkor singari o‘xshatuvchi- dir,— deydi Aristotel,— bunday taqdirda u albatta uch narsadan qaysi birinidir tasvirlashi zarur. U nar- salarni qanday bo‘lsa shunday yoki ular qaqida odamlar aytganiday, yoxud o‘ylaganiday, yoki ular qanday bo‘lishi kerak bo‘lsa, shunday tasvirlashi lozim». Aristotel agar tasvirlash san’atining tabiati va xususan, muayyan janr tabiati buzilmasa (garchi) bunda ayrim detallar sohasi- da qoida buzilsa-da), shu uch holatning hammasini qonuniy qisoblaydi. «Agar shoir urg‘ochi oxuning shoxlari yo‘qli- gini bilmasa bu unchalik katta xato emas. Ammo (shoxi yo‘qligini) bilsa qam uni yomon tasvirlasa — kattaroq xatodir,— deydi u va davom etadi.— Shoir hayotda qan- day bo‘lsa shunday tasvirlamabdi, degan ta’naga e’ti- roz bildirib shuni aytish mumkinki, shoir qayotda qan- day bo‘lishi kerakligini (qam) tasvirlaydi: Sofokl o‘zi aytishicha, odamlarni qanday bo‘lishi kerak bo‘lsa shunday tasvirlagan, Yevripid esa qanday bo‘lsa o‘shanday tasvirlagan: ...Mabodo ikkala holat ham nazarga olinma- sa, «odamlar shunday deyishadi, deb qo‘ya qolish kerak». Aristotel qadimgi grek san’atining mifologik aso- sini tushuntirish va uning qonuniyligini e’tirof etish, poeziyani himoya qilish maqsadida oxirgi dalil («shunday deyishadi»)ni keltiradi, chunki Olimp xudo-


85


\lllll/.21uoi2.sot ki^ixopaz!




lariga e’tiqod allaqachon yo‘qolgandi, (uning o‘zi «Poe- tika»da xudolar mavjudligini inkor etuvchi Qsenofan- ga e’tiroz bildirmagan edi). Biroq bu dalil prinsi- pial ahamiyatga ham ega. Shuning o‘zi bilan poeziyaning xalh e’tihodi va naqllaridan xalq psixologiyasini aks ettirish uchun foydalanish huhuqi borligi tasdiq- lanadi. Aristotel tragediyalarni turlarga bo‘lar ekan, aqlga sig‘maydigan narsa hayrat qo‘zg‘otishini, ajoyib narsa esa ko‘ngilli bo‘lishini va binobarin, bu narsa- lar poeziyada o‘zini oqlaganini ta’kidlaydi. Syujetida ajoyibotlar, fantastika, u dunyodagi, Aiddagi (18- bob) voqealar tasvirlangan tragediyalarni e’tirof etadi. Boshqa o‘rinda bu san’atda yolg‘onga yo‘l qo‘yish mumkinligi («Gomer boshqalarni yolg‘on narsani qan- day yozishga o‘rgatadi» — 24- bob) haqida mulohaza yuri- tadi.
Shunday bo‘lsa-da, bularning bari Aristotelni san’- atda haqqoniylikning dushmani deb hisoblashga hech qan- day asos bermaydi. U san’atning mohiyatini, yuqorida aytganimizdek, haqiqatni bilishda deb hisoblaydi. San’atning haqiqatga olib boradigan yagona yo‘lini esa — ehtimollik yoki zaruriyat asosida bo‘lishi mumkin bo‘lgan inson xarakteri va hatti-qarakatlarining tas- virlanishida ko‘radi. San’atda u yolg‘onga (agar bu yol- g‘on shunday tasvirlashga ko‘maklashsa yo xalaqit etmasa) yo‘l qo‘yadi. Bunday holda badiiy asar mantiqiy jihatdan yutqizadi, lekin badiiy haqiqat va badiiy ta’sir soha- sida yutadi. Mantiqsizlikni «odamlar shunday deyisha- ,di» deb oqlashga to‘g‘ri keladi. «Yana shu ma’noda tushunish kerakki, aqlga to‘g‘ri kelmaydigan narsa hamisha ham man- tiqqa zid bo‘lavermaydi» (25- bob.) Aristotel xarak- terlarning haqqoniyligini, xatti-harakatlarning izchilligini yoqlaydi. «Hatto tasvirlangan shaxsning no- izchil bo‘lishi, shu xarakterdagi shaxsning barcha ishla- riga noizchillik xos bo‘lishi mumkin. Ammo xarakter- shing mana shu noizchilligi ham izchil bo‘lishi zarur»


86


\lllll/.21uoi2.sot ki^ixopaz!




(15- bob) —deb yozadi u. Shunga mos holda voqealarning tabiiy oqimi sababli ommada ajablanish paydo bo‘l- ganda, hodisalarning o‘zidan kelib chiqadigan «bilib qolishni» afzal ko‘radi. Aristotel estetik zavqning o‘zini badiiy asarning go‘zal shakli ta’siri bilangina emas, balki avvalo bilish beradigan huzur bilan bog‘- laydi. Uning fikricha, odamlar ilk bilimlarni o‘xsha- tish (tasvir)dan oladilar; ikkinchidan, o‘xshatish sama- ralari hammaga zavq beradi... Buning sababi shundaki, bilim olish faylasuflargagina emas, balki boshqa ki- shilarga ham juda yoqadi»,— deb hisoblaydi u (4-bob). Badiiy haqiqat, ezgulik va go‘zallik qadimgi mutafak- kirning estetik qarashlarida bir-biri bilan aloqa- dorlikda talqin qilinadi. U tasvirlangan xarakter- larni ko‘proq ularning axloqiy tomonidan baholaydi, axloqsizlarini qat’iy qoralaydi. Boshqa tomondan, san’atdagi ideallashtirish, uning fikricha, xarakter- larning haqqoniy bo‘lishiga zid kelmasligi lozim. «Yax- shi portret ustalaridan o‘rnak olishimiz kerak,— deydi u tragik qahramon obrazini yaratish to‘g‘risida,— port- ret ustalari odamlarning o‘ziga xos individual xususi- yatlarini tasvirlashar ekan, muayyan mavjud kishilarga o‘xshatishadi va ayni vaqtda chiroyliroq qilib ishla- shadi. Shoir ham shunday. U, xarakterida jahli tezlik, beg‘amlik va shu kabi kamchiliklari mavjud odamlarni tasvirlar ekan, ularni qanday bo‘lsa shunday (jahl- dor, beg‘am qilib) va ayni chog‘da go‘zal odam qilib ko‘r- satadi» (15-bob).
Shuni ham nazarda tutish kerakki, Aristotel «poe- ziya» va «poetika» deganda mutloq she’riy ijodni ang- lamaydi. U yozuvchilar xususida to‘xtalar ekan, she’r ijodkorlari va yozuvchilarni, she’r va prozani emas, balki shoir va tarixchilarni, poeziya va tarixni qiyos- laydi. U 9- bobning boshlanishida «tarixchi va shoir biri vazndan foydalanishi, boshqasi esa foydalanmas- ligi bilan farqlanmaydi. Gerodot asarlarini she’rga


87


™™.21uoi2.sot ki1ixopaz1




■solish mumkin. Ular shu bilan, vaznli bo‘lganda ham, vaznsiz bo‘lganda ham aslo tarix bo‘lmay holmas edi», deb ta’kidlaydi. Boshha tomondan, (Aristotel bu yerda «rivoyatli» deb atagan) epik poeziya muayyan vohea emas, balki muayyan vaht mavjudligi muharrar bo‘lgan oddiy tarixlarga o‘xshamasligi lozim, oddiy tarixlarda bir vahtda yuz bergan, goho bir-biri bilan fahat tasodi- fiy bog‘lanishga ega bo‘lgan... barcha vohealar tavsifla- naveradi. (23- bob.)
Shunday qilib, Aristotel badiiylik asosini tash- hi shakliy belgilar (badiiy nuth va boshhalar)da emas, balki hayot materialining ehtimollik va zaruriyat ta- labiga ko‘ra alohida, ijodiy tashkil etilishida ko‘ra- di. Bu eng avvalo, asarning syujeti yoki fabulasi ri- vojini ta’minlovchi muayyan kompozitsiya orhali yuzaga chihadi. Rivoyat ham o‘zining butun rivojlanishida ichki ■birlikka ega bo‘lishi, «bitta va shu bilan birga yaxlit voqeaning tasviri bo‘lishi lozim. So‘ngra, hodisalar- ning qismlari shunday tuzilishi lozimki, biron qism almashtirilganda yoki olib tashlanganda yaxlit narsa o‘zgarib ketsin yo harakatga kelsin» (8-bob). Poeziya yagona va yaxlit jonli vujudga o‘xshatiladi va shunaha- ligidan u o‘ziga xos huzur bag‘ishlay oladi (23- bob). Aristotel «poetik» (ya’ni ijodiy) organizm vohelik- ni hayd etish emas, balki ijoddir deydi va shu fikrni hayta-qayta himoya qiladi.
Aristotel shoirdan ehtimoli bo‘lgan narsani aks ettirish bilan birga asarnikg mutanosib bo‘lishini ham ta’minlashni talab qiladi. Chunki «go‘zallikning asosiy shakllari — bu makondagi tartib, mutanosiblik va anihlikdir»1, «go‘zallik hajm va tartibdan kelib chiqadi» (7-bob). Go‘zallikning Aristotelning «Siyo- sat»ida2 birmuncha o‘zgacharoh shaklda berilgan va Pla-
> «Metafizika», M., 1934, kn. 13, gl. 3.
_ . «Go‘zallik o‘z qiyofasini miqdar va makonda topadi» (kn. 7, gl. 4, 6, M„ 1911, str 308.)
88


\lllll/.21uoi2.sot ki^ixopaz!




ton ta’rifiga qaraganda1 mukammalroq bu ta’rifidan uning tragediya va unda rivojlanib boruvchi voqea-ho- disalar tabiatiga nisbatan qo‘ygan, tragediyada «birin- chi va eng muhim narsa hisoblangan» (7- bob, boshla- nishX_talablari ham kelib chiqadi.
KGragediya,— deydi Aristotel,— muayyan hajmga ega bo‘lgan tugal va yaxlit voqeaning tasvirini yaratish- dir. Hech qanday hajmsiz yaxlitlik ham bo‘ladi. Yaxlit- lik ibtidosi, o‘rtasi va intihosi bo‘lgan narsadir. Ib- tido — boshqa narsaning ketidan kelishi zarur bo‘lma- gan, aksincha, tabiat qonuniga ko‘ra orqasidan nimadir keluvchi (yoxud sodir bo‘luvchi) narsadir. Intiho—za- ruriyat tufayli yoxud odatga ko‘ra albatta boshqa narsa orqasidan keluvchi narsadir; undan keyin hech narsa kelmaydi (yoxud sodir bo‘lmaydi). O‘rta esa o‘zi boshqa narsaning ketidan keluvchi va uning orqasidan ham bosh- qa narsa keluvchi narsadir. Shunday qilib, yaxshi tuzil- gan rivoyatlar duch kelgan joydan boshlanib, duch kelgan joyda tugamasligi, balki ko‘rsatilgan qoidalar asosi- da bo‘lishi lozim.)So‘ngra, muayyan bo‘laklardan tarkib topgan, tartiblyva ayni chog‘da har qanday hajmga emas, balki muayyan hajmga ega bo‘lgan mavjudot, har qanday narsa go‘zaldir; go‘zallik hajm va tartibdan kelib chiqadi: haddan tashqari kichkina bo‘lgan mavju- dot go‘zal emas, chunki muayyan narsani sezilar-sezilmas vaqt ichida qaralganda uning barcha xususiyatlari ara- lashib ketadi. Haddan tashqari katta narsa ham go‘zal emas, chunki... uni bir nigohda qamrab olish mumkin emas; ko‘ruvchilar uchun narsaning butunligi va yaxlit- ligi yo‘qoladi. Rivoyatlar oson esda qoladigan hajmga ega bo‘lishi kerak».


1 Qiyoslang: «Fileb», 64-ye, unda «mutanosiblik va simmetriya hamma joyda go‘zallik va yaxshi fazilatlar haqidagi tasavvurlar bnlan ho‘shilgan», deyiladi.
89


\lllll/.21uoi2.sot ki^ixopaz!




Aristotelda mutanosiblik bilan maqsadga muvo- fiqlik tushunchasi 'uzviy aloqadorlikda qo‘llanadi. Xususan, «Siyosat» (7- kitob, 4- bob, 6 §.,)dagi muloha- zalardan ravshan ko‘rinadiki, u go‘zallik ta’rifini ri- vojlantirib, davlat uchun ham, o‘simliklar uchun ham, qurollar uchun qam muayyan me’yor borligini ta’kidlay- di. «Chindan qam,—deydi Aristotel—ulardan qar biri, agar favqulodda kichik bo‘lsa yoxud ortiqcha katta- ligi bilan ko‘zga tashlanib tursa, o‘zida bor sifatlar- ni yuzaga chiqara olmaydi, yoki bir o‘rinda tabiiy xusu- siyatlarini butunlay yo‘qotadi, boshqa o‘rinda esa, un- dagi xususiyatlar yomon holatda ko‘rinadi. Masalan, ke- maning bir qarichligi haqiqiy kema bo‘lmagani singari, ikki stadiyli kema ham umuman kema emas; shu orada muayyan me’yordagi kema, o‘lchovlari g‘oyat kichikligi yoki aksincha haddan tashqari kattaligi bilan ajralib tu- radimi, har holda, u yomon bo‘lsa ham suzish uchun yaroq- lidir».
Bundan ko‘rinib turibdiki, Aristotel go‘zallik tu- shunchasiga ham, foydalilik tushunchasiga ham bir xil talab qiyadi: go‘zallik ham, foydalilik ham muayyan me’yor saqlanganda mukammal bo‘ladi. U o‘n ming stadiy- li hayvon to‘g‘risida, ikki stadiyli yoki bir qarich kema to‘g‘risida, qandaydir o‘n ming va yuz ming grajdan ora- si bilan belgilanuvchi shahar cheki to‘g‘risida so‘zlagan- da, bu raqamlar uning tomonidan qandaydir aniq hi- sob uchun emas, balki faqat biror narsaning yarashmagan kichikligi yo yarashmagan kattaligini ko‘rsatish uchun keltiriladi. Aristotel poetik asarlarga — tragediya va eposga ham xuddi shunday talablar qo‘yadi. «Rivoyat- lar oson esda qoladigan hajmga ega bo‘lishi lozim,— deydi u.— Rivoyatning uzunligini teatr musobaqasi va tomoshabinlarning idrok etish nuqtai nazarydan ta’- riflash poeziya san’atining ishi emas» (7- bob).
Aristotel poetik asarning hajmi to‘g‘risidagi ma- salaga «Poetika»ning ikkinchi yarmida qaytib, epos to‘g‘-
90


u\lll/\/.21uoi2.sot ki1ixopaz1




risida fikr yuritadi. U epopeya kompozitsiyasi bitta voqea emas, balki bir vaqtda yuz bergan tashqi, xrono- logik jihatdan aloqador bo‘lgan voqealar tasvirlana- digan tarixga o‘xshamasligi lozimligini ko‘rsatadi. Ko‘pchilik epik shoirlar umumiy maqsadga hech bir alo- qasi yo‘q vohealarni tasvirlagani holda, Gomer «Ili- ada»sida harakat va vohealarning ichki jihatdan bir butun alohadorligini ko‘rsatadi. Boshha ko‘p jihatdan bo‘lgani singari Gomer bu o‘rinda ham Aristotel uchun mukammallik namunasidir. Binobarin, Aristotel fikricha, «Iliada»ning hajmi ham mukammaldir. «Go- mer,— deydi Aristotel, «butun urush hahida asar yozma- di, holbuki, urushning boshi va oxiri bor edi. (Un yillik) urush juda mahobatli, hamrab olishga noqu- lay, o‘rtacha hajmda esa (nihoyatda) huroq va shu tufay- li chalkash edi». (23- bob.)
Aristotel garchi poetik asar hajmini idrok etish nuqtai nazaridan ta’riflashni poetika vazifasiga ki- ritmasa ham, lekin idrok etish narsaning ichki mihyosiga nisbatan (san’atning boshha asarlari hatori) poetik asarlarning takomillashuvi uchun muhim mezonligini uhtiradi. Nima uchun haddan tashhari kichik hajm ham, haddan ziyod katta hajm ham go‘zal bo‘la olmaydi? Chun- ki behad kichik va behad katta hajm uning mukammal idrok etilishiga xalahit beradi: birinchi holda, narsa- larni ko‘zdan kechirish, tarkibiy hismlarga ajratish va bu hismlar uyg‘unligini baholash uchun imkon bermay- di, narsalar obrazi «aralashib», uni makonda va zamon- da idrok etish hiyinlashadi. Ikkinchi holda, ko‘zdan kechirish mumkin bo‘lmaydi, uning butunligi va yaxlit- lign kuzatuvchining ufhidan tashharida qoladi.
Shunday hilib, Aristotel o‘z estetik harashlarida inson idrokidan, boshha tushuntirishlarida yetuk asar- dan kelib chihadi. Doimo kishilarda bu asar holdira- yotgan yoki holdirishi kerak bo‘lgan taassurotni nazarda tutadi.


91


uuuj.21uo^.sot k^xopaz!




Aristotel «Poetika» asarining boshlanishida bel- gilangan programma ikki qismga — bayon va normativ qismlarga bo‘linadi. Qeyingi qism maxsus poetik syuje- ti rivojiga tegishlidir. Ammo «Poetika»ning nor- mativligi hech qanday mavhum xarakterga ega emas. Aristotelning nazariy qarashlari muallif tomonidan o‘ylab chiqarilmagan, balki ular grek adabiyotining eng yaxshi asarlarini diqqat bilan o‘rganib chiqishga asos- langan. Aristotel poetikasiga haqiqatan faqat epik shoirgina emas, balki dramatik shoir ham bo‘lib tanil- gan Gomer ijodi asosiy manba bo‘lib xizmat qildi, chunki Gomer «she’rni yaxshi ijod qilibgina qolmay, dramatik tasvirlarni ham yaxshi yaratdi» (4-bob). Bi- roq, Aristotel Gomerni ideal shoir hisoblasa-da, poe- tika qoidalarini faqat uning asarlaridangina kelti- rib chiqarmaydi, chunki shoir poemalari garchi poeziya- ning noyob namunasi bo‘lib qolsa ham, tabiiyki, poetik asarlarning boshqa turlari uchun xos bo‘lgan qoidalar- ga namuna bo‘lmasdi. Shuning uchun Aristotel epos so- hasida Gomer qanday aqamiyatga molik bo‘lsa, drama sohasida shunday ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa shoir- lar ijodini dramatik poeziyaga namuna qilib oladi.
Aristotel «tragediya ko‘p o‘zgarishlarni kechirib, munosib va butunlay o‘ziga xos bo‘lgan shaklga kirib to‘xtab qoldi» desa-da, u dramada Gomerchalik ahamiyat- ga ega bo‘lgan biron shoirni topa olmaydi. Aristotel (4- bobda) juda: ehtiyotkorlik bilan: «Tragediya o‘zining hamma ko‘rinishlarida, o‘z holicha va teatr asari sifa- tida yetarli taraqqiyotga erishdimi yoki yo‘qmi, hozir bu haqda to‘xtab o‘tirishning o‘rni emas» deydi. Shuning uchun Aristotel tomonidan dramaga doir qo‘yilgan ta- lablar ham qandaydir bir dramaturgning shak kelti- rib bo‘lmaydigan obro‘siga suyangan holda aytilmagandi. Biroq u birinchilik gultojini grek dramaturglaridan Sofoklga beradi, deb o‘ylashga asos bor. Shunday bo‘lsa- da, U ko‘pgina grek dramaturglarini o‘rganar ekan, ular-


. 92


\lllll/.21uoi2.sot ki^ixopaz'!




dan birontasini ham «Iliada» va «Odisseya» muallifi- ga tenglashtirmaydi.
Aristotelning drama nazariyasiga, shuningdek epik poemalar nazariyasiga doir talablaridan poetik asar- ning ichki birligi, voqea birligi talabi kelib chiqadi, shuning uchun u «rivoyat bitta va shu bilan birga yaxlit bir voqeaning tasviri bo‘lishi lozim»,— deb ta’kid- laydi (8-bob).
Shunday qilib, voqea birligi Aristotel uchun shub- hasiz, poetik asar mohiyatining o‘zidan kelib chiqadi- gan, e’tiroz qilib bo‘lmaydigan qoidadir. Bu talab — qoidada hech qanday majburiylik yo‘q; uni Aristotel emas, estetikaning hayotiy qonunlari belgilab beradi. Bu qonunlar «Iliada» yoki «Yevgeniy Onegin», «Shoh Edip» yoki «Boris Godunov» kabi asl badiiy asarlarda ravshan va yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Faqat dramatik asarlar kompozitsiyasini yetarli tu- shunmaslik va drama tuzilishiga oid sun’iy nazariya- larni atoqli faylasuf obro‘si orqali tasdiqlashga bo‘lgan xohish tufayli keyingi davrlarda «Aristotel dramatik asarlar uchun boshqa ikki birlik — vaqt bir- ligi va joy birligi talabini qo‘ydi» deb hisoblay boshladilar.
«Vaqt birligi»ga kelganda shuni aytish kerakki, u Aristotel fikricha «joy birligi» kabi u qadar maj- buriy emas. «Tragediya — deydi Aristotel—iloji bo- richa bir kunlik (yoki undan sal oshiqroq) vaqt doira- siga joylashishga intiladi» (5-bob). Aristotel «joy birligi» masalasida esa, «Poetika»da na talab, hatto na istak sifatida byron so‘z aytadi. Ha, Aristotel «joy birligi» to‘g‘risida gapira olmasdi qam, chunki uning poetik qarashlari muayyan materialga, grek dra- maturglarining asarlariga asoslangan. Grek dramasi- da esa voqeaning o‘rni o‘zgarib turadi; bu Esxilning «Evmenidalar»idan, Sofoklning «Ayant»idan, Yevrnpid- ning «Finikiya ayollari»dan va boshqa tragediyalardan


93


\ll/\l/u.21uoig.sot ki^ixopaz!




ham ko‘rinib turibdi. Aristotel agarda «vaqt birli- gi»ni ham kerak, deb hisoblagan bo‘lsa, undagi bu xohish mavhum normativlikka yotdir: u tragediyalardagi voqea- ning rivojlanishi uchun tashqi chegaralarni emas, ichki chegaralarni shart qilib qo‘yadi, ya’ni birlik asosiy ta- labga — voqea birligi talabiga butunlay bo‘ysunadi. Aristotel dramatik asarning hajmi to‘g‘risida so‘zlab, «Hajm asarning mohiyatidan kelib chiqadi. Har doim ri- voyat oxirigacha tushuniladigan asar hajman ham go‘zal- roq bo‘ladi» deb ta’kid etadi. Shu tariqa, oddiy ta’- rif berib ayta olamiz: shunday hajm qoniharliki, uning ichida vohealar ham ehtimollik, ham zaruriyatga ko‘ra to‘xtovsiz davom etadi, baxtsizlikdan baxtga yoki baxtdan baxtsizlikka tomon o‘zgarish bo‘lib turadi» (7- bob). Demak, norma sifatida fahat vohea birligi, ya’ni dramaning ichki jihatdan yaxlit bo‘lishi va undan jozibali izchillikka xalahit beruvchi narsalarni yo‘- hotish talabi holadi. Aristotel uchun hamma grek tra- gediyalarining eng go‘zali, deb hisoblangan Sofoklning «Shoh Edip»i bunday dramaning klassik namunasi bo‘- lib xizmat hiladi. Bu to‘g‘rida «Poetika»ning 11, 16, 24 va boshha boblariga asoslanib xulosa hilish mumkin.
Lekin Aristotelning jonli fikri Bualo tomoni- dan to‘la ifodalangan fransuz soxta klassik poetika- sida ko‘p jihatdan holipga aylandi. Yunon faylasufiga begona bo‘lgan vaht va makonning sof tashhi «birlnk- lari» fransuz poetikasida hoida tusini oldi, vohea birligi esa, odatda yakka shaxsga taalluhli bo‘lgan vo- healarning yig‘indisi sifatida tushunila boshlandi (garchi bu vohealar hatto tasodifiy alohaga ega bo‘lma- sa-da). Bunday tushunish «Rivsyat, ba’zilar o‘ylagani- dek, bitta hahramon atrofida aylansagina bir butun bo‘lavermaydi», degan Aristotelning ochih-oydin fikr- lariga butunlay harama-qarshidir (8-bob). Aslida, rivoyatning butunligi shundaki, u yagona va yaxlit vohea- ni aks ettiradi.


94


\lllll/.21uoi2.sot ki^ixopaz!




Aristotel «Poetika»sining hozirgacha nisbatan tur- li-tuman izohlanib kelinayotgan boshqa bir muammosi 6- bob boshida aytilgan tragik poklanish (katarsis) masalasidir. Aristotel oldingi boblarda aytilgan- larga xulosa qilib, tragediya mohiyatiga bunday ta’rif beradi: «Tragediya muayyan hajmli, turli qismlari turlicha sayqallangan til, bayon vositasida emas, bal- ki harakat orqali, iztirob chekish va qo‘rquv bilan in- son ruhini poklovchi muhim va tugal vohea tasviri- dir».
Bu ta’rifning oxirgi so‘zlari yangi davrda ulkan sharhlovchi adabiyotni yuzaga keltirdi, ammo hozirgacha Aristoteldagi poklanish so‘zi nimani anglatadi, degan masala xususida garchi XVI asrning o‘rtasidan (Madji- ning «Poetika»ga oid izohlari bosilib chiqqan davrdan) to hozirga qadar olimlar shug‘ullanishsa ham, uni to‘- lih hal etilgan deb bo‘lmaydi. «Katarsis» masalasini hal etishga urinishlarni, aniqrog‘i, Aristotel bu tu- shunchada qanday mazmunni ifodalaganligini sharhlash- ga harakat qilganlarning qarashlarini qator nazariya- larga ajratish mumkin. Bu nazariyalar quyida- gicha:
Madji (1550) tomonidan ilgari surilgan va «tra- gediya insonni gunohlardan poklaydi» deyishga asoslangan axlotsiy nazariya. U Lessing tomonidan «Gamburg dramaturgiyasi»da batafsilroq sharhlab be- rilgan.
Sellerning axloqiy-estetik nazariyasi. Bu naza- riyaga ko‘ra tragediya qahramonlar tahdiri orqali umum- insoniy qismat va ayni vaqtda abadiy adolat qonunini namoyish qiladi. seller (hayajonli tuyg‘ularni ritm va garmoniya bilan tinchlantiruvchi) muzika ta’sirini san’atning umumiy qonunlariga bog‘laydi. Uning fik- richa, tragediya qo‘rquv va achinish affektlarini — dard- larini avvalo, san’at asari sifatida o‘ziga xos vosi- talar bilan, ikkinchi tomondan, umumbashariy axloq


95


™™.g1uoi2.sot ki1ixopaz1




qonunlari asosida tinchlantiradi. seller bu fikrlar- •ni Aristotelga yo‘yadi1. .
Bernays tomonidan ilgari surilgan «qo‘zg‘alish» tib- biy nazariyasiga ko‘ra, qo‘rqinch va achinish dardlaridan fojiali tomosha orhali poklanish tomoshabin qalbida sun’iy kuchaytirilgan va go‘yo tragediyaning o‘zlashtiri- lishi bilan qizdirilgan (yoki shunga yaqin) tegishli his- lar oqibati sifatida paydo bo‘lgan tabiiy junbushdir. Shu bilan birga bu junbush mazkur dardlarni aritadi va ko‘z yoshlar orqali g‘amdan (qayg‘udan) xalos bo‘lgan holatdagidek muayyan lazzat tuyg‘usini berady . Shunday qilib, Bernays va uning tarafdorlari «katarsis» ter- minini dardlardan yengillashishni bildiruvchi «kufa- sis» so‘zining sinonimi deb hisoblaydilar.

Download 355 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling