Maqsa- dimiz hakim Aristotelning «Fi-s-sinoat ash-she’r («She’r san’ati» «Poetika») asarida aytgan fikr- mulohazalarini isbotlab ko‘rsatishdan va uning ma’no- lariga ishora qilishdan iboratdir


Download 355 Kb.
bet6/10
Sana09.10.2023
Hajmi355 Kb.
#1696589
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Aristotel - 61 dan uyog\'i

tt/.g!uoig.sot ki^ixopaya


A. S. Axmanov




ARISTOTEL «POETIKA»SIDAGI BA’ZI ASOSII
TERMINLARNING MAZMUNI HAQIDA


Ushbu uncha katta bo‘lmagan maqolada Aristotel falsafasi va san’at nazariyasidagi ba’zi terminlar mohiyatini tahlil qilish borasida uning poetik san’at haqidagi asarida estetik masalalarining qanday qo‘- yilganligi va hal qilinganligini yoritishga qarakat qilamiz.
Agar gapni poeziya predmetini Aristotelchasiga aniq- lashdan boshlasak bu ishimiz ancha yengil ko‘chadi: («Poe- tika», 9-bob, 1437 a, 36—38- betlar).
Ushbu mulohazadagi ifodani aksariyat «ehtimol- lik bo‘yicha» tarzida tarjima qilishadi. Unday holda butun ifoda, ta’rif quyidagicha tarjima qilinadi:
«Shoirning vazifasi haqiqatan bo‘lib o‘tgan voqea haqida emas, balki sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan, demak bo‘lishi ehtimol tutilgan yo bo‘lishi zarur bo‘lgan voqea haqida so‘zlashdir». (V. G. Appelrot va N. I. Novosad- skiylarning tarjimasiga qarang). Biroq «ehtimollik» so‘zi ikki xil ma’noga ega. Birinchidan, ehtimollik de- yplganda ob’ektiv asosga ko‘ra borliqda sodir bo‘lishi yoki sodir bo‘lmasligi mumkin bo‘lgan, u yoki bu darajada taxmin etilgan, va matematik hisoblashga tobe bo‘lgan hodisani nazarda tutishadi. Bu — ob’ektiv ehtimollik. Ikkinchidan, na faqat ob’ektivlik asosida kutilgan yoki kutilmagan taxmin qilingan hodisa, balki muayyan psixologik asoslarga — sub’ektiv ehtimollikka mos tushuvi taxmin qilingan yoki haqiqatga monand hodisa-


112


\lllll/.21uoi2.sot ki^ixopaz!




ni aytishadi. «Poetika»ning mazkur qismini boshqa. qismlar bilan solishtirishdan shu narsa aniqlanadiki, Aristotel qayd qilingan ifodani sub’ektiv ehtimol- lik ma’nosida, ya’ni taxmin qilingan ehtimollik ma’- nosida qo‘llagan. Aks holda quyidagi ifodani tutiriq- siz, deb tan olishga to‘g‘ri keladi. («Poetika», 24- bob, 1460 a, 26—27- betlar). Bu ifoda masalan, N. I. Novo- sadskiy tomonidan quyidagicha tarjima qilingan:
«Sodir bo‘lishi mumkin bo‘lmagan, biroq eqtimoli bor bo‘lgan qodisani sodir bo‘lishi mumkin, lekin eh- timoldan holi qodisadan aniq deb qisoblash kerak». V. G. Appelrotda esa quyidagicha: «Sodir bo‘lishi mum- kin bo‘lmagan ehtimollikning taxmin qilinishi mum- kin, biroq ehtimoli kam qodisadan aniq hisoblash lo- zim» tushunchasini ob’ektiv eqtimollik (sodir bo‘lishi- ni u yoki bu darajada) ma’nosida anglamaslik, shuning- dek so‘zini tarjima qilishda shunga o‘xshash tushuncha- ni nazardan soqit qilish uchun (chunki bu so‘z ob’ektiv eqtimoldan holi qodisaning o‘zini anglatmaydi, balki ishonch tug‘dirmaydigan qodisani anglatadi), butun ifo- dani quyidagicha tarjima qilgan ma’quldir: «Sodir bo‘lishi mumkin bo‘lmagan, ammo ehtimoli kutilgan ho- disani sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan, biroq ishonch tug‘- dirmaydigan hodisadan aniqroq deb hisoblash lozim». Shunday ekan, ana shunga hamohang quyidagi ifodani ham (Poetika, 25-bob, 1461 v, 11—12-betlar) tubanda- gicha tarjima qilgan ma’qul. «Poeziya uchun ishonch uy- g‘ota olmaydigan sodir bo‘lishi taxmin tutilgan hodi- saga nisbatan, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lmagan, biroq ishonch uyg‘otuvchi hodisani ifodalash afzalroqdir». Bunday holda poeziyaning predmeti to‘g‘risida yuqorida- qayd etilgan ifodani quyidagicha tarjima qilish lo- zim: «Shoirning vazifasi sodir bo‘lgan hodisa haqida emas, balki sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan, ya’ni ehtimol.


8—212 113


\lllll/.21uoi2.sot ki^ixopaz!




tutilgan yoki zaruriyatga monand sodir bo‘lishi mumkin chbo‘lgan hodisa haqida so‘zlashdir».
Agar Aristotel fikrlarini yuqoridagicha tushunish to‘g‘ri bo‘lsa, u qolda faylasufning badiiy obrazning qurilishi haqidagi ta’limogining asosiy xususiyatla- riii tubaidagicha ifodalash mumkin.
Aristotel xuddi Platon kabi poeziyaning barcha (epos, tragediya, difiramb) turlarini aks ettiruvchi san’atlar yoki aks ettirish deb ataydi. Biroq bu poetik asarlar borliqni til vositalari yordamida yaratiladi- gan obrazlarda shunchaki gavdalantirish ya’ni borliqda sodir bo‘lgan qodisalarni shunchaki tasvirlash degani emas. Poetik obraz borliqdagi u yoki bu xususiy qodi- saning kopiyasi bo‘lib qolmasligi kerak. Balki u poe- ziyaning predmetini belgilash xususida Aristotel to- ■monidan aytilganidek, shoirning kashfiyotidir: «Shoir- ning vazifasi sodir bo‘lgan qodisalar haqida gapirish emas». Boshqa tomondan, bu — shoir borliqdan butunlay yuz o‘girishi kerak degani ham emas. Agar masala shunday qo‘yilsa, u qolda aks ettirish ifodasi qanday ma’no kasb etadi?
Gap shundaki, Aristotel mavjud borliqda quyida- tilarni farqlaydi:

  1. shunchaki mavjud yoki nimagadir xos bo‘lgan xusu- siyat, u buni «Poetika»da sodir bo‘lgan deb ataydi.

  2. nimaningdir eqtimol tutilishi (nimaningdir so- dir bo‘lishi yoki bo‘lmasligi).

  3. nimaningdir zaruriyligi (mavjud bo‘lishdan tash- qari hech nima bo‘lmaslik). Bular qaqda Aristotel o‘zi- ning «Talqinlar xususida», «Birinchi Analitika» kabi mantiqqa oid risolalarida batafsil muloqaza yurita- di. Shoir qaqiqatan qam o‘zini o‘rab turgan moddiy bor- liqdan zaruriy va eqtimoli bo‘lgan umumiylikni oladi, sodir bo‘lgan xususiylikni, aniqrog‘i «sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan»ini esa anglashilgan umumiylik aso- «sida o‘zi yaratadi. Shoir shu bilan bo‘lib o‘tgan voqsa


114


\lllll/.21uoi2.sot ki^ixopaz!




haqida fikr bildiruvchi tarixchidan farq qila- DI.
Sodir bo‘lgan voqea muayyan makon va zamonda mavjud bo‘lgan yoki mavjuddir («har qachon» va «hozir»), u — yagona va qaytarilmasdir. Sodir bo‘lishi mumkin yoki sodir bo‘lishi zarur bo‘lgan hodisa qachon va qaerda eh- timollikning mavjudlikka o‘tishi uchun shart-sharoit yuzaga kelsa xar qachon va qar yerda amalga oshishi mum- kin. Bu umumiy, shu bilan birga mutloq qaytarilmas xodisadir. Zero, umumiylik xususida eng avvalo falsa- fa baxs yuritadi. «Shuning uchun,— deydi Aristotel, — poeziya tarixta nisbatan falsafiyroq va jiddiyroq- dir, poeziya nisbatan umumiylik, tarix esa xususiy ho- disalar to‘g‘risida fikr yuritadi» (9- bob, 1451 v, 5—7- betlar). U holda poeziyaning falsafadan farqi xususida Aristotel’ to‘g‘ridan-to‘g‘ri ■ hech narsa demaydi, lekin Aristotelnpng «Poetika» va «Metafizika»sini solish- tirish orqali bu farqni osongina aniqlash mumkin. Aristotelcha, falsafa va umuman fanning predmeti umumiylikdir. Umuman borliq yoki borliqning u yoki bu ko‘rinishi. Poeziya esa umumiylikni, shu bilan birga mutloq qaytarilmas hodisalarni bilishga asoslangan holda, umumiylikni emas, balki xususiyliknk, ya’ni qaytarilmas hodisa — poetik obrazni yaratadi. Biz shoir tabiatga monand ish ko‘radi der edik: u tabiat to- monidan allaqachon yaratilgan xususiy faktlarni gav- dalantirib qo‘ya qolmaydi, balki tabiat va kishilik jamiyatida hukm suruvchi qonunlar asosida o‘zining shax- siy poetik xususiy faktlarini yaratadi. Bundan shoir uchun borliq obrazlarini gavdalantirish man etilgan ekan, degan xulosaga bormaslik kerak. Aristotel yoza- di: «Mabodo unga haqiqatan sodir bo‘lgan voqeani aks ettirish to‘g‘ri kelganda ham u shoirligicha qola beradi, chunki unga haqiqatan sodir bo‘lgan voqeaning ba’zi tomonlarini ehtimoli bo‘lgan voqealarga monand qilib tasvirlashga hech narsa monelik qila olmaydi, shu ma’-


8* t 115


vdml/.Luoig.sot ki(ixopaz(




noda u ijodkordir. (Poetika, 9-bob, 1451 v, 30—30- betlar). Shuning uchun ham V. G. Belinskiyning olim tushunchalar orqali, san’atkor esa obrazlar orqali fikrlavdi, degan mashhur mulohazalari Aristotelning qayd etilgan ta’limotiga yaqin, deyilsa xato bo‘lmas- ligi kerak. Aristotelning «Metofizika» va «Ikkinchi Analitika»sida qayd etilgan falsafiy ta’limotiga ko‘ra umumiylik faqat xususiylikda mavjuddir va xu- susiylik orqali zuhur etiladi, degan qarashlarini alo- hida qayd etish lozim. «Poetika»ga kelsak, unda umu- miylik va xususiylikning aloqasi quyidagicha belg‘ila- nadi: «Umumiylik shundan iboratki, bunday vaziyatda qandaydir xislatlarga ega bo‘lgan shaxs ehtimol yoki za- ruriyat tufayli unday yoki bunday so‘zlashi, qarakat qi- lishi kerak bo‘ladi. Poeziya qahramonlarni nomlash or- qali umumiylikka intiladi. Alkiviadning nima qil- gani, unga nima bo‘lgani esa — bu yakka, alohida qodisa- dir» (9-bob, 1451 v, 8—11-betlar).
Poetik obraz yaratishning qayd etilgan prinsiplari uning tuzilishining xususiyatlarini to‘lig‘icha qamrab ololmaydi. Ular, mabodo shunday deyish o‘rinli bo‘lsa, poetik obrazning mavjudligiga, qanday yaratilishi va yashashiga aloqador bo‘lib, poetik obraelarni qis qi- lishga mutloq aloqador emas. Shunday bo‘lsa-da, agar biz tor va aynan o‘z ma’nosidagi estetik his qilish ha- Qida mulohaza yuritishni xohlasak, predmetni his qi- lish masalalarini chetlab o‘tolmaymiz, chunki Aristo- tel poeziyaning tabiatini izohlashdan boshlaboq bun- ga yetarlicha e’tibor bergan.
Aristotel yaratilayotgan xususiy obrazdagi umumiy — ehtimoli bo‘lgan yoki zaruriy ifoda haqida fikr yuritganda, u poetik obrazning aynan ob’ektiv tomo- nining, uning qanday his qilinishidan qat’iy nazar ob’ektiv borliq bilan hamohangligini nazarda tutgan. Biroq Aristotel ehtimol tutilgan yoki ishoich uyg‘ota- digan voqeaning ifodalanishi haqida gapirganda, u poe-


116


\lllll/.21uoi2.sot ki^ixopaz!




tik obrazning inson tomonidan his qilinishi muhim bo‘lgan shunday xususiyatlarini nazarda tutadiki, bu — loetik obraz va u bilan bog‘liq bo‘lgan inson his qili- shiping sub’ektiv tomoni bilan bog‘liq hodisadir. Ob- raznnng his qilinishi bilan bog‘liq bo‘lgan bu ikkinchi holat ham tor, ham o‘z ma’nosida estetik me’yor bilan aloqadordir.
«Estetika» so‘zini grekcha his qilaman fe’lining o‘zagidan kelib chiqanini va to A. Baumgartengacha (XVIII asr) estetika deyilganda his dilish qobiliyati haqidagi ta’limotini anglashilganligi, faqat undan keyingina estetika deyilganda go‘zallik haqidagi ta’- limot tushunilganligini nazardan soqit qilmaslik ke- rak.
Har qalay Aristotel poetik (ya’ni yaratiluvchi) ob- razning tuzilishi haqidagi o‘z ta’limotida faqat ob- raznpng ob’ektnv borliq bilan mosligiga (alohidalik- da umumiylikni—ehtimollik va zaruratni ifodalash)- gina diqqat-e’tibor qilib qolmay, balki obrazning insoi tomonidan his qilinishining mosligiga, ehtimol tutilgani yoki ishonch uyg‘otishiga ham e’tibor qilgan ekan, u bunda mutloq haqdir.
Shoir fabulani yaratayotganda ham u ham bu xusu- siyatni e’tiborga olishi shart: «Voqealarning o‘zgarishi zaruratlnk yoki ehtimol tutilganga hamohang sodir bo‘l- gan voqeadan yuzaga kelishi uchun buning hammasi fabu- -lanpig sostavidan kelib chiqishi kerak; chunki bu uning natijasida sodir bo‘ladimi yoki undan keyinmi — bun- da farq kattadir» (Poetika, 10- bob, 1452 a, 18—21- betlar), darvoqe, buning peripetiya ya’ni voqealarning qarama-qarshi tomoiga o‘zgarishi uchun ham ta’siri kuch- lidir (Poetika, 11- bob, 1452 a, 22—23). Har ikki xusu- siyatni shoir hatto xarakter (xulq-atvor)ni tasvirla- yotganda ham nazarda tutishi kerak: «Chunki u xarakter- larda ham xuddi voqealardagidek kimdir zaruriyat yoki ehtimol tutilgani tufayli gapirdi yoki nimadir qil-


117


vdml/.21uoi2.sot ki1ixopaz1




dini asoslash uchun doimo yoki zaruriyatni, yoki ehtimol tu- tilganni izlashi kerak va bir voqea boshqasidan keyin zaruriyat yoki ehtimol tutilganga mos sodir bo‘lishi ke- rak» (Poetika, 15- bob, 1454 a, 34—36).
His qilish qobiliyatining me’yori go‘zallikni aniq- lashda, ya’ni go‘zallikning hajmi va ta’sirchanligini ta’kidlashda yuzaga chiqadi. «Go‘zallik hajm va tartib- dan, muntazamlikdan kelib chiqadi, haddan tashqari kichkina bo‘lgan mavjudot go‘zal emas, chunki sezilar- sezilmas oz vaqt ichida qaralganda uning barcha xusu- siyatlari aralashib ketadi. Haddan tashqari katta nar- sa ham go‘zal emas; ko‘ruvchilar uchun narsaning butunli- gi va yaxlitligi yo‘qoladi. Shunday qilib, jonli va jon- siz go‘zal narsalar bir qarashda sezib olinadigan hajm- ga ega bo‘lishi kerak, bas, shunday ekan, rivoyatlar ham oson esda qoladigan hajmga ega bo‘lishi lozim» (Poe- tika, 7-bob, 1450 v—1451 a).
Aytish mumkinki, Aristotel obrazga his qilish qo- biliyati bilan, ya’ni tor manodagi estetik talablar bilan bog‘liq holda baho beradi. To‘g‘rirog‘i, agar ob’ek- tiv borliq hamda obrazning muvofiqligi va estetik talab o‘rtasida zidlik yuzaga chiqsa shunday holat sodir bo‘ladi. Sodir bo‘lishi mumkin bo‘lmagan, biroq ehtimo- li bor bo‘lgan hodisani sodir bo‘lishi mumkin, lekin ehtimoldan holi hodisadan aniq, deb hisoblash kerak» va «poeziya uchun ishonch tug‘dirmaydigan ehtimolga qara- ganda ishonch tug‘diradngan noehtimollikni aks ettirish muhimdir». Shuning uchun ham epos va tragediyada g‘aro- yib hodisalarni tasvirlash kerakligi haqidagi o‘git tushunarlidir, chunki «eposda tragediyadagidek ishtirok- chi shaxslarga emas, balki unda ko‘proq mantiqiy asos- lanmaganlikka, garoyib hodisalarga e’tibor berila- di». Umuman, Aristotelning ta’kidlashicha, voqealar- ning boshlanishidan mantiqsizlarini kiritmagan ma’- qul, biroq shoir rivoyatni shu asosga qurgan va u shoir- ga nisbatan ehtimolroq tuyulsa, u holda hatto mutloq


118


\lllll/.21uoi2.sot ki1ixopa81




yarashmaganini ham qo‘llashi mumkin (Poetika, 24-bob, 1460 a, 33—35).
Shoir mahoratining mohiyati ham shu bilan bog‘liq- dir: «Odisseya»da tasvirlangan,— deb yozadi Aristotel, — Itakada qo‘shinlarni tushirish epizodi agar yomon shoir tomonidan aks ettirilganda mutloq yoqimsiz chi- qardi. Iste’dodli shoir esa mutloq yarashmagan hodi- sani o‘zga xislatlar bilan sayqallab, yoqimli tasvir- laydi» (Poetika, 24- bob, 1460 a, 35—1460 v, 1).
Aristotel san’atdagi mantiqsizlik va noehtimol- likni quyidagicha izohlaydi: «Zevksid tasvirlaganga o‘xshash kishilarning mavjudligi ehtimoldan xoli bo‘lsa ham, lekin ana shu noehtimollikni afzal bilish lozim, chunki u taqliddan yuqori turadi. Mantiqsizlikni shu bilan ma’qullash mumkinki, chunki u ba’zan mohiyatdan xoli mavjud emas, zero ehtimol tutilganga qarama-qar- shi o‘laroq sodir bo‘lgan voqea ehtimol tutilgandek tuyuladi» (Poetika, 25-bob, 1461 v, 12—15).
Borliqni aks ettirishda shoir tomonidan yo‘l qo‘yi- ladigan xatolarning ikki turi ham obrazni his qilish nuqtai nazaridan poetik obrazning xususiyatlari haqi- dagi ta’limot bilan mantiqiy bog‘langan.
Aristotel «Poetika»ning 25- bobini ana shu masa- la bilan boshlaydi. Poeziyada aks ettirish xuddi tas- virny va boshqa san’atlarda bo‘lganidek, faqat uch xil turda bo‘lishi mumkin: yoki narsalarni qanday mavjud bo‘lgan bo‘lsa shundayligicha, yoki u haqda qanday gapi- rishsa, qanday fikrda bo‘lishsa shunday holda yoki ular qanday bo‘lishi mumkin bo‘lsa o‘shandaycha tasvirlash. Aks ettirishdagi xatolar yoki poetik asarning bo‘shligi, yoki u va bu maqsadda ataylab qilingan niyat natijasida sodir bo‘lishi mumkin. Birinchi xatoni kechirib bo‘lmay- di. Ikkinchi xolatda esa, agar mabodo mumkin bo‘lmagan narsani aks ettirish uchun xatoga yo‘l qo‘yilgyn bo‘lsa, u holda bunday asarii himoya qilish kerak. Agar san’at o‘z maqsadini amalga oshirish uchun asarning u yoki bu


119


™™.21uoi2.sot ki1ixopaz1




qismini nisbatan ta’sirchan qilsa u haqdir. Masalan, Gektorni ta’qib qilish epizodn. Shunga qaramay, dey- di Aristotel, agar san’atning mavjud talablariga muvofiq niyatni u yoki bu me’yorda ifodalash imkoni bo‘lsa va xatoga o‘rinsiz yo‘l qo‘yilsa, u holda imkoni boricha xato qilmaslik kerak. «So‘ngra xatolik san’at- ga doirmi yoki tasodifiymi, shunga ham e’tnbor berish kerak. Chindan ham agar shoir urg‘ochi ohuning shoxi yo‘q- lkgini bilmasa, bu xato emas. Ammo (shoxi yo‘qligini bilsa qam) uni yomon tasvirlasa — buni kechirib bo‘l- maydi» (Poetika, 25- bob, 1460 v, 24—32).
Aristotel tomonidan Pindardan misol tariqasida keltirilgan xatolarni, odatda Lermontovning «I Te- rek, prngaya kak lvitsa s kosmatoy grivoy na xrebte» satrlari bilan taqqoslashadi.
Bu prinsipning badiiy obrazni tuzilish va baqo- lashda diqqatga molik tomoni shundaki, tomoshabin, tinglovchi yoki o‘quvchida paydo bo‘ladigan obraz tuygu- si, Aristotel ta’limoticha, badiiy asarning asosiy maqsadi bo‘lgan zavq bilan ichki aloqadorlikdadir. Aristotel bu qaqda avvalo «Poetika»ning 4- bobida to‘xtalib o‘tadi.
«Poetik san’atning kelib chiqishiga ochiq-oydin ik- kita sabab bo‘lib, qar ikkalasi ham tabiiydir. Birin- chidan, gavdalantirish, o‘xshatish insonga bolalikdan xos bo‘lgan xususiyat. Inson boshqa jonli mavjudotlar- dan o‘xshatish qobiliyatiga ega ekanligi bilan ham farqlanadi, hatto dastlabki bilimlarni u o‘xshatish- dan oladi va bu jarayon samaralari barchaga huzur ba- g‘ishlaydi. Buni quyidagi faktlar ham isbotlaydi: biz odatda yoqimsiz ko‘ringan narsalarga, masalan, jirkanch jonivor va murdalar tasvnriga zavq bilan boqamiz. Buning sababi shundaki, bilim olish faqat faylasuf- largagina emas, balki boshqa kishilarga ham yoqadi, farq shundaki, oddiy odamlar bilish uchun tomosha qil- maydilar. Ular tasvirga zavqlanib qaraydilar, chunki


120


u\mm.k|uoig.sot ki1ixopaz1




unga boqib «manavi narsa bunday ekan», deb mulohaza yuritishni o‘rganadilar.
Zeroki o‘xshatish garmoniya va ritm singari qadim- danoq odamlarning tabiatiga xos xususiyatdir (vaznlar — ritmning maxsus turi ekanligi sir emas), odamlar qadimdanoq tabiatan o‘xshatishga qobiliyatlidirlarki, ular buni oz-ozdan taraqqiy ettira borib, badiha she’rlar (improvizatsiya)dan haqiqiy poeziyani yuzaga keltirganlar» (Poetika, 4- bob, 1448 v, 4—19).
Aristotel «Poetika»ning tragediyada qo‘rqinch va hamdardlik tuyg‘ularini uyg‘otilishi masalasiga bag‘ish- langan 14- bobida qam badiiy asarning maqsadi bo‘lgan zavq xususida to‘xtaladi.
«Shoir badiiy tasvir yordamida berishi lozim bo‘lgan zavq raqmdillik va qo‘rqinchdan kelib chiqadi, shunisi ravshanki, u bu tuyg‘ularni voqealarning o‘zida gavda- lantirishi kerak» (Poetika, 14-bob, 1453 v, 11—14).
Shu o‘rinda Aristotelgacha san’at nazariyasini Pla- ton nazariyasidan tubdan farq qilinishini ta’kidlash kerak. Platonning san’at nazariyasi uning aql bilan zuhr qilinadigan mutloq go‘zallik haqidagi ta’limoti bilan hamda aks etganni aks ettirish san’ati haqidagi qarashlari (chunki Platoncha, san’at aks ettiradigan borliq, bu avvalo ideya, g‘oyani aks ettirishdir) birga- likda asosan aqliy mushohadaga suyanadi. Bunga qarama- qarshi o‘laroq, Aristotel nazariyasi qadimgi Gresiya adabiy hayoti ko‘rinishlari va badiiy obrazlarni his qilish tajribalarini*umumlashtirish asosida yuzaga kelgan. Shuning uchun bu ta’limot san’at faktlarini, mabodo ular nazariyaga mos kelmasa ham, rad etmaydi, balkn ularni tushunishga va tushuntirishga harakat qi- ladi.
Poetik obrazning tuzilishi, badiiy ob’ektiv bor- liq, shuningdek insonni his qilish qobiliyati va his qilishdan zavq olishi kabi masalalarni yoritib beruv- chi Aristotel adabiyot nazariyasining asosiy xususiyat-


121


galt/.guoig.sot ki(ixopa8|'




lari ana shulardan iborat. Shu bilan birga umuman narsalarning, xususan poetik asarlarning tuzilishi faktlari, hamda obrazning his qilinishi estetik qo- nunlari ham bunga taalluqlidir.
Biz bu o‘rinda badiiy realizmning umumiy proble- malari bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan asosiy masala- larnigina yoritishga harakat qildik.
Shubhasiz, Aristotelning adabiyot nazariyasi badiiy realizm problemalarini samarali yoritilishi uchun boy material beradi. Uning poeziyaning bo‘linishi, umumiy- lik va xususiylikning munosabati haqidagi, san’at- ning bilish, anglashdagi ahamiyati xususidagi muloha- zalari shular jumlasidandir. Shuningdek, badiiy ob- razning o‘quvchiga estetik ta’siri va uning me’yori va borliqni aks ettirishdagi kamchilik hamda nuqsonlar haqidagi fikrlari ham shunga taalluqlidir. Biroh bu- larning hammasidan badiiy realizmning antik nazariya- sini izlayverish maqsadga muvofiq bo‘lmasa kerak. Al- •batta, Aristotelning adabiyot nazariyasi va san’atdagi realizm nazariyasining munosabati haqidagi masala ancha mushkuldir, chunki o‘xshatish terminlaridan biri, xususan realizm termini haligacha oydinlashgan emas. Darvoqe Aristotelning adabiyot nazariyasidan realizm nazariyasini izlashga urinish unchalik hakihatga molik bo‘lmasa kerak, chunki u xususan poeziyaning bo‘linishida antik adabiyotdagi u yoki bu yo‘nalishni olmaydi, balki epos, tragediya, komediya, difirambning (bizgacha asosan tragediya va eposga bag‘ishlangan parchalargina yetib kel- gan) barcha tur va yo‘nalishlarini qamrab olishga hara- kat qiladi. Yuhorida ta’kidlanganidek, Aristotelning adabiyot nazariyasi yunon adabiyotining klassik davri va poetik asarlarni his hilish tajribalarini umumlash- tirishning natijasidir. U mutloq ba’zi qoliplar aso- sida me’yor sistemalarini deduktiv tartibga soluvchi u yoki bu adabiy yo‘nalishlarning prinsiplaridan farh


122


u\mm/.k1uoik.sot ki1ixopaz1




(qiladi. Mabodo Aristotelning adabiyot nazariyasini ba- diiy realizm nazariyasi sifatida tan olinsa, u holda barcha yunon komediyalari, tragediya va eposlarnni, xusu- san faqat Aristotel ta’biricha kishilarni qanday bo‘l- sa shunday tasvirlagan Yevripid tragediyalarigina emas, balki kishilarni qanday bo‘lishi kerak bo‘lsa shunday tasvirlagan Sofokl asarlarini, faqat tragediya va ko- mediyalarnigina emas, Gomer eposlarini ham badiiy rea- lizm sifatida tan olish kerak bo‘ladi. (Poetika, 25, 1460 v, 32—35).
Aristotel tomonidan har qanday san’atni aks et- tirish deb nomlanishi ham bu masalani hal qila ol- maydi.
Chunki, yuqorida ko‘rganimizdek, Aristotelcha, san’at narsalarni na faqat qanday bo‘lgan bo‘lsa yoki qanday bo‘lsa shundayligicha aks ettirib qolmay, balki, u haq- da aytganiday yoki o‘ylashganiday, yoki kelgusida qanday bo‘lishi kerakligiday aks ettirishi mumkin. Bundan tashqari, badiiy aks ettirish, poeziyaning bo‘linishida ko‘rib o‘tganimizdek, mavjud obrazning oddiy gavdalan- tirilishi bo‘lmay, balki ehtimol tutilgan yoki zaruriyat- ga muvofiq umumiylikni ifodalovchi yangi obrazni yaratishdir. Aristotel nazariyasidagi aks ettirish so‘zi shunchalar ko‘p ma’noda qo‘llaniladiki, natijada u yara- tish so‘zi bilan bir xil ahamiyat kasb etadi.


\lmm/.21uoi2.sot kShixopaz!



Download 355 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling