Maqsa- dimiz hakim Aristotelning «Fi-s-sinoat ash-she’r («She’r san’ati» «Poetika») asarida aytgan fikr- mulohazalarini isbotlab ko‘rsatishdan va uning ma’no- lariga ishora qilishdan iboratdir


Download 355 Kb.
bet8/10
Sana09.10.2023
Hajmi355 Kb.
#1696589
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Aristotel - 61 dan uyog\'i

Maqkam Mahmudov


«POETIQA» VA HOZIRGI ZAMON ADABIETI


Tragediya ta’rifidagi so‘zlarning mazmuni ko‘p asr- lardan beri turlicha sharhlanib kelayotir. Bu ta’rif- ning tarjimasi ham tabiiyki, turlicha talqinlarni o‘z ichiga oladi. Rus tilidagi «deystvie» so‘zi ko‘p ma’no- larni, xususan «harakat», «ish-harakat», «voqea», «ko‘- rinish» ma’nolarini anglatadi. Uzbek tilida esa biz «Poetika»ning tragediya ta’rifiga oid kontekstidan ke- lib chiqib, «deystvie» so‘zini «xatti-harakat», «qilgu- lik» yoki «qilmish» deb olishni lozim ko‘rdik. Chunki, Aristotel san’at nazariyasiga asos qilib olgan trage- diyalarning («Antixona», «Oresteya», «Edip», «Elektra» va boshqalar) mazmuni va mohiyatidan kelib chiqsak, asarlarda qahramonlarning qilmishi asosiy o‘rinni egallaydi. Edipning qilmishi faqat o‘zini fojeaga uchratib qolmay, balki davlat, jamiyatning ham boshiga ko‘p falokatlar yog‘diradi. Edipning gunohi juda dah- shatli — u o‘zi bilmagani holda otasini o‘ldirib, ona- siga uylanadi. Antixona esa ongli ravishda singillik burchini ijro etadi. Edipning o‘g‘illari Eteokl va Po- linik taxt talashib, o‘zaro kurash boshlashadi. Polinik o‘zga yurtlarga ketib, yana olti lashkarboshi bilan birga (yettita bo‘lib) ona shahri Fivaga qarshi kurashadi. («Fivaning yetti dushmani».) Aka-uka o‘zaro jangda ha- lok bo‘lishadi. Fivaga hukmron bo‘lgan Kreont Eteoklni shon-shavkat bilan ko‘madi. Yurtga dushmanlarni boshlab


9—212 129
uuuj.21uoi2.sot ki1ixopaz1




kelgan Polinikning jasadini esa dafn etmaslik ha- qida farmon chiqaradi. Agar kimki farmonni buzsa o‘lim jazosiga hukm etiladi. Antixona o‘lim xavfidan qo‘rq- may akasini dafn etayotganida qo‘lga tushadi. Bunday qilmishlarni esa oddiy «harakat» yoxud «ish-harakat», hatto «voqea» so‘zi bilan ifodalash to‘g‘ri bo‘lmas edi. Bugina emas, rus tilida dramatik asar qahramonlari- ga nisbatan «deystvuyushie litsa» so‘zlari ishlatiladi. Uzbek tilida bu so‘zlarni oddiy «harakat qiluvchilar» yoki «qatnashuvchilar» deb olish maqsadga muvofiq emas. Shuning uchun biz bu so‘zlarni «asar qahramonlari» va «faol shaxslar» deb oldik. Chunki, yuqorida aytilgan- day, daqshatli yoki buyuk qilmishlarni tabinyki, oddiy «qarakat qiluvchilar» emas, balki faol shaxslargina yuzaga keltiradilar. Aristotelning quyidagi so‘zlari ham to‘g‘ri yo‘l tutganimizni ko‘rsatadi: «Biroq buqism- lardan eng muhimi — voqealar oqimidir,— deydi muta- fakkir,— chunki tragediya «passiv» odamlar tasviri emas, balki qilmish tasviridir, hayot, baxt va baxtsiz- liklar esa (inson) qilmishi tufayli bo‘ladi». («Poe- tika», V bob.) Bu jumladagi «passiv» so‘zini faylasuf M. L. Gasparov aniqlik kiritish uchun juda to‘g‘ri qo‘l- lagan. Chunki, u ham Aristotel fikrining mohiyatidan kelib chiqqan.
Aristotel tragediya tarkibini olti unsur (ele- ment)ga bo‘lib ko‘rsatadi: birinchisi — tomoshaviylik, ikkinchisi — muzika qismi, uchinchisi — asar tili—qah- ramonlar nutqi, to‘rtinchisi — fikr (g‘oya), beshinchisi — xarakter, oltinchisi — rivoyat — voqea. Aristotel asar g‘oyasi va xarakterga juda katta ahamiyat beradi. «Ana shu g‘oya va xarakterga muvofiq faol shaxslar (yoki: qah- ramonlar) muvaffaqiyatga yoki mag‘lubiyatga uchraydi- lar», deydi u. Chindan ham, g‘oya, e’tiqod qahramonlar- ning taqdiriga hal etuvchi ta’sir ko‘rsatadi. Prometey, Nasimiy, Mashrab, Ulug‘bek, Galiley, Bruno, Kopernik, Janna d’Ark singari buyuk shaxslar g‘oya, e’tiqod yo‘-


130
ulllm/.shuoig.sot ki^ixopaz!




lida hayotlarini fido qildilar. Asarda (ayniqsa qa- dimiy afsonalar davrida) g‘oya va xarakter manbai ri- $ryat (voqea)dir. Xarakter qirralari va shaxs intilgan fya, e’tiqod voqeada ko‘rinadi. Voqeada xarakterning . $andayligi ma’lum bo‘ladi. Demak, Aristotel mifos deganda rivoyat yoki afsona voqeasini ko‘zda tutadi. «Demak, shoirlar faol shaxslarni ularning xarakter- larini ko‘rsatish uchun tasvirlamaydi, ular xarakter- larni qam qilmish orqali ko‘rsatishadi. ...Qilmish tas- virining o‘zi esa voqeadir» (Poetika, VI bob.)
Hozirgi zamonning barcha adabiyot nazariyotchilari badiiy asarda xarakterni birinchi o‘ringa qo‘yishadi. Aristotel esa, negadir bunday qilmaydi. «Tragediya- ning maqsadi biron fazilatni emas, balki voqeani, qilmishni tasvirlashdir,— deydi u.— Qishilar o‘z xa- rakteriga ko‘ra qandaydir fazilatga ega bo‘ladi, qil- mishi bilan esa baxtli yoki baxtsiz bo‘lib chiqadi», «Poe- tika» avtori uchun insonlarning xarakteri qandayligi, yaxshi yoki yomonligi, olijanob yoki tubanligi muqim ma- sala bo‘lsa ham, ammo badiiy asarda inson xarakteri- ning qandayligini ko‘rsatuvchi asosiy me’zon, bu — odamlarning xatti-harakati, qilmishlaridir. Chunonchi, Esxil asarining qaqramoni Prometey xarakteridagi ulug‘vorlik, jafokashlik uning buyuk qilmishi —< xu- dolar, qudratli hukmdorlar g‘azabidan qo‘rqmay, xalq- qa olov keltirib berishi orqali namoyon bo‘ladi. Agar Prometeyning shu qilmishi bo‘lmasa, uning xarakteri qandayligini bilolmagan bo‘lardik. Yevripidning «Elektra» tragediyasida ham Qlitemnestraning xarak- teri uning yovuz qilmishida yaqqol ko‘rinadi: u o‘ynashi Egisf bilan til biriktirib, erini birlashgan yunon qo‘- shinlarining bosh qo‘mondoni, Troya urushining shavkat- li qahramoni — Agomemnonni aldab, tuzoqqa tushirib o‘ldiradi. Odamlarning xarakterlari ularning har qan- day qilmishida emas, balki xoh ulug‘vor, xoh tuban — faol qilmishlarida ravshan ko‘rinadi. Demak, shaxs-


9* 131


™™.2|uoi2.sot ki1ixopaz1




larning faolligi ham ularning muhim qilmishlari or- qali yuzaga chiqadi.
Shu mulohazalardan so‘ng Aristotel asaridagi Mif — fabula, rivoyat tushunchasi nimani anglatishi haqida gapirish ehtiyoji tug‘iladi. Chunonchi, bu muqim muammo qam yuqoridagi masalalar bilan uzviy bog‘lan- gandir. A. Kvyatkovskiyning «Poetika terminlar lug‘a- ti»da bunday deyiladi: «Fabula (lotincha — tarix, hikoya) — badiiy asarda syujet asosidagi voqealar va hodisalarning ketma-ket (izchil) rivojlanishidir» (320- bet). Aristotel asaridagi «mifos»ni Appelrot «fabula» deb, M. L. Gasparov «skazanie» deb tarjima qilgan. Asar kontekstidan, Aristotel fikrlari mo- hiyatidan kelib chiqilsa, M. L. Gasparov qo‘llagan so‘z — «skazanie» maqsadga muvofiqroq keladi. Keyingi variantni ma’qullaganimiz uchun biz «rivoyat» deb ol- dik. Chunki, «Poetika»da xuddi shu qaqda gap boradi. To‘g‘ri, asar fabulasi, syujeti, asar voqeasi so‘zlari bir-biri bilan unchalik uzoq tushunchalarni anglatmay- di. Shunga qaramay, M. L. Gasparov «skazanie» so‘zinn ishlatganining boisi shuki, Aristotel davrida yara- tilgai epos va tragediya asarlarining qammasiga qadi- miy miflar, rivoyatlarning voqealari asos bo‘lgan. Shu- ning uchun, u vaqtlarda «rivoyat» so‘zi «fabula», «syujet yo‘llari» ma’nosida qam ishlatilgan.
Aristotel asarning (tragediya asarining) asosiy tarkibiy qismlaridan, «syujet yo‘llari»dan biri deb «peripetiya»ni — voqealarning kutilmagan, keskin o‘z- garishini ko‘rsatadi. Agar bu so‘zlarning moqiyatidan kyolib chiqsak, «peripetiya»ni arabcha «mushkulot» deb tarjima qilish mumkin. Chunki, asar voqealari davomi- da qaqramon taqdiryda yuz bergan, kutilmagan, keskin o‘zgarish albatta mushkulotni, murakkab aqvolyy yuzaga keltiradi. Ana shu mushkulot paytlarida esa xarakter- lar, odamlarning Qandayligy bilinadi.
Asar voqealari rivojidagi yana bir muqym unsurni
132


\lllll/.21uoi2.sot ki^ixopaz!




Appelrot ham, Gasparov ham rus tiliga «uznavanie» deb tarjima qilganlar. Bu so‘z asar qahramonlarining taqdirida hal qiluvchi lahzalarda biror muhim voqea- _ni (yoki o‘sha voqeada qatnashgan odamni) to‘satdan bilib .qolish degan ma’noni anglatadi. Shunday holatlarda bilib qolish qahramon taqdirini ham, voqealar oqimi- ni ham o‘zgartirib yuboradi. Sofokl asarida Edipning voqealar davomida Iokastaning kimligini, yo‘ldagi janjalda o‘zi o‘ldirgan kishining kimligini bilib qo- lishi Ifigeniya akasi Orestni tanib, bilib qolishi, «Odisseya»da Penelopa to‘y kuni hijronda yurgan Odis- seyni bilib qolishi, Firdavsiy dostonida Rustam yakka- ma-yakka jangda mag‘lub bo‘lgan raqibi — o‘g‘li Suqrob ekanligini bilib qolishi, Alisher Navoiyning «Sab’ai sayyor» dostonidagi hikoyatlarda Suhayl bilan Meqri- ning, Ahiy bilan Farruqning kutilmaganda bir-birini tanib, bilib qolishlari, Abdulla Qodiriy romanida Otabekning to‘y kuni chimildiqda kelin — sevgilisi Qumush ekanligini bilib qolishi — bularning hammasi asar voqealarini o‘zgartirib yuboradi va qahramonlar taqdiriga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatadi. Uzbek tilida ana shu badiiy unsurni «tanib qolish» yoki «bilib qo- lish» degan birikma bilan ifodalashga to‘g‘ri keladi. Tragediyaning va har qanday badiiy asarning yana bir muhim unsurini Aristotel pafos deb ataydi. M. L. Gasparov bu so‘zni «strast» deb tarjima qilgan. Uzbek adabiyotshunosligida bu tushuncha pafos deb ham, ehtiros deb ham ifodalanmoqda. Haqiqatan pafossiz, ehtiros- siz asar na tomoshabinni, na o‘quvchini qiziqtirmaydi, hayajonga solmaydi. Asarda, uning ijodkorida albatta kuchli hayajon bo‘lishi kerak. Tabiatan qahramonlari- day ehtirosli bo‘lgan shoirlar ko‘proq ishontira oladi. «Uzi hayajonlana oladigan shoir tomoshabinlarni ham haqiqatan hayajonlantira oladi,— deydi Aristotel. Uzi g‘azablana oladigan kishi tomoshabinlarni ham haqiqiy g‘azablantira oladi» («Poetika», XVII bob).


133
\lllll/.21uoi2.sot ki^ixopaz!




Aristotel yana bir o‘rinda bunday deydi: «Qo‘rqinch- lilik va ayanchlilik sahna jihozlari orqali kelib chi- qishi mumkin, biroh eng yaxshi shoirlarning asarlarida esa voqealar oqimining o‘zidan ham paydo bo‘ladi. As- lida asar shunday yozilishi kerakki, u sahnada ko‘rilma- ganida ham, bo‘lib o‘tadigan vodeani tinglovchi har bir kishi xuddi Edip haqidagi rivoyatni tinglaganday, ho- disalarning o‘sib borishi davomida g‘am chekuvchiga nis- batan hamdard bo‘lsin va vujudi jivirlab seskansin» («Poetika», XIV bob). Bu fikr adabiyot nazariyasiga mu- nosib hissa qo‘shgan va qo‘shayotgan o‘zbek adiblari va olimlari ijodida ham uchraydi. «Yezuvchi o‘zi his qil- magan narsa hahida yozsa, buni o‘higan o‘huvchi ham hech narsani his hilolmaydi,— degan edi Abdulla Qahhor. — Demak, kuydirish uchun kuyish, ardohlash uchun ardoh- lanish shart. His hilinmasdan yozilgan narsa qog‘ozdan qilingan gulga o‘xshaydi». Iste’dodlarga boy va yil sa- yin kamolotga intilayotgan hozirgi o‘zbek adabiyotida ham chuhur his qilib, ehtirosli yozilgan badiiy asarlar bilan birga, mavzuni chuhur bilmay, ayniqsa his hilmay. loqaydlik (yoki soxta pafos, soxta ehtiroslar) bilan yozilgan asarlar bor. Shuning uchun, Aristotelning pa- fos, ehtiros, hayajon, g‘azab ijodkorning tabiatida bo‘- lishi kerak, degan ta’limoti hozirgi davr uchun ham g‘oyat himmatlidir.
Aristotelning iste’dod va mahorat hahidagi fikr- lari ham uzoh asrlardan buyon bahs, munozaralarga sa- bab bo‘lib kelmohda. Ruscha tarjimada mahorat tushun- chasi «san’at» deb olingan. Bu so‘z hozir ko‘pchilik tushu- nadigan «san’at asarlari» degan ma’noda emas, balki kasb-hunar ma’nosida ishlatilgan. Forobiy asarlari- da ham arabcha «san’at» so‘zi kasb, hunar, fan ma’nosida ishlatiladi. Aristotel ham poeziya san’ati haqida gapirmay, iste’dod, tug‘ma iste’dod haqida gapirganida «san’at» so‘zini «mahorat», «malaka» ma’nosida qo‘l- laydi va uni ma’lum ma’noda «tug‘ma iste’dod»ga har-


134
uuuj.21uoi2.sot ki1ixopaz1




shi qo‘yadi. «Ba’zi kishilar san’atkorlik tufayLi, ba’- eilar xmalaka sababli, yana ba’zilar tug‘ma iste’dodla- ri tufayli bo‘yoqlar va shakllar yordamida ko‘p narsalar- (shng tasvirini yaratadilar», deydi u «Poetika»ning ^birnnchi sahifalaridayoq. Bu yerda «san’atkorlik» so‘zi ' «mahorat» ma’nosida, soz chalish yoki she’riy texnika
-ma’nosida kelyapti. Ilgari va hozir ba’zi adabiyotshu- Yaos olimlar san’atkorlik va mahoratni badiiy asar yozishda asosiy, birlamchi unsur deb biladilar. Platon dialoglarida («Fedr»), Aristofan komediyalarida poe- tik asarni nazariy prinsiplarni chuqur o‘zlashtirgan odamlarning mahorati yoki malakasi mahsuli deb hisob- lashgan.
■ Abu Nasr Forobiy ham Aristotelning «Poetika» asariga yozgan sharxlarida shoirlarni bir necha toifa- larga ajratadi. «Endi biz senga aytsak, shoirlar chin- dan ham tug‘ma qobiliyatli va she’r bitishga tayyor ta- biatli kishilar bo‘ladi va ular tashbeh va tamsilga layoqatli bo‘ladilar,— deydi u.— Bir xil shoirlar she’r san’atidan yetarlicha xabardor bo‘lishavermaydi. balki ular tug‘ma qobiliyatlarining yaxshiligi bilangi na qanoat hosil qiladilar. Bunday shoirlar chinakam musaljis — mulohazakor shoirlardan sanalmaydilar. Chunki, ularda she’r san’atini o‘zlashtirib olish uchun kamolot yetishmaydi va bu san’atda turg‘unlik bo‘lmay- di». Forobiyning bu mulohazalarida Aristoteldan ko‘- ra Aflotun nafasi sezilib turadi. Chunki, Forobiy she’r san’atini (mahoratini, texnikasini) yaxshi bilgan, mulohazakor shoirlarni tug‘ma iste’dodli shoirlardan ustun qo‘yadi. To‘g‘ri, Forobiy zamonida, Navoiy zamoni- dagi kabi buyuk shoirlar she’r nazariyasini, texnikasi- ni ham chuqur bilishgan. (Navoiyning «Mezonul avzon», Bobirning «Aruz» — «Muxtasar» asarlarini eslaylik. Bundan tashqari, Forobiy—«mulohazakor» emas, «mu- tafakkir» demoqchidir? Aslida, mulohaza, sillogizm. mantiq she’r sohasiga kirmasligini Forobiy yaxshi tu-


135


mmm.21uoi2.sot ki^ixopaz!




shunadi. «Aytishlaricha, mulohazalar yo butunlay rost, yo butunlay yolg‘on bo‘lishi mumkin,— deydi Forobiy,— Ye buning teskarisi — to‘g‘ri va yolg‘on me’yori babbara- var bo‘lishi mumkin. Butkul rost mulohaza, hech so‘zsiz. burxoniy — isbotli deb ataladi. Bordiyu, uning rost tomoni ko‘proq bo‘lsa, u holda u jadaliy — dialektik bo‘ladi. Bordiyu, rost va yolg‘on ikkovi baravardan bo‘- lib qolsa, u holda, u xitobiy — ritorik bo‘ladi. Rost butunlay kamayib boraversa, u holda sufastoiy — so- fistik bo‘ladi. Butunlay yolg‘on bo‘lsa, u holda uni, hech shubhasiz she’riy deb ataladi». Albatta, bu yerda Foro- biy yolg‘on deganda xayol qilingan, obrazli, tashbehli, timsolli, metaforali, ko‘chma ma’noli so‘zlarni nazar- da tutsa kerak. She’riyatda ana shunday poetik yolg‘on tabiatini tushunmagan hozirgi ba’zi munaqqidlar shoirlarning asarlarini odatdagi sxematik fikrlash qolipiga solib, xuddi yovuz Prokrust kabi, karavotiga sig‘masa, qo‘l-oyog‘ini kesmoqchi bo‘ladilar. Uzlari ko‘p narsaga aql va tasavvurlari yetmagani qolda nega un- day, nega bunday deb so‘rayveradilar. She’riyagda (umuman, badiiy adabiyotda) insonlar qushga, daryoga, yul- duzga aylanib qolishi mumkin. Turlicha vaziyatda, tur- licha laqzalarda yaxshi-yomon kayfiyatga tushishi, erta- lab boshqacha, tushdan keyin boshqacha o‘ylashi mumkin. Nodon tanqidchi, nega qahramon izchil fikrlamayapti. nega uning tasavvuri menikiday (yoki boshqa odamlarni- kiday) emas, deb jar soladi. Holbukn, san’atda ana shu «yolg‘on» obrazlar orqali ko‘pgina «rost» gaplardan ko‘- ra tezroq haqiqatga erishish mumkin. Masalan, Goyya chizgan bir suratda odamning og‘ziga kattakon qulf osil- gan. Albatta, hayotda xuddi shunday bo‘lmaydi, hayotda inson og‘zini qulflashning boshqa yo‘llari ko‘p. Ammo, Goyya so‘z erkinligi haqidagi fikrni juda ixcham, sodda qilib anglatgan. Aksincha, hammaga ma’lum va «to‘g‘ri» gaplar ko‘pincha voqea-hodisalarning mohiyatini to‘g‘ri aks ettirmasligi mumkin.


136


\lllm/.21uoi2.sot ki^ixopaz!




; Atoqli aristotelshunos olim T. A. Miller ham «mi- mesis», ya’ni o‘xshatish, tasvirlash san’at mohiyati ekan- ligini e’tirof etgani holda san’at prinsiplari — «texne»ni badiiy ijodning sharti deb hisoblaydi. U poetik hissiyot, tug‘ma iste’dod bilan ijod qilishni anglanmagan san’at, «texne» bilan ijod qilishni ongli san’at asari yaratish deb tushunadi. Aslida, bu ko‘p asr- lardan beri yechilmayotgan va yechilishi qiyin bo‘lgan mu- rakkab masaladir. Ichki hissiyot, intuitsiya, shoirona ilhom bilan ijod qilish aslida aql — mulohaza, tad- birkorlik bilan ijod qilishga qarama-qarshi bo‘lma- sa-da, aslida ikkalasi o‘rtasida juda katta farq bor. Hayotiylikdan yiroq, badiiy jihatdan zaif, ammo aql- li gaplar bilan to‘lib-toshgan asarlar kammi? Ammo, xalq, kitobxon, tomoshabin, tinglovchi bunday asarlarni o‘qib zavq olmaydi, Aristotel aytganiday, qaqramon- lar bilan birga dard chekmaydi, ularga befarq qaray- di. Chunki, voqelikni ilmiy tadqiq etishni mexanik ravishda badiiy ijodga ko‘chirish mumkin emas. Axir san’at voqelikni ilmiy aniqlikda qayd etuvchi tarix emas. «Tarixchi va shoirning farqi biri vazndan foy- dalanishda va boshqasi foydalanmasligida emas,— dey- di Aristotel.— Gerodot asarlari she’rga solinganida ham, vaznsiz bo‘lganda ham sira tarix bo‘lmay qolmas edi. Tarixchi va shoir shu bilan tafovutlanadiki, biri haqiqatan bo‘lgan voqea haqida, ikkinchisi bo‘lishi mum- kin bo‘lgan voqea to‘g‘risida so‘zlaydi. Shuning uchun poe- ziya tarixga qaraganda falsafiyroq va jiddiyroqdir: poeziya ko‘proq umumiy, tarix esa yakka narsa to‘g‘risida so‘zlaydi». Ammo poeziya mazmunining umumiyligi bilan fandagi umumlashtirish bir-biridan juda uzoq narsa- lardir, Fan hamma o‘simliklar uchun yoki hamma kimyo- viy, yoki fizikaviy jarayonlar uchun umumiy bo‘lgan qo- nuniyatlarni tekshiradi. San’at asarining qahramoni esa, ma’lum ma’noda tipik bo‘lishdan ko‘ra individual o‘ziga xos olami bilan, dunyoda hech kimga o‘xshamasligi


137


im/uu.g1uoig.sogp kiShxopaz!




bilan qimmatlidir. Aks holda san’atning vazifasi umumiy qoidani illustrasiya qilishdan iborat bo‘lib qolar edi. Chunonchi, shoh Edipning boshidan o‘tgan fo- jiiy voqea tipik voqea emas; u hatto Edip zamoni uchun ham tipik emas edi. Ammo, shunga qaramay, san’at asa- ridagi Edip obrazi ming yillar davomida odamlar qalbini, ruhiy olamini larzaga soladi. To‘g‘ri, san’at asari shu ma’noda umumiyki, u tarixchilar uchun ham, faylasuflar uchun ham, fizik yoki liriklar uchun ham babbaravar qiziqarlidir. Chunki, yuqorida aytganlari- mizning hammasi avvalo inson bo‘lib, keyingina tarix- chi, injener, faylasuf, fizik yoki lirikdir. Inson esa o‘zining insonligidan, binobarin, adabiyot, san’atdan uzoqlashuvi mumkin emas. Hahihiy adabiyotning, san’at asarining qudrati shundaki, ijodkor hayotga o‘xshatib. hayotning o‘xshashini, tasvirini yaratib, qodir tabiatga tenglashishga intiladi. Bu esa tabiiy, tug‘ma iste’dod qudratiga bog‘liqdir.
«Poetika»ning XXV bobida Aristotel hayotning o‘x- shashini, tasvirini yaratuvchi shoirlarning asarlariga bildiriladigan turli e’tirozlarga o‘zining raddiyala- rini bayon qiladi. Xuddi shu bobda poeziyaning asosiy xususiyati «mimesis» — hayotga taqlid qilish emas (hat- to hayotga oddiy o‘xshatish emas) balki ijod, yangi hayot yaratish ekanligi ayon bo‘ladi. Aristotel ijod erkin- ligini, san’at imkoniyatlarini juda keng miqyosda tu- shunadi. U badiiy tasvirning asosiy xususiyatlari ha- qida bunday deydi: «Modomiki, shoir (musavvir yoki boshqa tasvirlovchilar) hayotning o‘xshashini yaratar ekan, u muqarrar quyidagi uch narsadan birini: a) hayot- ning qanday bo‘lganligini yoki (hozir) qandayliginsh b) odamlar u haqda qanday aytgan yoki (ular) qanday tasavvur qilganligini; v) (hayot va odamlar) qanday bo‘lishi kerakligini tasvirlaydi. Bu narsalarga esa (yo oddiy) til bilan, yoki noyob so‘zlar, ko‘chma ma’noli


138


\lllm.21uoig.sogp ki!ixopa&




tasvirlar bilan erishiladi». San’atkorlar Aristotel aytgan bu shartlardan biriga yoki hammasiga birdaniga amal qilishi ham mumkin. Alisher Navoiy dostonlari- da tasvirlangan voqealar va xarakterlar bu talablar- ga juda mukammal javob beradi. Navoiy chunonchi «Far- hod va Shirin» dostonida hayot va odamlar qanday yuk- saklikda bo‘lishi kerakligini tasvirlaydi. U tasvir- lagan Farhod aql-zakovatli, deyarli barcha hunar va san’atlarni mukammal egallagan, olijanob fazilat- lar sohibi. «Sab’ai sayyor» dostonidagi ajoyib-g‘aro- yib voqealar esa (Sa’dning devu shaytonlar sehru jo- dularini yengishi, Suhaylning sehrli chashmaga sho‘ng‘ib, boshqa olamdan chiqishi va Mehr bilan topishuvi) xalq aytgan rivoyatlar asosiga hurilgan. «Saddi Iskanda- riy» dostonida Navoiy ham hahihiy bo‘lib o‘tgan vohea- larni, ham xalh tasavvuridagi (ya’juj-ma’jujlar ka- bi) narsalarni tasvirlaydi. Shoir asarlarining ko‘pchi- ligida adolatli shohning xarakteri handay bo‘lishi ke- rakligini tasvirlaydi.
«Bundan tashqari,— deydi Aristotel,— poeziyadagi (san’atdagi) hahhoniylik bilan siyosatdagi hahhoniy- lik o‘rtasida katta farq bor». Adabiyotshunoslar va san’atshunoslarning ko‘pchyligi ana shu farhni chuhur anglamasdan, siyosat yoki axloh qonunlari bilan san’at honunlarini aralashtirib yuboradilar va badiiy asar obrazlariga o‘rinsiz ravishda siyosiy tus berib, ba’zan o‘zlari kulgiga holadilar. Adabiyot, san’at asarida ko‘r- satilgan vohea va xarakterlar muayyan umumlashtiruvchi tarbiyaviy ta’sir kuchiga ega bo‘lsa-da, ularni honun- lashtirish yoki normativlash kulgilidir.
Aristotel o‘z asarida shunchalik ogohlantirishiga haramay, o‘sha davrda ham, bir necha asr keyin ham, poe- ziya asarlarining yuqoridagi tabiiy xususiyatlarini tu- shunmay, ularni keskin ayblovchilar ham ko‘p bo‘ldi. Buyuk Rim shoiri Publiy Ovidiy «Sevgi ilmi» nomli she’riy to‘plamida shaxsiy tuyg‘ular erkinligini tar


139


\llAdl/.21uoi2.sot kiYuxopaz!




g‘ib qilgan edi. Uzini ilohiylashtirgan imperator Ok- tavian Avgust o‘z saroyidagi turli fitna, adovatlar- dan xalqni chalg‘itish uchun bahona qidirib, shoir Ovi diyni axloqsizlikda ayblaydi va uni Rim imperiyasi ning eng olis o‘lkasi — Qora dengiz bo‘yidagi Toma( ho- zirgi Ruminiyaning Qonstansa) shahriga surgunga yubo radi. Ovidiy bir yildan so‘ng (yangi eraning 9- yilida) qayg‘uli elegiyalaridan eng mashhurini yozib, Oktavian Avgustga yuboradi. U o‘z she’rlarini oqlab, muntazam «himoya nutqini» tuzadi. Avvalo, gap shundaki, shoirga hayrixoh bo‘lmagan o‘quvchilargina bu she’rlarni axloh- siz ruhda deb o‘ylaydilar. Ikkinchidan, bu she’rlar haqida Avgust begonalarning gapiga qarab hukm chiqar gan. Uchinchidan, she’rlarning o‘zida pokiza ayollarning emas, yomon ayollarning ahloqi tasvirlangan. To‘rtinchi- dan, mabodo bu she’rlar iffatli ayollarda yomon fikr- lar uyg‘otsa, boshqa shoirlarning xar qanday she’rlari ham shunday fikrlar uyg‘otishi mumkin (shuning uchun ne- ga men aybdor bo‘lay). Beshinchidan, bu she’rlar shoirning axloqi buzuqligini ko‘rsatmaydi, balki uning yuksak mav- zuvlarda yozolmasligini ko‘rsatadi xolos. Oltinchidan, umuman ishqiy she’rlar o‘zi shunaqa bo‘ladi. Gresiyada ham, Rimda ham shunday. Yettinchidan, poeziyada shaxvat manzaralari tasviri ham kechiriladi-ku. Sakkizinchi- dan, shoir keyingi yozgan she’rlarida bunday kamchilik- lardan qutulgan. Shuning uchun ham shoirni ayblash in- sof-adolatdan emas.
Qadimiy Gresiya va Rim adabiyotining atoqli tadqi qotchisi M. L. Gasparov o‘zining «Ovidiy surgunda» nomli asarida1 shoirning «aybi» Avgust saroyidagi il latlarni bilishda edi, asarlari esa nuqsonsiz edi, deb xulosa chiqaradi.
«Poeziyada tabiiy narsani odam ishonmaydigan qi-


1 Publiy Ovidiy Nazon. Skorbnme elegii. Pisma s Ponta. «Nauka», 1978 g. str. 189—230.


140


\lllll/.21uoi2.sot ki^ixopaz!




lib tasvirlashdan ko‘ra g‘ayritabiiy narsani ishonar- li qilib tasvirlash yaxshiroqdir,— deydi Aristotel. U qadimgi zamonning mashhur tragik shoiri Agafonnish «Hayotda g‘ayritabiiy narsalarning ko‘p sodir bo‘lishi ham tabiiydir» degan fikriga asoslanadi. G‘ayritabi- iy (nevozmojnoe) degani haqidatga zid degani emas albatta. Chunonchi, Chingiz Aytmatovning «Alvido, Gul- sari» qissasida qari yo‘rg‘a otning so‘ngsiz xayollari, uning armonlari, xotiralari tasvirlanadi. Yuzaki o‘y- laydigan o‘quvchiga bu tasvirlar haqiqatoa zid ko‘rini shi mumkin. Aslida esa, hayotni fotonusxaday aks etti- ruvchi adibning asariga nisbatan otning xayollarida haqiqat ko‘proqdir. Yeki «Oq kema»da bolaning o‘zini suvga otib, baliqqa aylanishiga ishonishi hayotiy va ba diiy haqiqatdir. Hech narsaga ishonmaydigan va his etmaydigan odamlargina tasavvuri boy odamlar usti- dan kulishadi. I. S. Turgenevning e’tiqodicha esa, xayol- parast Don-Qixotlar hayotning ko‘rki, go‘zalligidir. Bundan tashqari, yuzaki qaraganda g‘ayritabiiy ko‘rin gan hodisalar haqiqiy hayotning mohiyatini haqqoniy- roq aks ettira oladilar. Xayoli cheklangan, tasavvuri qashshoq odamlar xayolga boy asarlarni xazm qilolmay dilar. Ammo, g‘ayritabiiy, xayoliy tasvirlar hayotni tadqiq etishning rang-barang ko‘rinishlaridan, usulla ridan biri sifatida hurmat, e’tiborga loyiqdir. Bu- gina emas, xayol, tasavvur boyligi, xayoliy manzaralar yean’atning falsafiy boyligi va go‘zalligini ham tash- kil etadi.
Ammo, g‘ayritabiiy, g‘alat narsaning o‘zi tasvirnin! asosiy maqsadi bo‘lmasligi, odamlarni haqiqiy hayotdag‘ chalg‘itishga xizmat qilmasligi lozim. Ma’lumki, qa- dimgi sofistlar aql bovar qilmaydigan narsalarni o‘ylab topib, odamlarni kalaka qilar edilar.
Abu Nasr Forobiy o‘zining Aristotel «Poetika» siga yozgan mashhur sharxlarida shu haqda gapirib, bun day deydi:
141


\lllll/.21uoi2.sot ki^ixopaz!




«Sofist eshituvchini g‘alatga undab, haqiqatga to‘g‘- ri kelmaydigan, nuqsonli narsalarni (odamning) ko‘z oldiga keltirib qo‘yadi. Hatto u mavjud narsani nomav- jud deb, nomavjud narsalarni esa mavjud deb tasav- vur qildiradi.
Ammo taqlidchi (tasvirchi) bo‘lsa narsaning teska- risini emas, balki o‘xshashini tasavvur qildiradi».
Shuning uchun ham olamni badiiy va ma’rifiy o‘rga- nishda, haqiqatni izlash va kashf etishda tasvirchi — san’atkorlarning iste’dodi, ijodi bebaho ahamiyat kasb etadi. N. V. Gogol asarlarini tahlil hilar ekan buyuk rus revolyusion demokrat tanhidchisi V. G. Belin- skiy «Haqiqat — oliy go‘zallikdir» degan edi. Haqi- qatga erishish yo‘llari esa cheksiz va rang-barangdir.


\lllll/.21uoi2.sot ki^ixopaz!


IZOHLAR




V. I. Lenin Aristotel (Arastu) filosofiyasiga yuqori baho bergan, uning logikasidan sxolastika yaratganlarni tanqid qilgan. N. G. Chernishevskiy Aristotelning estetik tushunchalarni birinch marta tartibga solganligi va sharhlab berganligini, uning qarash- lari 2000 yildan ortiq yashab kelayotganligini qoniqish bilan qay qilgan.
Aristotelning «Poetika» (Poeziya san’ati qaqida) kitobi ja- honda yuzaga kelgan to‘ng‘ich adabiyot nazariyasi hamdir. Bu asar o‘z davrigacha shu sohada qilingan ishlarning eng mukammalidir. Aris- totel badiiy adabiyotni «poeziya» deb atagan; «poeziya»ning drama, epos, lirika kabi turlari va ularning ko‘rinishlarini tushuntir- gan. Uningcha, poeziya asosida qayot turadi; shoir bo‘lib o‘tgan, bo‘la- yotgan yo bo‘lishi mumkin bo‘lgan hodisalarni aks ettiradi. Shoir qo- disalarning o‘xshashini ijod etadi yoki hodisalarni qaytadan gav- dalantiradi. Aristotel poetik san’atning ijtimoiy-ma’rifiy mohiyatini to‘g‘ri angladi. U poeziya va san’atning estetik — emo- sional kuchini qadrladi.
Aristotel «Poetika»si XII asrda olim Rushd-Ibn Rashid (Aver- roes) tomonidan arab tilida bayon qilingan edi. Ayrim taniqli fors-tojik va o‘zbek klassik shoirlari al-Forobiy risolasi bi- lan, shuningdek Aristotel «Poetika»sining arabcha tarjimasi bi- lan tanish bo‘lishlari mumkin. Buni Alisher Navoiyning «Xamsa» va boshqa asarlaridagi poetika, qofiya, she’riy nutqning ohangdor- ligi, ta’sir kuchi, o‘lchovdorligiga doir bo‘lgan mulohazalardan ham sezdik. Chunki Navoiy ham arab tilini yaxshi bilgan.
«Poetika»ning rus tilidagi namunalari ichida V. G. Appelrot- ning 1893 yili qilgan tarjimasi o‘z aniqligi bilan mashhurdir.


143


uuuj.21uoi2.sot ki1ixopaz1




Moskvadagi GIXL nashriyoti 1957 yili bu tarjimani e’lon qil- di. Antik dunyoning buyuk olimi Aristotelning eramizgacha 336—332 yillarda yozgai bu ajoyib kitobini V. G. Appelrot tarjimasi asosida rus tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilindi. Oddiy qavslar teks mazmuniga tegishli, burchakli qavslar ilgari «Poetika» teksgi- dan tushib qolgan deb taxmin qilingan to‘ldirishlarni o‘z ichiga oladi, kvadrat qavslar ruscha tarjimaning ravshan bo‘lishi uchup tarjimon tomonidan kiritilgan so‘zlarni anglatadi.
8-bet. Empedokl — milod. av. V asrda yashagan, «Tabiat haqida» poemasining avtori, Aristotel boshqa bir o‘rinda uni «eng Xomer- ona» shoir deydi. Ammo, shunga qaramay, «aks ettirish predmetiga ko‘ra» u shoir emas, olimdir.

Download 355 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling