Maqsa- dimiz hakim Aristotelning «Fi-s-sinoat ash-she’r («She’r san’ati» «Poetika») asarida aytgan fikr- mulohazalarini isbotlab ko‘rsatishdan va uning ma’no- lariga ishora qilishdan iboratdir
Download 355 Kb.
|
Aristotel - 61 dan uyog\'i
Abdusodiq Irisov
ARISTOTEL «POETIQA»SI VA UNING ShARQDAGI IZDOShLARI . Aristotel «Poetika»si o‘rta asrlarda sharqda dast- lab qadimgi suryoniy tilida, so‘ngra esa arab tilida tarqalgan edi. U mahallarda arab tili hali ilmiy til sifatida tanilmagan, ko‘p asarlarni, shular jumlasidan ko‘p yunon mualliflarining ta’liflarini suryoniy tiliga tarjima qilish odat edi. Hatto «Qalila va Dimna» kn- tobi ham arabchaga tarjima hilinishdan ancha oldin sanskrit tilidan suryoniy tiliga ko‘chirilgan edi. Keyin- chalik o‘ninchi asrga kelib «Poetika» suryoniy tilidan arabchaga tarjima hilindi. Buning dastlabki tarji- monlaridan biri Is’hoq ibn Hunayn (vafogi 911) bo‘l- sa, boshqasi Matto ibn Yunus al-Qunnoiy (941-da hayot bo‘lgan) edi1. Al-Qunnoiy tarjimasi davrimizgacha ham yetib kelgan. Shu bilan o‘rta asrlarda bu asar arab dunyo- siga tarhalib ketdi. Aristotel asarlarini ro‘yobga chiharishga bel bog‘- lagan g‘arb olimlari sharh olimlari merosi bilan ham hizihib, ularni nashr etishga xizmat hildilar. Ingliz sharhshunos olimi David Samuil Margolius 1887 yili Aristotel «Poetika»sining Matto ibn Yunus hilgan 1 Mattoning bu tarjimasini arab olimi Abdurahmon Badaviy 1953 yili Qohirada nashr etdirdi (85—145- betlar). Badaviy bu kitobida yunonchadan o‘z tarjimasini va bu to‘g‘rida yozgan Forobiy, Ibn Sino va Ibi Ro‘shdlar ta’lifini ho‘shib nashr etdi. 124 \lmll/.21uoi2.sot ki^ixopaz! tarjimasini topib, uni Londonda nashr etdi va shu ki- tobiga Ibn Sinoning «ash-Shifo» asarining bir bo‘la- gi bo‘lmish «She’r san’ati» kitobini ham ilova qildiD Shu bilan birga Margolius Ibn Sinoning «Uyun al-Hik- ma» asarida o‘sha kitobidan keltirilgan she’riyatga oid parchani ham nashr etdi. Ma’lumki Aristotelning bu kitobi haqida arab faylasufi Abu Is’hoq al-Qindiy (801—866) ham qisqa' bir kitob yozgan. Chunki bu sohada fikr-mulohaza bildirish, ayrim risola-asarlar yozish oliyjanob burch sanalgan. Shu sa- babdan bo‘lsa kerak, al-Kindiydan so‘ng mashhur fayla- suf Abu Nasr Forobiy (873—950), Ibn Sino (980— 1037) va Ibn Ro‘shd (1126—1198) kabi atoqli kishilar ham «Poetika» borasida o‘z mulohazalarini bayon etgan- lar, bu asar orqali o‘sha davrgacha yunon adabiyotida mav- jud bo‘lib, arab adabiyotida bo‘lmagan adabiy shakl, janrlarni targ‘ib qilganlar. Ikkinchi tomondan ular bu to‘g‘rida o‘z andishalari bilan kitobxonlar ommasi bilan o‘rtoqlashishgan. Natijada «She’r san’ati» ha- qida arabiynavis adabiyot vakillari orasida ham qator asarlar paydo bo‘lgan. Ayniqsa Forobiy, Ibn Sino, Ibn Ro‘shdlarning bu to‘g‘ridagi asarlari diqqatga sazovor. Al-Qindiyning bu haqdagi asarini bizgacha yetib kel- gan yoki kelmaganligi haligacha ilmiy adabiyotda ma’- lum emas. Uning tarjimai holidan ma’lum bo‘lishicha u yunon tilini yaxshi bilgan, shuning uchun Al-Qindiy Aris- totel asarining originalidan bahramand bo‘lgan va bu to‘g‘ridagi mulohazalarini bitib ketgan deyish mum- kin. Abdurahmon Badaviy Al-Qindiyning bu kitobi ha-. qida mulohaza bildirib, uny Aristotel «Poetika»sp- dan qisqartirib olingan, degan hulosaga keladi. Arab olimi Ibn Abu Usaybia (1203 — 1270) «Uyun-- al-anbo» asarida quyidagilarni yozadi. - 125 \lllll/.21uoi2.sot ki^ixopaz! «Abu Zakariyo Yahyo ibn Adiy Ibrohim ibn Abdulloh- dan iltimos qilib, sen borib aytgin, Is’hoq ellik di- norga menga Aristotelning «Sofistika», «Xitoba», («Ritorika») va «Poetika» asarlari tarjimasini ber- sin, degan ekan, u o‘z tarjimalarini atalgan pulga sot- masdan o‘layotgan vaqtida yoqib yuborgan ekan». Bu jumladan ko‘rinishicha, Is’hoq Ibn Hunayn Aris- totelning «Poetika» asarini dastlab tarjima hilgan kishilardan bo‘lgan. * * * 'Abu Nasr Forobiy Aristotelning ko‘p asarlariga sharhlar bog‘lab, ularni ko‘pchilik o‘rtasida ommalash- tirgan. Ana shuning uchun ham uni Aristoteldan keyin- gi yetishgan ikkinchi muallim — muallimi soniy deb atashgan. Ibn Sinoning tarjimai holidan ma’lum bo‘- lishicha, u Aristotelning «Metofizika» asarini hirh bor o‘higan, lekin shunday bo‘lishiga haramay, uning ibo- ralaridan hech narsa anglamagan. Ibn Sino nihoyat Fo- robiy yozgan sharh orqali uni tushunishga muvaffah bo‘l- gan. Forobiy Aristotelning «Poetika» asarini o‘hib u haqda bir asar — risola yozib, uning mazmunini talqin qilishga va uning ahamiyatini bayon qilishga uringan. Uning «Risola fi qavoniyn sinoat ash-shuaro»1 deb 1 Forobiyning bu risolasi Badaviyning yuqorida ko‘rsatilgan kitobining 149—158-betlarida berplgan. Bu risolaning arabcha- dan o‘zbekchaga qilingan tarjimasi «Uzbek tili va adabiyoti» jur- nalining 1976 yil 3-sonida (56—64-betlar) bosilgan. Uning jur- naldagi nomi «Shoirlar san’ati qonunlari haqida risola»dir. Forobiyning bu asari va uning bu mavzuga doir boshqa — «She’r kitob» risolasi G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyo- ti tomonidan «She’r san’ati» nomi bilan alohida kitob holida .nashr etildi.— A. I. 126 \lllll/.21uoi2.sot ki^ixopaz! dtalgan asari mana shu mulohazaga dalil bo‘la rladi. । Undan tashqari Forobiy bu to‘g‘rida boshqa bir riso- da ham yozgan. Uning bu asari «She’r kitobi» deb atalibg uning bir nusxasi Chexoslovakiyaning Bratislava shah- rida saqlanadigan arab qo‘lyozmalari orasida topilgan.^ Bulardan ko‘rinishicha, Forobiy she’riyat masalasy va ularning yunon adabiyotidagi shakllari, shoir o‘rnv va uning vazifasi borasida ancha keng fikr yuritgap. Ibn Abu Usaybianing ko‘rsatishicha, Forobiyning «Ka- lom fi-sh-she’r va al-qavofi» («She’r va qofiyalar ha- qida so‘z») hamda «Qitob fi-l-lug‘ot» («Til qaqida ki- tob»)_asari ham bo‘lgan. Gforobiy «She’r san’ati» asari debochasida yozadi: «Biz bu yerda xuddi Hakim Aristotel o‘zining she’r san’ati haqidagi mulohazalarida sanab o‘ttanidek, yunonlardagi she’r turlarini sanab o‘tamiz, ularning har birining navlariga ishorat qilib o‘tamiz». Lekin shunisi borki, Aristotel «Poetika»sida Fo- robiy keltirgan janrlar taqsimoti butunlay yo‘qd/ Aristotel janrlarni bunday taqsim qilmagan. Bu bal- ki boshqa yunon adabiyotiga tegishli manba’lardan olin- gan bo‘lishi mumkin. Balki Forobiy Aristotel «Poe- tika»sining to‘la qismini o‘qishga muyassar bo‘lgandir| _ Unday desak, [Ibn Sinodan ilgariroq o‘tgan Matto Ion Yunusning «Aristotel «Poetika»sini suryoniy tilidan arab tiliga tarjima qilgan nusxasi hozirgacha yetib kelgan. Bu tarjimaning originali — ya’ni suryoniychasi ancha ilgari tarjima bo‘lganidan darak beradi. Ammo bunda ham «Poetika» asari hozirgi kundagidek yigirma olti qismdan iborat. Demak, Forobiy mutolaa qilgan «Poetika» nus’ha- sida yuqorida keltirganimizdek, she’rlar turlari taq- simoti bo‘lmagan, uni Forobiy boshqa bir manbadan ol- gan bo‘lishi mumkin. ? Forobiy bu asarini yozishda bu boradagi boshqa asarg‘- 127 ™™.21uoi2.sot ki1ixopaz1 lardan hamda Aristotelning shogirdi Temistiyning 6u to‘g‘rida yozganlaridan foydalangan ko‘rinadi( Ibn al-Ibriyning ko‘rsatishicha, Gomerning «Ilia- da»si suryoniy tiliga tarjima qilingan edi. Demak, bo‘ davrda yunon adabiyoti shox asarlarining ko‘pi suryoniy tiliga tarjima qilingan bo‘ladi. Bundan esa arab ti- liga ko‘chgan bo‘lishi ham mumkin. Bu tilni Forobiyning ustozlari (chunonchi, Ibn Xiylon) hamda do‘st va shogird- lari (Matto ibn Yunus va Ibn Adiy) yaxshi bilgan edi. Shunisi ham borki, Forobiyning o‘zi ham suryoniy tili- nn bilgan bo‘lishi haqiqatdan uzoq emas. Uning ko‘p til bilishi u haqda saqlanib qolgan folklor materialla- ridan ham ma’lum. «Al-fexrist» muallifi Ibn an-Nadimning ko‘rsati- shicha, Aristotelning «Poetika» asari haqida Temistiy ham o‘z mulohazalarini yozgan. Aytishlariga haraganda, deydi muallif, bu xususda yozilgan fikr-mulohazalarni Temistiyga nisbat berishadi. Bundan chiqdi, Aristotel- ning ko‘p asarlariga sharh yozgan Temistiy «Poetika»ga ham sharh yozgan. Lekin bu sharhlar bemuallif tarqal- gan bo‘lsa kerak. \lllll/.21uoi2.sot ki1ixopa8»
Download 355 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling