13-mavzu. Agrar munosabatlar va agrobiznes
Download 87.21 Kb.
|
13-mavzu. Agrar munosabatlar va agrobiznes
- Bu sahifa navigatsiya:
- Manba: 0‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo ‘mitasi ma Uumotlari. Jadvaldan ko‘rinadiki, Respublikamiz agrar tarmog‘ida amalga oshi
- Asosiy tayanch tushunchalar
- Takrorlash uchun savol va topshiriqlar
- 1yakunlari va 2017-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dastuming eng muhim ustuvor yonalishlariga bagishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasi. Xalq so‘zi 2017-yil 16-yanvar.
- 3 Manba: 0‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qomitasi malumotlari
- 6 Manba: 0‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qomitasi malumotlari 382
jadval
Manba: 0‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo ‘mitasi ma Uumotlari. Jadvaldan ko‘rinadiki, Respublikamiz agrar tarmog‘ida amalga oshi- O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyo’lida qishloq xo‘jaligi tarmog‘ining tutgan o‘rni rilayotgan tub iqtisodiy islohotlar va tarkibiy o‘zgarishlar natijasida qishloq xo‘jaligining asosiy iqtisodiy ko'rsatkichlari o‘sib bormoqda. O‘tgan 2008-2015-yillar oralig‘ida joriy narxlarda qishloq xo‘jaligi yalpi mahsulo’li qiymati o‘sib borish dinamikasiga ega bo‘lib, 2008- yildagi 7134,6 mlrd. so‘mdan 2015-yilda 42280,4 mlrd. so‘mga yetgan. Mamlakatimizda barcha haydaladigan yerlaming 3/4 qismidan ko‘prog‘i (4,2 mln.ga) sug‘oriladigan yerlar bo‘lib, uning yarmidan ko‘prog‘i yaxshi meliorativ holatdadir, qolgan yerlaming esa me- liorativ holati talabga javob bermaydigan bo‘lib, ulami qayta ko‘rib chiqish, kollektor-drenaj tarmoqlarini rekonstmksiya qilishni olib borishni talab qiladi. Hozirgi vaqtda sug‘orib kelingan har gektar yeming meliorativ holatini qayta ko‘rib chiqish uchun 1990-yilgi darajadan 14-15 baravar ko‘p xarajat talab qilinadi, Bundan xulosa shuki, birorta ham fermer irrigatsiya va melioratsiya ishlarini o‘zi mustaqil amalga oshira olmaydi. Faqat davlatgina melioratsiya tar- moqlarini rekonstmksiyalashga, qurishga va irrigatsiya tadbirlarini amalga oshirishga qodirdir. Qishloq xo‘jaligini jadal rivojlantirish va modemizatsiya qilish, ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish, davlat buyurt- masiga binoan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtimvchi fermer xo'jaliklarini moliyaviy sogiomlashtirish asosida ichki va tashqi bozoming ehtiyojlari uchun oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishni ko‘paytirishga imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Yerlaming meliorativ holatini yaxshilash, paxta-g‘alla, meva- sabzavotchilik va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishti- rishda eng ilg‘or agrotexnik tadbirlami qo'llash hamda chorvachilik, parrandachilik, asalarichilikni rivojlantirishga yetarlicha e’tibor berilmoqda. Qishloq xo‘jaligini isloh qilish jarayonida qo‘llanilgan muhim yo‘nalishlardan biri - bu shaxsiy tomorqalami kengaytirish, yangi sug‘oriladigan yerlami shaxsiy xo‘jaliklar va bog‘-dala hovli uchast- kalariga ajratib berish yo‘li bilan aholini yer va ish bilan ta’minlashdan iboratdir. Shu ko‘rilgan chora-tadbirlar hisobiga, birinchidan, qishloq joylarda ishsizlikning kuchayib borish xavfini barham toptirishga, ikkinchidan, aholining real daromadlarini oshirishga, uchinchidan, aholini hayo’liy muhim oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashdagi keskinlikka barham berishga va to‘rtinchidan, yakka tartibda uy-joy qurilish ko‘lamini ancha kengaytirishga muvaffaq bo‘linmoqda. Respublikada islohotlami amalga oshirishning dastlabki bos- qichlaridayoq, Birinchi Prezidentimiz LKarimov fermer xo‘jaliklari qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini tashkil etishning asosi sifatida faoliyat ko‘rsatishi lozimligini ta’kidlab o‘tgan edi. Shu sababli res- publikamizda qishloq xo‘jaligini fermerlashtirish agrar islohotlaming tarkibiy qismi hisoblanib, bu jarayon zarar ko‘rib ishlash natijasida og‘ir ahvolga tushib qolgan davlat xo‘jaliklarini fermer xo‘jaliklariga aylantirish, mavjud davlat va jamoa xo‘jaliklari tarkibida ular resurs- lari hisobidan fermer xo‘jaliklari tashkil etish hamda dehqonlaming mol-mulklari negizida dehqon xo‘jaliklarini tarkib toptirish yo‘li bilan amalga oshirildi. Fermer va dehqon xo‘jaliklarini tashkil qil- ish, rivojlantirish va ular faoliyatini tartibga solish O‘zbekiston Res- publikasining «Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida»gi, «Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida»gi, «Qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkat xo‘jaligi) to‘g‘risida»gi qonunlarga hamda qishloq xo‘jaligida islohotlami chuqurlashtirishga qaratilgan boshqa huquqiy bitimlarga va hukumat qarorlariga asoslanadi. Fermyerlaming o‘zini o‘zi boshqarishi jara- yonlarini kuchaytirish va shu asosda qishloq xo‘jaligi samaradorligini sifat jihatdan yangi darajaga olib chiqish maqsadida 2012-yil 22-okty- abrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekistonda fer- merlik faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish va uni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-4478-sonli Farmoni qabul qilindi. Undan so‘ng 2015-yil 15-dekabrda “Fermer xo‘jaliklarini yuritish uchun berilgan yer uchastkalari maydonla- rini maqbullashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 362-sonli qarori qabul qilindi. Qabul qilingan qonuniy hujjatlarda fermyerlarga ajratilgan yerlami meros qilib qoldirish sharti bilan uzoq muddatli ijaraga olish huquqi mustahkamlab qo‘yildi. Shu bilan, birga bu xo‘jalik uchun yerlar- ning unumdorligini saqlash va oshirishda davlat tomonidan kafolatlar yaratish yo‘li bilan ulami himoyalash tizimi vujudga keltirildi. Shun- day qilib fermer xo‘jaliklarini rivojlantirishni rag‘batlantirish uchun ham huquqiy, ham tashkiliy shart-sharoitlar yaratildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 5-noyabrdagi “Hosildorligi past yerlarda davlat ehtiyoji uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirayo’lgan fermer xo‘ja!ikIarini qo‘Ilab-quv- vatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-725-sonli qarorida fermer xo‘jaliklarini barqaror rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yara- tish, ularga samarali va amaliy davlat madadini ko‘rsatish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetida hosildorligi past bo‘lgan yerlarda davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ye- tishtiradigan fermer xo‘jaliklarini moliyaviy qo‘llab-quwatlash uchun maqsadli mablag‘lar ajratish, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirli- giga har yili Davlat byudj eti loyihasini shakllantirishda mazkur maqsad- larga yer solig‘i bo‘yicha tushumlar hisobidan mablag‘lar ajratish vazi- fasi belgilab berilgan edi. Hosildorligi past yerlarda davlat ehtiyojlari uchun paxta xomashyosi yetishtirish bilan shug‘ullanayo’lgan fermer xo‘jaliklarini moliyaviy qo‘llab-quwatlashga davlat byudjetidan ajra- tilayotgan mablag‘lar qiymati 2008-yilda 60 milliard so‘mdan 2013-yil- da esa 200 milliard so‘mgacha yoki 333,3 foizga oshdi. 2008-2013-yil- larda bu maqsadlar uchun ajratilgan jami mablag‘lar qiymati 810 mlrd. so‘mni tashkil etdi va bu fermer xo‘jaliklarining moliyaviy ahvolini yaxshilashga muhim hissa qo‘shdi (13.1-rasm). 6.2.2-rasm. Hosildorligipastyerlarda davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo ‘jaiigi mahsulotlari yetishtiradigan fermer xojaliklariga davlat byud- jetidan qjratilayotgan subsidiyalar qiymati, mlrd. so‘mda91 «Shu bilan birga, - deb ta’kidlaydilar Birinchi Prezidentimiz, - 250 200 150 100 50 0 o'tgan davr mobaynida orttirgan tajribamiz fermerlikni yanada rivoj- lantirish uchun bir qator juda muhim muammolami, xususan, fermer xo'jaliklarining barqarorligi, eng muhimi, ulaming samaradorligini oshirish bilan bog'liq masalalami hal qilishni qat'iy talab etmoqda. Faoliyat yuritayo’lgan aksariyat fermer xo'jaliklarining ish tajribasi shundan dalolat beradiki, fermer xo'jaliklarini shakllantirishning dastlabki bosqichida ularga ajratib berilgan yer maydonlarining kam- ligi mahsulot ishlab chiqarish rentabelligining o'sishiga ko‘p jihatdan to‘sqinlik qilmoqda. Imkoniyati, kuch-quwati kam boigan fermer xo‘jaliklari o‘zini zamr texnika, aylanma mablag‘ bilan ta'minlash, kredit olish qobiliyatiga ega boiish, eng asosiysi, o‘z xarajatlarini qoplash va foyda ko‘rib ishlash, daromadni oshirishning ishonchli asosiga aylanolmasligini bugun hayotning o‘zi ko‘rsatmoqda»7. O‘zbekistonda Fermer xo'jaliklari uyushmasi o‘miga Fermyerlar kengashi tashkil etilmoqda 2012-yil 22-oktyabr kuni O‘zbekistonRes- publikasi Prezidentining “O‘zbekistonda fermerlik faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish va uni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni imzoladi. Bu hujjat mamlakat agrar sektorini barqaror va samarali rivojlantirishning, aholi farovonligini oshirish- ning eng muhim bo‘g‘ini sifatida fermer xo‘jaliklarining roli va aha- miyatini oshirish maqsadida qabul qilindi. Unga ko‘ra quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Res- publikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklarining g‘oyat muhim vazifalari qilib: qishloqda ijara munosabatlarini rivoj- lantirish va mustahkamlashga qaratilgan qonunchilik va me'yoriy- huquqiy bazani yanada takomillashtirish, qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini tashkil qilishning yetakchi bo‘g‘ini va shakli sifatida fer- mer xo‘jaliklarining huquqlari, manfaatlari himoya qilinishi va sama- rali faoliyat yuritishini ta’niinlash; fermerlikni taghkiliy jihatdan mus- tahkamlash, fermer xo‘jaliklarining o‘zini o‘zi boshqarish ta’sirchan mexanizmlarini yaratish, ulaming davlat va xo‘jalik boshqamvi or- ganlari, tayyorlov, ta’minot va xizmat ko‘rsatish tashkilotlari bilan o‘zaro munosabatlarini takomillashtirish; fermer xo‘jaliklarining iqti- sodiy mustaqilligi va moliyaviy barqarorligini oshirish, fermyerlam- ing yer-suv resurslaridan oqilona foydalanish, zamonaviy texnologi- yalami joriy etish va qishloq xo‘jalik xomashyosini kompleks qayta ishlash, shuningdek, qishloqda yangi ishlab chiqarishlar va xizmat ko‘rsatish sohalarini tashkil qilish hamda rivojlantirish hisobiga mexa- nizatsiyalash darajasi va rentabellikni oshirishdan manfaatdorligini rag‘batlantirish kabi yo'nalishlar belgilandi. Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quwatlashning asosiy yo‘nalishlari sifatida quyidagilar belgilandi: Birinchi yo‘nalish - bevosita fermer xo‘jaliklarini mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha asosiy xarajatlarini moliyalashtirish Ikkinchi yo‘nalish - qishloq xo‘jaligi korxonalariga soliq imtiyoz- larining berilishi Uchinchi yo‘nalish - ball-boniteti past yerlarda paxta yetishtiradi- gan fermer xo‘jaliklariga moliyaviy yordam berish To'rtinchi yo‘nalish - respublikamizda irrigatsiya-melioratsiya tizimini Davlat tomonidan qoTlab-quwatlash Respublikada agrar islohotlami amalga oshirishning barcha bos- qichlarida xo‘jalik yuritish mexanizmini takomillashtirishga ham katta ahamiyat berildi. Bunga dastlab, umumdavlat ehtiyojlari uchun yetkazib berilayotgan mahsulotlarga oqilona xarid narxlarini bel- gilash, keyinchalik mahsulotlaming ko‘pchilik turlariga davlat bu- yurtmasini asta-sekin bekor qilish (1995-yildan faqat paxta va donga davlat buyurtmasi saqlanib qoldi) hamda qishloq xo‘jalik korxonala- rini qoTlab-quwatlash (soliqlardan ozod qilish, kreditlami qaytarish muddatini cho‘zish vaboshqalar) orqali erishildi. Hozirgi davrda agrar islohotni tubdan hal etishni taqozo qilayotgan g‘oyat muhim yo‘nalish - qishloq xo‘jaligida band bo’lgan ortiqcha ishchi kuchini bo‘shatib olish va ulami iqtisodiyotning boshqa tarmoq- lariga (sanoat, xizmat ko‘rsatish va boshqa sohalariga) jalb etishdan iboratdir. Bunda qishloq joylarda faoliyat shaklini tez o‘zgartira oluv- chi, zamonaviy texnologiyaga ega bo’lgan, qishloq xo‘jalik xomashyo- sini qayta ishlaydigan, kasanachilik va xalq hunarmandchiligiga asos- langan kichik korxonalami ochish ustuvor vazifa hisoblanadi. Qishloq joylarida ishlab chiqarish va ijtimoiy inffa’luzilmani jadal rivojlantirish - agrar sohadagi islohotlaming hozirgi kundagi ustuvor yo‘nalishlardan biri bo‘lib hisoblanadi. Qishloqda turmush darajasini yuksaltirishga, qishloqlarimiz qiyofasini o‘zgartirishga qaratilgan uzoq muddatli va bir-biri bilan chambarchas bog‘liq keng ko‘lamli chora-tadbirlami amalga oshirish, ijtimoiy soha va ishlab chiqarish infra’luzilmasini rivojlantirishni jadallashtirish, mulkdoming, tadbir- korlik va kichik biznesning maqomi, o‘mi va ahamiyatini tubdan qay- ta ko‘rib chiqish, fermer xo‘jaliklari rivojini har tomonlama qo‘llab- quwatlash masalalari dolzarb bo‘lib bormoqda. Ana shu dolzarb masalalami hal qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasini 2017-2021-yillarda rivojlantirish- ning strategik yo‘nalishlarida “Qishloq xo‘jaligini moder- nizatsiya qilish va jadal rivojlantirish” dasturi belgilandi.8 Unda: tarkibiy o‘zgartirishlami chuqurlashtirish va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini izchil rivojlantirish, mamlakat oziq-ovqat xavf- sizligini yanada mustahkamlash, ekologik toza mahsulotlar ish- lab chiqarishni kengaytirish, agrar sektoming eksport salohiyatini sezilarli darajada oshirish; paxta va boshoqli don ekiladigan maydonlami qisqartirish, bo‘shagan yerlarga kartoshka, sabzavot, ozuqa va yog‘ olinadigan ekinlami ekish, shuningdek, yangi intensiv bog‘ va uzumzorlami joylashtirish hisobiga ekin maydonlarini yanada optimallashtirish; fermer xo‘jaIiklari, eng awalo, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan bir qatorda, qayta ishlash, tayyorlash, saqlash, so’lish, qurilish ishlari va xizmatlar ko‘rsatish bilan shug‘ullanayo’lgan ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini rag‘batlantirish va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish; qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, yarim tayyor va tayyor oziq-ovqat hamda qadoqlash mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha eng zamonaviy yuqori texnologik asbob-uskunalar bilan jihozlangan yangi qayta ishlash korxonalarini qurish, mavjud- larini rekonstruksiya va modemizatsiya qilish bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish; qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash, tashish va so’lish, agro- kimyo, moliyaviy va boshqa zamonaviy bozor xizmatlari ko‘rsatish infra’luzilmasini yanada kengaytirish; sug‘oriladigan yerlaming meliorativ holatini yanada yaxshilash, melioratsiya va irrigatsiya obyektlari tarmoqlarini rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish sohasiga intensiv usullami, eng av- valo, suv va resurslami tejaydigan zamonaviy agrotexnologiyalami joriy etish, unumdorligi yuqori bo‘lgan qishloq xo‘jaligi texnikasidan foydalanish; kasallik va zararkunandalarga chidamli, mahalliy yer-iqlim va ekologik sharoitlarga moslashgan qishloq xo‘jaligi ekinlarining yangi seleksiya navlarini hamda yuqori mahsuldorlikka ega hayvonot zotla- rini yaratish va ishlab chiqarishga joriy etish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini kengaytirish; global iqlim o‘zgarishlari va Orol dengizi qurishining qishloq xo‘jaligi rivojlanishi hamda aholining hayot faoliyatiga salbiy ta'sirini yumshatish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlar ko‘rish. Ushbu harakatlar strategiyasiga ko‘ra, yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish maqsadida qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarini maqbullashtirish lozim bo‘ladi, bunda: paxta ekin maydonlarini 49 ming gektarga va g‘alla maydonlarini 10 ming gektarga qisqartirish; qisqartirilgan ekin maydonlariga boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish, jumladan, kartoshka - 8,1 ming gektar, sabzavot - 27,2 ming gektar, intensiv bog‘ - 5,9 ming gektar, tokzor - 2,9 ming gektar, ozuqa ekinlari - 10,9 ming gektar va moyli ekinlar - 4 ming gektar.9 Bundan tashqari, O‘zbekistonda yangi «O‘zagroeksportbank» aksiyadorlik tijorat banki tashkil etiladi. Bank eksport qiluvchi tash- kilotlami moliyaviy qo‘llab-quwatlash, meva-sabzavot mahsulotla- rining eksport imkoniyatlarini samarali va barqaror rivojlantirishni ta'minlash, agrosanoat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar va aholi uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida tashkil etihnoqda. Yuqorida ta’kidlangan agrar islohotlami amalga oshirish va uni yanada chuqurlashtirishning barcha yo‘nalishlari respublikaning xu- susiyatlari va bozor iqtisodiyo’li talablaridan kelib chiqadi. Xulosalar Qishloq xo‘jaligida takror ishlab chiqarishning muhim xu- susiyatlaridan biri shundaki, bu yerda ishlab chiqarish jarayoni bevo- sita tirik mavjudotlar - yer, o‘simlik, chorva mollari bilan bog‘liq bo‘ladi va tabiiy qonunlar iqtisodiy qonunlar bilan bog‘lanib ketadi. Bunda yer mehnat quroli va mehnat predmeti sifatida qatnashadi. yerning boshqa ishlab chiqarish vositalaridan farqi shundaki, undan foydalanish jarayonida u yeyilmaydi, eskirmaydi. Aksincha, agar un- dan to‘g‘ri foydalanilsa, uning unumdorligi oshib boradi. Qishloq xo‘jalik korxonalarida ham asosiy kapital turli xil traktorlar, mashinalar, transport vositalari, bino, inshootlar, ko‘p yil- lik daraxtlar, mahsuldor chorva hamda ish hayvonlari, shuningdek, xizmat muddati bir yildan ortiq boigan turli xil asbob-uskunalardan tashkil topadi. Qishloq xo ‘jaligida muhim ishlab chiqarish vositasi hisoblan- gan yer pul bilan baholanmasligi, ya’ni qiymati oichanmasligi tufayli, kapital qiymati tarkibida hisobga olinmaydi. Qishloq xo‘j aligida mavjud boigan asosiy kapitalning ayrim turlari masalan, ko‘p yillik daraxtlar, mahsuldor chorva, ish hayvonlari, sug‘orish inshootlari va boshqalar sanoat tarmoqlarida boimaydi. Bundan tashqari, ishlab chiqarish vosi- talari hisoblangan binolar, sug‘orish inshootlari va boshqalar ishlab chiqarish natijasini oshirishga faol ta’sir o‘tkazadi, sanoat tarmog‘ida esa ular birmuncha sustroq va bilvosita ta’sir o‘tkazadi. Agrar munosabatlaming asosini renta munosabatlari tashkil qiladi. Renta munosabatlari yer egasi va uni ijaraga olib foydalanuv- chi (tadbirkor) o‘rtasida mazkur yerdan olinadigan foydani taqsim- lash borasida sodir bo‘ladigan munosabatlardan iborat bo‘ladi. yer rentasi yer egaligini iqtisodiy jihatdan amalga oshirish (realizatsiya qilishjning shaklidir. Hozirgi vaqtda mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi korxo- nalarining muhim va asosiy shakli fermer xo‘jaliklari bo‘lib, ulami rivojlantirishga e'tibor kuchaytirilmoqda. Hozirgi paytda turli mamlakatlarda vujudga kelish sabablari va shart-sharoitlariga qarab renta quyidagi turlarga ajratiladi: abso- lyut yer rentasi, differensial (tabaqalashgan) renta I va differensial renta II, monopol renta, qazilma boyliklar, qurilishlar joylashgan yer- lardan olinadigan renta. Agrosanoat majmuasi (ASM) - bu qishloq xo‘jalik mahsu- lotlari yetishtirish, uni saqlash, qayta ishlash va iste’molchilarga yet- kazib berish bilan shug‘ullanuvchi iqtisodiyot tarmoqlari birikmasidir va agrosanoat integratsiyasining bir ko‘rinishidir. ASM to‘rtta sohani o‘z ichiga oladi. Birinchi soha - qishloq xo‘jaligiga ishlab chiqarish vositalari yetkazib beradigan sanoat tarmoqlari, shuningdek, qishloq xo‘jaligiga ishlab chiqarish texnika xizmati ko‘rsatish bilan band bo‘lgan tarmoqlar; ikkinchi soha - qishloq xo‘jaligining o‘zi; uchin- chi soha - qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini iste’molchiga yetkazib berishni ta’minlaydigan tarmoqlar (tayyorlash, qayta ishlash, saqlash, tashish, so’lish); to‘rtinchi soha - qishloq aholisi hayo’li va faoliyati- ning umumiy sharoitlarini ta’minlaydigan infra’luzilma (yo‘l-transport xo‘jaligi, aloqa, moddiy-texnika xizmati, maishiy xizmat ko‘rsatish, mahsulotni saqlash tizimi, ombor va tara xo‘jaligi). Tadbirkorlik faoliyatining qishloq xo‘jalik sohalaridagi shakli agrobiznes ko‘rinishida namoyon bo’ladi. Agrobiznes tushim- chasiga qishloq xo‘jaligi bilan bog’liq bo’lgan biznes turlari kiriti- ladi. Bu qishloq xo‘jaligiga texnika yetkazib berish, ta’mirlash xiz- matlari ko‘rsatish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va iste’molchilarga yetkazib berish bilan bog’liq bo’lgan tadbirkorlik faoliyatidir. Agrobiznes faoliyatining maqsadi iste'mol bozorini yetarli miqdorda sifatli qishloq xo‘jalikmahsulotlari, sanoatni esaxomashyo bilan uzluksiz ta’minlash orqali foyda ko‘rishdan iborat. Asosiy tayanch tushunchalar Agrar munosabatlar - yerga egalik qilish, tasarruf etish, undan foydalanish va ishlab chiqarish natijalarini o‘zlashtirish jarayonida vujudga keladigan munosabatlardir. Renta munosabatlari - yerdan foydalanish natijasida vujudga keladigan sof daromadni taqsimlash va o‘zlashtirish jarayonida vu- judga keladigan munosabatlar. Differensial renta - yer uchastkalarining unumdorligidagi va joylashgan joyidagi farqlar natijasida vujudga keladigan qo‘shimcha sof daromad. Differensial renta I - yerlaming tabiiy unumdorligi farqlar nati- jasida vujudga keladigan qo‘shimcha sof daromad. Differensial renta II - yerlaming iqtisodiy unumdorligini oshirish natijasida vujudga keladigan qo‘shimcha sof daromad. Absolyut renta - qishloq xo‘jaligida yerga bo‘lgan mulkchilik monopoliyasi natijasida vujudga kelib, barcha turdagi - yaxshi, o‘rtacha va yomon yerlardan olinadigan renta. Monopol renta - alohida tabiiy sharoitga ega bo‘lgan, noyob qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtiriladigan yerlardan olinadigan renta. Undirma sanoatda renta - foydali qazilma konlarining yuza yoki chuqur joylashishi va ulaming boyligi jihatdan farqlar natijasida vu- judga keladi. Agrosanoat majmuasi - qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishti- rish, uni saqlash, qayta ishlash va iste’molchilarga yetkazib berish bilan bog‘liq xo'jalik tarmoqlarining birligi. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish infra’luzilmasi - bevosita qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishiga xizmat ko‘rsa’luvchi sohalar. Ijtimoiy infra’luzilma - odamlar yashash va turmush faoliyatin- ing umumiy sharoitlarini ta’minlaydigan sohalar. Agrosanoat integratsiyasi - qishloq xo‘jaligi bilan unga xizmat qiluvchi va mahsulotni iste'molchiga yetkazib bemvchi tutash tarmoq- lar o‘rtasida ishlab chiqarish aloqalarining rivojlanishi hamda ular- ning uzviy birikish jarayoni. Agrobiznes - tadbirkorlik faoliyatining qishloq xo‘jaligi va u bi- lan bog‘liq sohalardagi namoyon bo‘lish shakli. Takrorlash uchun savol va topshiriqlar Agrar munosabatlaming mazmunini, iqtisodiy munosabatlarda tutgan o‘mini va xususiyatlarini ko‘rsatib bering. «Yerga egalik» va «yerdan foydalanish» tushunchalarini izoh- lang. Yer rentasi nazariyalarining umumiy tomonlari va tub farqlarini ko‘rsatib bering. Yer rentasining asl mazmunini tushuntiring. Differensial (I va II) va absolyut rentaning hosil bo‘lish shart- sharoitlari, manbalari va taqsimlanishini tushuntirib bering. Monopol renta nima? Qazib oluvchi va undirma sanoatda renta qanday hosil bo‘ladi? «Ijara haqi» va «yer rentasi» ning farqlarini izohlang. Agrobiznesning iqtisodiy mohiyatini tushuntiring va uning asosiy turlariga tavsif bering. Agrosanoat majmuasi va agrosanoat integratsiyasi tushuncha- larining iqtisodiy mazmuniga o‘z fikringizni bildiring. 1yakunlari va 2017-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dastuming eng muhim ustuvor yo'nalishlariga bag'ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasi. Xalq so‘zi 2017-yil 16-yanvar. 2Manba: 0‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlari 3Manba: 0‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlari 40‘zbekistonRespublikasi «Yerkodeksi». T., «0‘zbekistom>, 1999 y., 20-modda. 5 OcHOBtl 3KOHOMHHCCKOH TeopHH. riOJIHT3KOHOMHH: YqeGHHK /TlOfl pefl. a-pa 3KOH. HayK, npoij). /t./t.MocKBHHa. H34. 3-e, HcnpaBn. - M.: EflHTopnaji YPCC, 2003, c.216~217. 6Manba: 0‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlari 382 7Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, 0‘zbekiston sharoitida imi bartaraf etishning yo'llari va choralari. - T.: 0‘zbekiston, 2009, 22-23-b. 80‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “0‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategi- yasi to‘g‘risida”gi, PF-4947-sonli Farmoni. 1-ilova, 3.3-bandi. 90‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “0‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategi- yasi to‘g‘risida”gi, PF-4947-sonli Farmoni. 8-ilova, 161 qator. Download 87.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling