13-mavzu. Axloqiy madaniyat va qadriyatlar reja


Download 32.91 Kb.
bet2/3
Sana31.01.2024
Hajmi32.91 Kb.
#1829191
1   2   3
Bog'liq
13-mavzu. Axloqiy madaniyat va qadriyatlar reja

Axloq va san’at
Axloq bilan san’atning o‘zaro aloqalari haqida gap ketganda, avvalo, san’at mohiyatan shaxsning xis-tuyg‘ulariga ta’sir ko‘rsatishga qodir bo‘lgan muhim jarayon ekanligini hisobga olish darkor. San’at insonning xissiyotlari va tuyg‘ular olamiga kirib boradi. SHuning uchun bo‘lsa kerak, san’at barcha davrlarda insonga hamroh bo‘lib kelgan.San’at keng ma’noli tushunchadir. Zero, san’at inson mehnati, aql-idroki, shuuri bilan yaratilgan, vujudga kelgan, ijod qilingan narsalardir. San’at inson faoliyatining ijodkorlik turini anglatib, har bir san’at asarida shaxsning o‘ziga xos iste’dodi namoyon bo‘ladi. Va nihoyat, san’at insonning mahorati bilan chambarchas bog‘liqdir. San’at, keng ma’noda, badiiy qadriyatlar, ularni yaratish (badiiy ijod qilish) va iste’mol (badiiy idrok etish) jarayonlarini ham qamrab oladi. Nafosatshunos E.Umarovning ta’kidiga ko‘ra, “San’at va axloq o‘zaro munosabatlari estetikada o‘zak masalalardan biri bo‘lib, bu masalaga uch uslubda yondoshiladi. Birinchisi- «axloqiylik» uslubi deyiladi. Bu uslub Ovrupo nafosatshunosligidagi yunonlar, jumladan Aflotun, yangi davrda esa Russo va L.N.Tolstoy ijodida kengroq va chuqurroq ishlab chiqilgan. “Axloqiylik”ning mohiyati shundaki, uning targ‘ibotchilari tarixan turli davrlarda yashaganiga qaramay, badiiy ijodni axloq-odobga bo‘ysundirish, ezgulikni san’atning birdan-bir va eng oliy maqsadi sifatida targ‘ib etishdir.”1
San’at va axloqning bosh mavzui inson hisoblanadi. San’at insonning maqsad-manfaatlari, fikr-mulohazalari, his-tuyg‘ulari, ichki kechinmalari nuqtai nazaridan aks ettirsa, axloq inson ijtimoiy aloqalari va munosabatlarining mag‘ziga singib ketadi. Hayotda axloq-odobga aloqador bo‘lmagan biror voqea-hodisa sodir bo‘lmaydi. Insonlarning o‘zaro munosabatlari va muomalalari axloqning bevosita ob’ekti bo‘lib xizmat qiladi.
Ayni paytda san’at axloqshunoslik targ‘ibotchisi, axloqiy tarbiyaning eng qulay vositasi sifatida ham namoyon bo‘ladi. Bejiz prezidentimiz I.A.Karimov o‘z asarlarida san’at va madaniyatga quyidagi bahoni bermadilar: “ San’at va madaniyatdek qudratli kuch orqali inson qalbiga yo‘l topish haqida so‘z yuritar ekanmiz, hammamiz yaxshi tushunamizki, har qaysi iste’dod egasi o‘ziga xos bir olam, shu sababli ijod ahliga qandaydir aql o‘rgatish, eng asosiysi, ularni boshqarishga urinish mumkin emas. Lekin bu hayotda ularni birlashtiradigan, yangi ijodiy marralar sari ilxomlantiradigan muqaddas tushunchalar borki, ular Vatan va xalq manfaati, ezgulik va insoniylik tamoyillari bilan uzviy bog‘liqdir. Agarki har qaysi ijodkor o‘z asarida ana shu o‘lmas g‘oyalarni bosh maqsad qilib qo‘ysa, ularni badiiy mahorat bilan ifoda eta olsa, hech shubhasiz, adabiyot ham, madaniyat va san’at ham tom ma’noda ma’naviy yuksalishga hizmat qilib, o‘zining ijtimoiy vazifasini to‘liq ado etishga erishgan bo‘ladi.”2

Download 32.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling