13 mavzu Bernulli formulasi Nazariy ma’lumotlar
Mustaqil yechish uchun mashqlar
Download 298.53 Kb. Pdf ko'rish
|
13 - mavzu - Bernulli formulasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bilimlarni mustahkamlash uchun savollar
Mustaqil yechish uchun mashqlar
94. Turli joydan nishonga 4 ta o‘q otildi. Birinchi o‘q bilan nishonga tegish ehtimoli 0,1, ikkinchisi bilan – 0,2, uchinchisi bilan – 0,3 va to‘rtinchisi bilan – 0,4 ga teng. Barcha otilgan o‘qlar nishonga tegmaslik ehtimolini aniqlang [0,3024] 95. Harbiy uchuvchi bo‘ladigan kishi 4 ta sinovdan o‘tishi lozim. Uning tomonidan birinchi sinovdan o‘tish ehtimoli 0,9 ga, ikkinchisiidan o‘tish - 0,95 ga, uchinchisidan o‘tishi – 0,8 ga, to‘rtinchisidan o‘tishi – 0,85 ga teng. Bu nomzodning: a) barcha sinovlardan o‘tishi ehtimolini [0,5814]; b) faqat 2 ta sinovdan o‘tish ehtimolini; [0,06965]; c) 2 tadan kam bo‘lmagan sinovdan o‘tish ehtimolini [0,9942] toping. 96. Quyidagi hodisalar turini ayting: a) mening do‘stimni tug‘ilgan sanasi 32 dan kam bo‘lgan son; b) matematika darsida o‘quvchilar jismoniy mashqlar bajardilar; c) futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi 2022 yilda jahon chempioni bo‘ladi. 97. Bilyard stolida №1 dan №15 gacha sharlar va yana krest shar qo‘yilgan. Ixtiyoriy shar bilan ixtiyoriysini urish mumkin. Tasodifiy tanlashda: a) №7 shar bilan qandaydir boshqa sharga urish; [1/16]; b) «krest» shar bilan №7 sharga urish ehtimolini toping [1/240]. Bilimlarni mustahkamlash uchun savollar 1. Qanday hodisa ishonchli hodisa deb ataladi ? 2. Qanday hodisa tasodifiy hodisa deb ataladi? 3. Klassik ehtimol tushunchasini ayting. 4. Statistik ehtimol tushunchasini ayting. 5. Bernulli formulasini yozing. 6. Geometrik ehtimol tushunchasini ta’riflang. 7. Piramidada 5 ta miltiq bo‘lib, uning 3 tasi optik nishongga ega. Optik nishonli miltiq bilan merganning nishonga tekkizish ehtimoli 0,95 ga, nishonsiz bilan esa 0,7 ga teng. Agar mergan tasodifan tanlangan miltiqdan o‘q otgan bo‘lsa, nishonga tekkizish ehtimoli nimaga teng [0,85]. 8. Nazorat ishi 5 ta savoldan iborat bo‘lib, ularning har biriga 4 ta variant javob berilgan. Ularning bittasi to‘g‘ri, qolganlari noto‘g‘ri. Hech bir savolni bilmaydigan o‘quvchi: a) 3 ta to‘g‘ri javob; b) 3 ta dan kam bo‘lmagan to‘g‘ri javobni bermaslik ehtimolini toping. 9. Texnik nazorat bo‘limi ma’lumotlariga ko‘ra 2% tayyorlangan avtomat stanoklar qo‘shimcha tuzatishni talab etadi. 6 ta tayyorlangan stnokdan 4 tasi tuzatishni talab etish ehtimolini toping 0,000002305. 10. Mijozga 41 o‘lchamdagi oyoq kiyim talab etilishi ehtimoli 0,2 ga teng. 5 ta birinchi mijozdan bu o‘lchamdagi oyoq kiyim: a) bittasiga; b) hech bo‘lmaganda bittasiga zarur bo‘lmaslik ehtimolini toping. Download 298.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling