13-mavzu. Byudjet tizimi byudjetlari g‘aznachilik ijrosining nazariy jihatlari


Byudjet tizimi byudjetlarining nazariy jihatlari


Download 120.75 Kb.
bet2/7
Sana25.01.2023
Hajmi120.75 Kb.
#1122817
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
13 мавзу

Byudjet tizimi byudjetlarining nazariy jihatlari

Davlat byudjeti, uning daromad va xarajatlari jamiyatning iqtisodiy kategoriyalari bilan chambarchas bog‘liq. Chunki davlat byudjeti jamiyatda yaratilgan ijtimoiy mahsulot qiymatining taqsimlanish jarayonida o‘zining moddiy shakliga ega bo‘ladi. Shuningdek, professor V.Rodionovaning ta’biri bilan aytganda “Byudjet munosabatlari – bu jamiyat iqtisodiy tuzilishining ajralmas qismidir; uni amal qilishi davlat tomonidan unga tegishli funktsiyalarni bajarishi uchun zaruriy moddiy-moliyaviy bazani shakllantirish bilan ob’ektiv ravishda aniqlanadi”1.
Sodda shaklda byudjet bu hujjat yoki hujjatlar yig`indisi, ya’ni tashkilotning (oila, korporatsiya, hukumat) moliyaviy holati va kelgusi rejalari, ya’ni daromadlar, xarajatlar va maqsad hamda natijalar to`g`risidagi ma’lumotlarni o`z ichiga oluvchi rejalar sifatida qaraladi. Tarixan, byudjet so`zi charm karmon, hamyon, sumka va hamyonchadir. Asosan, inglizchada bu termin hukumat ehtiyojlari va resurslarini Parlament bayonotiga Moliya Vaziri ko`tarib boradigan charm sumka sifatida tasvirlangan2.
Byudjet davlat moliyasining markaziy bo’g’ini bo’lishi bilan bir qatorda moliya tizimining ham asosini tashkil etadi. Byudjetining iqtisodiy tuzilishi va mazmuni bevosita davlatning funktsiya va majburiyatlaridan kelib chiqadi. Chunki davlat jamiyatni boshqarish uchun o’z oldiga bir nechta vazifalarni qo’yadiki, u vazifalarni moliyaviy mablag’lar bilan ta’minlashda byudjet mablag’lari xizmat kiladi.
Byudjet munosabatlari davlat bilan xo‘jalik sub’ektlari hamda aholi o‘rtasidagi qiymat taqsimlanish jarayonida paydo bo‘luvchi moliyaviy munosabatlardir. Bunday moliyaviy munosabatlarning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, birinchidan, yuqorida ta’kidlaganimizdek, ijtimoiy ishlab chiqarishning taqsimlash bosqichida vujudga keladi, ikkinchidan, markazlashtirilgan moliyaviy resurslarni shakllantirish va undan davlat manfaatlari yuzasidan foydalanishga yo‘naltiriladi. Davlat manfaatlari esa - bu ijtimoiy manfaatlar hisoblanadi. Byudjet davlatning asosiy markazlashtirilgan moliyaviy resurslar fondi sifatida o‘ziga xos ijtimoiy ahamiyat kasb etadi.

Davlat byudjeti – bu tegishli darajadagi (markaziy yoki mahalliy) davlat boshqaruv organi tomonidan ishlab chiqiladigan va tasdiqlanadigan moliyaviy reja bo‘lib, unda davlatning o‘z funktsiyalaridan kelib chiqib amalga oshiradigan asosiy xarajatlari hamda ularni moliyalashtirish uchun zarur daromadlar o‘z aksini topadi.

Turli darajadagi byudjetlar va byudjet mablag‘lari oluvchilar yig‘indisini, byudjetlarni tashkil etishni va tuzish printsiplarini ifodalaydigan, byudjet jarayonida ular o‘rtasida, shuningdek byudjetlar hamda byudjet mablag‘lari oluvchilar o‘rtasida vujudga keladigan o‘zaro munosabatlar majmuiga byudjet tizimi deyiladi. Ko‘pchilik hollarda, soddaroq tarzda, byudjet tizimi deyilganda esa, mamlakatdagi mavjud byudjetlar majmui tushuniladi.
Byudjet yaxlit hukumatga xizmat qilishi bilan bir qatorda, moliyaviy resurslarni tarmoqlararo qayta taqsimlashda, xududlararo, mulk shakllariaro qayta taqsimlashda ham bevosita ishtirok etadi.
Byudjet tizimi mamlakat byudjet tuzilishining tarkibiy qismi bo‘lib, uning ma’lum bir qismini o‘zida ifoda etadi. Shu ma’noda, byudjet tizimi byudjetning o‘zaro bog‘liqlikda bo‘lgan bo‘g‘inlarining o‘zaro yig‘indisidan iboratdir. Mamlakatning byudjet tizimi jamiyatning siyosiy tuzilishiga, davlatning iqtisodiy tizimiga va uning ma’muriy-hududiy bo‘linishiga bevosita bog‘liq.
O‘zbekiston Respublikasining jamlangan (konsolidatsiyalashgan) byudjeti tarkibiga quyidagilar kiradi3:

  • Davlat byudjeti;

  • davlat maqsadli jamg‘armalarining byudjetlari;

  • O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari.

O‘zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan byudjeti O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan moliya yili yakunlari bo‘yicha tahliliy maqsadlar uchun hamda byudjet tizimi byudjetlarining (byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg‘armalari bundan mustasno) barcha tushumlari va xarajatlarini hamda O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘larini, ular o‘rtasidagi transfertlarni hisobga olmagan holda hisobga olib borish uchun tuziladi.
O‘zbekiston Respublikasi jamlangan byudjet tizimini quyidagi 1-rasmda ko‘rishimiz mumkin.
Demak, Davlat byudjeti quyidagi darajadagi byudjetlardan iborat:

  • O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjeti;

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti tuzilmasiga Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika byudjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi tumanlari va shaharlarining byudjetlari kiradi. Viloyatlar mahalliy byudjetlari tuzilmasiga viloyat byudjeti, tegishli viloyatlar tumanlari va shaharlarining byudjetlari kiradi. Toshkent shahar mahalliy byudjeti tuzilmasiga shahar byudjeti va shahar tarkibiga kiruvchi tumanlarning byudjetlari kiradi.
Mahalliy byudjetlar- davlat byudjetining tegishli viloyat, tuman, shahar pul mablag‘lari jamg‘armasi bo‘lib, ikki pog‘onali byudjet tizimining muhim bo‘g‘ini hisoblanadi. Mahalliy byudjetlarning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati uning funktsiyalarida namoyon bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi jamlangan byudjet tizimini quyidagi 1-rasmda ko‘rishimiz mumkin.
1-rasm. O‘zbekiston Respublikasining jamlangan (konsolidatsiyalashgan) byudjet tizimi4
Byudjet tushunchasi O’rta asrlarda qirollik yerlaridan mablag’lar yig’ib olinishi bilan rivojlanishni boshladi. Ikki yoqlama yozuv kitobi ilk bora 1543-1588 yillarda ishlatila boshlangan. Britaniyaliklar pul ajratishning qonuniy tizimini 1688-yilda joriy etishgan. Hisobvaraq huquqi (“the Bill of Rights”)ga ko’ra 1689-yilda parlamentning ruxsatisiz soliqlar undirilishi mumkin bo’lmagan. Amerika mustamlakamalari tomonidan parlamentga vakil ko’rsatilmagan va ularga soliq solishni joriy qilish noqonuniy sanalgan. Bu Jonatan Mehyu tomonidan 1750-yilda kiritilgan “Vakilsiz soliq yo’q” degan shiorga asos solinishiga olib kelgan. Moliya bo’yicha qonuniy asos rivojlantirilgan va faqat bu Angliyada amalga oshirilgan. Qirol Jon boshqaruvi davrida xarajatlar o’rniga yillik foydani nazorat qilish boshlangan. 1787-yilda buxgalteriya va hisobot tizimi o’rnatildi. 1866-yildagi audit departamenti qonuni va 1866-yilda Jamiyatlar Uyi (the House of Commons)da mahalliy buxgalterlar qo’mitasi konstitutsiyasi muhim davriy rivojlanishga asos bo’ldi 5.

Download 120.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling