13-mavzu. Byudjet tizimi byudjetlari g‘aznachilik ijrosining nazariy jihatlari
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Download 120.75 Kb.
|
13 мавзу
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, uning byudjet tizimini boshqarishdagi vakolatlari.
Moliya vazirligi O’zbekiston Respublikasi davlat boshqaruvi organi hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi respublikaning markaziy moliya-iqtisodiy organi sifatida O’zbekiston Respublikasining moliyaviy narx siyosatini hayotga tatbiq etadi va uning butun hududida moliya, narx-navoni tashkil etish faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi. Moliya vazirligi O’zbekiston Respublikasining vazifalari va funktsiyalarini amalga oshirish uchun zarur moliyaviy negiz yaratishni, respublika byudjetini ishlab chiqish va ijro etishni, uning daromad qismi barqarorligini ta’minlashni, valyuta rejasini tuzish va ijro etishni, pul resurslaridan oqilona va tejab sarflashni ta’minlaydi. Moliya vazirligi respublika byudjeti ham daromadlar, ham xarajatlar bo’yicha ijro etilishi uchun, moliyaviy resurslarni umumrespublika ehtiyojlariga safarbar etish ishlarini tashkil etish uchun javob beradi. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qoraqalpog’iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari boshqarmalari va bo’limlari O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining yagona tizimini tashkil etadi. Moliya vazirligi o’z tizimiga kiruvchi korxonalar, muassasalar va tashkilotlar faoliyatini to’g’ridan-to’g’ri yoki o’zi tashkil etadigan organlar orqali muvofiqlashtiradi va yo’naltiradi. Moliya vazirligi tizimiga kiruvchi organlarni boshqarish jarayonida Vazirlik O’zbekiston Respublikasining moliyaviy va narx-navo siyosatini amalga oshirishning birligini ta’minlaydi. Shu maqsadlarda Moliya vazirligi: O’zbekiston Respublikasi moliya tizimi tarkibiga kiruvchi organlar faoliyatini kelishilgan yagona moliyaviy, soliq, valyuta va narx-navo siyosatini shakllantirish ishlarini olib borishga, oltin zahirasini ko’paytirish yo’li bilan O’zbekiston Respublikasining moliyaviy mustaqilligini ta’minlashga, respublika iqtisodiyotini sog’lomlashtirishga, bozor munosabatlarini shakllantirish sharoitida narx-navoni tartibga solishning iqtisodiy usullari rolini kuchaytirishga va aholini ijtimoiy himoya qilishga yo’naltiradi; xalq xo’jaligi va ijtimoiy-madaniy sohani mablag’ bilan ta’minlaydi, respublika mintaqalarining yaxlit ishlab chiqarish va ijtimoiy taraqqiyoti uchun moliyaviy negiz yaratadi; o’z vakolati doirasida respublika moliya tizimi tarkibiga kiruvchi organlar faoliyatini nazorat qilishni tashkil etadi va amalga oshiradi, ular faoliyati usullari va shakllarini takomillashtiradi, mazkur organlar xodimlarining kasb mahoratini oshirish ishlarini muvofiqlashtiradi; O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi vakolatiga kiruvchi masalalar bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar, yo’riqnomalar, preyskurantlar va boshqa hujjatlarni tasdiqlaydi va chiqaradi; respublika xalq xo’jaligini, O’zbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik va boshqa davlat muassasalarini, xalqaro birlashmalar va tashkilotlarga a’zolik badallari to’lashni valyuta bilan ta’minlaydi. Download 120.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling