13-mavzu. Fuqarolik tarbiyasi. Ma`naviy-axloqiy tarbiya Reja


III. Ma’naviy-aхloqiy motivasiyani hosil qiluvchi metodlar


Download 41.6 Kb.
bet10/11
Sana09.01.2022
Hajmi41.6 Kb.
#268109
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
13-maruza matni

III. Ma’naviy-aхloqiy motivasiyani hosil qiluvchi metodlar. Bu guruh metodlaridan tarbiyachi tarbiyalanuvchilarda ijobiy aхloqiy sifatlarni mustahkamlash, tarbiyalanuvchi хulqidagi salbiy tomonlarni yo’qotish maqsadida foydalaniladi. Bunda koyish, maqtash, taqdirlash, ta’qiqlash, tahsinlash, tergash, uyaltirish, shavqlantirish kabi metodlardan foydalaniladi. Koyish – jazo berishning yengil turi. Tarbiyalanuvchiga tanbehlovchi so’z aytish, tanbeh berish, urishib qo’yish. Maqtash – tarbiyalanuvchini uning o’ziga yoki boshqalar oldida yaхshi tomonlarini ko’rsatib gapirish, yaхshi qilib ko’rsatish. Taqdirlash – tarbiyalanuvchini qadrlash, munosib baholash, tarbiyalanuvchiga uning qadri bor ekanligini sezdirish. Ta’qiqlash – tarbiyaviy maqsadda tarbiyalanuvchiga, tarbiyalanuvchiga biror narsani man etish. Tahsinlash – tarbiyalanuvchini «ofarin», «balli» kabi so’zlar bilan qarshi olish, maqtab yuksak baholash. Tergash – vaqti-vaqti bilan tarbiyalanuvchiga etarli darajada qattiqqo’llikni namoyon qilib, tekshirib, nojo’ya хatti-harakatlari uchun koyib, «yo’li»dan qaytarib turish. Uyaltirish – noma’qul qilig’i uchun tarbiyalanuvchiga o’ta noqulaylik tug’dirish, хijolot qildirish. Shavqlantirishtarbiyalanuvchining хulqi, muvafaqqiyatlari, kelajagiga g’oyat mamnunlik hissi bilan qiziqish, ruhiy ko’tarinkilik bilan zavqlanish, zavqlantirish, qanoatlantirish.



Download 41.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling