ZnSO4 : CuSO4
5. Agar ikkita ikkinchi tur o‘tkazgichlar elektrolitik ko‘prik orqali ulansa, chegara ikkita chiziq bilan ifodalanadi
ZnSO4 || CuSO4
6. Bitta faza komponentlari vergul bilan ajratiladi
Pt/Fe3+ , Fe2+ ;
Pt, H2 / HCI
7. Elektron tenglamasini yozishda chapda oksidlangan, o‘ngda qaytarilgan shakl yoziladi
Daniel elementida 4 ta fazalar chegarasi bor:
1. Zn/ZnSO4 ; Cu/CuSO4 – I va II tur o‘tkazgichlar orasidagi potеnsial – elektrod potеnsial (φCu φZn);
2. Zn|Cu – ikkita I tur o‘tkazgichlar orasidagi potеnsial – kontakt potеnsial (φK = 0,0033 V) ga teng. Buni yo‘qotish uchun zanjir shunday yig‘iladiki, ularning uchi bir tabiatli metall bilan tugasin, ya’ni ikkita qutbda bir xil metall bo‘ladi:
Cu, Zn | ZnSO4 || CuSO4 | Cu yoki
Zn | ZnSO4 ||CuSO4 | Cu, Zn
Bunday yig‘ilgan galvanik zanjir to‘g‘ri ulangan hisoblanadi.
3. ZnSO4(eritma) : CuSO4(eritma) – 2 ta II tur o‘tkazgichlar orasida vujudga keladigan potеnsial – diffuzion potеnsial deyiladi. Diffuzion potеnsial φD anion va kation diffuziyasining tezligi turlicha bo‘lishi bilan vujudga keladi. Diffuzion potеnsial hosil bo‘lishi φD= 0,0028 V teng. φD muvozanat potеnsial emas, lekin ko‘pincha doimiy bo‘ladi. φD ni yo‘qotish uchun 2ta II tur o‘tkazgich orasiga tuz ko‘prigi o‘rnatiladi. Elektrolitning kation va anionining diffuzion koeffitsienti bir xil bo‘lishi kerak (masalan - KCI, NH4NO3)
Yuqoridagi qoidalarga muvofiq, galvanik zanjirning elektr yurituvchi kuchi – EYuK muvozanatdagi elektrokimyoviy sistemaning barcha fazalar chegarasidagi potеnsiallar farqi algebraik yig‘indisiga teng:
Kimyoviy elementlardan tashqari konsentratsion elementlar ham mavjud. Bu toifa elementlarda ikkala (qutb) elektrod tabiatan bir xil bo‘lib, faqatgina elektrod reaksiyasining bir yoki bir nechta ishtirokchisining aktivliklari bilan farq qiladi. Konsentratsion elementlar ion (elektrolit) tashuvchi va tashimasdan ishlaydigan zanjirlarga bo‘linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |