13-mavzu: Hol ergash gapli qoʻshma gaplar. Payt, oʻrin, sabab, maqsad ergash gapli qoʻshma gap. Reja


Oʻrin ergash gapli qoʻshma gaplar


Download 66.94 Kb.
bet3/9
Sana31.01.2024
Hajmi66.94 Kb.
#1829180
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
13-mavzu Hol ergash gapli qoʻshma gaplar. Payt, oʻrin, sabab, m-fayllar.org

Oʻrin ergash gapli qoʻshma gaplar
Oʻrin ergash gap bosh gapdagi harakatning yuzaga kelish, boshlanish yoki yoʻnalish oʻrnini koʻrsatadi. Masalan: Qayerda saodat qurib oshyon, xalqi hayotidan minnatdor esa, shu yerda qoʻshiq- dan jaranglab osmon, mehnatdir muhabbat, sharafdir boʻsa. (Gʻ. Gʻ.) Gʻulsum qayerda oʻynasa, Xolmurodning koʻzi ham oʻsha yerda edi. (P. T.) Zulxumor oyim qayerda boʻlsalar, soʻzga oʻrgatilgan mayna ham shu yerda. Oʻrin ergash gap bosh gapga shart mayli, buyruq mayli shakl- sidagi fe’l yoki ekan shakli orqali bogʻlanadi. Bunda oʻrin er- gash gap tarkibida qayerda, qaerga, qayerdan, qayga kabi nisbiy soʻzlar, bosh gap tarkibida esa u yerda, shu yerda, oʻsha yerda, shu yerga, shu yyerdan kabi nisbiy soʻzlar ishtirok etadi.
Oʻrin ergash gapning kesimi quyidagicha ifodalanadi:
1. Fe’lning shart mayli shakli bilan. Bunday ergash gaplar tarkibida chiqish, joʻnalish, oʻrin-payt kelishiklari shakli dagi soʻroq olmoshi yoki ot ishtirok etadi hamda shunga muvofiq bosh gapda oʻrin holi ishlatiladi: Qayyerda baxt bor boʻlsa, shu yerda kulgi boʻladi; qayerda kulgi boʻlsa, shu yerda qoʻshiq jaranglaydi. (M. Gʻ.)
Misollardan koʻrinadiki, ergash gapdagi nisbiy soʻzlar qaysi jelishikda boʻlsa, koʻpincha bosh gapdagi nisbiy soʻzlar ham oʻsha kelishikda qoʻllanadi. Ba’zan kelishik shakllari bosh va ergash tapda bir xil boʻlmasligi ham mumkin. Masalan: Qaerga ilm- ma’rifat nuri kam tushsa, oʻsha yerda jaholatparastlik, ma’naviy tushkunlik va xurofot kuchayadi. Bizning jangchila- rimiz qayerda toʻplangan boʻlsa, shu yerga xalq guldastalar bilan kela beradi.
Oʻrin ergash gap bosh gapdagi koʻrsatish olmoshi bilan ifoda- langan oʻrin holining ma’nosini izohlab keladi: Sening yuraging guli qayerda ochilur boʻlsa, bulbuli shunda sayrar.
Bunday shakllangan ergash gap bosh gapdagi ega vazifasida jelgan soʻzning ma’nosini izohlab kelishi mumkin. Bunday ergash gaplar oʻrin ergash gap emas, aniqlovchi ergash gap sanaladi: Diviziyamiz qayerdan oʻtgan boʻlsa, oʻsha yer mening oʻz joyim (ya’ni: .Diviziyamiz oʻtgan yer mening oʻz joyim). Misollardan koʻrinadi- ki, oʻrin ergash gap boʻlish uchun ergash va bosh gapdagi oʻringa munosabatni koʻrsatuvchi soʻzlar oʻrin kelishiklaridan biri for- masida qoʻllangan boʻlishi kerak-.
2. Oʻrin ergash gapning kesimi boʻlishsiz shakldagi buyruq: fe’li bilan ifodalanadi. Misollar: Komsomollar qayerda ishlamasinlar, shu yerda ish samarali boʻladi
3. Bu tipdagi oʻrin ergash gaplar, bosh gapdagi harakatning oʻr nini izohlab berishi bilan birga, toʻsiqsiz ergash gaplarga yaqin ma’noni ham ifodalaydi.
4. Oʻrin ergash gapning kesimi ekan shakli yordamida ifodalanadi. Bunday gaplarda ekan shakli shart mayli shakli ga yaqin vazifani bajaradi: Qayerda tinchlik va demokratiya gʻoyala- ri bor ekan, u yerda urush olovini yoquvchilar gʻalaba qozonolmay- dilar. («S. Uzb.»)
Oʻrin ergash gap koʻpincha bosh gapning oldida keladi. Bunday qoʻshma gaplar tarkibida bir-biriga mos ishlatiladigan nisbiy soʻzlar qismlarning tartibini oʻzgartirishga u qa- dar yoʻl bermaydi: Qayerda razolat hukmron boʻlsa, shu yerda tama- gir qoʻshinning kelur omadi. (Gʻ. Gʻ.) Katta kema qayoqqa yursa, ki- chik kema ham shu yoqqa yuradi. (Maqol.)
Oʻrin ergash gapli qoʻshma gapning sxemasi:

Ergash gap


Bosh gap




.......qayerga .. -sa,


oʻsha yerga......


......qayerda ...-sa,


oʻsha yerda,.....


.......qayga.......-sa,


oʻsha yerda, .... .


.......-mang,


u yerda ...........


......-masin,


oʻsha yerda........


.........qayerda …,


shu yerda.......



Download 66.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling