13-mavzu: Hol ergash gapli qoʻshma gaplar. Payt, oʻrin, sabab, maqsad ergash gapli qoʻshma gap. Reja
Download 66.94 Kb.
|
13-mavzu Hol ergash gapli qoʻshma gaplar. Payt, oʻrin, sabab, m-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- -gan edi, -gan edi-ki, -gan ham edi-ki, -ganicha yoʻq edi-ki, -ganicha ham yoʻq ediki
- -gan edi
Foydalaniladigan adabiyotlar:
1. M.Hamroyev. Ona tili. Toshkent: “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati. 2013. 58-60 2.M.Hamroyev. Ona tilidan lisoniy tahlil qoliplari. Toshkent: TDPU. 2019. 28-29 3. M.Hamroyev. Ona tili. Toshkent: “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati. 2013. 41-55 Payt ergash gapli qoʻshma gap Payt ergash gap bosh gapdagi voqea-hodisa yoki harakatning yuzaga kelish paytini koʻrsatadi. Payt ergash gapli qoʻshma gapda voqea-hodisa yoki harakat bir vaqtda yoki ketma-ket yuzaga keladi. Misollar: Safarov yoʻl-yoʻriq olish uchun tumanga bormoqchi boʻlib turganda, hokim oʻrinbosari Shodiev kelib qoldi. (A. Q.) Vasiliy maktab sahnasida bolalarni mashq qildirsa, katta-kichik kelib chekka-chekkada tomosha qilib turishadi. (P. T.) Birinchi misolda bosh va ergash gapdagi harakat bir vaqtda yuzaga kelgan, ikkinchi misolda esa ergash gapdagi harakat bosh gapdagi harakatdan keyin yuzaga kelgan. -gan edi, -gan edi-ki, -gan ham edi-ki, -ganicha yoʻq edi-ki, -ganicha ham yoʻq ediki shakllari vositalarida munosabatga kirishgan qoʻshma gaplarda birinchi gapdagi voqea-hodisa yoki harakat ikkinchi gapdagi voqea-hodisa yoki harakatdan keyin yuzaga keladi. Bunday qoʻshma gaplarda voqeaning odatdagidan koʻra tez yuzaga kelishi ifodalanadi. -gan edi shakli yordami bilan bogʻlanib kelgan ergashgan qoʻshma gap tuzilish jihatidai yordamchisiz bogʻlangan qoʻshma gapga oʻxshaydi. Lekin –gan edi shakli ergash gapni bosh gapga bogʻlab, bosh gapdagi harakatning bajarilish paytini ifodalaganda, tobelanish intonastiyasi bilan aytiladi: Toʻqli mergan Toʻgʻonbekning ba’zi sifatlarini soʻzlab, maqtashga boshlagan edi, Toʻgʻonbek unga hoʻmrayib, tilini qisdi. (0.) Otni egarlab turgan edim, polvon otam kelib qoldilar. (S. Ahm.) Saida kechqurun hujrasini berkitib olib xatni yozishga kirishgan edi, Umida oʻrtoq Nosirov kelganligidan darak berdi. (A. Q.) Poʻlatjon endi tashqariga chiqmoqchi boʻlib turgan edi, yuz-koʻzi chang boʻlib ketgan Hojimat keldi. (S. Ahm.) Bu tipdagi payt ergash gapning kesimini boshqa shakllar bilan almashtirish mumkin: -gan ediyordamchisi -gan paytida, -ganda kabi shakllar bilan funkstiyadoshdir. Voqealarning biridan ikkinchisiga tez koʻchishini koʻrsatish uchun payt ergash gap -gan ham edi, -gan ham edi-ki, -gan edi-ki,-guncha boʻlmay yordamchilari orqali bosh gapga bogʻlanadi: Saodatbilan Vohid tutga etgan ham edilarki, chelaklab quya boshlagan yomgʻir birdan toʻxtadi. Ayvon peshiga endi oʻtirgan edimki,birov eshikni qattiq qoqdi. (S. A.) Samandarov javob berguncha boʻlmay, oʻtirganlardan biri irgʻib oʻrnidan turdi. (A. Q.) Bunday qoʻshma gaplarda ergash gapdagi harakat boshlaninsh bilan bosh gapdagi voqea boshlanadi. Payt ergash gaplarning yana shunday tiplari ham borki, bularda bir gapdagi harakatning yuzaga kelishi ikkinchi gapdagi harakatning yuzaga kelishiga bogʻliq boʻlmaydi. Bir harakatning boshlanishi oldidan toʻsatdan keyingi harakat yuzaga keladi. Bunday payt ergash gaplarning kesimi boʻlishsiz shaklda boʻladi: Vohid hali oʻziga kelmagan ham edi-ki, Qodirjon bilan Saodat unga yaqinlashib salomlashishdi. (O. Yo.) -gani ham yoʻq, edi-ki shakli tarkibida ham oʻrniga -chaqoʻllanishi mumkin: Ashula tamom boʻlganicha yoʻq edi-ki, tashqaridan bir necha kishi kirib keldi. (Oyd.) Shoir she’rini oʻqib tugatganicha yoʻq edi-ki, atrofdagilar qarsak urib yubordilar. (0.) Payt ergash gapning kesimi -r(-ar) ekanshakli da ifodalanadi. Bunda ergash gapdagi voqea-hodisa yoki harakat bosh gapdagi voqea-hodisa yoki harakat bilan bir vaqtda yuzaga keladi. Sifatdoshdan keyin keladigan ekan shakltivi -kanshaklida ham qoʻllanadi. Masalan: Chaqmoqday otlarda sersavlat beklar ucharkan, uning koʻzlarida havas, hasad yonib ketardi. (0.)Bu joylarni hazin bir qoʻshiqni xirgoyi qilib kezar ekan, nazarida koʻp zamondan beri koʻkragida qatma-qat boʻlib yotgan dard-hasrati shu qoʻshiq bilan chiqib ketayotganday boʻlar edi. (A. Q.) Nazokat Annaning gaplariga quloq solar ekan, uning nazarida Poʻlatjonning qiyofasi butun fazilatlari bilan gavdalanar edi. (S. Ahm.) Payt ergash gaplarda egaga mos holda kesim shaxs-son qoʻshimchasini qabul qiladi: Chol-kampir oydinda uyga qaytar ekanlar, har ikkovi ham chuqur fikrga toldi. (S. Ahm.) Payt ergash gap bosh gapga shart mayli shakli yordami bilan irikadi. Bunda payt ergash gap bosh gapdagi harakatning yuzaga kelish paytini koʻrsatadi; bir vaqtning oʻzida ham shart* ham payt ma’nosi ifodalanadi: Utmishga qaralsa, Umrzoq ota hayotdan koʻp narsalar olganligi koʻrinib turardi. (0.) Vatanda yangrasa Halima sasi, gulzorda bulbulning kelar havasi. Ba’zan -sa shakli ga -ki yuklamasi qoʻshilib keladi: Qeyin eshiqa-ki, ishlar butunlay boshqacha ekan. (S. Ahm.) Ovqatdan keyin uyga kirsa-ki, Jamila yoʻq. Payt ergash gap bosh gapga -ki bogʻlovchisi yordami bilan birikib, bosh gapdagi harakat, voqeaning qachondan beri davom etishini koʻrsatadi. Masalan: Dunyo yaralmishki, bu oftob bor, sharqdan koʻtarilib, botadi gʻarbga. (Gʻ. Gʻ.) Shu dargohga kelib- manki, janjaldan boshim chiqmaydi... (A. Q.) Payt ergash gap bosh gapga -mi yuklamasi vositasida bogʻ- lanib, bir harakatdan ikkinchi harakatga gʻoyat qisqa muddatda tez koʻchish ma’nosi ifodalanadi: Paxta ochildimi, terim boshla- nadi. Uzoqdan qora koʻrindimi, chopib yoniga borar edi. (A. Q.) -mi yuklamasi, payt ergash gap bilan birga, sabab ergash gapda ham qatnashadi, bunday ergash gaplardagi iitonaqiya payt ergash gapdagi intonaqiyadan qisman farq qiladi: Qoʻrindingmi, bas, butun kuchi bilan tashlanadi. (F.) Men orden va medallarga shunday qarayman: ordenga muyassar boʻldingmi, taqib yur, yarqira- sin. (S. Bab.) Payt ergash gap bosh gapdan oldin, keyin yoki uning oʻr- tasida kelishi mumkin. Ergash gapning turlicha oʻrinlashishi kom- ponentlarni tutashtiruvchi yordamchilarga, uslubiy talabga va badiiy asarning janr xususiyatiga bogʻliq. Payt ergash gap koʻpincha bosh gapdan oldin keladi: Botiralioʻy surib borarkan, Joʻraboy ota Sergey bilan gaplashib orqa- roqda qoldi. (H. Gʻ.) Eshik ochilib, qoshi chimirilgan Umarbsk chiqdi. (S. Ahm.) Ergash gap bosh gapdan keyin, ba’zan bosh gap orasida keladi: Uktam, yoʻl sal oʻngʻaysiz boʻlsa, tikanakli oʻsimliklar uchrasa, darhol Komilaga koʻmaklashishga tirishar edi. (0.)—«Murod ota Shohimardon kurortiga ketdilar»,— dedi yigit, uning oldiga choy keltirgach. (S. Ahm.) Payt ergash gapli qoʻshma gapning sxemasi:
Download 66.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling