13-mavzu: Hol ergash gapli qoʻshma gaplar. Payt, oʻrin, sabab, maqsad ergash gapli qoʻshma gap. Reja
mi yuklamasi yordamida bogʻlanadi. Bunda -mi
Download 66.94 Kb.
|
13-mavzu Hol ergash gapli qoʻshma gaplar. Payt, oʻrin, sabab, m-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- -sa (edi), -ganda (edi), -r(-ar) ekan, boʻlmasa, yoʻqsa, -mi
4. Ergash gap bosh gapga -mi yuklamasi yordamida bogʻlanadi. Bunda -mi yuklamasi soʻroq ma’nosini ifodalamaydi: Intizom buzildimi, ishda unum boʻlmaydi. (U.) Xatosini boʻyniga oldimi, egilgan boshni qilich kesmaydi. (S. Ahm.)
Ba’zan ergash gap bosh gapga -sa bormi shakli vositasida bogʻlanadi: Inson bolasi jazm qilsa bormi, tomga lavlagi ekib, hosilini boʻgʻotning orasidan olish hech gap emas ekan. (S. Ahm.) 5. Shart ergash gaplar bosh gapga yuqoridagi grammatik for- malarsiz, boʻlmasa, yoʻqsa soʻzlari yordami bilan ham bogʻlanishi mumkin. Bu soʻzlar shart ma’nosini ifodalab, -sa affiksi funksiyasini bajarsa ham, bosh gap tarkibida keladi: Tezroq keling, boʻlmasa qaytib ketamiz. Och darvozang, yoʻqsa boshing olaman. (I.) Yoʻqsa soʻzi tilimizda kam ishlatiladi. Boʻlmasa, yoʻqsa soʻzlari qoʻshma gapdagi har ikki voqeaning, shart bilan birga, qarama-qarshi qoʻyilganini bildiradi. Shart ergash gap bosh gapdagi voqeaning yuzaga kelishi, bajarilishi ehtimol tutilganligini koʻrsatib kelganda, ba’zan bosh gap tarkibida albatta, ehtimol, balki soʻzlari ishlatiladi: Choyxonadami, chayla yo paykaldami, toʻrtta odam jam boʻlsa, albatta, hosil haqida, plan, sentner haqida gap boʻladi. (S. Ahm.) Erta-indin safar anjomi tayyor boʻlsa, balki joʻnarmiz. Shart ergash gap ba’zan bir tarkibli gap yoki toʻliqsiz gap shaklidagi bosh gapni izohlab keladi: Agar kampir tirishgan yuzini xiyol koʻrsatib oʻtirmasa, shu churuk mato ichida jonli inson borligiga shubhalansa boʻlar edi. (As. M.) Qari kelsa, oshga; yosh kelsa, ishga. (Maqol.) Shart ergash gapli qoʻshma gaplarda qismLarning oʻrinlashishi turli uslubiy talabga, asarning janr xususiyati- ga va yordamchilarning qoʻllanishiga qarab turlicha boʻladi. Bosh gapga -sa (edi), -ganda (edi), -r(-ar) ekan, boʻlmasa, yoʻqsa, -mi kabi yordamchilar orqali birikkan shart ergash gap koʻpincha oldin keladi. Masalan: Alisher janoblarining aziz boshlari omon boʻlsa, elimizga daryo-daryo muhabbatlari oqur. (0.) Bosh gapning ega tarkibi yoki bosh gapning oʻzi alohida ta’kidlab aytilsa, shuningdek, she’r talabi bilan ergash gap bosh gapning oʻrtasida yoki ui dan keyin keladi. Masalan: Biz odamlar qasd qilib qoʻl koʻtarsa, past boʻlib qoʻl qovushtirdik. (A. Q.) Onalarda gʻam qolmas, mustahkam boʻlsa tinchlik. Bosh gapning kesimi fe’lning buyruq mayli shakli da boʻlib, -ki yordamchisini olib kelsa, bunday ergash gap bosh gapdan keyip keladi. Bunday qoʻshma gaplarda koʻpincha ahd qilish, qasam ichish, va’da berish kabi ma’nolar ifodalanadi: Sening koʻzing surmasi dan ayrilgan bu koʻzlarimga lahad tuproqlari toʻlsinki, bir odim sendan yiroq qolsam. (H. H.) Shart ergash gapli qoʻshma gapning sxemasi:
Download 66.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling