13-mavzu: Hol ergash gapli qoʻshma gaplar. Payt, oʻrin, sabab, maqsad ergash gapli qoʻshma gap. Reja


Download 66.94 Kb.
bet6/9
Sana31.01.2024
Hajmi66.94 Kb.
#1829180
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
13-mavzu Hol ergash gapli qoʻshma gaplar. Payt, oʻrin, sabab, m-fayllar.org

Ergash gap

Bosh gap




..............deb,


......................


...........-sin deb,


.................


...........-di deb,


..................


..........-ar deb,


..................


............-sa deb,


..................


.............-mi ekan deb,


.............


.................-deya,


........................

Bosh gap


Ergash gap




..............,


toki.........................


..............,


.................-sin deb.


Shart ergash gapli qoʻshma gap
Shart ergash gap bosh gapdagi voqea-hodisaning qanday shart bilan yuzaga kelishini bildiradi. Shart ergash gaplar har uch zamonda real ravishda yuzaga keladigan harakatni yoki taxmin; qilingan voqeani ifodalaydi. Shunga koʻra shart ergash gaplar ikki turga ajratiladi: 1) real voqea-hodisani ifodalaydigan shart ergash gaplar; 2) moʻljallangan, taxmin qilingan voqea-hodisani ifodalaydigan shart ergash gaplar.
Real shartni bildiruvchi ergash gap bosh gapdagi harakatning ma’lum shart bilan yuzaga kelishini, undagi shart aniq ekanligini koʻrsatadi. boʻladi. Shart ergash gaplar real voqeani ifodalaganda, ergash gapdagi shart bosh gapdagi natijani keltirib chiqaradi. Bunday ergash gaplar bosh gap bilan fe’lning -sa shakli, kelasi zamon sifatdoshi + ekan toʻliqsiz fe’li, yoʻqsa, boʻlmasa yordamchilari orqali birikadi.
Eragash gap bosh gapga -sa orqali bogʻlanganda ergash gapning kesimi koʻpincha fe’l kesim boʻladi: Mehnat qilsang, baxting ochiladi (Sh. Rashidov).
Ergash gapdagi shart taxmin qilingan, moʻljallangan voqeanj ham ifodalashi mumkin: Koʻzim ilgari ochilgan boʻlsa edi, men oʻz yuragimni boʻrilarga edirar edimmi? (0.) Agar mamlakatda jabr-zulm benihoyat avj olmasa edi, ishqingiz qora kiymas edi. (0.)
Shart ergash gaplarning bosh gap bilan bogʻlanishida, ergash gapni belgilashda grammatik shakl yoki shu vazifani ba- jaruvchi intonatsiya hal etuvchi rol oʻynaydi.
Shart ergash gap bosh gapga fe’lning shart mayli shakli, oʻtgan zamon sifatdoshi+oʻrin-payt kelishigi qoʻshimchasi, kelasi: zamon sifatdoshi -\-ekan yordamchisi, yoʻqsa, boʻlmasa yordamchilari vositasi bilan birikadi. Bulardan tashqari, ergash gap tarkibida agar, bordiyu, basharti, mabodo soʻzlari qoʻllanadi. Shu vaqtgacha shart bogʻlovchilari sanalib kelinayotgan bu soʻzlarning oʻzi ergash gap bilan bosh gapni bogʻlay olmaydi. Ular asosan gapdagi shart ma’nosini kuchaytiradi va ta’kidlab koʻrsatadi.
1. Shart ergash gapning kesimi -sa edishakli bilan ifo- dalanib, ergash gapdagi voqeaning yuzaga kelmaganligini, uning faqatgina moʻljallanganligini hamda taxmin qilinganligini bildiradi. Koʻpincha bunday qoʻshma gaplarning bosh gapi kesimi tarkibida ham edi yordamchisi ishtirok etadi: Koshki bu musofirlik ustida donishmand ota-onalarim yana 4‒5 yil sogʻ boʻlsalar edi, oʻzimni anchalik tutib, har bir tilagimga eng oson yoʻllar bilan etishni toza oʻrganib olar edim. (H. H.) Halol mehnat qil- masak edi, bunday farovon hayotga erishmagan boʻlardik. Agar sa- doqati samimiy boʻlsa, xoqon hazratlari sinagan boʻlsalar, ka- mina uchun e’tirozga oʻrin qolmas edi. (O.)
Shart ergash gaplarda -sa affiksidan soʻng shaxs qoʻshimchalari har uch shaxs boʻyicha qoʻshilib kelaveradi: Men kelsam, sen kelsang, ...; biz kelsak...va hokazo.
Ba’zan bunday qoʻshma gaplarda predikativ qismning egasi tushib qoladi. Bunda ega fe’l kesimdagi shaxs-son qoʻshimchalari- ga qarab topiladi: Chaqirsam, kelmading (men chaqirsam, sen kelmading).
2. Shart ergash gaplarning kesimi bosh gapga -gan-\-da (-gan + -\-da edi)shakli vositasida boglanadi. Bunday ergash gaplar shaklan payt ergash gapga oʻxshaydi. Lekin gap mazmuni va bosh gapdagi fe’l kesimning zamoni (tugallanmagan oʻtgan zamon for- masi) uning shart ergash gap ekanligini koʻrsatib turadi. Ergash gapning tarkibida agar, mabodo, bordiyu kabi yordamchilar kel- ganda, shart ma’nosi yana ham aniqroq koʻrinadi. Masalan: Agar shu tuproq boʻlmaganda edi, menda na yurak, na baxt, na oila boʻlar edi.
Shart mayli shakli dagi fe’l ergash gapning kesimi boʻlib kelganda, shart yo payt bildiradi. Bu ma’nolarni farqlashda agar bogʻlovchisining ma’lum vazifasi bor: oʻsha gap shart bildirgandagina agar qoʻllanishi mumkin, boshqacha ma’no ifodalanganda agar soʻzini gap tarkibiga kiritib boʻlmaydi.
3. Ergash gapning kesimi bosh gapga -r(-ar) ekan, -gan ekan, -moqchi ekanshakli vositasida bogʻlanganda, bosh gapning kesimi hozirgi-kelasi zamon fe’li yoki modal soʻzlar bilan ifodalana- di. Masalan: Qarorlarimiz bajarilar ekan, hamma narsa moʻl- koʻl boʻlib ketadi. Nazokat ishingizga koʻmaklashmoqchi ekan, xur- sand boʻlishingiz kerak. (S. Ahm.) Men mehnat qilmas ekanman, oʻzim va xonadonim nima eb tirikchilik qilamiz.

Download 66.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling