13-Mavzu: Institutsionalizm yo’nalishini mohiyati va axamiyati Institutsionalizmning kelib chiqishi va undagi yangi rahnamolar
Download 317.5 Kb.
|
13-mavzu
JOHN R. KOMMONS
Jon Kommons (1862-1945y.) Jon R. Kommons (1862- 1945) Veblendan besh yosh kichik va Mitcheldan o’n ikki yosh katta bo’lgan yana bir noortodoksal iqtisodchidir Uning eng katta xissasi tahrirlashda o’zi yordam bergan ijtimoiy qonunchilikda bo’lsa ajabmas. Bu qonunchilik Amerika iqtisodiyotining tuzulishini o’zgartirib yubordi. Kommonsning birinchi kitobi “Boylik taqsimoti” (1893) yaxshi kutib olinmagan edi. Tanqidchilar bu kitobni uning o’z ijtimoiy fikrlariga ilmiy asos solishga bo’lgan qoniqtirmas urinishi deydi. Lekin hali Kommons mavjud mol mulkchilik, mustaqil tashkilot jamiyati tuzilishini inqilobiy o’zgartirishga urinmayotgan edi. U kapitalistik ahamiyat yaxlit qolishi darkor, lekin aralashmaslik iqtisodiyotining yaqqol nuqsonlaridan keyin iqtisodiy tartibda ishlash qoidalariga o’zgartirishlar kerak ekanligiga ishonadi. Viskonsinda gubernator La Folet uning qarashlarini qo’llab quvvatladi. Viskonsinda Kommon ishlagan yillar davomida (1904-1932) akademiklar va siyosatchilar o’rtasida keyinchalik Franklin Ruzvelt Yangi Taqsimot da eslab o’tadigan, bugungi kunda odatiy ko’p ishlatiladigan aloqa rivojlandi. Viskonsin hukumati Madisondagi fakultetni yangi fikrlar o’chog’i bo’lishi, qonunlar loyiha-larini yozish va tayinlangan komissiya a’zolari uchun erkin ishlatishga berib qo’ydi. Kommonsning hayotini o’rganar ekanmiz u Viskonsda bo’lgan ko’p vaqtini loyihalar tuzish, ularni tadbiq etish va ijtimoiy qonunlar tuzishga yordam berish bilan o’tkazganligiga guvoh bo’lamiz. Bu urinishlarda ko’zga ko’rinadigan namu-nalar shakllandi. Kommons masalani, ba’zida talabalarga yordam sifatida atrofli-cha o’rganardi. Va keyin muammoni iqtisodiyotda qabul qilingan har qanday qonunlardan ta’sir ko’radigan va ilg’or biznes yoki mehnat boshliqlaridan ruhla-nadiganlar bilan muhokama qilardi. Yangi taqsimotdan o’rin olgan ijtimoiy qonunchiliklarning g’oyalari Viskonsindan olinganligiga aniq asos yo’q. Lekin Madisonda shug’ullanayotganlarning ko’pchiligi 1932-yilda Vashingtonga ketganligi aniq faktligi aniqlangan. Download 317.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling