13-Mavzu: Institutsionalizm yo’nalishini mohiyati va axamiyati Institutsionalizmning kelib chiqishi va undagi yangi rahnamolar


Download 317.5 Kb.
bet13/19
Sana27.02.2023
Hajmi317.5 Kb.
#1234970
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19
Bog'liq
13-mavzu

Kommonsning iqtisodiy g’oyalari
Kommons ortodoksal iqtisodiy nazariyani mustaqil tanqid qilgan bo’lsada, Veblen va Mitchellning tanqidi bilan bir vaqtga to’g’ri kelgan. Uning ijtimoiy muammolarga yondashuvi neoklassik nazariyaning tor, statik, deduktiv yonda-shuvini rad etdi. Kommons tahlilga barcha ijtimoiy fanlar va qonunni kiritishga xarakat qildi. U jamiyat va iqtisodiyotni rivojlanuvchi va o’zgaruvchan deb ko’rib chiqib, raqobat bozorlar va gedonistik ishtirokchilar to’g’risidagi deduktiv ortodoksal yondashuvga qarshi chiqdi. Nihoyat, Kommons “laissez-faire” siyosatiga (ya’ni davlat aralashuvi cheklangan siyosatga) asoslangan iqtisodiyotda uyg’unlik borligi to’risida-gi taxminlarni uning empirik kuzatuvlariga to’g’ri kelmasligi-ni bayon etdi.
Kommonsning amerika kapitalizmini tanqidini boshlan-g’ich nuqtasi ortodoksal narx nazariyasining boshlang’ich nuqtasiga to’g’ri kelgan, ammo tadqiqotlar umuman bir biriga o’xshamas edi. Uning fikricha ortodoksal narx nazariyasini ifodasi va bayoni real voqeylikga to’g’ri kelmaydi. Mazkur nazariya ratsional odamlar xarakatini raqobat bozorlarda mexanik tarzda bo’lishini ta’kidlagan. Kommons esa raqobat bozorlarda gedonistik insonlar emas, balki iqtisodiyotni turli qismlarini ayirbosh-lash munosabatlari birlashtirib turadi degan fikrni ilgari surdi. Ortodoksal iqtisodiy nazariya alohida vaziyatlardagi narx va ayirboshlash mohiyatnini tushuntirishi mumkin, masalan, yuqori darajada tashkil etilgan birjada yoki qimmatli qog’ozlar bozorida, chunki bu bozorlarda haqiqatdan ham ayirboshlash bor, lekin ayirboshlash munosabatlari mavjud emas. Bu bozorlarda sotuvchi va oluvchi o’rtasida mutloq anonimlik mavjud bo’lib odatda bozorlardagi bitimlarga ta’sir etuvchi madaniy, sotsiologik, psixologik kuchlar, urf-odatlar ta’sir etmaydi. Bitimlar Kommonsning nazariy tuzilmasida asosiy element o’rnini egalladi.
“Haqiqatda bitimlar iqtisodiyot, fizika, psixologiya, ahloqnoma, qonun-shunoslik va siyosatni tutashuv joyi bo’lib xizmat qiladi. Alohida olingan bitim – barchasini o’z ichiga jamlaydigan kuzatuv birligi, chunki uni ichida alohida kishilarning xoxshi, muqobil variantlar orasidagi tanlovi, mehnat va tabiiy resurslar cheklangan sharoitda turli majburiyatlar yoki ularni aksi, davlat arboblari yoki biznes konsernlar, kasaba uyushmalari tomonidan uyushtirilgan inson xuquqlari, erkinliklarini himoyasi, ya’ni cheklangan resurslar dunyosida bir odamning xarakati mamlakatdagi siyosiy, biznes, mehnat, oilaviy va boshqa jamoa xarakatlarga to’g’ri kelishi yoki to’g’ri kelmasligi mumkin ”.20
Kommons iqtisodiyotdagi savdo bitimlarini 3 xil turini ajratib ko’rsatadi. “Boylikka egalik qilish huquqini boshqalarga o’tkazish ixtiyoriy kelishuv asosida amalga oshiriladi”21. Huquqiy tenglik bu iqtisodiy tenglik degani emas. Birinchi turi, Ortodoksal nazariyaning predmeti bo’lib ishlab chiqarish omillari bozorida narxni aniqlovchi savdo bitimlari to’g’risidagi nazariyalar hisoblanadi, amalda bu nazariya noodatiy hususiyatlarga ega bo’lgan raqobatli bozorlarga talluqli bo’ladi, bunday bozorlarda, majburlash, ishontirish, urf-odatlar mavjud bo’lib bozor hukumronligi va taklif qonuni kabilar tan olinmaydi. Savdo shartnomalarini ikkinchi turi boshqariladigan shartnomalar hisoblanadi bunda huquqiy va iqtisodiy buyruqlar yuqori turuvchi boshliqlar tomonidan beriladi. “Bu munosabat brigalir va ishchi, menejer va xizmatchi, xo’jain va xizmatkor, qul va qullar o’rtasidagi munosabatlardan iborat”22. Boshqariladigan shartnomalar ishtirokida boylik yaratiladi. Kommonsning fikricha Savdo shartnomalarining 3-turi bajariladigan operatsiyalarni normalashtirish hisoblanadi. U quydagilarni o’z ichiga oladi “Qo’shma karxona a’zolari o’rtasida tomonlarning foyda va zararlarni taqsimlash borasidagi kelishuvlarni normalashtirish vakolatga ega bo’lgan bir necha ishtirok-chilarning kelishuvlari”23. Kommons shundan so’ng institut degan tushunchaga tarif berdi:
Britaniya va Amerika amaliyotida rivojlangan Konsernlar ushbu uch turdagi savdo shartnomalarini umumlashganligini isbotlovchi iqtisodiy tadqiqot natijasi hisoblanadi. Institut oila, korporatsiya, kasaba uyushmasidan tortib to davlatgacha bo’lgan tushunchalarni o’z ichiga oladi. “Guruh” bu borada passiv tushuncha hisoblanadi, “rivojlanayotgan konsernlar” aktiv tushuncha hisoblanadi24.
Muassasa bu jamoalarning individual harakatni nazorat qilish, erkinlash-tirish va kengaytirish borasidagi birgalikdagi harakatlari hisoblanadi. Iqtisodiy munosabatlardagi asosiy muammo shundan iboratki, men qancha ko’p olsam senga shuncha kam qoladi va bu borada albatta kelishish zarur.Bu muammolar ko’pchilik sovdo shartnomalarida uchramaydi chunki o’tgan vaqt davomida orttirilgan tajribalar, qabl qilingan qonunlar, an’analar va urf odatlar natijasida bunday muammolarni tartibga solgan. Kommons bu elementlarni muammolarni yechish-dagi dastak sifatida qaraqan.
Kommons o’zining ushbu yondoshuvi orqali Amerika kapitalizmi tahlil qildi.
Neoklassik nazariyaga ko’ra resurslar cheklanganligi sababli vujudga keladigan muammolarni tahlil jarayonida ijtimoiy, psixologik va madaniy elementlarni xisobga olmagan xolda shaxsiy bo’lmagan raqobatli bozorda hal qilish mumkin. Uning ta’kidlashicha bu muammolarning ko’pchiligi davlat aralashu-vidagi iqtisodiyotga qaraganda raqobatli bozor sharoitida yaxshiroq xal qilinadi. Jamoalarning asosiy yo’nalishlari ijtimoiy fanlar, tarix va huquqiy masalalarga qaratilishi kerak.
Asosiy yo’nalishda Kommonscha yondashish ijtimoiy fanlar, tarix va huquq fanlari o’zlarining tahlilida va tan olishni o’zlarida qamrab oladi. Hukumat aralashuvi ijtimoiy natijalarga erishish uchun zarur deb hisoblaydilar. Iqtisodiy faoliyatning katta qismi shaxsiy faoliyat bo’lib hisoblanmaydi; biz guruh a’zolari bo’lib harakat qilamiz, ish qoidalari bilan boshqariladi. Bu ishchilarning vazifalari nizolarni tartibga keltirish, vaqti – vaqti bilan o’zgarishlar yaxshilashdan iboratdir. Tarixdan kelib chiqqan o’zgarishlar yangi ziddiyatlarni keltirib chiqa-radi. Bu ziddiyatlar yoki nizolar keyin asoslangan eski ish qoidalarini o’zgarishiga sabab bo’ladi. Bu cheksiz uzviy jarayon hisoblanadi. Umuman olganda iqtisodiyot fani fondi saqlanadi, bu institutlar bizning hayotimiz va jamiyatni jamoaviy harakatlar yordamida shakllantiradi. Bu jamoaviy harakatlar faqatgina yakka tartibdagi harakatlarni nazorat qilibgina qolmay, individual harakatni ozod qiladi. Uni ushlab turadigan vosita boshqa shaxslarga biriktirilgan. Jamoaviy harakatlar yakka tartibdagi harakatga nisbatan samarali hisoblanadi25.
Shuningdek boshqarib bo’lmaydigan iqtisodiyot noxush ijtimoiy vaziyatlarni keltirib chiqaradi, kapitalizm hukumat aralashuvi bilan o’zgarishi kerak. Pul – kredit siyosati depressiyani oldini olish uchun mehnatni qonunchilik asosida tashkillashtirish, mehnatga layoqatli kishilarning kompensatsiyasini yordam uchun ishsizlarga yordam ko’rsatish, kommunal xizmatlarni tartibga solish, Kommons monopoliya amaliyotini oldini olish va boshqa ijtimoiy islohotlar bilan chiqdi. Shunday qilib garchi, u deyarli ortodoks nazariyasiga ta’sir ko’rsatmaydi. Amerika kapitalizmi tuzilmasini tashkillashtirishda ta’sir ko’rsatib uni tatbiq etishda yordam berdi.

Download 317.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling