13-Mavzu: Institutsionalizm yo’nalishini mohiyati va axamiyati Institutsionalizmning kelib chiqishi va undagi yangi rahnamolar
Download 317.5 Kb.
|
13-mavzu
b) Konvergentsiya konsepsiyasi
Nobel mukofoti sohibi, gollandiyalik olim Yan Tinbergen XX asrning 60-yillari ilgari surgan konvergentsiya kontse’tsiyasi ko’’chilik iqtisodchilar tomonidan qo’llab-quvvatlandi. Ushbu kontse’tsiyaga ko’ra ka’italizm bilan sotsializm rivojlana borgan sari har ikkalasida o’xshash belgilar yuzaga keladi (ka’italizmda rejali ish roli oshib boradi, sotsializmda bozor munosabatlari rivojlanadi), tafovutlar asta-sekin yo’qolib boradi. Ishlab chiqarish sharoitlari, madaniyat va fan-texnikaning rivojlanishi umumiy taraqqiyot natijasida har ikkalasida tobora bir xillashib boradi. Ka’italizm ham, sotsializm ham ayni bir xil muammolarni hal qilishga, ularni hal etishning bir xil uslublarini qo’llashga intiladi. Ya.Tinbergan hozirgi paytda hech qaerda «sof ka’italizm» yo’q deb hisoblaydi. Bu borada fikr yuritgan J.K. Gelbreyt texnika taraqqiyotini ka’italizm va sotsializmning yaqinlashuvi negizi sifatida ilgari suradi. U konvergentsiya moyilligini yirik ishlab chiqarishning o’sishida, jami talabning davlat tomonidan tartibga solinib turishi va hakozolarda ko’radi. «Biz, – deb xulosa qiladi Gelbreyt, – go’yo turlicha bo’lgan ikkita industrial tizimning konvergen-siyasi hamma eng muhim sohalarda sodir bo’layotganligini ko’rib turibmiz». Iqtisodiyotni davlat yo’li bilan tartibga solib turishni birinchi o’ringa qo’ygan A.Bergson «har ikkala tizim unchalik xilma-xil emas va keyinchalik ular o’rtasidagi tafovut yanada ko’’roq kamayib borishi mumkin», – deb yozadi. Amerika sotsiologi P.Sorokin barcha asosiy yo’nalishlar bo’yicha – tabiatshunoslik va texnika, ijtimoiy fanlar, maorif, san’at, din, nikoh va oila, iqtisodiy tizim, ijtimoiy munosabatlar, siyosiy tizim sohalarida kapitalizm bilan sotsializmning yaqinlashuvini targ’ib qiladi. Uning fikricha, kapitalizm va sotsializmning o’zaro konvergentsiyasi oqibatida ulardan farq qiladigan qandaydir oraliq jamiyat yuzaga keladi. v) «Xalq ka’italizmi» Ikkinchi Jahon urushidan keyin institutsionistlar o’zlari oldin taklif qilgan «boshqaruvchilar inqilobi» va «jamoa ka’italizmi» kontsepsiyalarini davom ettirdilar. Mazkur kontse’tsiyaga binoan hozirgi zamon g’arb mamlakatlarida hokimiyat ayrim shaxslar qo’lida emas, balki jamoalar, eng avvalo, texnokratlar va menejerlar qo’lida bo’ladi. Bu mulkning juda ko’p mayda aktsionerlar o’rtasida bo’linib ketishi bilan va ishlab chiqarish jarayonining qiyinlashi bilan bog’liq. Institutsionalistlar tomonidan ishlab chiqilgan iqtisodiy fandagi boshqa yo’nalish – iqtisodiy rivojlanish nazariyasidir. Bunda asosiy e’tibor iqtisodiy o’sishning texnikaviy-xo’jalik omillariga (texnikaning rivojlanishi darajasi, ijtimoiy mahsulotdagi investitsiyalar ulushi va b.) qaratilgan. XX asrning 40-yillari «xalq ka’italizmi» kontsepsiyasi shakllandi, unda XIX asr oxiridan boshlab ka’italistik tizimda yuz bergan o’zgarishlar qayd etiladi. Yirik kor’oratsiyalar va davlat tomonidan bozorning tartibga solinib turilishi bozordagi beqarorlikni va ortiqcha ishlab chiqarish inqirozini bartaraf etishga imkon beradi. Aktsiyalarning keng tarzda tarqalishi yollanma ishchilarni ka’ital egalariga aylantiradi, bu hol asta-sekin ka’italistlar bilan yollanma ishchilar o’rtasidagi qarama-qarshilikka barham beradi. Davlatning faol qayta taqsimlash siyosati, keng aholi qatlamining mulkchilikda va kichik biznesda qatnashishi, yuqori iqtisodiy o’sish sur’atlari tufayli umumiy farovonlik darajasining oshishi – bular hammasi ijtimoiy guruhlar o’rtasidagi tafovutni yo’qotadi, sinfiy ixtilof asosini bartaraf etadi. Mazkur o’zgarishlar jamiyatning ijtimoiy-’sixologik holatiga ijobiy ta’sir ko’rsatdi va iqtisodiy rivojlanishga imkoniyat yaratib berdi. Bu xususida R.Xeylbruner tasdiqlaganidek: «ka’italizm yangi tizim tufayli ancha diqqatga sazovor va hech qachon boshidan kechirmagan uzoq muddatli iqtisodiy o’sish yo’liga o’tdi… Ushbu tizim tufayli sanoati rivojlangan mamlakatlarda aholining keng qatlamini o’z ichiga olgan mislsiz gullab yashnash qo’lga kiritildi». Download 317.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling